Oriental Journal of Education SJIF for 2022:6
ORIENTAL JOURNAL OF EDUCATION
journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oie
PEDAGOGICAL SKILL OF THE EDUCATOR ON EDUCATING PRESCHOOLERS IN THE
SPIRIT OF TOLERANCE
Mukhayyo U. Sodiqova
Master's student
Pedagogical Institute of Termez State University Termez, Uzbekistan
ABOUT ARTICLE
Key words: tolerance, pedagogical skills, Abstract: The article examines the
tolerance, preschool age. pedagogical skills of educators in educating
preschoolers in the spirit of tolerance.
Received: 23.05.22 Accepted: 25.05.22 Published: 27.05.22
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BAG'RIKENGLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATI
Muhayyo U. Sodiqova
Magistratura talabasi
Termiz davlat universitetining Pedagogika Instituti Termiz, O'zbekiston
_МЛООЬЛ НА01РА_
so'zlar: tolerantlik, tarbiyachi Annotatsiya: Maqolada maktabgacha таЬогай, bag'rikenglik, maktabgacha yosh. yoshdagi ЬоЫагш bag'rikenglik ruhida
tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati _masalisi keltirilgan._
ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО ВОСПИТАТЕЛЯ В ВОСПИТАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ В ДУХЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ
Мухайё У. Содикова
Магистрант
Педагогический институт Термезского государственного университета Термез, Узбекистан
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: толерантность, Аннотация: В статье исследуется педагогическое мастерство, толерантность, педагогическое мастерство воспитателей по дошкольный возраст. воспитанию дошкольников в духе _толерантности._
KIRISH
Jahonda ta'lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda maktabgacha ta'lim tizimini kompetensiyaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, dunyo miqyosida bolalarni psixofiziologik, intellektual, ijodiy va shaxsiy salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan kreativ texnologiyalarni rivojlantirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida shaxsga yo'naltirilgan innovatsion ta'lim muhitini tashkil qilish hamda strategik boshqaruv tamoyillari asosida maktabgacha ta'limning sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasida me'yoriy huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqimizda shakllangan muomala madaniyati, mehr-oqibat, muruvvat, andisha va or-nomus kabi odob-axloqqa oid his-tuyg'ular nafaqat tarbiya vazifasini o'taydi, balki insoniy qadriyatlar va fazilatlarning namoyon bo'lishida, komil insonni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o'z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'lik. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni bajaradi.
ASOSIY QISM
Ustozning eng buyuk burchi - uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarningtarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahlok, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgyylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxurlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi.
Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma'lum bir izchillik bila n egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. Faoliyat ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Faoliyat - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni faoliyat egallaydi. Faoliyatlar maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni tashkil etish shaklidir. Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi. Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi. Faoliyat maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Faoliyat tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi faoliyatda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy faoliayatlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Faoliyat bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Faoliyat orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi. Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Faoliyatda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda bag'rikenglikni tarbiyalash bu dolzarb bo'lib, bir tomondan, jahon va milliy ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan, ikkinchi tomondan, bag'rikenglik ilmiy nazariyasining rivojlanishi bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz", - degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida etuk, barkamol etib tarbiyalashda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Dunyoda ta'lim-tarbiyaning interfaol texnologiyalarini qo'llash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda gender tolerantligini shakllantirishning samarali usullarini ishlab chiqish, kreativ yondashuv asosida bolalarda tolerantlikni shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oila va maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamkorligi asosida bolalarda tolerantlikni shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish samaradorligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlikni shakllantirishda o'yin va ertak asosidagi texnologiyalar, texnik vositalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shaxsga yo'naltirilgan va hamkorlikdagi ta'lim-tarbiya yondashuvlarini samarali qo'llash asosida bolalarda tolerantlikni shakllantirish texnologiyasi hamda metodik ta'minotini takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamizda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama uyg'un rivojlantirish uchun yetarlicha shart-sharoitlarni yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga innovatsion va ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida, bolalar «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalarida o'z "Men"i va o'zgalar shaxsi o'ziga xosliklari, bag'rikenglik va tolerantlikka doir bilimlarini shakllantirish, ijtimoiy munosabatlar va muloqot o'rnatish kompetensiyalarini o'zlashtirishlari kerakligi belgilab berilgan. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa, maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlikni shakllantirishning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, tolerantlikni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
Tolerantlik ko'p millatli jamiyatda ijtimoiy tenglikka yetishish hamda jamiyatda tinch-totuvlikni saqlashning asosi bo'lib, diniy, madaniy, hayot tarziga ko'ra farqlarining borligini tan olish, o'z madaniyatini ikkinchi bir madaniyatdan ustun qo'yishdan vo z kechish hisoblanadi.
Tolerantlikni tarbiyalashning psixologiyasini chuqurroq anglash uchun inson psixologiyasining tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib beruvchi nazariyalarga to'xtalib o'tish lozim.
Psixologlar orasida birinchi bo'lib J.Kelli 1955-yilda "har bir odamning dunyoni o'zicha, o'zi xoxlaganday tushunishga xaqliligi, har bir odam o'z hayotida bo'layotgan voqealar oqimini o'zining tushunchasi orqali qarashi va baholashi"- g'oyasini ilgari surgan.
