Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN TUPROQLAR ShAROITIDA SOYA O‘SIMLIGI ILDIZLARIDAGI AZOT TO‘PLOVChI (BRADYRHIZOBIUM JAPONICUM) TUGANAKLARNI ShAKLLANTIRIShNINING RESSURSTEJAMKOR USULI'

SUG‘ORILADIGAN TUPROQLAR ShAROITIDA SOYA O‘SIMLIGI ILDIZLARIDAGI AZOT TO‘PLOVChI (BRADYRHIZOBIUM JAPONICUM) TUGANAKLARNI ShAKLLANTIRIShNINING RESSURSTEJAMKOR USULI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
soya / fosfor / bakteriya / don / hosildorlik / tuproq / Baraka / To‘maris Mman-3 / nav.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Hamdamov Jaxongir Usmonali O‘G‘Li

Soya o‘simligi ildizida tuganak bakteriyalarni hosil qilish uchun Rhizobium japonicum muqaddam qo‘llanilib ushbu tuproqda yashab qolgan bakteriyasini va fosfor parchalovchi FOSSTIM3 bakterial bioo‘g‘itidan foydalanib, ilk bor soya ekilayotgan tuproqlarga azot to‘plovchi bakteriyalarni yuqtirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN TUPROQLAR ShAROITIDA SOYA O‘SIMLIGI ILDIZLARIDAGI AZOT TO‘PLOVChI (BRADYRHIZOBIUM JAPONICUM) TUGANAKLARNI ShAKLLANTIRIShNINING RESSURSTEJAMKOR USULI»

UO'T: 635.655.631.847.2 SUG'ORILADIGAN TUPROQLAR ShAROITIDA SOYA O'SIMLIGI ILDIZLARIDAGI AZOT TO'PLOVChI (BRADYRHIZOBIUM JAPONICUM) TUGANAKLARNI ShAKLLANTIRIShNINING RESSURSTEJAMKOR USULI

Hamdamov Jaxongir Usmonali o'g'li q.x.f.f.d., Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy

xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10931805

Annotatsiya. Soya o'simligi ildizida tuganak bakteriyalarni hosil qilish uchun Rhizobium japonicum muqaddam qo'llanilib ushbu tuproqda yashab qolgan bakteriyasini va fosfor parchalovchi FOSSTIM3 bakterial bioo'g'itidan foydalanib, ilk bor soya ekilayotgan tuproqlarga azot to'plovchi bakteriyalarni yuqtirish.

Kalit so'zlar: soya, fosfor, bakteriya, don, hosildorlik, tuproq, Baraka, To'maris Mman-3,

nav.

Аннотация. Впервые в почву, где выращиваются соевые бобы, были внесены азотаккумулирующие бактерии с исползованием бактерии Руизобиум жапонисум, живущей в этой почве, и бактериалного биоудобрения ФОССТИМ3, разлагающего фосфор, для образования почкующихся бактерий в корнях растений. растения сои.

Ключевые слова: соя, фосфор, бактерии, зерно, продуктивност, почва, Барака, Томарис Мман-3, сорт.

Abstract. For the first time, nitrogen-accumulating bacteria were introduced into the soil where soybeans are grown by using Rhizobium japonicum, a bacterium living in this soil, and the bacterial biofertilizer FOSSTIM3, which decomposes phosphorus, to form budding bacteria in the roots of soybean plants.

Keywords: soybean, phosphorus, bacteria, grain, productivity, soil, Baraka, To'maris Mman-3, variety.

