Научная статья на тему 'INDIGOFERA AUSTRALIS O’SIMLIGINING MAHALLIYLASHTIRISHDAGI AFZALLIKLAR, O’SIMLIKNING BIZNING TUPROQ SHAROITIMIZGA MOSLASHUVCHANLIK XUSUSIYATLARI HAMDA UNDAN TABIIY INDIGO BO’YOG’INI AJRATIB OLISH'

INDIGOFERA AUSTRALIS O’SIMLIGINING MAHALLIYLASHTIRISHDAGI AFZALLIKLAR, O’SIMLIKNING BIZNING TUPROQ SHAROITIMIZGA MOSLASHUVCHANLIK XUSUSIYATLARI HAMDA UNDAN TABIIY INDIGO BO’YOG’INI AJRATIB OLISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
103
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Indigofera / Fabaceae / biomassa / indigo / indimum / antibacterial / antifungal. / Indigofera / Fabaceae / biomass / indigo / indimum / antibacterial / antifungal.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jalolov, Iqboljon Jamolovich, Qoraboyeva, Gulnozaxon Islom Qizi

Indigofera australis o’simligining tuproqqa moslashuvchanlik xususiyatlari o’rganildi, ushbu o’simlikning mahalliylashtirishda ko’zda tutilgan afzalliklar o’rganildi. Tajriba maydoni sifatida Farg’ona shahar “Xumo-uy” nomli fermer xo’jaligi va Yozyovon tumani “Gulshan” nomli fermer xo’jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanildi. Tuproq tarkibini o’rganish 14 xil ingridingentda aniqlanadi hamda yeg’ilgan indigo xosildorligi miqdori aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES IN LOCALIZATION OF INDIGOFERA AUSTRALIS PLANT, ADAPTABILITY OF THE PLANT TO OUR SOIL CONDITIONS AND DISTRIBUTION OF NATURAL INDIGO DYE FROM IT

The properties of Indigofera australis plant adaptability to the soil were studied, the advantages of this plant in the localization were studied. As an experimental area, the cultivated fields of the farm "Khumo-uy" of Fergana city and the farm "Gulshan" of Yozyovon district were used. The study of soil composition is determined in 14 different ingridients and the amount of harvested indigo productivity was determined.

Текст научной работы на тему «INDIGOFERA AUSTRALIS O’SIMLIGINING MAHALLIYLASHTIRISHDAGI AFZALLIKLAR, O’SIMLIKNING BIZNING TUPROQ SHAROITIMIZGA MOSLASHUVCHANLIK XUSUSIYATLARI HAMDA UNDAN TABIIY INDIGO BO’YOG’INI AJRATIB OLISH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

INDIGOFERA AUSTRALIS O'SIMLIGINING MAHALLIYLASHTIRISHDAGI AFZALLIKLAR, O'SIMLIKNING BIZNING TUPROQ SHAROITIMIZGA MOSLASHUVCHANLIK XUSUSIYATLARI HAMDA UNDAN TABIIY INDIGO BO'YOG'INI

AJRATIB OLISH

Jalolov Iqboljon Jamolovich

FarDU dotsenti Qoraboyeva Gulnozaxon Islom qizi

Marg'ilon shahar 2-son KHM o'qituvchisi E-mail: gulnozaqoraboyeva309@gmail.com

ANNOTATSIYA

Indigofera australis o'simligining tuproqqa moslashuvchanlik xususiyatlari o 'rganildi, ushbu o 'simlikning mahalliylashtirishda ko 'zda tutilgan afzalliklar o 'rganildi.

Tajriba maydoni sifatida Farg 'ona shahar "Xumo-uy" nomli fermer xo jaligi va Yozyovon tumani "Gulshan" nomli fermer xo'jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanildi. Tuproq tarkibini o'rganish 14 xil ingridingentda aniqlanadi hamda yeg'ilgan indigo xosildorligi miqdori aniqlandi.

Kalit so'zlar: Indigofera, Fabaceae, biomassa, indigo, indimum, antibakterial, antifungal.

АННОТАЦИЯ

Изучены свойства приспособленности растения Indigofera australis к почве, изучены преимущества этого растения в локализации.

