Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON MILLIY RIVOJLANISH TIZIMIDA TA’LIM-TARBIYA'

YANGI O‘ZBEKISTON MILLIY RIVOJLANISH TIZIMIDA TA’LIM-TARBIYA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy poklik / intellektual rivojlanganlik / milliy g‘urur va iftihor / insoniy-axloqiy fazilatlar / ilm-ma’rifat / ta’lim-tarbiya / axloqiy ong va tafakkur.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B.Sh.Shermuhammadov

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston milliy rivojlanish tizimida ta’lim-tarbiyaga yanada ko‘proq e’tibor qaratish xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON MILLIY RIVOJLANISH TIZIMIDA TA’LIM-TARBIYA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

YANGI O'ZBEKISTON MILLIY RIVOJLANISH TIZIMIDA TA'LIM-TARBIYA

B.Sh.Shermuhammadov

FarDU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11061156

Annotatsiya. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Ushbu maqolada Yangi O'zbekiston milliy rivojlanish tizimida ta'lim-tarbiyaga yanada ko'proq e 'tibor qaratish xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ma'naviypoklik, intellektualrivojlanganlik, milliy g'urur va iftihor, insoniy-axloqiy fazilatlar, ilm-ma 'rifat, ta'lim-tarbiya, axloqiy ong va tafakkur.

Аннотация. Образование играет важнейшую роль в жизни любого общества и любой страны. Страна, которая недостаточна занимается воспитанием молодого поколения, в целом членов общества, обречена на застой и кризис. Ведь для того, чтобы расти и развиваться в любом обществе, производство материальных и духовных благ должно постоянно увеличиваться. Для этого молодое поколение должно иметь возможность производить материальные и духовные блага на уровне своих предков, а то и лучше, чем они. В данной статье рассматривается вопрос удаления большего внимания образованию в системе национального развития Нового Узбекистана.

Ключевые слова: духовная чистота, интеллектуальное развитие, национальная гордость и честь, человеческие и нравственные качества, знания, образование, нравственное сознвние и мышление.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi", degan g'oyalaridan shu ma'lum bo'ladi-ki, maktab faqatgina ta'lim beradigan maskan emas, balki barcha uchun yuksak ma'naviyat beshigi, o'quvchi yoshlarga bolalikdan boshlab ta'lim-tarbiya beruvchi, kasbga o'rgatuvchi dargohga aylantirish orqali oliy maqsadga erishishimiz mumkin.

Mamlakatning ta'lim tizimi, ya'ni maktab, oliy ta'lim muassasalari nafaqat ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog'lom, balki ma'naviy pok, axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov, Ulfat Mahkamov, To'ychi Xasanov kabi yirik pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ularning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo'lish, rostgo'ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilatlar to'g'risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. O'quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o'tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug' mutafakkirlarning fikrlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ularning hayot yo'li, axloq haqidagi fikrlari har bir o'quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o'rin egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o'quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi. Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me'yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo'lgan tartib, odob, o'zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq tarixiy, o'zgaruvchan xarakterga ega bo'lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo'ladi. Axloqiy me'yor jamiyat tomonidan tan olingan bo'lib, uning a'zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo'lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat - axloqiy xatti-harakatlarning mukammallashtirishga bo'lgan ehtiyoj bo'lib, u o'quvchilarda qulay vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli takrorlanishi hisobiga hosil bo'ladi. Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g'oyasining o'quvchilar ongida aks etishi.

Axloqiy tarbiya esa tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg'u, axloqiy xulqni shakllantirish bilan bog'liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me'yorlari va prinsiplaridir. Axloqiy tarbiya o'quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan tartib, odob, o'zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni. Axloqiy tarbiyani maqsadi o'quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60- son Farmoniga ko'ra 2022-2026 yillarga mo'jallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot starategiyasi umummilliy dasturi qabul qilindi. Dasturda 7 ta yo'nalishni o'z ichiga olgan 100 ta maqsad belgilab olindi. Ushbu yo'nalishdan 5-chi ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo'nalishida "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konseptsiyasiga asosiy e'tibor qaratilgan.

Hammaga ma'lumki, bizning tafakkurimizdan ta'lim va tarbiya ajralmasdir, degan g'oya chuqur joy olgan. Ta'lim islohotlarida shakl va vositalarga emas, sifatning tub markazida yotuvchi mazmun va mohiyatga ko'proq e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir.

Chunonchi, Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yohud axloq" asarida axloq "insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur", - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga alohida to'xtalib o'tadi.

Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi. Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta'lim maktablarimiz boshlang'ich sinflari o'quv dasruriga "Tarbiya fani" ning kiritilishidir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham o'quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o'rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o'ziga hamda atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me'yorlarga qat'iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma'naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi. Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

oqko'ngillilik, bag'rikenglik, vatanparvarlik, baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e'tiqodlilik, adolatparvarlik,haqiqatgo'ylik, o'zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko'rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko'rsatish, intizomlilik v.b.

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma'noda ijtimoiy hodisa sifatida qo'llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o'z ichiga oladi. Tarbiyaning obyektiv qonunlari - o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o'ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg'un bo'lgan an'analardir.

Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma'naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o'sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o'ziga xosligi bilan farq qiladi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari - axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo'lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biridir. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim.

Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli kechishini ta'minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me'yorlar qabul qilingan. Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me'yorlar esa davlat tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga solinadi. Intizom ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlarga nisbatan ongli yondashuv, ularga to'la amal qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me'yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko'rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi o'quvchilar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o'rnini to'g'ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me'yorlar talablariga ongli munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayondir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. "O'zbekiston" nashriyoti, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta'minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbekiston", 2017.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2020.

4. N.Isatova va boshq. Tarbiya: baxt va muvaffaqqiyat sirlari. 2-sinf darslik. -T., "G'ofur G'ulom" nashriyoti, 2020.

5. D.Ro'ziyeva va boshq. Tarbiya: baxt va muvaffaqiyat sirlari. 3-sinf darslik. -T., "Sano -standart" nashriyoti, 2020.

6. Ismoilova M. Maqsudova G va boshqalar. Boshlangich sinflarda ta'lim - tarbiya ishlari -tayyorlov yo'nalishi bo'yicha tarmoq ta'lim standarti va o'quv dasturlari. -T.2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.