Kirish: Yurtimizda soyachilikga bo'lgan e'tibor yil sayin ortayapti va soyaning ekin maydonlarini 2025 yilgacha kamida 30 ming gektargacha etkazish rejalashtirilmoqda. Chunki, soya doni tarkibada eng muhim oziq moddalar:sifatlik o'simlik oqsili 40-55 %, ekologik toza o'simlik moyini 20-26,7 % saqlashi bo'yicha tengi yo'q hisoblanib, bugungi kunda dunyo dehqonchiligidagi ekin maydoni 600 mln gektardan ko'proqni tashkil etmoqda. Ya'ni dunyo soya ekmoqda soya donini qayta ishlashdan olinadigan soya oqsili izolyati va soya uni kabi mahsulotlarining xalq xo'jaligidagi barcha oziq-ovqat mahsulotlariga (hattoki bolalar ozuqasiga ham) qo'shilishi hisobiga, ishlab chiqariladigan ovqatbop mahsulotlarning tarkibini sifat jihatidan sezilarlik yaxshilaydi, to'yimliligini oshirib, ularning hazimlanishini kuchaytiradi. Hozirgacha soya uni va soya oqsili izolyati faqat import qilinishi tufayli, ularni qo'shib ishlab chiqarilgan barcha oziq-ovqat non va non mahsulotlari, konditer mahsulotlari, kolbasa, sardelka, sasiska va boshqalarnig tannarxi hamisha baland bo'lib qolayotir. Yurtimizda soyachilikni rivojlantirishga berilayotgan alohida e'tibor (2017 yildan boshlab) uning ekin maydonlarini va yangi etishtirilgan don mahsulotiishlab chiqarishni mos ravishda 18,4 ming gektar va salkam 26 ming tonnagaetkazilishi (2018 y) va soya donining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi "Yunusjon ahli" MChJ tomonidan O'rta Osiyodagi yagona soya uni va soya oqsili izolyati ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod 2019 yilda ishga tushirildi.

Mahsulotning 60 foizi eksportga yo'naltiriladi, 40 foizi esa import o'rnini bosuvchi noyob seroqsil mahalliy mahsulot sifatida barcha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishida qo'llanilishi kutilmoqda.

Muommaning dolzarbligi:Soya o'simligi dukkakli o'simlik sifatida resurs tejovchi bo'lib hisoblanadi va unga tuproqda qulay sharoit yaratilganda (havo, namlik va eng muhimi azotabakteriyalar), havodagi hamisha mavjud bo'lgan 78 foiz molekulyar azotni o'zlashtirib (fiksatsiyalab), o'zi o'sgan tuproqlarning har gektarida o'rtacha 78-156 kg gacha va soya o'simligidan bo'shagan dalalarga ekilgan barcha ekinlar to'la o'zlashtira oladigan, ekologik toza ya'ni nitratsiz biologik azotni to'plab beradi.[1].

Agar buni har qanday qishloq ho'jalik ekinlaridan o'rtacha hosil etishtirish uchun o'suv davrida tuproqlarga har yili beriladigan ma'danlik-azotlik o'g'itlarga qiyoslansa, manzara oydinlashadi va yurtimizning sug'oriladigan tuproqlariga berilayotgan fosforlik va kaliylik o'g'itlar bilan bir qatorda solinayotgan ammoniy selitradan o'simlikka o'suv davrida zarur bo'lgan 180-200kg sof azot me'yoriga erishishlik uchun o'zlashtirish koeffitsientini ham qo'shib hisoblaganda kamida 4600 kg atrofida ma'dan o'g'itini tuproqqa solinishini taqoza etadi.

Bu o'g'it shu yili tarkibidagi (34%) ta'sir etuvchi moddasiga ega bo'lib, shu yilda o'stirilgan o'simlik bundan bor yo'g'i 30-40 foizinigina o'zlashtira olishini soha mutaxasislari ta'kidlaydilar.[2].Uzoq yillardan buyon tuproqda qolayotgan minerallar tuproq, suv, havo ekologiyasiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsataveradi, tuproqlarimizda yildan yilga ular ko'plab to'planmoqda, sababi tuproqlarimizdagi chirindi (gumus) kamayib ketdi, buning natijasida esa tuproq mikroflogiyasiga, ularni faolligiga o'z ta'sirini o'tkazyapdi.

