Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA BOG‘DORCHILIKNING RIVOJLANISHI (TEMURIYLAR DAVRI MISOLIDA)'

O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA BOG‘DORCHILIKNING RIVOJLANISHI (TEMURIYLAR DAVRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
166
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog’ / bog’dorchilik / chorbog’lar / Amir Temur / manzarali bog’lar / Bog’i Dilkusho. / garden / horticulture / meadows / Amir Temur / ornamental gardens / Dilkusho Garden.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yo‘Ldoshev, Murodbek Xurram O‘G‘Li

Ushbu maqolada o’rta asrlarda O’rta Osiyoda, xususan mamlakatimizda bog’dorchilikning taraqqiyoti borasida tarixiy ma’lumotlar aks etgan. Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan bog’larning bog’dorchilik taraqqiyotidagi ahamiyati asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF GARDENING IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE AGES (THE EXAMPLE OF THE TEMURIAN PERIOD)

This article contains historical information about the development of horticulture in Central Asia, especially in our country, in the Middle Ages. The importance of the gardens created by owner Amir Temur in the development of horticulture is established.

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA BOG‘DORCHILIKNING RIVOJLANISHI (TEMURIYLAR DAVRI MISOLIDA)»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'RTA ASRLARDA O'RTA OSIYODA BOG'DORCHILIKNING RIVOJLANISHI (TEMURIYLAR DAVRI MISOLIDA)

Yo'ldoshev Murodbek Xurram o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yo'nalishi I boshqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'rta asrlarda O'rta Osiyoda, xususan mamlakatimizda bog'dorchilikning taraqqiyoti borasida tarixiy ma'lumotlar aks etgan. Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan bog'larning bog'dorchilik taraqqiyotidagi ahamiyati asoslangan.

Kalit so'zlar: bog', bog'dorchilik, chorbog'lar, Amir Temur, manzarali bog'lar, Bog'i Dilkusho.

This article contains historical information about the development of horticulture in Central Asia, especially in our country, in the Middle Ages. The importance of the gardens created by owner Amir Temur in the development of horticulture is established.

Key words: garden, horticulture, meadows, Amir Temur, ornamental gardens, Dilkusho Garden.

O'rta Osiyoda tarixiy shakllangan shaharlaming umumiy tarixini yaratishda bog'larning ahamiyati alohida ahamiyatga ega. O'rta asrlarda O'rta Osiyo hududida bog'dorchilik ilmining rivojlanishida muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. O'rta Osiyoda bu davrga kelib bog'dorchilik juda ilgarilib ketdi. Bog'larda mevali va manzarali daraxtlardan tashqari har xil o'tchil gullar va ko'katlarga alohida joy ajratilgan. G.A.Pugachenkoning yozishicha, O'rta Osiyo bog'lari va xiyobonlarining o'ziga xos xususiyati bo'lib, Yevropa bog'laridan tubdan farq qiladi1. Shuningdek, O'rta Osiyo bog'lari xususida V. Bartold, V.L. Vyatkin, M.E. Masson, I.A. Suxarev kabi olim va tadqiqotchilar ham muhim ma'lumotlarni keltirib o'tganlar.

Amir Temur va temuriylar davri hududda bog'dorchilik taraqqiyotida juda muhim bosqich hisoblanadi. Amir Temur o'z davrining eng qudratli imperiyasini barpo etib, o'z shaharlari - Samarqand, Shahrisabz, Hirot va boshqalarning tashqi qiyofasi va obodligiga alohida e'tibor qaratgan. U shahar muhiti o'z davlatining

1 Г.А. Пугаченкова. Садово-парковое искусство Средней Азии в эпоху Тимура и Тимуридов. - Ташкент: 1951. Издательство САГУ. 27 С.

ABSTARCT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qudratini namoyon ettirishi kerak deb hisoblardi. Amir Temurning "Tuzuklar"ida uning nomidan shunday deyilgan:

"Men tabiblar, munajjimlar va me'morlarni huzurimga chorladim, chunki bu odamlar davlatning shon-shuhrati va gullab-yashnashiga hissa qo'shadilar. Me'morlar men uchun ulug'vor binolar tarhlarini tuzdilar va men uchun bog'lar rejalarini chizdilar".

