Научная статья на тему 'TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIRI'

TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.M.Nazirova, Kenjayeva Manzura Ilxomovna

Keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi o`z ichiga bolaga ta’sir qiladigan hamma narsani, bola shakllanishini, uni hayotga ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish tayyorlash barcha qirralarini o`z ichiga oladi. Buni nafaqat maktab oila va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari ishlari, balki jamiyatning hayot tarzi undagi g‘oyalar, adabiyot va san`at, tashviqot vositalari radio, televideniye, gazeta va jurnallar ta’lim va ma’lumot ham kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA’SIRI»

TARBIYA VA UNING SHAXS KAMOLOTIGA TA'SIRI

1G.M.Nazirova, 2Kenjayeva Manzura Ilxomovna

1Qoqon DPI, Pedagogika fanlari boyicha Falsafa doktori (PhD) dotsent, 2Qo'qon DPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210288

Keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi oz ichiga bolaga ta' sir qiladigan hamma narsani, bola shakllanishini, uni hayotga ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish tayyorlash barcha qirralarini oz ichiga oladi. Buni nafaqat maktab oila va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari ishlari, balki jamiyatning hayot tarzi undagi g'oyalar, adabiyot va san'at, tashviqot vositalari radio, televideniye, gazeta va jurnallar ta'lim va ma'lumot ham kiradi.

Tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi-bu yoshlarda dunyoqarashni shakllantirish, xulq-atvorni shakllantirish, ularning estetik dinini rivojlantirish va jismoniy kamolotga yetishtirishdir.

Tarbiya - ma'naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Biror bir maksadga karatilgan tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya moxiyatini ta'lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil kiladi.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nixoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin- asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mexnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo'lgan munosabat muxim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga karab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taklid kiladilar. So'ng sekin-asta qilayotgan ishlarining moxiyatini anglaydilar. Bolalarni to'gri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega.

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bogliq.Metod - yunoncha atama bo'lib - aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metod, ya'ni usul axborotni uzatish va qabul qilish harakteriga qarab:

1. So'z orqali ifodalash usuli.

2. Ko'rgazmalilik usuli.

3. Amaliy, namuna usuli.

4. Ragbatlantirish va jazo usuli.

Yuqoridagi metodlar (usullar) o'z navbatida quyidagi guruhchalarga bo'linadi:

Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslaxat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, xikoya, ma'ruza, suxbat va boshqa usullarga;

Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali tarbiyalash usullariga;

Uchinchi guruh - tarbiya ma'lumotlarini amaliy mexnat harakatlari orqali berish. o'rnak ko'rsatish, boshqalarni amaliy mexnatini misol qilib ko'rsatish;

To'rtinchi guruh - o'kuvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o'rtoklari oldida yoki ota-onalar majlisida ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini xurmat taxtachasiga yopishtirish va boshqa ogzaki, "raxmat", "barakalla" kabi ragbatlantirish usullarini kiritish mumkin. Mustaqillik tufayli asrlar mobaynida xalqimiz saqlab qolayotgan umuinsoniy, milliy va ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Madaniy merosimiz, ma'naviy boyligimiz har tomonlama o'rganishga, uni tahlil qilishga keng imkoniyatlar yaratildi.

O'zbekiston istiqlol tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo'lgan e'tibor yana ham kuchaydi. Chunki ma'naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Sog'lom avlodni voyaga yetkazish katta ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma'naviyatimizning asosidir.

Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda-sharif, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Axloq tarbiyasining maqsadi shaxsni Axloqiy shaqillantirishdir. Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan Axloqiy ong, xissiyot va xulqni shaqillantirish, Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, o'zbekiston gerbi, bayrog'i madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.

Axloq insoniyat ma'naviy madaniyat ko'rinishlaridan, ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, u kishilarning tarixan qaror topgan xulq-atvori va yurish- turishining ifodalaydigan va jamiyat munosabatlarini aks ettiradigan muayyan qoidalar yig'indisidir.

Shu ma'noda axloq murakkab ko'p qirrali jamiyat xodisasi bo'lib, u o'z ichiga odamning jamiyat jamoa va boshqa kishilar bilan aloqalarni belgilovchi qoida va talablarni qamrab oladi. «Axloq» arabcha «Xulq» so'zini ko'plik shakli bo'lib, insonning nafsida, tabiatida xosil bo'lgan va takrorlanadigan ish faoliyatidir.