Tuproqlardagi namlikni ChDNS nisbatan 65-70%, g'ovokligi ta'minlanib, yumshoq havo o'tadigan bo'lishi natijasida mazkur tuproqda bir mavsumda soya o'stirilishi bilan azot to'plovchi bakteriyalar "armiyasi" ni ishga tushiramiz, bu soya o'simligining ildizlarida shakillanuvchi o'rtacha 50,0-130,0dona va undan ham ko'p, yumaloq, no'xatdek keladigan tuganakchalarni sanashga kuzatishga imkon beradi va ushbu tuproqda o'stirilgan soya ekinining hosildorligi o'rtacha 2,2-3,6 s/ga yuqoriroq bo'ladi.

Soyadan keyin ekilgan kuzgi g'alla, g'o'za, sabzovat- poliz ekinlari hosildorligi ham o'rtacha 18,5-28,5 % gacha orttirishgaerishiladi. Ularga sarflanadigan azotlik o'g'itlar me'yorini o'rtacha 35-40% gacha iqtisod qilinadi.

Muommani o'rganganlik darajasi:Soya tugunak bakteriyalari faoliyati evaziga havodagi erkin azotning biologik azotga aylanishi va tuproqda to'plashi tufayli har gektaridan o'rtacha 86150 kg/ga gacha azot bilan unumdorligini "tekinga" yaxshilanishi mumkin [3].

Rhizobium guruxi bakteriyalari yuqtirilgan tuproqlarda qulay sharoit yaratilganda tuproq namligi, havo o'tkazuvchanligi yaxshi bo'lganda 15-17 yilgacha o'z "xo'jayini"ni ya'ni soya o'simligini kutib harakatda balki ko'payib yashaydi.[4].

Dukkakli ekinlar va rizobiyalarning o'zaro ta'siri simbiotik assotsiatsiyalarni tashkil etadi, ayniqsa, bir qancha omillarga, xususan, o'sish muhitidagi ozuqa darajalariga sezgirdir. [5] O'sish muhitida mavjud bo'lgan ozuqa moddalarining Rizobium-dukkakli simbiozlarga va azot fiksatsiyasiga ta'sirini o'rgangan.[6]. Rizobiya samarali dukkakli o'simliklarning o'zaro simbiozini o'rnatish uchun uglerod, azot, fosfor, kaliy, magniy va bir qancha mikroelementlarni o'z ichiga oladi [7]. Soya o'simligining ildizlaridagi tugunak bakteriyalar orqali havodagi sof azot o'zlashtirilishi orqali tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi yaxshilanadi. O'simlik o'suv davrida o'zini, o'zidan keyingi ekinni sof, biologik azot bilan ta'minlashi natijasida tuproqning haydalma qatlami turli xil zararli kimyoviy tuzlar va boshqalardan qisman tozalanadi. Tuproqni mikroflorasi

va uning unumdorligi ortadi. Soya o'simligining o'stirishda (tuproqqa, soya urug'ligiga) muqaddam Bradirizobium japonicum bilan (6-8 yil avval) ishlangan tuproqlarda yashayotgan bakteriyalik tuproqlar bilan yuqtirilganda, yangi dalalarda o'stirilgan soya o'simliklarining ildizlarida azot to'plovchi tuganaklarni shakillantiradi.[8].

Tadqiqot maqsadi:Soya urug'i ko'p yillar almashlab ekib kelinayotgan tuproqlar tarkibadamavjud bo'lgan Bradyrhizobium japonicumazot to'plovchi tuganak bakteriyalardan fodalangan holda soya urug'i ekilayotgan tuproqlarga yuqtirish va bu tuproqlarda ham azot to'plovchi tuganak bakteriyalarini soya o'simligi ildizlarida hosil qilish. Bu jarayon bilan birgalikda tuproqlarimizda o'zlashtirilmasdan qolib ketayotgan fosfor birikmalarini o'simlik faol o'zlashtira oladigan darajaga o'tkazish uchun fosfor parchalovchi yangi FOSSTIM-3 bioo'g'itlarning samarasini o'rganildi

