Научная статья на тему 'O’RTA OSIYO MUTAFFAKIRLARINING ASARLARIDA BOSHQARUV HAQIDAGI FIKRLARNING YORITILISHI'

O’RTA OSIYO MUTAFFAKIRLARINING ASARLARIDA BOSHQARUV HAQIDAGI FIKRLARNING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — D.Xudoynazarova

Buyuk mutаfаkkirlаrimiz аsаrlаridа хаm qаdimiy Shаrq хаlqlаri jаmоа bulib yashаshigа, uzаrо munоsаbаtlаrdа shахsning оdоb-ахlоqigа, lidеrlik muаmmоlаrigа аlохidа e`tibоr bеrilgаn. Bu esа ijtimоiy psiхоlоgiya g’оyalаri, jumlаdаn, ijtimоiy munоsаbаtlаr hаqidаgi bilimlаr fаqаt Еvrоpаdа pаydо bo’lmаgаnligini ko’rsаtаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA OSIYO MUTAFFAKIRLARINING ASARLARIDA BOSHQARUV HAQIDAGI FIKRLARNING YORITILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

O'RTA OSIYO MUTAFFAKIRLARINING ASARLARIDA BOSHQARUV HAQIDAGI FIKRLARNING YORITILISHI

D.Xudoynazarova

Qoqon DPI Maktabgacha ta'lim fakulteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211951

Buyuk mutаfаkkirlаrimiz аsаrlаridа хаm qаdimiy Shаrq хаlqlаri jаmоа bulib yashаshigа, uzаrо munоsаbаtlаrdа shахsning оdоb-ахlоqigа, lidеrlik muаmmоlаrigа аlохidа e'tibor bеrilgаn. Bu esа ijtimоiy psiхоlоgiya g'oyalari, jumlаdаn, ijtimоiy munоsаbаtlаr hаqidаgi bilimlar fаqаt Еvrоpаdа pаydо bo'lmаgаnligini ko'rsаtаdi.

Äbu Nаsr Fоrоbiy (870-950) insоn hаyotidа shахslаrаrо munоsаbаtlаr o'rnini аlоhidа takidlar ekan, u odamlarni o'zaro do'st-inoq, hamjixat, qon-qardosh bo'lib xayot kechirishga, birini ikkinchisiga muruvvat qulini uzatishga, mexr-oqibat ko'rsatishga davat etgan. Älloma o'zining "Fozil odamlar shahri" asarida "xar bir inson o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muxtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qulga kirita olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugiladi. Shu sababli, yashash uchun zarur bo'lgan narsalarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o'zaro yordamlashuvchi ko'p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o'z tabiati bo'yicha intilgan yetuklikka erishishi mumkin", degan ulkan falsafiy, umumbashariy g'oyani ilgari surdi.

Muxammad ibn Äxmad Äl-Beruniyning (973-1048) "Kitob al-javoxir fi ma rifat al-javoxir"("Mineralogiya"), "Hindiston", "Äl asorul bokiya anil-kurun il-xoliya"("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarlarida jamiyat va inson, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga oid g'oyat qimmatli fikr-muloxazalar mavjuddir. Olim o'z asarlarida inson uz moxiyatiga ko'ra ijtimoiy mavjudot ekanligini, u faqat boshqa kishilar bilan birgalikda yashay olishi mumkinligini takidlaydi. Uning yozishicha, kishilar o'z ehtiyojlarining ko'pligi, dushmandan saqlanishi zarurligi sababli, bir-birlarini qo'ullab-quvvatlash, bajargan ishlari orqali o'zlarini ham, boshqalarni ham taminlash maqsadida urug'-aymoqlari bilan jamoalarga birlashgan. Jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi, insonning manaviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi kishilarning hamkorlikda faoliyat yuritish zaruratidan kelib chiqqanligi, Beruniy talimotida tez-tez eslatiladi. U jamiyatning ravnaq topishida kishilarning o'zaro yordam, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy aloqa va munosabatlar asosida birgalikda harakat qilishi singari muxim omillar yotishini o'rta asrdayoq isbotlab bergan edi.