Inson har bir voqeaning mazmunini o'zi aniqlaydi. Voqea inson tomonidan idrok qilingandan keyingina odamga ta'sir eta boshlaydi. Odam o'zi duch kelgan turmush qiyinchiliklarini o'zining ana shu qiyinchiliklar to'g'risidagi tushunchasini o'zgartirish orqali yengib o'tadi.
Psixologiya faniga J.Kelli kognitiv murakkablik tushunchasini kiritgan. Kognitiv murakkablik insonning atrofdagi odamlarni va o'zini idrok qilishiga katta ta'sir etadi. Insonda tolerant ongni va xulq-atvorni shakllantirish uchun uning kognitiv murakabligiga ta'sir etish va uni oshirish zarur.
Tolerantlik- bu boshqa odamning nuqtai nazarini tushunishga va u odam bilan faoliyat olib borish uchun intilishga asoslangan xulq-atvordir, turli bahs-munozara, tortishuv va nizolarni hal etishda tolerantlik talab etiladi.
Tolerantlik to'rt tuzilmadan iborat bo'lib, ularni shakllantirish tolerantlikka tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi.
Tolerant insonni shakllantirish uchun tolerant yo'nalishdagi ijtimoiy ko'nikmalarni shakklantirish, o'zini boshqa odamlar bilan tinch-totuv yashashga o'rgatish lozim.
Tolerantlik yo'nalishdagi ijtimoiy ko'nikmalar-bu odamlar bilan tqqri muomalada bo'lish, urush-janjalli vaziyatlardan chiqa olish, odamlar bilan til topisha olish, ijtimoiy-psixologik vazminlik, ijtimoiy sezgirlik, empatiyaga moyillik, bag'rikenglik, boshqa odamlarning yaxshi tomonlarini baholay olishdir.
G.V.Soldatova amaliy psixologiyaning kontekstida tolerantlikni psixologik vazminlikni shakllantirish sifatida qarab, «tolerantlikka tarbiyalashni psixologik vazminlikning xar qanday shakkllarini rivojlantirish, o'zini boshqara olish psixologik vazminlikka erishish qobiliyatlarini rivojlantirish sifatida tavsiflangan .
Yosh avlodda tolerantlikni tarbiyalash quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Dunyodagi barcha narsalarning (er sharidagi materiklar, davlatlar, ularda yashovchi xalqlar, hayvonlar, o'simliklar va b.) turlicha ekanligini tushuntirish.
2. Millatlarni irqi, dini, xayot-tarzi xar xil ekanligini tushuntirish.
3. Millatlar bir-biridan farq qilishini tushuntirish.
4. Kishilardagi o'zgachalikka bag'rikenglik va sabr bilan munosobatda bo'lish.
5. Fuqarolarni o'zaro tinch-totuvlikda yashashga o'rgatish.
6. Yoshlarga ma'suliyatni sezgan holda, javobgarlikni yuqorilatish yo'nalishida tarbiya berish.
7. Yosh avlodda vazminlikni kuchaytirish, bag'rikenglik, sabrlilik, chidamlilik kabi xususiyatlarni tarbiyalash.
Tolerantlikni tarbiyalash uchun kuyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
1. Boshlang'ich sinfdan boshlab bolalarga odamlar har-xil bo'lishi, ular bilan yaxshi muomala qilib yashash kerak ekanligini tushuntirish.
2. Har bir narsa o'zini takrorlanmas, qadrli xususiyatlariga ega ekanligi, shuning uchun bunga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak ekanligini tushuntirish.
3. O'zining o'z xalqining madaniyati, xayot tarzini boshqalarnikidan ustun deb hisoblamaslikka o'rgatish.
XULOSA
Biz olib borgan kichik tadqiqotimizda boshlang'ich sinf bolalarini tolerantlikka tarbiyalashning mazmunini ochib berish asosiy vazifalardan biri edi. Bu vazifani yechish maqsadida oldimizga bolalarni tolerantlikka tarbiyalash uchun nima ishlar qilish kerak?-degan savolni qo'ydik va tolerantlikka tarbiyalash quyidagi besh yo'nalishda olib borilishi lozim degan xulosaga keldik:
- o'zini vazmin tuta olishga o'rgatish.
- inson xuquqlari xaqidagi qonunlarni o'rgatish.
Tolerantlikni tarbiyalash ko'p ma'noli, murakkab tushuncha sifatida bola ko'p tomonlama ta'sir etishni, ularda odamni sevish, xurmatlash tuyg'ularini, inoqlikda yashashga intilish, sabrlilik, bag'rikenglik, chidamlilik, kechirimlilik va boshqa xususiyatlarni shakllantirishni talab qiladi. Maktabgacha yosh bolalariga sabrlilik, bag'rikenglik, chidamlilik, kechirimlilik va boshqa xususiyatlarni singdirish, ularning mazmunini anglatish maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashi, dunyoni qabul qilishlari, anglashlarini o'zgartirib, bolalarning tolerantlik xulq-atvoriga ega bo'lishlariga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. - T. 2018 y.
2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. - T.: 2018
3. Doniyorov, A., & Karimov, N. (2020). An incomparable book of a great scholar. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (8), 63-71.
4. Omonov, Q., & Karimov, N. (2020). Importance Of Ancestoral Heritage. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 196-202.
5. Ziyamukhamedov, J. (2022). PU Sungling's Creative Legacy as a Classic Example of Medieval Chinese Literature. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(1).