Tadqiqot uslublari: Tadqiqot ishlarini olib borishda tajriba tizimini joylashtirish, fenologik kuzatuvlar va hisoblash ishlarini olib borishda O'zPITIning uslubiy qo'llanmasi (1985y, 2007y) va Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutlarida ishlab chiqarilgan ilmiy uslublar (2000-2020 y.y) asosida o'tkazildi.tajribalar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutning Farg'ona viloyatidagi tajriba stansiyasining dala maydonida olib borildi. Tajriba maydoni 4 karra takrorlanishda olib borilib, paykalning yuzasi 100,8 kv.m (eni 4,80 m, uzunligi 21 m), hisobli qatorlar 4 ta, himoya qatorlari 4 ta, variantlar soni 14 ta bo'lib,Tajribada soyaning yangi mahalliy To'maris Mman-3, va Baraka navlarining urug'liklariga va ekiladigan tuproqlariga muqaddam aralashtirish orqali yuqtirish dala tajribasi 2019-2020 yillarda olib borildi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Tadqiqot natijalarining dastlabki, 2019 yilning olingan natidjalarini 2020 yilda olingan tadqiqot natijalariga taqoslanganda soya o'simligining ildizlarida azot to'plovchi tuganaklarning sonida katta farq sezilmadi. Olingan taxlil natijalari 1 jadvalda keltirib o'tilgan. Olingan ikki yillik ma'lumotlar ko'rsatadiki, soyanig "Baraka" navining nazorat naviga nisbatan 2-3-variantlarda gullash-dukkaklash bosqichida azot to'plovchi tuganaklarning o'rtacha miqdori har bir o'simlik ildizida 46,95 va 58,9 donagacha ko'proq shakillanganligi kuzatildi.Shu variantlarning "To'maris MM-3" navida esa nazoratga nisbatan esa har tup soya o'simligi ildizida 34,45 va 59,25 donaga ortganligi aniqlandi.(rasmga qarang).Tajribada foydalanilgan 15-25 sm tuproq qatlamida azot to'plovchi tuganaklar soni 0-15 sm qatlamga nisbatan kamroq hosil bo'ldi. Chunonchi, soyaning "Baraka" navini 4 va 5 variantlarida o'simliklarning ildizlarida nazorat variantiga nisbatan mos holda o'rtacha 23,6 va 33,85 donaga ko'payganligi aniqlandi. Xuddi shu variantlarning "To'maris MM-3" navlarida nazorat variantiga nisbatan 15-25 sm qatlam tuproq 10 kg variantida 26,25 donaga ortganligi hamda 15-25 sm qatlam tuproqdan 15kg FOSSTIM3 variantida nazoratga nisbatan 33,6 donaga yuqoriga ko'payganligi aniqlandi.

To'la pishish bosqichiga o'tgan o'simliklarning ildizlaridagi tuganaklarning hosil bo'lishi sezilarli miqdorda kamaya boshlashi ularning rangi qo'ng'irlashgani va tuproqqa singishi kuzatildi. Bu holat "To'maris MM-3" navida ertaroq kuzatildi. Chunki, "To'maris MM-3" navi erta pishar bo'lganligi, uchun tuganaklarning hosil bo'lishi sekinlashadi. O'simlikni pishish bosqichiga tezroq o'tganligi bilan izohlanadi. Tajribadagi soya o'simliklaridan olinadigan asosiy mahsulot o'simlikning don hosildorligini o'rganish natijasini ko'rsatishicha, 2 va 5 variantlardagi o'simliklardan olingan soya doni hosildorligi nazorat variantlariga nisbatan o'rtacha 4-12 foizgachani tashkil etdi. Bunda "Baraka" navida o'rtacha 2 yilda 4-7,2 foiz, To'maris MM-3 navida 10-11,6 foizga, ko'proq soya doni etishtirilganligi aniqlandi.

Xulosalar:Tadqiqotlar natijasiga ko'ra ikki yillik eksperimental tajribalarining natijalariga asoslanib quydagi xulosalarga keldik:

1. Soya o'simligining ildizlarida shakillanuvchi azot to'plovchi tuganak bakteriyalarni muqaddam 15-20 yil avval ekilgan soyazordan foy dalanib, boyitilgan Rizotorfin, Bradirizobiumlardan qolgan tuproqlarning haydalma qatlamidan olingan tuproq na'munalaridan foydalanish natijasida yangi soyazorlarga azot to'plovchi bakteriyalarni yuqtirish mumkin.

