Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA YETAKCHI OMIL SIFATIDA.'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA YETAKCHI OMIL SIFATIDA. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
55
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim / integratsiya / tarbiyachi / bolalar / ta'lim / ma' naviyaxlogiy tarbiya / tarbiya usullari / ijodiy barkamollikka erishish / intellektual / axloqiy tarbiya / estetik hislar / jismoniy rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yakubova Zilola Zikirovna, Muratova Munavvar O‘Rol Qizi, Qayumova Dilsora Nurali Qizi

Ushbu maqolada makatbgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar va urf-odatlar asosida tarbiyalashning mazmuni imkoniyatlari, afzalliklari, muammo va yechimlari hamda uning ijtimoiy asoslari haqida fikr yuritilgan. Shu boisdan biz maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda integratsion yondashuvdan foydalanishning ahamiyati haqida so'z yuritdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA YETAKCHI OMIL SIFATIDA.»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY KOMPETENSIYANI

SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA YETAKCHI OMIL SIFATIDA.

1Yakubova Zilola Zikirovna, 2Muratova Munavvar O'rol qizi, 3Qayumova Dilsora Nurali

qizi

1,2,3Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha talim metodikasi"o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.10143836

Annotatsiya. Ushbumaqoladamakatbgachata'lim tashkilotlaridamaktabgachayoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar va urf-odatlar asosida tarbiyalashning mazmuni imkoniyatlari, afzalliklari, muammo va yechimlari hamda uning ijtimoiy asoslari haqida fikr yuritilgan. Shu boisdan biz maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda integratsion yondashuvdan foydalanishning ahamiyati haqida so'z yuritdik.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, integratsiya, tarbiyachi, bolalar, ta'lim, ma' naviy-axlogiy tarbiya, tarbiya usullari, ijodiy barkamollikkaerishish, intellektual,axloqiy tarbiya, estetik hislar, jismoniy rivojlantirish.

Abstract. The article discusses the possibilities, advantages, problems and solutions of the spiritual and moral education of preschoolers. An important task in the organization of preschool education is to study the state of spiritual and moral education ofpreschoolers on the basis of an integrated approach. Therefore, we talked about the importance of using an integrated approach in the spiritual and moral upbringing of preschool children.

Key words: preschool education, integration, educator, children, education, spiritual and moral education, methods of education, achievement of creative perfection, intellectual, moral education, aesthetic perception, physical development.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotida namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy gadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so'zlash bema'nilikdir.

Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog?lig'ini saqlash, hayotini himoya gilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning anchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko'p narsa hodisalar, shu jumladan, milliy ma'naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insonivat uchun alohida ahamiyatga, qadriga ega bo'lganlari qadriyat deyiladi. Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an'anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e'zozlanishga loyig bo'lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro'zg'or buyumlari, ro'zg'or tutishlari aytiladi. Masalan, o'zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo'stligi xushxulqligi va muloyimligi, g'ayratli va itoatgo'yligi, turli toifadagi odamlar bilan o'zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko'rishi, tinchliksevarligi o'zbek milliy gadriyatlari bo'lib hisoblanadi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Xozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga, ta'lim tizimiga, jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham faol kirib kelmoqda. Bugungi kunda ular bolalar va ota-onalar bilan ishlashda, uslubiy ishlarda va maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishda qo'llaniladi. Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish ob'ektiv va muqarrar jarayondir. Bolalar bog?chalarida yangi ta'lim muhiti shakllantirilmoqda, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va rivojlantirish uchun yuqori texnologiyali axborot vositalari (videomagnitafonlar, televizorlar, videokameralar, multimediali kompyuterlar, proyektorlar, ekranlar, sensorli interaktiv doskalar va boshqalar) paydo bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rivojlanuvchi va o'quv multimedia mahsulotlarini ishlab chiqarish kengaymoqda ( Kompyuter o'yinlari, elektron ensiklopediyalar, multfilmlar, o'quv videolari va dasturlari, veb-saytlar va boshqalar). Maktabgacha ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini ilmiy asoslashga harakat qilinmoqda. Pedagog va maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining ushbu texnologiyalarga qiziqishi ortib bormoqda va ulardan o'z kasbiy faoliyatida foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolaning ongiga singdirilgan bilim va ma'naviy qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli o'zaro va oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g'amxo'rlik qilish, bolalar tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg'or yutuqlaridan samarali foydalanish, uyg?un rivojlangan bola shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Millat taraqgiyoti bilan bog'liq bo'lgan itimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat gilish sharoitlari o'zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivolanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy gadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan mill g'oya asosidagi tafakkur, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda.