Ushbu satrlar bizga o'sha uzoq zamonlarda mutaxassislar bog'-rog'lar barpo etish bilan shug'ullanganliklaridan dalolat beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'sha zamonlarda bog' majmualari chorbog'lar - «to'rt bog'» deb nomlangan. Bu nom ularning qat'iy o'rnatilgan tuzilishini aks ettiradi: to'g'ri to'rtburchakli bog'lar to'rt qismdan tarkib topgan. Xiyobon va ariqlar bog'ning turli qismlarini bir-biridan ajratib turardi. Bog'ning o'zi esa baland devor bilan o'ralgan. Mazkur chorbog'larning o'lchamlari ham e'tiborga molik. Masalan, Bog'i Dilkusho va Bog'i Nav bog'larining maydoni taxminan bir kvadrat kilometrni tashkil etgan. Chorbog'lar, qoidaga ko'ra, shovqin-suronli bozorlar, maydonlar va hunarmandchilik mahallalaridan uzoqroqda, shahar chekkasida qad rostlagan. O'rta Osiyo shaharlarining (mahallalarning) turar joylari an'anaviy tarzda zich binolar bilan ajralib turardi va u yerlarda bog'lar yetishtirish uchun joy yo'q edi. Shunday bo'lsa ham, u yerlarda har doim bitta yoki bir nechta bargli daraxtlar - chinor, terak, tut daraxti va boshqalarni ekish uchun joylar qoldirilgan. Ularni shaharlar aholisi yozgi jazirama paytlardagi soya va salqinlik uchun juda qadrlashgan2.

Chorbog'lar Amir Temur va Temuriylar davrida saroy hamda shahar me'morchiligining muhim qismiga aylandi. Bu haqdagi qaydlar Lui Gonzales de Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi», tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari, Zahiriddin Bobur kundaliklari va boshqa tarixiy qo'lyozmalarda saqlanib qolgan. Ularda Amir Temur va Temuriylar chorbog'larining nomlari va tafsilotlari, zodagon va boy shaharliklarning xususiy bog'lari haqidagi qaydlar, XIV - XV asrlarda masjidlar, xonaqohlar va boshqa jamoat inshootlari qoshida barpo etilgan bog'lar to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Xususiy bog'lar odatda begonalar uchun yopiq bo'lgan. Biroq buyuk sarkarda o'zining uzoq yurishlari vaqtida Samarqand aholisi va mehmonlariga uning bog'lariga erkin tashrif buyurishga ruxsat bergan. Temur o'z poytaxti - Samarqandni bezatishga alohida e'tibor qaratgan. Shahar ichkarisi ulug'vor me'morchilik namunalari, tashqarisi esa mo'jizakor chorbog'lar bilan bezatilgan. Ular poytaxtni

2 Г.А. Пугаченкова. Садово-парковое искусство Средней Азии в эпоху Тимура и Тимуридов. - Ташкент: 1951. Издательство САГУ. - С. 15.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

yashil kamar singan o'rab olgan va ularning maydoni shahar hududidan ham kattaroq bo'lgan.

De Klavixo o'zining sayohat kundaliklarida shunday deb yozadi:

"Butun shahar (Samarqand) bog'lar va uzumzorlar bilan o'ralgan bo'lib, ular ayrim joylarda bir yarim liga (1 liga = 4,82 km), boshqa joylarda esa ikki ligaga qadar uzayadi. Shaharning o'zi esa ular o'rtasida... Ushbu shahar chetidagi bog'larda ko'plab ulkan va boy inshootlar qad rostlagan, senyorning (Temurbek) o'zida esa saroylari va asosiy maqbarasi bor. Bundan tashqari, zodagon shaharliklarning ushbu bog'larda o'z uylari va binolari joylashgan. Va shahar atrofida bunday bog' va uzumzorlar shu qadarki, unga kirib borayotganingda go'yoki butun boshli baland daraxtzor o'rmonga yaqinlashayotgandek bo'lasan. Uning o'rtasida esa shaharning o'zi turadi".

Amir Temur Bog'i Dilkushoda Kastiliya qiroli elchilarini qabul qilgan. Klavixo mazkur bog' va saroyning tuzilishi haqida batafsil bayon etgan. 1405-yilda Temurning vafotidan keyin uning avlodlari qo'l ostida bog'dorchilik san'ati rivojlanishda davom etdi. Nabirasi Ulug'bek Cho'ponota etagida bobosi boshlagan Bog'i Maydon bog'ini qurib bitkazdi. Ulug'bek bu yerda ikki qavatli Chil-sutun (Qirq ustun) saroyini qurdi. Ulug'bek, shuningdek, Bog'i Maydon yaqinida, Cho'ponota yonbag'rida mo'jaz bog'cha barpo etishni buyurdi. Uni Chinnixona -devorlari XV asrda oltin bahosida qadrlangan xitoy chinnisi bilan qoplangan go'zal saroy bezab turardi.

XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda sahovatpesha boy Darvish Muhammad Tarxonning bog'i mashhur bo'lgan. Uning chorbog'i Bog'i Maydonning bir oz pastrog'ida qarag'ay, archa va oq terak bilan o'ralgan zinapoyalar shaklida barpo etilgan. Bu joy o'zining go'zalligi va toza havosi bilan mashhur edi. Alisher Navoiy tomonidan Hirot ahliga sovg'a sifatida barpo etilgan chorbog'lar: Bog'i Marg'ani, Bog'i Puli Sangkashon («Tosh tashuvchilar ko'prigi yaqinidagi bog'»), Bog'chai Shavqiya («Jozibador bog'»), Gozurgohdagi (Hirot yaqinidagi shaharcha) va boshqa joylardagi bog'lar yanada mashhur bo'lib ketdi3.

O'rta asrlar tarixchisi Xondamirning yozishicha, Navoiyning Hirotdagi bog'lari oddiy shaharliklar uchun ochiq bo'lgan hamda dam olish va sayr qilish uchun sharoitlari, shuningdek, binolar maftunkorligi va yam-yashil o'simliklari bilan tengsiz bo'lgan4.

Zahiriddin Muhammad Bobur ham bog'lar barpo etish bilan shug'ullangan. 1504 yilda Kobul viloyati (Afg'oniston) hokimiyatini qo'lga kiritgach, u Kobul

3 G'aniyeva S. Alisher Navoiy: Hayoti va ijodi / Mas'ul muharrir A.Qayumov.-Toshkent: Fan, 1968. - B.112.

4 Xondamir G'iyosiddin binni Humomiddin. Makorim ulaxloq. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1981. - B.94.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

yaqinida Bog'i Binafsha, Chorbog', Bog'i Xilvat, Istargacha yaqinida - Bog'i Podishoh, Pagmanda - Bog'i Kalon bog'larini barpo etgan5.

Bobur Hindistonni egallagach (1519 - 1527 yillarda), o'zining qisqa hukmronlik yillarida u yerda ham ko'plab arxitektura inshootlari, shuningdek, Samarqand va Hirotdagiga o'xshash bog'lar qurdirdi. Ular orasida Adinapurda Bog'i Vafo (15081509 yillar), Agra yaqinida Bog'i Xasht-Bixisht (Salomatlik bog'i), Dxolpurda Bog'i Nilufar va 1527-1529 yillarda Sikrida barpo etilgan Bog'i Fath ma'lum. "Boburnoma"da Bobur hamda uning yaqin beklari tomonidan Afg'oniston va Hindistonda bunyod etilgan 17 ta bog' tilga olingan. Boburning o'zi professional landshaft me'morining barcha sifatlariga ega edi: u o'simliklarni yaxshi bilardi, tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olgan va tafsilotlarga alohida e'tibor berib, landshaft xususiyatlaridan mohirona foydalangan.

Amir Temur va Temuriylar davridagi O'rta Osiyo bog'dorchilik san'atining zamirida yer egalarining ko'p asrlik tajribasi va O'rta Osiyo va qadimgi Eronning bog'dorchilik va bog' me'morchiligi an'analari yotadi. Oddiy dehqonlar o'z tajribalari asosida yerga ishlov berish va har xil turdagi o'simlik hamda daraxtlarni o'stirish sirlarini o'rgangan va ularni avloddan avlodga yetkazganlar, olimlar tomonidan esa to'plangan, tizimlashtirilgan va ilmiy risolalarda qayd etilgan. Masalan, «Irshod az Ziroa» («Ziroatchilik qo'llanmasi») XIV - XV asrlarda O'rta Osiyoda agrotexnik madaniyat va bog'dorchilik qurilishi yutuqlari hamda o'ziga xosliklarini o'zida mujassamlashtirgan. Unda «Ko'chatlar, gullar, xushbo'y o'simliklarni ekish, chorbog' qurish va uni yuritish to'g'risida»gi alohida bob mavjud. XV asrning 70-80-yillarida mazkur asar Hirotda qayta yozilgan hamda xalqqa qilgan xayru sahovati va millat bog'chalarini barpo etgani uchun Alisher Navoiyga bag'ishlangan.

«Irshod az Ziroa»da chorbog' uchun gul navlarini saralashda biri ochilib bo'lgach, boshqasi gullashi uchun qanday gul navlaridan tashlash kerakligi bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Shunday qilib, chorbog'lar erta bahordan kech kuzga qadar gullab-yashnab turgan. Turli navlardagi manzarali va mevali daraxtlarni o'tqazishga ham oz e'tibor qaratilmagan. Meva daraxtlarini o'tqazish nafaqat amaliy, balki estetik qiziqishlarga ham tayanadi: «qor oqi, nafarmon, pushti rangli gullar bahorda, yam-yashil barglar orasidagi to'q sariq va qizil mevalar yoz va kuz boshlanishida, qip-qizil-oltinrang barglar kech kuzda bog'larga o'ziga xos joziba bag'ishlardi». Shuningdek, risolada sug'orish - chorbog' hududida suv yo'llari va havzalarining keng tarmog'ini yaratish bo'yicha ilmiy tavsiyalar ham mavjud. Temur bog' va

5 Г.А. Пугаченкова. Садово-парковое искусство Средней Азии в эпоху Тимура и Тимуридов. - Ташкент: 1951. Издательство САГУ. - С. 12.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023

bog'chalarida mohir me'morlar tabiiy yon bag'irlarga favvoralar va hatto kaskadli sharsharalar barpo etganlar.

