Научная статья на тему 'ZAMONAVIY JAMIYATDA FAN VA TAʼLIMNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

ZAMONAVIY JAMIYATDA FAN VA TAʼLIMNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1293
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion pedagogik texnologiyalar / zamonaviy maktabgacha ta’lim yoshidagi bola / eksperimental – tajriba faoliyat turi. / innovation / innovative pedagogical technologies / modern preschool age child / experimental type of activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulzoda Baxtiyorovna Ergasheva

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal maktabgacha ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy maqsadi, innovatsion pedagogik texnologiyalarning maktabgacha ta’lim faoliyat turlari oldidagi roli, eksperimental – tajriba faoliyatlarining bola rivojlanishidagi o’rni, va ularning mohiyati haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION IN MODERN SOCIETY

Rapid changes in the socio-economic, political and cultural spheres of our country also require a fundamental reform of the education system, since a comprehensive system of preschool education will help young people determine the future intellectual potential of the republic, its prosperity and development. it is a key factor in the education of a creative, independent entrepreneur. Therefore, the most important strategic direction in education is the innovative activity of educational institutions. This was an urgent issue in all educational institutions, especially in higher education institutions, which train creative professionals with high potential in the form of innovative technologies. There is growing interest in the use of innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process. The article introduces primary goal of preschool education, innovative pedagogical technologies in preschools, the role of experimental activity in the development of the child and their essence.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY JAMIYATDA FAN VA TAʼLIMNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

ZAMONAVIY JAMIYATDA FAN VA TA'LIMNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Gulzoda Baxtiyorovna Ergasheva

Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedraasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo'layotgan tezkor o'zgarishlar ta'lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal maktabgacha ta'lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta'limda eng muhim strategik yo'nalish ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta'lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko'rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kuchaygan.

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadi, innovatsion pedagogik texnologiyalarning maktabgacha ta'lim faoliyat turlari oldidagi roli, eksperimental - tajriba faoliyatlarining bola rivojlanishidagi o'rni, va ularning mohiyati haqida bayon etilgan.

Tayanch tushunchalar: innovatsiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar, zamonaviy maktabgacha ta'lim yoshidagi bola, eksperimental - tajriba faoliyat turi.

THE ROLE OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION IN MODERN SOCIETY

ABSTRACT

Rapid changes in the socio-economic, political and cultural spheres of our country also require a fundamental reform of the education system, since a comprehensive system of preschool education will help young people determine the future intellectual potential of the republic, its prosperity and development. it is a key factor in the education of a creative, independent entrepreneur. Therefore, the most important strategic direction in education is the innovative activity of educational institutions. This was an urgent issue in all educational institutions, especially in higher education institutions, which train creative professionals with high potential in the form

of innovative technologies. There is growing interest in the use of innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process.

The article introduces primary goal of preschool education, innovative pedagogical technologies in preschools, the role of experimental activity in the development of the child and their essence.

Keywords: innovation, innovative pedagogical technologies, modern preschool age child, experimental - type of activity

"Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta'kidlaydi Prezidentimiz. Yoshlarga ta'lim va tarbiya berishda esa, jahon rivojlangan davlatlari tajribasiga tayanib, eng yaxshi innovatsion g'oyalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, modern yo'nalishdagi noan'anaviy g'oyalarni mentalitetimizga mos ravishda qo'llaymiz. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadi: dunyo rivojlangan davlatlari ta'lim darajasiga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash. Shunday ekan endigi vazifamiz - rivojlangan davlatlarning mentalitetimizga mos keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llash va yangilarini ishlab chiqishdan iboratdir. So'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tashkilotarida yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi ta'lim sohasida sezilarli darajada o'zgarishlarga olib keldi. Yangi pedagogik texnologiyalarni tarbiyalanuvchilarga qo'llashdan oldin tarbiyachi ijodkor bo'lishi lozim. Ijodkor tarbiyachi har bir bola ko'ngliga alohida, indivual tarzda yo'l topmog'i, ularning xarakteriga, temperamentiga mos ravishda faoliyat turlariga qiziqtirish uchun yangi metodlardan, pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi shart va zarurdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash:

-I- Ta'lim samaradorligini oshirish;

-I- Tarbiyachilarning malakasini oshirish;

-I- Pedagogik tajribani qo'llash;

-I- Pedagogik tajribalarning tizimliligi;

-I- Kompyuter texnolgiyalarini qo'llash;

-I- Bolalar sog'ligini saqlash;

-I- Bolalar sog'ligini mustahkamlash;

-I- Ta'lim va tarbiya sifatini oshirishda o'z hissasini qo'shadi.

Zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarning bari maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham ta'sir etmay qolmaydi. Hozirgi davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida eksperimental-tajriba faoliyatlarini tashkil etish davr talablaridan biridir. Bu kabi mashg'ulotlar barcha rivojlangan davlatlar: Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya singari davlatlarda qo'llaniladi.

Bolalar maktabgacha ta'lim tashkiltlarida eksperimental-tajriba faoliyatlarini qo'llashdan maqsad:

-I- Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosiy kompetensiyalarini shakllantirish;

-I- Maktabgacha yoshdan boshlab tadqiqotchi, ixtirochi sifatida fikrlashni bolalarga o'rgatish;

-I- Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllantirish;

-I- Maktabgacha yoshdagi bolalarda uyg'otishdan iboratdir.

Faoliyat turi davomida rivojlantiruvchi mashg'ulotlarni qimmatbaho, murakkab o'yinchoqlarsiz qanday qilib bolalarga qiziqarli qilib ko'rsata berish mumkin? Bolalarning bo'sh vaqtini qanday qilib samarali tashkil etish mumkin? Eksperimental -tajriba faoliyat turini qay tarzda tashkil etish kerak? Bu tajribalarning amaliy jihatdan bajarilishining bolaga nafi bormi? Bu savollarga quyida javob olamiz.

