Научная статья на тему 'VIKA O‘SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN TUGANAK BAKTERIYA IZOLYANTLARINING URUG‘NING UNUVCHANLIGI VA DASTLABKI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI'

VIKA O‘SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN TUGANAK BAKTERIYA IZOLYANTLARINING URUG‘NING UNUVCHANLIGI VA DASTLABKI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dukkakli o‘simliklar / vika (burchoq) / urug‘ / bakteriya / indentifikasiya / izolyant / biopreparat.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ismoilova K.M, Qo‘Shiev H.H, Xusanov T.S, Kuliev T.X, Almatova M.M

Mazkur maqolada Ensizbargli vika (burchoq) (Vicia angustifolia L) o‘simligi ildizidan ajratib olingan bakteriyalarini birlamchi identifikatsiya qilish asosida olingan 3 ta izolyantning vika o‘simligi urug‘ining unuvchanligiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar kerilgan. Urug‘lik don ekishdan oldin tuganak bakteriyalarning izolyantlari bilan ishlov berib, o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqqa (tuvaklarga) ekilib kuzatilgan. Olingan dastlabki natijalar xulosasiga ko‘ra indentifikatsiya qilingan 3 ta izoliyant ensizbargli vika turiga qarashli ekanligi qayd etilgan. Mazkur izolyantlar sho‘rlangan tuproq sharoitida urug‘lik donning unuvchanligini oshirib, o‘simliklarning o‘sishini jadallashtirgan, ushbu izolyantlar kelgusida biopreparatlar yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VIKA O‘SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN TUGANAK BAKTERIYA IZOLYANTLARINING URUG‘NING UNUVCHANLIGI VA DASTLABKI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

VIKA O'SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN TUGANAK BAKTERIYA IZOLYANTLARINING URUG'NING UNUVCHANLIGI VA DASTLABKI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

1Ismoilova K.M., 2Qo'shiev H.H., 3Xusanov T.S., 4Kuliev T.X., 5Almatova M.M., 6Bakeev R.S.

1'2'3'4'5'6Guliston davlat universiteti qoshidagi Agrobiotexnologiya va biokimyo ilmiy-tadqiqot

instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13837702 Annotasiya. Mazkur maqolada Ensizbargli vika (burchoq) (Vicia angustifolia L) o'simligi ildizidan ajratib olingan bakteriyalarini birlamchi identifikatsiya qilish asosida olingan 3 ta izolyantning vika o'simligi urug'ining unuvchanligiga ta'sirini o'rganish bo'yicha olingan natijalar kerilgan. Urug'lik don ekishdan oldin tuganak bakteriyalarning izolyantlari bilan ishlov berib, o'rta darajada sho'rlangan tuproqqa (tuvaklarga) ekilib kuzatilgan. Olingan dastlabki natijalar xulosasiga ko'ra indentifikatsiya qilingan 3 ta izoliyant ensizbargli vika turiga qarashli ekanligi qayd etilgan. Mazkur izolyantlar sho'rlangan tuproq sharoitida urug'lik donning unuvchanligini oshirib, o'simliklarning o'sishini jadallashtirgan, ushbu izolyantlar kelgusida biopreparatlar yaratish uchun asos bo'lishi mumkin.

Kalit so'zlar: dukkakli o'simliklar, vika (burchoq), urug', bakteriya, indentifikasiya , izolyant, biopreparat.

Dukkakli o'simliklar rizobiya bilan simbiozda biologik azot fiksasiyasi tufayli tuproqni mavjud azot bilan boyitish qobiliyatiga ega, bu jarayon nafaqat ekin yetishtiriladigan tuproqlarning unumdorligini, balki tabiiy ekotizimlar muvozanatini saqlashning muhim omilidir [1].

So'ngi yillarda chet ellik tadqiqotchilar [2] va respublikamiz olimlari [3] tomonidan dukkakli o'simliklardan tugunak bakteriyalarni ajratib olib, ularni xususiyatlarini o'rganish va biopreparatlar ishlab chiqish, ushbu biopreparatlarni sho'rlangan tuproqlarni biologik melioratsiyasini yaxshilash uchun qo'llash, stress sharoitda ulardan o'simlikni o'sishi va rivojlanishini boshqarishda foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu o'rinda, dukkakli don ekinlardan bo'lmish vika ahamiyatga ega. Vika respublikamizda tarqalgan dukkakli o'simliK hisoblanadi. Vika dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub bo'lib, uning 100 dan ortiq turlari mavjud [4]. Vika ildizida azot to'plovchi bakteriyalar mavjud bo'lib, ularning miqdori ildiz massasining 20-30 % ni tashkil etganligi aniqlangan va вика ekilgan tuproq tarkibida gumus miqdori 0.05-0.1 % gacha oshgan [5].