Dunyoda keng shuxrat qozongan olim Äbu Äli Ibn Sino (980-1037) "Donishnoma"(Bilim kitobi"), "Risolai ishqi", "Äxloq xaqidagi risola", "Uy xujaligi", "Äxd risolasi" kabi qator asarlarida inson ijtimoiy mavjudot, u tabiiy-ijtimoiy muxitsiz, o'zaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda manaviy-axloqiy munosabatlarsiz yashamagan va yashay olmaydi, deb hisoblaydi. U bunday o'zaro munosabatlarda axloqiy tarbiyaning roli muxim ekanligini ko'rsatib o'tadi.

XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub - "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") asarida ilm-marifat, odob- axloq, davlatni boshkarish yul-yuriqlari, oila va oilaviy munosabatlar haqidagi keng qamrovli qarashlar va talimotlar o'z aksini topgan. Äsarda insoning ijtimoiy moxiyati, xislat va fazilatlari, qadr-qimmati, odob- axloqi, madaniyati-marifati taxlil qilingan, kattalarni xurmat qilish kichiklarning burchi ekanligini, o'z navbatida kattalar ham kichiklarni ezozlashi insoniy burch, qadr-qimmat belgisidir, deb keltirilgan.

Milliy manaviyatimiz daxosi Älisher Navoiy (1441-1501) asarlarida insonning xulq-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi, madaniy-manaviy qiyofasi ijtimoiy muxitga, uni urab turgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

insonlarga bog'liq ekanligi takidlangan. Uning fikricha, inson ijtimoiy muxit maxsuli sifatida shakllanib, kamolga erishib boradi. Allomaning ugitlari kechagi va hozirgi kun kabi kelaj akda ham barkamol avlod shakllanishida o'zining talim - tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotmaydi.

Umuman olganda, ijtimoiy psixologiya fan tarmog'i sifatida ham nazariy ham amaliy axamiyat kasb etadiki, o'zgaruvchan hozirgi ХХ1 asrda uning ahamiyati va o'rni beqiyosdir. Ayniqsa, mafkuraviy va g'oyaviy kurashlar avj olgan hozirgi davrda inson ijtimoiy xulqini boshqarish dolzarblik kasb etganligini inobatga olsak, uning jamiyat barqarorligidagidagi uning siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy roli yanada yuksaladi. Shu bois ham hozirda uning tadbiqiy, amaliy kurinishiga alohida axamiyat berilmoqda. Chunki tadbiqiy ijtimoiy psixologiya ijtimoiy psixologik hodisalarni psixodiagnostika, amaliy maslaxatlar berish va yangi psixotexnologiyalarni ijtimoiy xayot mezonlari va talablari doirasida o'rganadigan hamda ijtimoiy psixologik treninglar, gruppaviy psixoterapiya, rolli va ish o'yinlari kabi yangi usullarda ijtimoiy xulqni o'zgartirishga qodir bo'lgan ilmiy-amaliy yo'nalishdir. Bu yo'nalish va amaliyot oxirgi yillarda O'zbekistonda xam tobora rivojlanib hayotga kirib bormoqda.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. M^3^eB Ш.М. ^oHyH устувoрлиги - иншн мaнфaaтлaрини тaъминлaш TapaK;K;^ra Ba xaлк фaрoвoнлигининг гaрoви. "Узбeкиcтон"

6. A3rooBa Зирoaт. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

8. 3.A3rooBa , Экoлoгичeскoe BocnrnaH^ дoшкoльникoв с пoмoщью фoрм и мeтoдoв oбyчeния.Пeдoгoгикa и псиxoлoгия в coBpeMeHHoM мирe.тeoритичeскиe и npaKTO4ecme 2022

9. N.G.Malikovna Texнoлoгии opгaнизaции и yпpaвлeния пeдaгoгичecкими пpoцeccaми C.TypryHoB, ЛМaкcyдoвaбХ.М.Тoжибoeвa.Г.М.Нaзиpoвa т.Сaнo-cтaндapт 100.2012

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.Nazirova. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari : Qo'qon DPI Обpaзoвaниe и иннoвaциoнныe иccлeдoвaния мeждyнapoдный нayчнo-мeтoдтчecкий 2021

13. Тexнoлoгии opгaнизaции и yпpaвлeния пeдaгoгичecкими пpoцeccaми C.TypryHoB, Л.Мaкcyдoвa. Х.М.Toжибoeвa Г.М.Нaзиpoвa 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.