Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH MAZMUNI VA AMALIY AXAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH MAZMUNI VA AMALIY AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

6225
629
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy qadriyat / madaniy-tarixiy meros / ma’naviy tarbiyalash / vatanparvarlik hissi / milliy qadriyatlar tizimi / o’z o’rnini saqlash / qon-qardoshlik / ma’naviy yaqinlik / o’tmish va ma’naviy meros / ona yurt tuyg’usi. / national values / cultural and historical heritage / spiritual upbringing / sense of patriotism / system of national values / preservation / brotherhood / spiritual closeness / past and spiritual heritage / a sense of homeland

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jur’At Sodirovich Saidov

Ushbu maqolada makatbgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni hamda uning ijtimoiy asoslari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the content of educating preschool children in preschool institutions on the basis of national values and its social basis.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH MAZMUNI VA AMALIY AXAMIYATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR

ASOSIDA TARBIYALASH MAZMUNI VA AMALIY AXAMIYATI

Jur'at Sodirovich Saidov

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada makatbgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni hamda uning ijtimoiy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: milliy qadriyat, madaniy-tarixiy meros, ma'naviy tarbiyalash, vatanparvarlik hissi, milliy qadriyatlar tizimi, o'z o'rnini saqlash, qon-qardoshlik, ma'naviy yaqinlik, o'tmish va ma'naviy meros, ona yurt tuyg'usi.

ABSTRACT

This article discusses the content of educating preschool children in preschool institutions on the basis of national values and its social basis.

Keywords: national values, cultural and historical heritage, spiritual upbringing, sense of patriotism, system of national values, preservation, brotherhood, spiritual closeness, past and spiritual heritage , a sense of homeland.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to'tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan, nson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so'zlash bema'nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning archasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko'p narsa va

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050

hodisalar, shu jumladan, milliy ma'naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo'lganlari qadriyat deyiladi. Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an'anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e'zozlanishga loyiq bo'lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro'zg'or buyumlari, ro'zg'or tutishlari aytiladi. Masalan, o'zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo'stligi xushxulqligi va muloyimligi, g'ayratli va itoatgo'yligi, turli toifadagi odamlar bilan o'zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko'rishi, tinchliksevarligi o'zbek milliy qadriyatlari bo'lib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy salohiyatiga bog'liq. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari dеyarli barcha mamlakatlar uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo'yicha O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеv BMT Bosh Assamblеyasi 72-sessiyasida shunday dedi: "Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bO'lib kamolga etishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya hilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. O'zbek xalqining asriy an'analari, jumladan, tarbiya sohasidagi an'analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog'liq. Yoshi kattalarga salom berish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm olish va kasb o'rganishga da'vat, halol mehnat qilishga chaqirish, qo'shnilar bilan xushmuomala bo'lish kabi an'analar ozbeklar oilalarida, ularning dinga munosabatlaridan qat'iy nazar, yoshlarga singdirib kelingan. Yoshlar tarbiyasida islom ma'rifatining muhim o'rnini e'tiborga olib, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2018-yillarda qator g'oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazi va Toshkentda O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil qilish to'g'risida davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari habul qilindi. Buyuk

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050

ajdodlarimizning bеbaho ilmiy-ma'rifiy mеroslarmi o'rganishdan tashqari, ushbu muassasalarning asosiy vazifasi yoshlarni buyuk va shonli o'tmishga hurmat hamda iftixor bilan qarash, ulug' ajdodlarga munosib avlod bo'lishga, ilm va ma'rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta'lim tashkiloti oldiga qo'yilgan muhim vazifalardandir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari -ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to'tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan, nson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so'zlash bema'nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning archasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir.

Maktabgcaha ta'lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o'rganish, munosib baholash borasidagi tarbiyachilarimizning faoliyatlari katta axamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliy-ma'naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta'lim tashkilotida milliylik va milliy ma'naiy qadriyatlar uyg'unligi mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijod yo'liga oid bo'lgan videofilmlarni qo'yib ko'rsatib borsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

MUHOKAMA

Albatta, har bir xalq o'z milliy qadriyatlari qobig'idagina o'ralib qolmasligi kerak. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o'rganish hamma vaqt ham taraqqiyotning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050

omillaridan biri bo'lib kelgan. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta'sir ko'rsatmasin, har bir millat uchun ma'naviy kamolotning asosiy yo'li va mezoni milliy qadriyatlar bo'lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat ruhiga, milliy ma'naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina Shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo'ladi. Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma'naviyati bilan bog'liq bo'ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o'zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish Sharoitlari o'zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g'oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab kilmokda . Uning negizi -milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon xayot kurish tuygusi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas'uliyatlirok vazifalarni qo'ymokda . Xususan , ong va tafakkur xamda ma'naviy qadriyatlardagi uzgarishlar xayot talabidan orkada kolayotganligi ma'naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog'liqdir .

XULOSA

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiy-madaniy tarbiyasida tabarruk dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma'naviy-ma'rifiy merosimizdan foydalanish birinchi masala darajasiga olib chiqish, esa maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.Azizova Z. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo'g'irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish. -Т., 2010.

2. " Maktabgacha pedagogika" Sh. Sodikova. Toshkent - 2013

3. Boboyeva D.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish jarayonida ertaklar asosida atrof-muhit bilan tanishtirish /llmiy to'plam. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2000. - 103-105-b.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1046-1050

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4. .Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782.

5.Norquzieva. MEnsuring professional stability of future teachers in pedagogical activity European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 6, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.