2. Yangidan soya ekilayotgan tuproqlarda Bradirizobiumlik tuproqni qo'shish natijasida soya har tup o'simliklarning ildizlarida o'rtacha 72,0-155,5 donagacha azot to'plovchi tuganaklarni shakillanishiga erishildi. Bunda kechpishar soya navlarida ertapishar navlarga nisbatan o'rtacha 6,0-11,8 donagacha ko'proq azot to'plovchi tuganakchalar aniqlandi.

3. Muqaddam (20 yil avval) Rhizobium boyitilgan tuganaklarni boshqa tuproqlarga yuqtirishi natijasida o'stirilgan soya o'simligining hosildorligi ertapishar "To'maris MM-3" navida gektaridan o'rtacha 10-11,6 foizgacha, o'rtakechki "Baraka" navida esa o'rtacha 4-7,2 foizgacha qo'shimcha don hosili olinishini ta'minlaydi.

1-jadval

Soyaning (Glycine hispida L) navlari o'simliklarining gullash-dukkaklash fazasidagi ildizlarida shakillangan azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganakchalarining soni, o'rtacha tup/ dona hisobida.

№ Tajriba Soya 2019 2020 O'rtacha,

Variantlari Navlari yil yil dona

Baraka 8,4 12,4 10,4

1 Tajriba ekiladigan joy 0-30 sm

qatlam, NAZORAT (an'anaviy usul) To'maris MM-3 4,0 8,0 6,0

2 0-15sm qatlamdan 1000 kg/ga Baraka 48,5 66,2 57,35

TUPROQ To'maris MM-3 35, 4 45,5 40,45

3 0-15sm qatlamdagi 1500 kg/ga Baraka 62,0 76,6 69,3

tuproq bilan FOSSTIM3 To'maris MM-3 60,5 70,0 65,25

15-25sm qatlamdan 1000 kg/ga Baraka 24,0 44,0 34,0

4 TUPROQ To'maris MM-3 22,0 42,5 32,25

5 15-25sm qatlamdan 1500 kg/ga Baraka 33,0 55,5 44,25

TUPROQ +FOSSTIM3 To'maris MM-3 36,6 42,6 39,6

0-15sm qatlamdan tuproq Baraka 32,6 40,5 36,55

6 FOSSTIM3 (urug'ga bir xil vaqta aralashtirish) To'maris MM-3 38,0 40,5 39,25

15-25sm qatlamdan tuproq Baraka 28,0 35,0 31,5

7 FOSSTIM3 (urug'ga bir xil

vaqta aralashtirish) To'maris MM-3 26,6 30,5 28,55

Takliflar: Soyachilik rivojlanishiga davlat miqyosida e'tibor qaratilayotgan bugungi kunda Bradirhizobiumlik tuproqlardan yangi soyazorlarga (xamirturishdek) yuqtirishni

resurstejamkor, usul sifatida yangi soyazorlarni tuproq unumdorligini oshiruvchi, soya don hosilini 7,2-11,6 foizgacha ko'paytiruvchi qulay, arzon tadbir sifatida tavsiya etamiz.

REFERENCES

1. R.Siddiqov, M.Mannopova, I.Egamov Yeri boyning-eli boy // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali №9.2004.19b.

2. L.M.Dorosinskiy "Klubenkovbie bakterii i nitragin. L.Kolos" 1970 g.

3. D.Yo.Yormatova, E.Boyniyozov Tuproq unumdorligini saqlash // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali №6.2008.5b .

4. G.Tangirova Soya: ekish me'yori, kimyoviy tarkibi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. AGRO ILM 2007. 4-son, 9-b.

5. Mannopova, J.Hamdamov, H.Berdaliev International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 06, 2020ISSN: 1475-7192

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.