В качестве опытного участка использовались обрабатываемые поля фермерского хозяйства «Хумо-уй» города Ферганы и фермерского хозяйства «Гюльшан» Йозёвонского района. Изучение состава почвы определяется по 14 различным ингредиентам и определяется количество собранной урожайности индиго.

Ключевые слова: Indigofera, Fabaceae, биомасса, индиго, индим, антибактериальное, противогрибковое.

ABSTRACT

The properties of Indigofera australis plant adaptability to the soil were studied, the advantages of this plant in the localization were studied.

As an experimental area, the cultivated fields of the farm "Khumo-uy" of Fergana city and the farm "Gulshan" of Yozyovon district were used. The study of

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

soil composition is determined in 14 different ingridients and the amount of harvested indigo productivity was determined.

Keywords: Indigofera, Fabaceae, biomass, indigo, indimum, antibacterial, antifungal.

Oldingi tadqiqot ishlarimizda Indigofera australis o'simligini bizning iqlim sharoitimizga moslashuvchanlik xususiyatlarini o'rganishdagi dastlabki xulosalarimizni [1] keltirgan edik. Ilmiy tadqiqot ishlarimizni davom ettirgan xolda, Indigofera australis o'simligini mahalliylashtirish afzalliklari hamda undan indigo bo'yog'ini ajratib olish unumini o'rganib chiqdik. Ushbu o'simlikni mahalliylashtirish Osiyo va Evropaning to'qimachilik sanoatida foydalanish - paxta, ipak va jun matolar uchun qimmatbaho tabiiy bo'yoq pigmenti bo'lishidan tashqari, tabiat va insonlar turmush tarzi uchun ham bir qancha afzalliklarga ega. Masalan:

•jozibali gullari va turli xil sharoitlarda o'sishga moslashuvchanligi o'simlikning bezak o'simlik sifatida ishlatishga imkon beradi;

• bu yovvoyi hayot uchun eng yaxshi o'simlikdir. Gullari ko'plab mahalliy hasharotlar, shu jumladan asalarilar uchun chang va nektar manbaidir;

• o'simlik kapalak lichinkalari uchun ham foydali ozuqa bo'lib xizmat qiladi;

• ekologik foydasi: eskirgan (sho'rlangan, unumdor bo'lmagan) yerlarning unumdorligini tiklaydi. O'simlik ildizlarida tuganak bakteriyalari simbioz holatda mavjud bo'lganligi sababli, boshqa dukkakli ekinlar singari Indigofera australis atmosferadan azotni olib, uni tuproqqa singdiradi. Bu tuproqni boyitishga va yaxshilashga olib keladi [2];

• Indigofera australisni tuproqni baquvvat qilsih uchun ham yetishtirish mumkin;

• qishloq xo'jaligida foydalanish - tanazzulga uchragan ekin maydonlarining hosildorligini oshirishda ya'ni tarkibidan indigo ajratib olingan qoldiq biomassa sabzavotlar va mevali daraxtlar uchun "yashil go'ng" sifatida foydalaniladi. Ushbu qoldiq biomassadan chorva mollari uchun to'yimli ozuqa sifatida ham foydalanish mumkin;

• qadimdan Tibet va Hind-Xitoy an'anaviy tibbiyotida ushbu o'simlikdan foydalanib kelingan. Shuningdek, Hind-Xitoy farmatsevtika sanoatida antibakterial va antifungal dori-darmonlar, it tishlashi va ilon chaqishiga qarshi dorilar, epilepsiya, jigar zaharliligini kamaytirish, teri kasalliklari va saratonning ayrim turlarini davolash uchun foydalanganliklari ma'lum [3];

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

• Yaqinda ushbu o'simlikning jinsiy a'zolar, buyrak, asab kasalliklarini hamda jiddiy yuqumli kasalliklarini davolashda ham ishlatilishi mumkinligi haqida xabar berildi [4].

• bu o'simlikning ildizidan suv bulyoni ich qotishi va vaboni davolashda ishlatiladi [5].