Temuriylar chorbog'ining qoq markazida saroy - hordiq chiqarish uchun shahar tashqarisidagi qarorgoh bunyod etilgan. Bog' bo'ylab kashta va yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ko'plab kichik ayvonchalar va ko'shklar bo'lgan. Arxitektura, yashillik va suv bir-birini uyg'un ravishda to'ldirgan. Bog', suv ombori, saroy va ko'shklar yagona kompozitsion organizmga birlashtirilgan.

XULOSA

Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar boshqaruvi davrida O'rta Osiyoda bog'dorchilik san'ati o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Keyingi asrlarda uning an'analari Movarounnahr, Afg'oniston va Hindiston, Eron va Turkiya me'morchiligida davom ettirildi. Temuriylar davridagi bog'dorchilik san'atining ta'sirini XVI asrdan boshlab Fransiya va Gollandiya bog'lari va gulzorlarida uchratish mumkin. XV asrda Movarounnahr va Xitoy bog'dorchilik san'ati o'rtasida parallellik kuzatiladi. Birgina Samarqandning o'zida Amir Temur topshirig'i bilan oddiy fuqarolar uchun ochiq bo'lgan eng kamida 11 ta bog' va bog'cha majmualari barpo etilgan.

"Zafarnoma" qo'lyozmasidan miniatyura. Amir Temur o'zi barpo etgan

bog'da hordiq chiqarmoqda.

«. —

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. G'aniyeva S. Alisher Navoiy: Hayoti va ijodi / Mas'ul muharrir A.Qayumov.-Toshkent: Fan, 1968. - 148 b.

2. Xondamir G'iyosiddin binni Humomiddin. Makorim ulaxloq. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1981. - 136 b.

3. Г.А. Пугаченкова. Садово-парковое искусство Средней Азии в эпоху Тимура и Тимуридов. - Ташкент: 1951. Издательство САГУ. 27 С.

4. Ergashevich, R. A. (2022). Socio-philosophical significance of the concept of national state sovereignty. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(3), 49-51.

5. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.

6. Mamatqulov, E. (2022). YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 402-406.

7. Panjiyev, S. (2019). CONCEPTS OF TRUTH OF THE NEW TIME. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 170-173.

8. Raxmanov, A. (2022). SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA ONTOLOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 668-674.

9. Raxmanov, A. E. (2021). Political independence and the creation of its legal basis. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),

10. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1), 334-337.

11. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

12. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

13. Saidov, S. (2023). "TARIXI GARDIZIY" ASARINING TARIXIY QIYMATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 842-847.

726-729.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

14. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

15. Suhrob, P. (2021). The philosophical content of truth and its forms. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 176-178.

16. Suhrob, P. (2022). GLOBALIZATION PROCESS AND NATIONALSPIRITUAL FACTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 636-638.

17. Suhrob, P. (2022). THE NOOSPHERE STAGE AND THE INCREASING RESPONSIBILITY OF MANKIND IN THE PERSPECTIVE OF THE PLANET EARTH. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, 6, 55-58.

18. Turdiboyev, B. X. (2019). CIVILIZATIONS AS FORMS OF MANIFESTATION OF HISTORICAL PROCESSES. Theoretical & Applied Science, (11), 29-32.

19. Панжиев, С. (2022). КАДРИЯТЛАРНИНГ ШАХС МАЪНАВИЙ КИЁФАСИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ УЗИГА ХОС ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 863-866.

20. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКАФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.

21. Турдибоев, Б. (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ БИЛИШНИНГ ИЖТИМОИЙ ВОКЕЛИКНИ ТУШУНИШ ВА дунёкарашларга БОГЛИК,ЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1037-1043.

22. Турдибоев, Б. Х. (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ БИЛИШНИНГ МАЪНО-МАЗМУНИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 23-28.

23. ШОИМОВ, А. (2020). ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОЛИТИКИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА И ГОСУДАРСТВА НА НОВОМ ЭТАПЕ НАЦИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. Вопросы политологии, 10(11), 3330-3338.

24. Musurmonkulovich, А. G. (2022). Factors to Strengthen the Ideological Immunity of Young People in the Process of Ideological Education. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 15, 15-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.