Yosh maktabgacha ta'lim davri bolalariga beriladigan ma'naviy axloqiy tarbiya bevosita M.Koshg'ariy, U. Kaykovus, A.N.Forobiy, alXorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, A.Navoiy kabi sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida keltirilgan alla, ertak, maqol, topishmoqlarga va xalq tilidan yozib olingan xalq og'zaki ijodi namunalari orqali singdiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining takomillashgan «Ilk qadam» Davlat o'quv dasturida belgilanganidek, o'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.

"Milliy tarbiya" tushunchasi ko'p qirrali tushunchadir. Uning :

- milliy qadriyatlar asosida olib boriuvchi tarbiyaviy faoliyat;

- umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli;

- xalk va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YuNESKO tamoyili)

vositasi;

- turli millatlar bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining xususiy, manaviy manbayi;

- bolalarni axloqiy, mexnatsevarlik, vatanparvarlik, go'zallik, iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo'nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili;

- ijtimoiy tarbiya va maktab va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi uyg'unligi- ning pedagogik sharti;

- insoniyatni umumbashariy uyg'unlikka olib borishning pedagogik yo'li;

- ijtimoiy-manaviy javxada milliy xavfsizlikni taminlashning strategik ob'ekti va vositasi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Maktabgacha ta 'lim yoshidagi bolalarni integral tarzda ma'naviy axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon bo'lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

1. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ma'naviy-axloqiy me'yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to'g'risida ma'lumot beriladi.

2. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ma'naviy-axloqiy tushunchalarni egallashga bo'lgan ehtiyojini yuzaga keltirish, ma'naviy axloqiy ongni qaror toptirish.

3. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ijobiy mazmundagi ma'naviy-axloqiy sifatlar (vatamparvarlik, mehnatsevarlik, go'zallikni xis qilish, go'zallik yaratishga intilish, rostgo'ylik, ozodalik, orastalik, o'zaro do'stlik, axillik, shirinso'zlik, saxiylik, jasurlik va hokozolarni) qaror toptirish.

4. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ma'naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.

Xulosa qilib aytganda bog'cha yoshidagi davrining o'ziga xos xususiyati shundaki, bu davrda bolalarda xarakter hislatlarining namunalari shakllanib axloqiy xarakterning asoslari vujudga keladi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg?otadi, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

5. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017.

6. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022 yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan takomillashgan "Ilk qadam" o'quv dasturi.

7. Nuraliyevna, Q. D. (2021). Approaches to the development of inclusive competence in preparation of future teachers for professional activity. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 2314-2320.

8. Khasanova, S. T., & Vasila, T. (2023, May). DEVELOPMENT OF IMAGINARY-CREATIVE COMPETENCES IN THE PROCESS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSION. In Next Scientists Conferences (pp. 84-91).

9. Yakubova, Z. Z. (2023). NATIONAL VALUES OF PRESCHOOL CHILDREN BASICALLY FORMING EDUCATIONAL AND MORAL QUALITIES. European International Journal of Pedagogics, 3(01), 51-55.

10. YZ Zikirovna. MA'NAVIY QADRIYATLAR-SOG 'LOM AVLODNI TARBIYALASH VOSITASI SIFATIDA.Science and innovation, 2023. 208-210.

11. Muratova, M. (2022). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA'LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA'MINLASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI. Science and innovation, 1(B7), 10911096.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

1. Muratova, M. O. R., & Dekhkambaeva, Z. (2022). Maktabgacha Ta'lim Muassasasida Bolalarning Hayot Faoliyati Xavfsizligi. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 13, 111-113.

2. Махмудова, Д. А. (2023). ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ И РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ОБУЧАЮЩИХСЯ. Лучшие интеллектуальные исследования, 8(1), 143-147.

3. Рамозонова, Б. С., & Абдумуминова, Д. (2023, March). ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ УЧЕБНО -ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКИ. In E Global Congress (No. 3, pp. 1-5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.