Indigofera australis o'simligini iqlim sharoitimizga moslashtirishning bir qancha afzallik tomonlari ham mavjud:

• Indigofera australis etishtirish kamroq o'g'it talab qiladi;

• Indigofera australis ni kuzgi ekinlardan keyin etishtirish mumkin;

• Yashil biomassaning o'rtacha hosildorligi 30-35 tonna / ga tashkil etadi;

• tabiiy bo'yoq pigmentining arzonligi va oddiy ekstraktsiyasi;

Biz ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida Indigofera australis o'simligining o'sish va rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari uni bizning iqlim sharoitimizda ham mahalliylashtirish imkonini berishini aniqladik. Ushbu o'simlik O'zbekistonning tanazzulga uchragan tuproqlarida hamda cho'l hududlarida o'sish va rivojlanishga moslashtirish birinchi navbatda uning yashil biomassasidan qimmatli tabiiy bo'yoqni sintez qilish imkonini beradi. Indigofera australis yetishtirish davomida kam o'g'it talab qilishi va ekstraktsiyaning arzonligi bizni ushbu o'simlikning mahalliylashtirishga bo'lgan qiziqishimizni yanada oshirmoqda

TADQIQOT METODLARI VA NATIJALAR:

Indigofera australisning loviyasimon urug'larini ikki xil ya'ni tosh-arzikli biroz unumsiz hamda sho'rlangan qumli cho'l hududidagi tuproqqa ekdik va uni moslashuvchanlik xususiyatlarini har ikkala hududda o'rganib bordik. Tajriba maydoni sifatida Farg'ona shahar "Xumo-uy" nomli fermer xo'jaligi va Yozyovon tumani "Gulshan" nomli fermer xo'jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanildi.

Indigofera australis o'simligi urug'larini ekishdan avval tuproq tarkibini tahlil qildik.

Tuproq tarkibini o'rganish 14 xil ingridingentda aniqlanadi:

1. Tuproqni pH ko'rsatkichini aniqlash- pH metr yordamida;

2. Tuproq tarkibidagi sulfatni aniqlash, fotokolorimetrik metod (KFK);

3. Gumus KFK;

4. Nitrat KFK;

5. Nitrat monomer oqimi o'lchanadi;

6. Xrom KFK;

563

Oriental Renaissance: Innovative, r

educational, natural and social sciences 1'

Scientific Journal Impact Factor Q

Advanced Sciences Index Factor

7. Mishyak KFK;

8. Kalsiy, magniy (titrometrik usul);

9. Marganes KFK;

10. Mis KFK;

11. Rux KFK;

12. Magniy xlorat KFK;

13. Neft mahsulotlari ( massasi bo'yicha) flyurat-2;

14. Pestitsidlar xromotografiya ( alora TXSG, gamma TXSG, DDT, DDE, DDD) larni aniqlaydi.

Namuna olish: konvert usulida korxona, fermer xo'jaligi, tashkilotdan 5 nuqtadan; Chiqindixonalardan 4 nuqtadan 30 sm chuqurlikda bura orqali kovlanadi.

Tadqiqotlarimiz davomida Indigofera australis o'simligi ekilgan tajriba maydonlarida tuproqning kimyoviy tarkibini o'rganish uchun besh xil qatlamdan (010, 10-30, 30-50, 50-75, 0-100) olingan namunalar tuproq eritma (suvli-so'rim) lari tayyorlanib, uning tarkibidagi ionlarga nisbat sifat reaksiyalari amalga oshirildi.

Kalsiy va magniy ionlari miqdoriy analizi (1-jadval) to'liq tugatilgach, CO32- va SO42- ionlari miqdoriy analiz qilindi. CO32- ioni magniyli tuzlari suvda erimaydigan anionlar bo'lib, SO42- ioni esa bariyli tuzlari suvda erimaydigan anionlardir. Suvli so'rimdagi CO32- va SO42- ionlari kimyoviy analiz usulida aniqlandi (2-jadval).