Vikadan siderat ekin sifatida foydalanilganida tuproqning (0-30 sm) haydalma qatlamida 31,3 s/ga, suli bilan birga ekilganida 51,8 s/ga ildiz qoldiqlari hamda 317-352 s/ga yashil massa olish mumkin ekanligi qayd etilgan. Shu bilan birga vikadan keyin ekilgan g'o'za navlarining hosildorligi 4,8 s/ga oshganligi aniqlangan [6]. Shuningdek, ushbu o'simlikning ozuqaviy qiymati o'rganilgan [7].

Ensizbargli vika (burchoq) (Vicia angustifolia L) boshqa turlardan ertapisharligi bilan farq qilib, aprel oyining boshida gullab, may oyining o'rtalarida doni pishib yetilgan. Hosildorligi (yashil massa)gektariga 70-72 s/ga ni tashkil etgan. 1000 don og'irligi 15-17 g, dukkak uzunligi 4.5 sm, dukkak og'irligi 0.21 g, dukkakdagi don miqdori 6-7 donani tashkil etib uning dukkakdagi ulushi 56,3% teng ekanligi qayd etilgan. Doni tarkibidagi oqsil miqdori 18,24 %

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

almashinmaydigan aminokislatlardan lizin 0,50 % va metioning 0,42 % ga teng bo'lib tukli va ekma vikaga nisbatan ustun ekanligi qayd etilgan. Vegetativ massasida 17,6% protein, yog'-5.8%, klechatka -29.1 % va AEM -36.2% ga teng ekanligi aniqlangan [8].

Sirdaryo viloyatining sho'rlangan tuproq sharotida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida vikaning Mirzacho'l-1 navi yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2019 yil 41-son qarori bilan burchoqning "Mirzacho'l-1" navi Davlat reestriga kiritilgan [9].

Lekin, vika o'simligining azotabakteriyalari va uning shtammlarini identifikatsiya qilishga doir tadqiqotlar o'tkazilmagan. Mazkur tadqiqotda ilk bor ensizbargli vika (V. angustifolia.L) ildizidan ajratib o^HHraH tuganak bakteriyalari to'g'risida ma'lumotlar o'rin olgan. Ensizbargli vika turining ildizidagi tugunak bakteriyalarini birlamchi identifikatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Natijada 4 ta izoliyat ajratib olinib, ularning biri patogen, qolgan 3 ta izolyant tuganak bakteriyalardan bo'lib shartli ravishda "V" deb belgilandi. Mazkur izoyalyantlarning vika o'simligining Mirzacho'l-1 navi va ensizbargli vika turi urug'ining unuvchanligiga ta'siri o'rganildi. Buning uchun urug'lik don ekishdan oldin tuganak bakteriyalarning izolyantlari bilan ishlov berildi va o'rta darajada sho'rlangan tuproqqa (tuvaklarga) ekildi. Nazoratdagi variant distillangan suv bilan ishlov berildi va etalon sifatida O'zR FA Mikrobiologiya instituti(shartli ravishda "M" deb olindi) va Guliston davlat universiteti olimlari tomonidan shirinmiya ildizidan ajratib olingan izolyantlar (shartli "R" belgisi qo'yildi) olindi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, nazoratga nisbatan izoyalyantlar ta'sirida urug'ning unib chiqishi 2 kunga tezlashdi. Bu urug'ning unuvchanlik energiyasini oshgapligidan dalolat berdi. Izolyantlar bilan ishlov berilganda Mirzacho'l-1 navi va ensizbargli vika (V.angustifolia.L ) turida urug'ning umumiy unuvchanligi mos ravishda 78,3± 2,1 va 86,5± 1,8 % ni tashkil etib, nazoratga nisbatan va 25,5 % va 29,1 % ga ortdi. Tajribaning 14-kunida vika o'simligining poya uzunligida "V" izolyantlar bilan ishlov berilgan variantda nazoratga nisbatan Mirzacho'l-1 navida 2,8 sm ga, ensizbargli vikada -4,85 sm ga baland bo'lganligi qayd etildi. Shuningdek, vika o'simligining ildiz qismida tugunaklar shakllanganligi aniqlandi (1 va 2 - rasmlar).

