Научная статья на тему 'O‘RTA OSIYODAGI DUTORSIMON CHOLG‘ULAR'

O‘RTA OSIYODAGI DUTORSIMON CHOLG‘ULAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
106
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dutor / o‘zbek dutori / uyg‘ur dutori / qorakalpoq dutori / tojik dutori / turkman dutori / panduri

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.M.Ismailova, G‘ O‘sarov

Ushbu maqola O‘rta Osiyodagi dutorsimon cholg‘ular va ularning turlari, diapazoni, ijrochilik uslubi xaqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA OSIYODAGI DUTORSIMON CHOLG‘ULAR»

O'RTA OSIYODAGI DUTORSIMON CHOLG'ULAR

M.M.Ismailova G'.O'sarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola O'rta Osiyodagi dutorsimon cholg'ular va ulaming turlari, diapazoni, ijrochilik uslubi xaqida yozilgan.

Kalit so'zlar: dutor, o'zbek dutori, uyg'ur dutori, qorakalpoq dutori, tojik dutori, turkman dutori, panduri.

DUTOR-LIKE INSTRUMENTS IN CENTRAL ASIA

M.M.Ismailova G.Osarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is written about stringed instruments in Central Asia and their types, range, performance style.

Keywords: dutor, Uzbek dutor, Uighur dutor, Karakalpak dutor, Tajik dutor, Turkmen dutor, panduri.

Bu cholg'uning dutor deb nomlanishi fors tilining davlat tili sifatida shakllanganligi, dutor cholg'usi o'troq xolatda shaharlarda yashovchi aholi o'rtasida ham keng tarqalganligi, bu cholg'u sozga dutor nomi qo'yilib odat tusiga kirgan, lekin dastavval dutor cholg'usi turkiyzabon xalqlari orasida do'mbra deb atalgan, degan taxminlar mavjud. Fikrimizcha o'zbeklarning ko'chmanchi tarzda yashovchi aholisi Samarqandning janubiy tumanlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida do'mbra nomli cholg'u xozirgi kungacha saqlanib kelinib, badiiy xayotda keng foydalanilgani dalil bo'la oladi. Dutor - chertma cholg'u bo'lib, do'mbira cholg'usini ijro uslubiga o'xshash o'ng qo'l barmoqlari yordamida ikki torni chimdib chalish orqali tovush chiqariladi. Bu cholg'u tarixdan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkmanistonda keng tarqalgan.

O 'zbek dutori - keng tarqalgan, mayin hamda obertonlarga boy, el sevar cholg'u asbobi. Xalqimiz dutor sozi uchun yaratilgan kuylarda o'z kechinmalarini ifoda etgan. Dutor tovushining jilosi, muloyimligi, hazinliyligi, osoyishtalik taratuvchi, ba'zida o'ynoqilik va mo'nglilik qalbimizga taskin berishi bilan xalqimiz yurak-qalbidan keng joy olgan. Ijro etish imkoniyatlari juda keng, o'ng qo'l barmoqlar hamda panjalari zarblari xilma - xilligi (yakka zarb, qo'sh zarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb,

pirrang va x,.k.) bilan, texnik imkoniyatlari boyligi bilan boshqa sozlardan ajralib turadi. Chap qo'l o'zining nolaga boyligi bilan, chap qo'l barmoqlari bilan tirnab chalish (piqqikato) uslublari bilan boshqa cholg'ulardan ajralib turadi. Dutorda yakkaxon, jo'rnavoz va ansambl bo'lib ijro etiladi hamda ashula va qo'shiqlarga jo'r bo'lish imkoniyatlari mavjud.

Uyg'ur dutori - chertma cholg'u bo'lib, uyg'ur xalqida keng tarqalgan. Dutor tut daraxti yogochidan yasaladi. Simlari 2 ta (ipak yoki mol ichagidan), yuqori sim kichik oktava "si", 1-oktava "do", "re" tovushlariga; pastki tori kvarta yoki kvinta pastga sozlanadi. Uyg'ur dutorining tuzilishi buyicha o'zbek va tojik dutorlariga yaqin, lekin kosaxonaning bir oz kattaligi va cholg'u dastasining bir muncha uzunligi bilan farq qiladi.

Qoraqalpoq dutori - O'rta Osiyoda keng tarqalgan cholg'ulardan biri. Dutor 2 simli chertma cholg'u bo'lib, kattagina noksimon shaklga ega. Uzun dastasiga 13-15 ta pardalar joylashgan. Dutor 2 xil yasaladi. 1 - kosasi yaxlit uyib ishlangan "Kazba" yoki "Oyma", "Kurama" (qovurg'ali). Uning dastasi nisbatan biroz qisqa va ingichkaroqdir. Dutor dastasiga ipak yoki metall simlar tortiladi. Dutorlar suyakdan ishlangan naqshlar bilan bezatilgan. Turli xil uslubda chalingan. Kvartaga sozlanadi. Dutor haqida dastlabki ma'lumotlar XV asrga tegishli. Dutor birinchi navbatda baxshilar cholg'usidir. Ularga jo'rsoz bo'ulgan. Dutor uchun asarlar orasida cholg'u turkumlar aloxida o'ringa ega. Turkumli asarlar kengaytirilgan shakl, ifoda vositalarning turli - tumanligi bilan ajralib turadi. Bunday asarlar orasida "Muxalles", "Nalish" turkumlari mashxur. Uyg'ur dutori tuzilishi jihatidan o'zbek dutorlaridan, kosaxonasining kichikligi va dastasining bir oz kaltaligi bilan farq qiladi. Baxshilik san'atida keng qo'llanilib qo'shiqqa jo'rnavoz sifatida, hamda kuylar ijro etiladi.