Tuproq namunalari tarkibidagi kationlar miqdori 2022-yil (birinchi yarmi) Farg'ona shahar "Xumo-uy" nomli fermer xo'jaligi tuproq tahlillari: Tuproqning sho'rlanish darajasi,% (1-jadval)

Ionlar Nazoratdagi Kuchsiz sho'rlangan O'rtacha sho'rlangan Kuchli sho'rlangan

Ca2+ 0.021 0.025 0.056 0.149

Mg2+ 0.016 0.003 0.011 0.013

Tuproq namunalari tarkibidagi sulfat va karbonat ionlar miqdori 2022-yil (ikkinchi yarmi) Farg'ona shahar "Xumo-uy" nomli fermer xo'jaligi tuproq tahlillari: Tuproqning sho'rlanish darajasi, % (2-jadval)

Ionlar Nazoratdagi Kuchsiz sho'rlangan O'rtacha sho'rlangan Kuchli sho'rlangan

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SO42- 0.311 0.012 0.062 0.137

CO32- 0.325 0.082 0.106 0.242

Tuproq namunalari tarkibidagi kationlar miqdori 2022-yil (birinchi yarmi) Yozyovon tumani "Gulshan" nomli fermer xo'jaligi tuproq tahlillari: Tuproqning sho'rlanish darajasi, % (1-jadval)

Ionlar Nazoratdagi Kuchsiz sho'rlangan O'rtacha sho'rlangan Kuchli sho'rlangan

Ca2+ 0.017 0.021 0.063 0.155

Mg2+ 0.014 0.0025 0.015 0.017

Tuproq namunalari tarkibidagi sulfat va karbonat ionlar miqdori 2022 -yil (ikkinchi yarmi)

Yozyovon tumani "Gulshan" nomli fermer xo'jaligi tuproq tahlillari: Tuproqning sho'rlanish darajasi, % (2-jadval)

Ionlar Nazoratdagi Kuchsiz sho'rlangan O'rtacha sho'rlangan Kuchli sho'rlangan

SO42- 0.312 0.014 0.066 0.142

CO32- 0.327 0.088 0.098 0.251

Tajriba Kalsiy, magniy titrometrik apparatida, tuproq tarkibidagi sulfatni aniqlash uchun esa fotokolorimetrik metod yordamida KFK apparatida o'tkazildi. Jarayon 8 soat davomida tinimsiz chayqatib turilgan holda amalga oshirildi.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, qatlamlardan olingan namunalarda ionlar miqdori faqrlanadi.

Tuproqdagi tuzlarning miqdorini o'rganish, yerning sho'rligi bilan o'simlik ildizidagi diamidlar, polifenollar, yuqori to'yinmagan karbon kislotalarning miqdori bilan korellyasion bog'liqlikni aniqlash va shu asosida tuproq qanchalik sho'rlangan, ozuqa moddalarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va qay tezlikda uni normal sharoitga qaytarish imkoniyatlari to'g'risida tavsiyalar ishlab chiqish mumkin bo'ladi. Shunga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'ra biz Indigofera australis o'simligini qanday tuproq muhitiga moslasha olayotganligini ham kuzatamiz.

Ko'p hollarda olingan Indigofera biomassasining hajmi tuproqqa, agrotexnik tadbirlarga va o'z vaqtida tozalashga bog'liq. Indigofera australisning ma'lum bir qismini urug' olish uchun oktyabr oyining o'rtalariga qadar tozalamasdan tomorqada qoldirdik.

Qumoq-qumoq tuproqdagi o'simlik biomassasining hosildorligi 65%ga, biroz sho'rlangan qumli tuproqdagi hosildorlik har sotixiga 80 % ga yetdi. Bu o'rtacha har gektariga 35-40 tonna yashil biomassani bildiradi. O'simlik salqin joyda quritganimizdan so'ng 4-6 tonna quruq massa qoladi. Ushbu quruq massadan biz 0.81 tonna gacha pigment olishga erishish mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bizning 2 sotixli hududimizning har biridan 350-400 kg yashil biomassa oldik. O'simlik salqin joyda 24 soat quritilgandan so'ng 200-300 kg quruq massa qoldi. Ushbu quruq massadan har bir hududdan biz 10-12 kg gacha pigment olishga erishdik.