Odob odamning jamoat, el -yurt orasida o' zini qanday tutishi, muomala qilishi, o'z turmush sharoiti va bo'sh vaqtini qanday tashkil etishi xullas tashqi jixatdan muloyim va yoqimli bo'lishini bildiradi.Sharq allomalari Axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini «Qur'oni karim» suralari, Muhammad payg'ambar faoliyati va ko'rsatmalarini ifodalovchi xadislar, xikmatli rivoyatlar tashkil qiladi.Yusuf Xos Xojibning «Qudadg'u bilik» didaktik dostonida til odobi, sevgi va sadoqat, rostgo'ylik va halollik, axloq-odob haqida xikmatli nasixat bayon etilgan. «Til odobi» bobida bilim egallashda tilning ahamiyati, qissa va mazmunli ko'zlash, til aql va bilim tarjimonidir degan fikrlar bayon qilingan.Sa'diy Sheroziy «Bo'ston», «Guliston» asarlarida hayotda insonni pok, irodali, kuchli va mag'rur bo'lishi haqida istaklarni ifodalaydi. Sheroziy kishi qadrini. Insonni yerga uradigan ta'ma xasad kabi illatlarni qoralaydi. U yoshlarni halol mehnat qilishga rostgo'ylikka, bilim va hunar orttirishga, go'zal axloqli bo'lishga undaydi.

Kaykovus 44 bobdan iborat bo'lgan «Qobusnoma» asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o'zaro axloqiy munosabatlari, ichki so'qish, qo'pollik kabi yomon odatlardan qaqlanish zaruriyati kabi axloqiy masalalarga urg'u beriladi.Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xaqoyiq» dostoni 14 bobdan iborat bo'lib, unda til odobi, sir saqlash, sahiylik kamtarlik, shukronalik, ta'zim- tavoze', insonparvarlik rizo va itoat, halollik haqida pand nasihatlar berilgan.

A.Navoiy o'zining «Hamsa», «Mahbub ul qulb» kabi yirik ta'limiy-axloqiy asarlarida shuningdek, «Munojot», «Vaqfiya», « Arbain hadis» kabi kitoblarida tarbiyaga oid fikrlarini bayon qilgan. «Mahbub ul qulb» uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qism,-har xil toifa odamlar

fe'l- atvori va ahvoli, kayfiyati. Ikkinchi qism- yahshi va yomon fe'llar; uchunchi qism- hilma-hil foydalar va qissalar ko'rinishi, yani yahshi fe'llar va xislatlarga oid fikrlardan iborat. Abduraxmon Jomiyning «Baxoriston» asaridan mutafakkirning ta'limiy axloqiy qarashlari o'z aksini topgan. Bu asarda Jomiy haqiqiy kamolatga erishgan inson haqidagi fikr muloxazalarini bayon etadi. «Bahoriston» asarida yetuk insonga xos axloqiy hislatlar tarannum etilgan. Yahshilik, saxiylik, shirin-suhanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do'stlik, rostgo'ylik, mexnat sevarlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Muhammad Siddiq Qoshg'ariyning /1740-1843/ «Odob as-solixin» asarida insonning xayoti davomida zarur xulq atvor qoidalar o'rgatish g'oyasi ilgari suriladi. Unda kundalik turmushimizdagi xar bir yosh egallab olishi zarur bo'lgan zoxiriy /tashqi/ va botiniy / ichki/ odob va axloq qoidalari nimalardan iborat bo'lishi kerakligi va shunda yoshlarning ham o'qib, barkamol inson darajasiga yetishi ta'kidlanadi.

Axloq tarbiya mazmuni. axloqiy tarbiya maqsadi-axloqiy shakllantirishdir. Shaxsning muxim ma'naviy sifatlari: Axloqiy ong, xissiyot va xulqini shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, ongli intizom, insonparvarlik va boshqalar.

Vatanparvarlik-Vatanga muhabbat, uning himoyasiga tayyor bo'lishi, vatanning gullab yashnashi uchun mexnat qilishdir. Mehnatga ma'suliyatli munosabat-beg'arazlik, mexnat majburiyatlariga ongli, ma'suliyatli yondashish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan, mustaqil qaror qabul qilish, o'rtoqlariga yordam berishga tayyorgarlik, mexnatni qadr qimmatini anglay bilish, kabi tushunchalarni ifodalaydi.

Ongli intizom-burchni bajarish, shaxsiy va ijtimoiy, davlat va jamoatchilik majburiyatini kam-ko'stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan hatti-xarakatlar me'yorida amal qilish tushuniladi.

Axloqiy tarbiya mazmuni avvalo o'quvchilarning amaliy faoliyatida o'qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida ularning munosabatlari xarakterida, o'zaro ta'sir ko'rsatish usullari, xulq-atvor me'yorlarini o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi.

Axloq-odob tarbiyasi turli Xalq bayramlarini o'tkazishda, marosimlar, xalq o'yinlarida ham amalga oshgan. Bayramlar: Navro'z, Ro'za Hayit, Qurbon Xayit, to'y, to'yona, sovchilik, qunoq va boshqalar. Marosimlar: tavallud, beshik to'y, alla aytish, quloq tishlatish, ziyorat, xayr sadaqa ibodat va boshqalar. Shunday qilib o'zbekiston istiqlol tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo'lgan e'tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Chunki ma'naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat ko'rishlari mumkin. O'zbekiston istiqlolini mutaskamlashda va uni rivojlantirishda ma'naviy sog'lom avlodni voyaga yetkazish va ularni axloq-odob haqidagi milliy urf- odatlarimizni shakllantirishimiz zarur. Zero Xalqimiz qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma'naviyatimizning asosidir.

Adabiyotlar

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.