Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI'

TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3488
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ILM-FAN / ADABIYOT VA SAN'AT / HUNARMANDCHILIK VA ME'MORCHILIK

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G‘Aybullayev R.A.

Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CULTURE OF THE TEMURIAN PERIOD

This article discusses the formation of medieval culture and the culture of the Timurid period.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI»

G'aybullayev R.A.

Buxoro Davlat universiteti talabasi

TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o 'rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik.

Gaybullayev R.A.

student

Bukhara State University CULTURE OF THE TEMURIAN PERIOD

Annotation: This article discusses the formation of medieval culture and the culture of the Timurid period.

Keywords: Science, Literature and Art, Crafts and Architecture.

Temur va temuriylar davri O'rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o'zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo'lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liqdir.Amir Temur davrida O'rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo'lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko'plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to'pladi.

Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berdi. O'rta Osiyoda qishloq xo'jaligi sun'iy sug'orishga bog'liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg'ob vodiysida sug'orish ishlarini yo'lga qo'ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlavchi- Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchiliqda donli ekinlar, paxga, zig'ir ekilgan. Bo'yoq uchun ro'yan o'simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko'p ekilgan. Uzum, limon yetishgirshnan.

Ulug'bek davrida Bog'i maydonda turli o'simliklar ekilib, Bog'cha nomli bog' barpo etytgan. Temur Samarqand atrofida Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug'bek davrida qo'ychilik va yilqichilikka alohida e'tibor berilgan.Tog'-kon ishlari yo'lga qo'yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.Obodonchilik,

sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi hunarmandchilik tarmoqlarining ko'payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o'rin tuggan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Karshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to'qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob. banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to'qilgan. XV asrda metall buyumlar, uy-ro'zg'or buyumlari, asbob uskunalar, qurol-yarog'lar ko'plab ishlab chiqarilgan. Samarkand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurigan. Shaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.

Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil madan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafîs zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.

2. O'rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarida kamolot bosqichiga kutarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo'ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko'rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko'chalar, me'moriy majmualar keng ko'lam kasb etadi. Ilk o'rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo'lgan «Shahriston»dan ko'lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Qadamjolar me'morchiligi ham o'ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O'g'li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi ananalarini ko'rish mumkin. Samarqanddagi Ulug'bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo'lib, uch qavatlidir. Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo'lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo'lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog'larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o'tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo'lib, toq va ravoqlari beqiyos bo'lgan. Temur va Ulug'bekning asosiy, qarorgohiSamarqanddagi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o'n ikkita bog' va saroylar bunyod etgirgan. Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa,

Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xatgotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko'p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.

Xattotlik san'ati taraqqiyotiga XV asrda an'anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta'liq noyob qulyozma asarlar ko'chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko'chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko'chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo'yoqlarning uyg'unligi ajralib turadi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir davrdagi madaniyatning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda uni asrab avaylash keyingi avlodga yetkazish muhim vazifamiz bo'lishi lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. http : //www.bil im.uz

2. http://www.ziyo. edu. Uz

3. U.Qoraboyev,G'.Soatov "O'zbekiston madaniyati"

5. Mansurov, To'xtaboyev " O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi"

6. 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.