Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK (NAFOSAT) TARBIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK (NAFOSAT) TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
estetika / go’zallik / ta’lim / tarbiya / ilmiy dunyoqarash / did / estetik ehtiyoj.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — To’Xtaboyeva Mamlakatxon No’Monovna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berish mazmuni, estetik tarbiya berish vazifalari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar, metodlari, vositalari bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK (NAFOSAT) TARBIYASI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK

(NAFOSAT) TARBIYASI

To'xtaboyeva Mamlakatxon No'monovna

Uchko'prik tuman 31-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211846

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berish mazmuni, estetik tarbiya berish vazifalari, maktabgacha ta 'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar, metodlari, vositalari bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o 'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: estetika, go'zallik,ta'lim, tarbiya, ilmiy dunyoqarash, did, estetikehtiyoj.

Аннотация. В данной статье рассматриваются содержание эстетического воспитания дошкольников, задачи эстетического воспитания, научно-теоретическая значимость вопроса ознакомления с особенностями, методами, средствами развития эстетического вкуса дошкольников, уровнем его подчеркивается важность исследования и его значение в настоящее время.

Ключевые слова: эстетика, красота, образование, воспитание, научное мировоззрение, вкус, эстетическая потребность.

Abstract. In this article, the content of aesthetic education for preschool children, the tasks of aesthetic education, the scientific theoretical importance of the issue of introduction to the specific features, methods, tools in the development of aesthetic taste of preschool children, the level of its study and its importance at the present time are highlighted. .

Keywords: aesthetics, beauty, education, upbringing, scientific outlook, taste, aesthetic

need.

Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.

Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni ta'minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi. Bunda estetik tarbiya madaniyaitni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta'limdir.

Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo'lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.

Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikda gi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotga go'zallik olib' kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.

Nozik didli bo'lish, go'zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, o'z hayotini go'zallik qonunlari asosida qura olish - komil insonning eng zarur fazilatidir.

Estetik tarbiya - eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg'ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his-tuyg'ular va ko'nikmalarning o'sib borishi jarayonida insonning o'zi ham ma'naviy boyib, hayoti yanada sermazmun bo'ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go'zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qo- biliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.

Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did- farosatlilik mehnatda, ishlab

chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.

Donolardan biri go'zallik axloq-odobning tug'ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o'zaro chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat, go'zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko'rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go'zal belgisidir.

Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish tuyg'usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmat- ning xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg'otadi. Zumrad- ning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi qalblarda quvonchni paydo qiladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ayrim yoshlar go'zallikni tor ma'noda tushunadilar. Ya'ni chiroyni ko'pincha husn jamol- da deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma'noda esa chiroy husn-jamol, qalb go'zalligida, ma'noli so'zdadir. Xalqimiz bejizga «Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda» deb aytmagan!

San'at va hayot go'zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va tasavvurni ham rivojlantiradi.

Bolalarni go'zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to'g'ri tushunish, olijanob his-tuyg'ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go'zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo'lish, qayg'usini birga baham ko'rish kabi xususiyatlar tarkib top-tiriiadi.

Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqt-ni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ij-timoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o'zlashtirishi natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo'llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya hal etuvchi rol o'ynaydi.

Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko'rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj go'zallik to'g'risidagi fanning rivoj-lanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganishga undaydi. Estetik qiziqish shaxsni san'at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o'ylantiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjuddir.

Badiiy tarbiya san'at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san'at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san'atning ma'lum turlari bo'yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo bo'lishida, uni amaliy faoliyatda qo'llashda, o'z bilim va taassurotlarini ko'ra bilishda, his-tuyg'ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo'ladi.Estetika tabiatdagi, jamiyat- dagi moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo'lishi, rivojlanishi va vazifasi to'g'risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan biri bo'lgan san'atning rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.

Pedagogika estetikaning «go'zallik hayot demakdir» degan qoidasidan kelib chiqib, o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi go'zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san'atni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni

o'zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.

Go'zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, yaxshi inson bo'lishiga xizmat qiladi. Go'zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, beg'araz quvonch uyg'otadi. Estetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik ohangi, shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan g'arazli qarashlar bo'lmaydi. Ajdodlarimiz bu to'g'rida shunday yozadi: «Kishidagi go'zallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo bo'ladigan porloq quvonchga o'xshaydi. Biz go'zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz».

Go'zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini ta'minlaydigan estetik tarbiya nazariyasiningfaol usullarini ishlab chiqishgayo'naltiradi. Bunda tarbiya va ta'lim jamiyatning estetik madaniyatini o'zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Estetika borliqning birlamchi va ongning ikkilamchi ekanligiga asoslanib, san'at borliqni badiiy obrazlarda anglash, estetik aks ettirishning oliy shakli deb tushunadi.

San'at o'zining hissiy ta'sir kuchi bilan kishining faqat hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo'ladi, shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.

Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o'zaro bog'liqligi shundaki, kishining go'zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo'lishiga o'xshab ketadi. Aksincha, go'zallikni ko'ra bilmaslik undan zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San'atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan .chambarchas bog'liqdin Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani yasayotib o'zlarining kuch va imkoniyatlari o'sib borayotganini sezadilar. «Go'zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo'lmaydi, - deb yozgan edi V.A.Suxomlinskiy, - ammo bularda go'zallik bola ega bo'layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayotgan narsadir. Mehnat quvonchi - bu turmush quvonchidir».

Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo'lsa, u har qanday qiyin ishda ham go'zallikni ko'ra oladi va uni yaxshi, zo'r shavq-zavq bilan bajaradi.

Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida mustahkam bog'lanish bor. Kishining mustahkam sog'ligi, jismoniy kamolotisiz uning go'zalligini tasavvur etib bo'lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi.

Ko'pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o'ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.

Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo'shib olib borish kerak degan xulosa- ga olib keldi. Estetik tasavvurning o'ziga xosligi shundaki, ',, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli - «ko'rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko'rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo'lmay, balki uning ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko'ra bilish talab

qilinadi. Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan bo'lishini talab etadi.

Kishi narsa va hodisalarga go'zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr-qimmat bilan yondoshgandagina estetik kechinmalar paydo bo'ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog'liqdir.

Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz go'zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi. O'yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi. Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta'sir etish natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin-asta fikrlashga o'tadi. Bola rasm chizganda yoki o'ynaganda obrazni tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni idealida yaratadi. Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o'xshash voqea yuz beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo'shilib, ularning xatti-harakatlarida o'z xayollari bilan qatna- sha boshlaydilar.

Demak, estetik kechinmalar murakkab hodisa bo'lib, hissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, o'z fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug'ilishi kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

5. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova, Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.