Tojik dutori - o'zbek dutoridan farqi bo'lmay, xalq orasida keng tarqalgan bo'lib, maqom, xalq kuylari ijro etiladi va ashula, qo'shiqlarga jo'r bo'ladi. Umuman repertuari juda boy cholg'u.

Turkman dutori - ommabop cholg'u bo'lib, baxshilar orasida keng ijro qilinadigan, to'y marosimlarida, sayillarda ijro qilinadi. Turkman dutori Qoraqalpoq dutoriga o'xshash. Shu tariqa ijro etilishi, texnik imkoniyatlari juda keng. Agar biz dutor cholg'usiga o'xshash do'mbirasimon xordofonlarga nazar tashlasak, MDX xalqlari orasida yana bir qancha shunday toifa cholg'ularni ko'rishimiz mumkin. O'rta Osiyo xududida keng tarqalgan cholg'ulardan biri. Jumladan Turkmanistonda ham mazkur cholg'u sevib ijro qilinadi. Dutor cholg'usi xaqida ma'lumotlar turli afsonalarda, O'rta asrlar olimlarining risolalarida, mumtoz she'riyat na'munalarida mavjud.

Birinchi navbatda dutor turkman baxshilarining cholg'usi xisoblanadi. Baxshilar ijrosi davomida dutor jo'rsoz vazifasini o'taydi. Dutor cholg'usi ham yakka tarzda, ham ansambl tarkibida qo'llaniladi. Dutor cholg'usi repertuariga dutor cholg'usi uchun

yaratilgan aloxida asarlari bilan bir qatorda baxshi qo'shiqlarining cholg'u variantlari ham kiritiladi.

Xususan, Gruziya Respublikasida bu turdagi soz bo'lmish panduri va changuri cholg'ularini kuzatamiz:

Panduri - jo'rnavoz cholg'u xisoblanib, uning jo'rligida yakka va xor bo'lib ijro etiladi. Bu cholg'u xalq orasida keng tarqalgan. Turli - tuman marosimlarda ijro etiladi. Xozirgi kunda pandurichilar ansambllari mavjud.

Changuri - Gruziyada juda ommabop va sevimli cholg'u asbobi. Har bir shahar va qishloqlarda changurichilar ansambllari mavjud. Changuri asosan ayollar cholg'usi deb xisoblanadi, xozirgi davrda erkaklar ham ijro etadilar.

Abxaziyada Gruziyaning changuri (achangur) va panduri cholg'ulari keng tarqalgan.

Dog'istonning tamur cholg'u asbobida asosan qo'shiqlar ijro etishadi. Toglik Dog'istonda keng tarqalgan yana bir cholg'u asboblaridan omoch qo'muz bo'lib, tamurning biroz o'zgartirilgan turidir.

Shimoliy Osetiya - dala - fandir cholg'u asbobida dostonlar, raqslar qo'shiqlar, xazil qo'shiqlar va bolalar qo'shiqlari ijro etiladi.

Do 'mbira - (tanbura so'zidan) - torli chertma xalq musiqa cholg'usi. O'zbek va qozoq dumbra turlari mavjud:

1) o'zbek dumbrasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan bo'ladi. Cholg'uning asosiy qismi (kosaxona va dasta) o'rik, tog'olcha yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi uyib ishlanadi. Pay torlari kvarta, kvinta, ba'zida oktava oraligida sozlanadi. Diapazoni taxminan 2 oktava bo'ladi. Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari, shuningdek, boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholg'udan baxshilar xalq dostonlari, termalarni kuylashda jo'rovoz sifatida, do'mbirakashlar esa "Cho'poncha", "Do'mbira kuy", "Baxshi kuy", "Kelinoy", "Ko'ngiroti" kabi do'mbira kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi ko'rinishi, tuzilishi va tembri do'mbiraga o'xshash bo'ulgan cholg'u sozlari oltoylarda (toshpur), tojiklarda, afg'onlarda (Dumbirok) mavjud.

2) Qozoq do'mbirasining 2 asosiy turi mavjud. Barbiy Qozog'iston do'mbirasi noksimon, kosaxonasi uyilgan, uzun va tor dastasida 13-14 parda bog'lanadi. Unda asosan kurmangozi Dauletkerey. Bayserke, Tattimbet, Kazangap kabi qozoq kuy-qo'shiqlari bastalangan cholg'u kuylari ijro etiladi. Sharkiy Qozog'iston do'mbirasi uchburchak yoki kurakcha shaklida bo'lib, uning nisbatan keng va kalta dastasiga 7-9 parda bog'lanadi. Ko'proq okinlar tomonidan jo'rovoz soz sifatida foydalaniladi. Qozoq do'mbirasi ijro usullarining xilma - xilligi, ifodaviy imkoniyatlarining kengligi tufayli qozoqlarning eng sevimli xalq hamda professional (XVIII asrdan) musiqa cholg'usiga aylangan. 1930 yillardan o'zbek va qozoq do'mbirasining qayta ishlangan turlari (prima, alt, tenor, bas, kontrabas) xalq cholg'ulari orkestrlari tarkibiga kiritildi.