Eksperimental-tajriba faoliyatini boshlagan vaqtda tarbiyachi birinchi navbatda tarbiyalanuvchilarga mashg'ulotdagi asosiy muammoni bayon qilishi kerak. Muammo bayon qilingandan keyin esa bolalardan mustaqil ravishda bu muammoni qay tarzda yecha olishini, qanday qilib buni bajarishini har bir boladan so'rab-surishtirishi lozim. Bu har bir bolada mustaqillik, erkin fikrlilik qobiliyatlarini shakllantiradi. Keyin esa ushbu muammoni tarbiyachi eksperimental-tajriba usuli yordamida bolalarga yechimini ko'rsatib berishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarida har bir bola mustaqil ishlashi, o'zini ko'rsata olishi, tajribalarda amaliy jihatdan ishtirok etishi uchun shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Chunki bola bu kabi faoliyat orqali aniq fikrlashni o'rganadi.

Eksperimental-tajriba faoliyat turlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llash davomida tarbiyachi quyidagi metod turlaridan foydalanishi mumkin: Suhbat; Kuzatish; Modellashtirish;

Suhbat davomida bolalarga tajribaning hayotimiz davomida keltiradigan foydasini, afzalliklarini va albatta salbiy tomonlarini ham tushuntira borish shart. Bola ushbu hodisani nihoyatda sinchkovlik bilan kuzatadi. Miyasida analiz qiladi. Xotirasida zudlik bilan saqlab olib, uy sharoitida oila a'zolariga bajarib ko'rsatadi. Eksperimental-tajriba

ixtirochilik, tadqiqotchilik qobiliyatlarni atrof-muhit, borliqqa nisbatan qiziqish

faoliyatlarining afzalligi shundaki, bolalarga o'rgatilayotgan obyektning turli jihatlarini, jumladan hajmi, rangi, shakli, xossalari haqida real tushuncha hosil bo'ladi. Bir faoliyatning o'zidayoq bolaning olgan bilimi mustahkamlanadi. Eksperimental-tajriba faoliyat turi davomida bolalarning xotirasini boyitish, rivojlantirish, diqqatini jamlash, faolligini oshirish, ishchanligini rivojlantirish kabi psixik va fiziologik xususiyatlarga ijobiy ta'sir qilish mumkin.

Eksperimental-tajriba faoliyat turi davomida bolalarning miyasi quyidagi psixik operatsiyalarni bajaradi: Analiz qiladi; -I- Sintez jarayonini bajaradi;

-I- Ma'lum bir hodisani yoki predmetni boshqa bir hodisa yoki predmet bilan taqqoslaydi;

-I- Oldingi faoliyatlarda olingan bilimlar jamlanmasini umumlashtiradi; -I- Bolalarning xotira faoliyati bevosita rivojlanadi; Bolalar tajribalarni yaxshi ko'rishadi. Noan'anaviy eksperimental mashg'ulotlarning afzalliklari: -I- Materialni yaxshi o'zlashtirishga olib keladi; -I- O'z vaqtida zaruriy tushunchalar bolalarga tushuntiriladi; -I- Material bolalarga qiziqarli tarzda taqdim etiladi; -I- O'tligan mashg'ulotlar bolalar esida tez saqlanib qoladi; -I- Faoliyat turlariga nisbatan bolalarda diqqatning jamlanganligi; -I- Mustaqil fikrlay oladigan bolalarning shakllanishiga olib keladi -I- Bolalada tanqidiy fikrlashning rivojlanishiga yordam beradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta'lim sohasida muvaffaqiyatli qo'llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg'aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo'lishiga shak-shubha yo'q. Har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, ilm-fan taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydigan mexanizmining asosini tashkil qiladi.

REFERENCES

1. Белкина Валентина Николаевна - психология раннего и дошкольного возраста. Учебное пособие. Гриф УМО по педагогическому образованию. - "Феникс", 2015. (17п.л.)

2. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. Профессия «учитель» и её роль в обществе //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

3. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - С. 48.

4. Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Основы организации самостоятельной работы учащихся //Молодой ученый. - 2014. - №. 8. - С. 852-854.

5. Эргашева Г. Б., Рахматова Г. Б. К. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в учебном процессе //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

6. Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. -2014. - С. 101-104.

7. Эргашева Г. Development of teachears innovative activities //Ученый XXI века. -2018. - №. 4-3.

8. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

9. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

10. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.

11. Эргашева Г. Б., Хожиева М. У. Одаренность детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 31.

12. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

13. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

14. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

15. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛОКОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. -№. 2.

16. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).

17. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

18. Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной педагогической технологии в систему ДО. Academy,№ 3 (54) 2020.

19. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

20. Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. 1. - С. 247-256.

21. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

22. Эшова Д. Ш., Ражабова И. Х. Методы и средства внедрения инновационной педагогической технологии в систему дошкольного образования //Academy. -

2019. - №. 11 (50).

23. Эшова Д. Ш. ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

24. Эшова Д. Ш. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Проблемы науки. - 2021. - С. 69.

25. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

26. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

27. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -

2020. - Т. 2. - №. 2.

28. Zarafshon J. Мактабгача таълимда жисмоний тарбияни шакллантириш методлари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

29. Jalilov Z. B. Educational Value in Works of Eastern Thinkers and Principals of Their Use //Eastern European Scientific Journal. - 2017. - №. 1.

30. Zarafshon J. Мактабгача таълимда жисмоний тарбияни шакллантириш методлари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.