Hosildorlik miqdorini quyidagicha hisoblab topishimiz mumkin:

12/400*100=3%

Agar biz 2-3 yil davomida tuproq unumdorligini tiklab borsak yoki o'rtacha yohut yuqori unumdorlikka ega bo'lgan yerlarga o'simlikni ekadigan bo'lsak hosildorlik keskin ortadi. Biz qachonki kerakli paytda sug'orish va qayta ishlash rejimiga amal qilsak hosildorlik miqdori 90-95 % gacha yetishi mumkin.

Indigo yordamida ipak tolasini bo'yash jarayoni hamda indigo bo'yog'ida bo'yalgan ipak tolasi.

Bizning tajribalarda aprel oyida ekilgan birinchi hosil avgust oyining oxirida yig'ib olindi, shundan so'ng sug'orish ishlari, urug'lantirish va o'g'itlash sentabr oyining o'rtalariga qadar davom etdi. Ikkinchi bor o'simlikda yana novdalar paydo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'ldi va barg massasi paydo bo'ldi va o'simlikda yashil qismi 20-40 sm balandlikda o'rib olindi. Ajratib olayotgan Indigo bo'yog'ining foizini quyidagicha hisoblaymiz: ( indigo massasi / barg massasi) x 100.

Biz yangi va quritilgan barglardan olingan pigment miqdorini taqqoslashimiz yoki Indigofera australis kabi boshqa indigo manbalari bilan taqqoslashimiz mumkin.

Indigofera australis yetishtirish quyidagi afzalliklarga ega: O'simlikni qumli, qumoq, gil, toshli va oz sho'rlandan tuproqda o'stirish mumkin, va u kam o'g'it talab qiladi. Indigofera australisni ushbu xususiyatlari o'simlikni bizning iqlim sharoitimizga mahalliylashtirish imkonini beradi. Tabiiy bo'yoq pigmenti oddiy tarzda va xarajatlar katta bo'lmagan holda ajratib olinishi mumkin. 1 gektar maydonga 6-7 kg urug'lik talab qilinadi, urug'lik narxi 500 ming so'mga teng. Mavsum davomida o'rtacha bir gektardan 30-35 tonna yashil biomassani olish mumkin. Ushbu biomasdan o'rtacha 100-130 kg qimmatbaho pigmentga ekstraktsiya qilinishi mumkin va agar biz 1 kg ni hisobga olsak Yevropa bozorida Indigo 150dan 300 evrogacha (shunga qarab sifat), u fermerlar uchun yaxshi daromad chiqadi. Ichki bozorda 1 kg ajratib olingan pigment narxi 600 000-800 000 so'm turadi, shuning uchun ham ichki bozorda pigmentni sotish ham fermerlarimizga 1 gektar maydondan tushum 70 million so'mdan ortiq.

REFERENCES

1. Жaлолов, И. Ж., Kорaбоевa, Г., & Maрaимовa, У. Р. (2021). ЛОКАЛИЗАЦИЯ РАСТЕНИЙ INDIGOFERA AUSTRALIS И СПОСОБЫ ПОЛУЧЕНИЯ ИЗ НЕГО ХИМИЧЕСКИХ КРАСИТЕЛЕЙ. Universum: химия и биология, (2 (80)), 32-35.

2. Ф.С. Пилипенко. Род 33. ИНДИГОФЕРА, или ИНДИГОНОС — INDIGOFERA L. // Деревья и кyстaрники СССР. Дикорaстyщие, культивируемые и перспективные для интродукции. / Ред. TOMa С.Я. Соколов.

— М.—Л.: Изд-во АН СССР, 1958. — Т. IV. Покрытосеменные. Семействa Бобовые — Грaнaтовые. — С. 132-135. — 976 с. — 2500 экз.

3. Б.К. Шишкин. Род * ИНДИГОФЕРА — INDIGOFERA L. // В 30 т / Гл. ред. 8кад. В.Л. Kомaров; Ред. томa Б.К. Шишкин. — М.—Л.: Изд-во АН СССР, 1945.

— Т. XI. — С. 298—300. — 432 с.

4. X. Холмaтов, З.Х. Хaбибов, Н.З. Олимхyжaевa. «Лекaрственные рaстения Узбекистaнa» T. 1991, 52 стр.

5. I.M.Primuhammedov. Organik kimyo. Toshkent, 1990 yil

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.