1-rasm. Vika donining unuvchanligiga izolyantlarning ta'siri(Mirzacho'l-1 navi).

Izoh: chapdan 1-nazorat; 2- vika o 'simligidan olingan izolyant("V"); 3- etalon izolyant (R); 4-etolon izolyant (M).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

2-rasm. Ensizbargli vika (Vicia angustifolia.L) ildizidan ajratib olingan izolyantning

unuvchanlikka ta'siri

Izoh:chapdan o'nga 1 -nazorat; 2- vika o'simligidan olingan izolyant("V"); 3- étalon izolyant (R); 4-etolon izolyant (M).

Olingan dastlagi natijalar asosida xulosa qilish mumkinki, identifikatsiya qilingan 3 ta izoliyant ensizbargli vika turiga qarashli ekanligi qayd etildi. Mazkur izolyantlar sho'rlangan tuproq sharoitida urug'lik donning unuvchanligini oshirdi va o'simliklarning o'sishini jadallashtirganligi bilan etolon izolyantlarga tenglashdi. Vika (V.angustifolia.L) o'simligidan ajratib olingan yangi izolyantlar kelgusida biopreparatlar yaratish uchun asos bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ан.Х.Баймиев. Генетическое разнообразие и филогения клубеньковых бактерий, вступающих в симбиоз с чиной весенней Lathyrus vernus (L.) bernh / Ан.Х.Баймиев, К.Г.Птицын, Д.К.Благова, А.А.Мулдашев, Ал.Х.Баймиев // Микробиология - 2011. - Т. 80, № 1. - C. 100-104.

2. О.Г.Волобуева. Влияние препарата эпин-экстра и ризоторфина на содержание фитогормонов в растениях фасоли разных сортов и эффективность симбиоза /О.Г.Волобуева, М.П.Мирошникова //Тезисы Международной конференции «Генетическая интеграция прокариот и эукариот: фундаментальные исследования и современные агротехнологии». Санкт- Петербург, 2015. - С.65.

3. Kuralova R.M., Ismoilova K., Xusanov T.S., Qo'shiyev H.H..SHirinmiya glycyrrhiza glabra l o'simligidan tugunak bakteriyasini ajratish // УзР ФА Микробиология институти. O'zbekistonda mikrobiologiya va mikrob biotexnologiyasining o'rni va uni yanada rivojlantirish istiqbollari online/respublika ilmiy anjumani /2021 yil 17 noyabr.-B.42-43.

4. Х,амидов А., Набиев М., Одилов Т., Узбекистон усимликлари аниклагичи. Тошкент," Укитувчи", 1987й.- 327 б.

5. Кулиев Т., Турматов Б., Ражабов Б. Тупрок унумдорлигини ошириш имкониятлари. Биохилма-хилликни саклаш Республика илмий анжумани. -Гулистон: 2007.

6. Романов Х. Возделывание кормовых культур на орошаемых землях. Ташкент. "Мехнат", 1986. 160 с.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

7. Исмоилова К.М., Кулиев Т.Х., Каримова Ш.Б. Кормовая и селекционная ценность вики в условиях почвенного засоления // Universum: химия и биология : электрон. научн. журн. 2023. 2(104). С.26-31, URL:https:// 7 universum. com/ru/nature/archive/item/14894.

8. Кулиев Т., Эшкувватов А.,Тодерич К. Вика -орали; хашакбоп экин// "O'zbekiston qishloq xo'jaligi", № 1, 2015 й.

9. Ismoilova Karomatxon Maxmudjonovna, Kuliev Tojidin Xamdamovich, Karimova Shoira Bahodir qizi, Ismoilov Tohirbek Srojiddin o'g'li. Dukkakli don ekinlarining ayrim turlari va ularning biologik hamda xo'jalik ahamiyati (adabiyotlar tahlili asosida // "Марказий Осиёда биологик хилма-хилликни саклаш: муаммолар, ечимлар ва истикболлари" / I Халкаро илмий-амалий конференция материаллари. Наманган, 2024 йил. 24-25 май. -Б. 582.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.