Balalayka - uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. XVIII asr boshida paydo bo'lib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qo'shiq hamda raqslarga jo'rnavozlikda foydalaniladi. XIX asr oxirida rus musiqachisi, moxir balalaykachi V.V.Andreev hamkoriligida soz ustalari F.Paserbskiy va N.Nalimovlar xalq balalaykasini kayta ishlab, katta-kichik turlarini yaratgan. (Balalayka prima, balalayka sekunda, balalayka alt va xokazo). Mazkur sozlar guruxi asosida rus xalq cholg'u asboblari orkestri tashkil etilgan.

Slavyan xalqdari orasida rus balalaykasi keng tarqalgan. Balalayka cholg'usi fakat Rossiyaning o'zida tarkalmay, balki Ukraina va Belorusiya Respublikalarida ham xalq cholg'usi sifatida tarqalgan. Balalayka cholg'usi V.V.Andreev tomonidan yaratilgan bo'lib, bir necha turlari mavjud. Cholg'u texnik imkoniyatlari juda keng. Slavyan xalqlari kuylari bilan bir qatorda balalayka uchun moslashtirilgan jaxon klassik kuylari ham ijro qilinadi.

Dumbrasimon xordofonlar Rossiya Federaqiyasi tarkibida bo'lgan bir qator xalqlarda ham ana shunday cholg'u sozlar mavjud. Xususan:

Chuvash xalq cholg'u asbobi - turma (Tampa - palalayka). Bu nom bilan 3 torlik rus balalaykasi chuvashlarda keng tarqalgan.

Boshqirt xalqi bumbra cholg'usi - xuddi g'arbiy qozoq do'mbrasiga o'xshash, kam tarqalgan cholg'u.

Komi xalq cholg'u asbobi - sigudek. 2 xil tirnama va kamonli cholg'u turi mavjud. Sigudek tirnama cholg'u asbobi bo'lib, kosasi rus balalaykasiga o'xshash bo'ladi.

Qolmiq dumbrasi - kuy va asarlar, ashula va qo'shiqlarga jo'r bo'lish imkoniyatlariga ega. Takomillashtirilgan rus dumbrasiga o'xshagan.

Buryat - chanza cholg'u asbobi Xitoyning (san - syan) cholg'usiga o'xshash uch torlik tirnama soz. Kosasi dumaloq shaklda, dastasi pardasiz, torlari ipakdan yoki metalldan bo'lib, bu cholg'u sozida mahoratli usta ijrochilari o'z ijrolarini namoyon etadilar. Bu cholg'uning bir necha xillari bo'lib, ansamblda katta va kichik chanzalarda ijro etishadi. Ansamblda ijro etiladigan chanzalarning pardalari mavjud.

Yakut - 2 yoki 3 torlik cholg'u asbobi - balalayka, rus balalaykasi kabi kosaxonasi uchburchak shaklda. Ayrim xollarda uyib ishlanadi. Bunday turdagi cholg'u kam uchraydi.

O'zbek dutori haqida so'z yuritilarkan, bu cholg'uning shevaviylik xususiyati borligini ham kuzatish mumkin. Biz dutor cholg'usining tuzilishi, o'lchamlari, qaysi ashyodan yasalganligi, musiqiy akustik xususiyatlari, engonomik imkoniyatlari haqida ma'lumotlarini kuzatganimizda birgina O'zbekistonning o'zida bir necha shevaga xos dutor turlari mavjudligini ko'rdik. Shu bilan birga birgina dutor nomi bilan besh millat: o'zbek, uyg'ur, qoraqalpoq, tojik, turkman xalqlarida ham cholg'u sozi mavjudligini kuzatdik. O'z navbatida bu xalqlar dutorlarining o'zaro bir-biridan farq qilishini kuzatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

2. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.

3. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

4. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

5. Madolimov, D. (2022). The Role and Importance of Breath and Pronunciation in Singing. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 231-233.

6. Ismoilova, M. (2022). The Importance of Fret in Uzbek Folk Music. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(5), 39-43.

7. Usarov, G., & Ismoilova, M. (2022). Symphony Orchestra and its Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 140-142.

8. Tursunov, B. (2022). About the Performing Generation of National Music Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 170-173.

9. Yunusov, G., Abdurahimov, A., & Tursunov, B. (2020). PECULIARITIES OF USING NATIONAL INSTRUMENTS IN PERFORMANING UZBEK FOLKLORE. European Journal of Research volume, 5(10), 62-66.

10. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

11. Boboyev, V. (2022, October). History of Instrument Performance and Methods of Analysis of Instrumental Works. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 58-62).

12. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.