Научная статья на тему 'TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT, YO MAMOT MASALASI'

TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT, YO MAMOT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
131
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / moddiy va m’naviy boyliklar / shaxs / jismoniy / ruhiy / axloqiy / maʼnaviy sifatlar / ong / metodlar / pedogogika. / education / material and spiritual wealth / personality / physical / mental / moral / spiritual qualities / consciousness / methods / pedagogy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xabibova, Umriniso

Ushbu maqolada Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, yosh avlodning, umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkum ekan. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak ekanligi o‘vrganildi va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION IS A MATTER OF LIFE OR DEATH FOR US

In this article, it is stated that Education is of decisive importance in the life of any society and any country, and that a country that is not sufficiently involved in the education of the young generation and members of society in general is doomed to stagnation and crisis. After all, in order to grow and develop in any society, the production of material and spiritual wealth must be constantly increasing. For this, it was studied and analyzed that the young generation should be able to produce material and spiritual wealth at the level of their ancestors, even better than them.

Текст научной работы на тему «TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT, YO MAMOT MASALASI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(01), Jan., 2024

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT, YO MAMOT MASALASI

Xabibova Umriniso

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura 2 - kurs talabasi Tel raqam: +99899 978 56 11

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkum ekan. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak ekanligi o 'vrganildi va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: tarbiya, moddiy va m'naviy boyliklar, shaxs, jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma 'naviy sifatlar, ong, metodlar, pedogogika.

ОБРАЗОВАНИЕ ДЛЯ НАС — ВОПРОС ЖИЗНИ ИЛИ СМЕРТИ

АННОТАЦИЯ

В этой статье утверждается, что Образование имеет решающее значение в жизни любого общества и любой страны, и что страна, недостаточно занимающаяся воспитанием молодого поколения и членов общества в целом, обречена на застой и кризис. Ведь для того, чтобы расти и развиваться в любом обществе, производство материальных и духовных благ должно постоянно увеличиваться. Для этого изучалось и анализировалось, что молодое поколение должно уметь производить материальные и духовные блага на уровне своих предков, даже лучше, чем они.

Ключевые слова: образование, материальные и духовные блага, личность, физические, умственные, моральные, духовные качества, сознание, методы, педагогика.

EDUCATION IS A MATTER OF LIFE OR DEATH FOR US

ABSTRACT

In this article, it is stated that Education is of decisive importance in the life of any society and any country, and that a country that is not sufficiently involved in the

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

education of the young generation and members of society in general is doomed to stagnation and crisis. After all, in order to grow and develop in any society, the production of material and spiritual wealth must be constantly increasing. For this, it was studied and analyzed that the young generation should be able to produce material and spiritual wealth at the level of their ancestors, even better than them.

Key words: education, material and spiritual wealth, personality, physical, mental, moral, spiritual qualities, consciousness, methods, pedagogy.

METODLAR

Maqolada tarixiylik hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Ma'lumotlar izlashda O'zbekiston Respublikasining qonunlari, maqolalar va turli xil internet saytlaridan xususuan, http://Bard.google.com saytidan foydalanildi.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televideniya va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi.

Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta'lim va ma'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsningqaakat bilimi ko'payibgina qolmay, balki axloqiy ma'naviy sifatlarning qaror topishi ham tezlashadi.

KIRISH

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko'rsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega bo'lishi lozim.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho'ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo'ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o'zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy ko'rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o'rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.

Sho'rolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron bo'lganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi o'rniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo bo'lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz bo'lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo'nalishga solinishi mumkin bo'lgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy ob'yekti bo'lmish shaxs va uning o'ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho'ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog'liq jarayonlarga yangi hamda sog'lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g'ayriilmiy sinfiy partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e'tibor karatilmoqda. Buning uchun xalq pedogogikasi boyliklari, o'zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o'rganilayotir. Natijada, O'zbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o'ziga xos o'rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, Tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo'ldi. Ayni vaqtda,

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

shaxsning shakllanishida tarbiyaning o'rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni to'g'ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to'g'ri tayin etish imkonini berdi.

Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» .

Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda ta'lim oluvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.

Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali"ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash; ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.

Tarbiya metodlari - pedagog-o'qituvchilarning o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo'llaridir.

Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo'lib, O'zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlar tayyorlashni ko'zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir.

Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o'quvchi shaxsining o'zi

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tomonidan faollik ko'rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tatbiq etadi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Farobiy ta'lim tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladi. shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yilik, insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin-asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobilyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda asta sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekistan Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun. - T., 2020.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumta'lim, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-4513-sonli Qarori.

3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 997-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi" 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni.

5. "Umumiy o'rta ta'lim muassalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2020-yil 422-son Qarori.

6. Abdulla Avloniy asarlari majmuasi.

7. Ганиев Ж. Умумбашарий кддрият. "^онун хдмоясида" 2004. 9-сон. 36 бет.

8. https://lex.uz/docs/-4674902

9. https://Bard.google.com

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.