Научная статья на тему 'BUYUN MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIDA OTA-ONALARNING O‘RNI HAQIDA QARASHLARI'

BUYUN MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIDA OTA-ONALARNING O‘RNI HAQIDA QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy-ma’rifiy ishlar / tamoyili / taraqqiyot / falsafiy / huquqiy / ilmiy / badiiy / axloqiy / diniy tasavvurlari / kompetensiya / konsepsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fozilova Odina Nabiyevna, Teshaboyeva Shohida O‘Rinboyevna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida ota-onalarning rolida qaratilgan. Bolalarga ota-ona hayotiy kompitensiyani ular bilan o‘ynash orqali amalga oshirish usullari ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUN MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIDA OTA-ONALARNING O‘RNI HAQIDA QARASHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BUYUN MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIDA OTA-ONALARNING O'RNI

HAQIDA QARASHLARI 1Fozilova Odina Nabiyevna, 2Teshaboyeva Shohida O'rinboyevna

1Farg'ona davlat universiteti, maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.b.f.d (FhD)

2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11049328

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida ota-onalarning rolida qaratilgan. Bolalarga ota-ona hayotiy kompitensiyani ular bilan o'ynash orqali amalga oshirish usullari ifodalangan.

Kalit so'zlar: ma'naviy-ma'rifiy ishlar, tamoyili, taraqqiyot, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari, kompetensiya, konsepsiya.

Аннатация. В данной статье основное внимание уделяется роли родителей в развитии детей дошкольного возраста. Детям рассказывают, как родители могут реализовать жизненные навыки, играя с ними.

Ключевые слова: духовно-просветительская работа, принцип, развитие, философские, правовые, научные, художественные, моральные, религиозные идеи, компетентность, концепция.

Abstract. This article focuses on the role of parents in the development of preschool children. Children are told how parents can implement life skills by playing with them.

Keywords: spiritual and educational work, principle, development, philosophical, legal, scientific, artistic, moral, religious ideas, competence, concept.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-son Qarori tasdiqlandi.

O'zbekiston "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Yangi davr shiddati ta'lim-tarbiya tizimiga ham o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'ymoqda.

Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.

Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi.

Ma'naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida „ma'no" so'zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'ybasti, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon bo'lib, u insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yigindisi.

Ma'naviy tarbiya - yuksak ma'naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma'naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha.

Bola kamolotiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar: tarbiya, muxit va irsiyat.

Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat:

- tarbiya j arayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to'g'ri tashkil etish, go'daklar va bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilash;

- yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

- homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchi, uzluksiz ta'lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o'zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

- aholining farzand tarbiyasi bo'yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma'naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o'tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;

- ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg'unchi g'oyalarga karshi sog'lom dunyokarashni shakllantirish;

- uzluksiz ma'naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo'lga qo'yish.

Konsepsiyaning maqsad va vazifalari:

Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro'yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

- ma'naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

- tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

- bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg'or yutuqlaridan samarali foydalanish;

- tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;

- ma'naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta'lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o'rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo'lga qo'yish;

- ma'naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish masalalari koplab mutafakkir olimlar merosida yoritilganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o'yinlar uyushtirishlari, ular bilan o'zaro suhbatlar o'tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Uning tarbiya haqidagi fikrlarini zamirida insonparvarlik g'oyasi yotadi. Ota-ona o'z farzandlariga ana shu g'oyani singdirishi zarur degan xulosa qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ota-onalar o'z farzandlari bilan ko'proq birga bo'lishida ekanligi ular kamolotida muhim rol o'ynaydi. Bola tarbiyasi masalalari bo'yicha Abu Ali ibn Sino "Tadbir almanozil" nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Uning asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to'xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini kasb va hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o'rin berilgan. Oilada farzand tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yishning asosiy vositasi uning manaviy olamida e'tiborli bo'lishida degan fikrlari ularning kelajagi uchun muhim hisoblagan edi.

Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog'i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo'lmog'i lozim degan xulosaga kelgan.

Yusuf Xos Xojib "Qutadg'u bilig" asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e'tibor beradi. Ota -onalar nazoratida bo'lgan bolaning ma'suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota -onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to'g'ri yo'l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir.

Kaykovus "Qobusnoma" pandnomasida "o'z farzanding sening haqingda qanday bo'lishini istasang, sen ham ota-ona haqida shunday bo'lg'il" deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilish hamda e'zozlashga, mehr-oqibatli bo'lishga da'vat etadi.

Mirzo Ulug'bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo'lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o'rin tutadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rin egallaydi. U o'zining qator asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g'oya ekanligini ta'kidlaydi.

Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarga:

- asosiy faoliyat turlari jarayonida o'zini o'zi anglashga o'rgatish;

- muloqot, kuzatish va taqlid orqali kattalarning ma'naviy-axloqiy tajribasini o'zlashtirish;

- o'zining va boshqalarning xulqiga baho berishga o'rgatish;

- faoliyat va sujetli-rolli o'yinlar orqali yangi motivlarni paydo qilish va mustahkamlash;

- ma'naviy-axloqiy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish;

- kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o'rgatish;

- kattalar, ularning mehnati, kasblar, turli kasb egalariga xos shaxsiy fazilatlar to'g'risida tushunchalar berish;

- o'yin, o'zaro munosabatlar, oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g'amxo'rlik qilish ehtiyojining paydo bo'lishi orqali xarakter sifatlarini shakllantirib borish;

Bola tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg'or yutuqlaridan samarali foydalanish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar o'rgatiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar o'ynab o'rganadilar. Chunki ularning o'yinga bo'lgan ehtiyoji yuqori. Biz o'z tajribamizdan kelib chidib o'g'il bolalar dadalari bilan o'ynaydiga o'yinlarni va qiz bolalar onalari bilan o'ynaydiga o'yinlarni tavsiya qilamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Ota-ona farzandlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga olib boradilar va olib keladilar. Ularning bu jarayonida "Yahshi-yomon" o'yinini amalga oshirish zarur. Masalan birga ketayotgan joylarida atrofda e'tibor qaratishadi. Onasi ko'chada tashlab ketilgan chiqindi u turli qog'ozlar yoki penaplast idish bo'lishi mumkin. Shunda ona "bu chiqindini tashlash qanday" deb so'raydi. Farzandi "yomon" deb javob beradi. Yoki sulib qolgan gulni tashlab ketilgan xolatiga qarab bu holan qanday deb so'raydi, bola "yomon" deb javob beradi. Bunday xolatda ona chiqindini olib maxsus joyga tashlashni amalga oshiradi. Ko'chada gullarni parvarish qilayotgan "Obodonlashtirish" bilan shug'illanayotgan insonlar bilan salomlashishni ona so'raydi va bu ish qanday deb so'raydi. Shunda farzandi "yahshi" deb javob beradi. Jarayon shu tariqa davom etadi.

Bu o'yin orqali bolalar atrofga e'tiborli bo'lishi bilan birga ekologik tarbiyani ona tomonida o'ynalga o'yin orqali hayotiy kompitensiyasi shakllanib boradi.

Bolalar ertaklarni juda ham yahshi ko'radilar. Yuqorida o'g'il bolalarga dada, qiz bolalar bilan ona birga o'ynashlarini taklif qilmadik. Bu o'yinimizni "men haqimda ertak" deb nomladik. Ona qiz bolalarga hos fazilatlardan qizalog'ini yoshini hisobga olib ertaq to'qiydi. Ertak qahramoni ismi ham qizaloqni ismi bilan nomlanadi. Ona ertagidagi qizni ko'ninishi xatto liboslarini ham qizining liboslariga o'xshashini ifodalashi kerak. Ertak mazmuni qizchaning ijobiy jihatlaridan iborat bo'lsin hamda farzandida shallanishi zarur bo'lga fazilatlarni ham ifodalasin. Bu jarayon qiz bola tarbiyasida muhim rol o'ynaydi. Ona keyingi safar "Ertakni davom ettir" o'yinini ham tashkil etishi zarur. Bu bilan farzandini nutqiy faoliyat jarayonidagi kompitensiyasi ifodalanadi. So'z boyligi, tovush madaniyati, lug'at boyligi, bog'lanishli nutqi va nutqning gramatik tuzilishi shakllanib boradi. Eng muhimi bolada kriyativlik ifodalanadi.

Dadalar oilada erkaklarga xos uy yumishlarini bajaradilar. Ular o'g'illari bilan birga "Men dada bo'lsam" o'yinini amalga oshirishlari maqsadga muvofiq. Unda bola oilada erkak kishining bajaradigan uy yumishlarini birga o'ynab bajaradi. Bu jarayon bolalarga juda yoqadi. Bolaning faoliyati davomida dada uni rag'batlantirib boradi.

Dada o'g'li bilan "Bu mening bobom" o'yinini o'ynashi unda bobosining orqali turli kasb-hunarlar haqidagi suhbatlari ham ular rivojlanishining muhim jihatlari. Dada boboning ijobiy fazilatlari haqida suhbatlashishi "Bu mening bobom" o'yini orqali bobosini kasbi yoki hunari haqida bola ma'lumot oladi. Dada o'g'li bilan birga sport o'yinlarini ham birga o'ynashi ularni har tomonlama jismoniy va ruhiy shakllanishida va rivojlanishida asosiy rolni o'ynaydi. Shaxma yoki shashka o'yinlari bolalarni aqliy rivojlashini bilan birga erkaka kishining xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi asos bo'ladi.

Xulosa qilganda oilada bolaning hayotiy kompitensiyasi ota-ona bilan birga ko'proq vaqt o'tkazishi hamda bu orqali ularni maktabgacha yosh davrdan do'stona munosabatini ifodalaydi. Har kun ota-ona bir martta farzandini bag'riga bosibgina qolmay, bir necha bor taktotlashi ularnda ijobiy sifatlarni shakllanib hamda rivojlashishida muhim vazifani bajaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiton Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 16-dekabr 2019-yil, ORQ-595-son

2. Takomollashgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. T- 2020yil. - 5 b.

3. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim faoliyatining mavzuiy rejalashtirilishi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining O'MK tomonidan 2018 yil 30 avgust №1-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

4. О.Абобакирова. Общество с ограниченной ответственностью Издательство. Молодой ученый-2016- 734-736 С.

5. О.Абобакирова. Формирование у старших дошкольников эстетических чувств средствами кукольного театра. Молодой ученый, 2018. - 148-150 С.

6. O.Fozilova. Bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion yondoshuv usullari. FarDU.ILMIY XABARLAR. 2022.- 363-364

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.