Научная статья на тему 'QADIMGI VA O’RTA ASRLARDA SAMARQAND SHAHRI HUDUDIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING SHAKILLANISHI'

QADIMGI VA O’RTA ASRLARDA SAMARQAND SHAHRI HUDUDIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING SHAKILLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
782
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Landshaft / geografik landshaft / loyihalash san’ati / tog’lik yaylovlar / daraxtzorlar / antik davri / bog’-qo’riqxona / qo’riqxona / Landscape / geographical landscape / design art / mountain pastures / orchards / ancient period / garden-reserve / reserve.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Akhmedov, Jamoldin Djhalolovich, Jurayev, Uktam Shavkatovich

Landshaft muayyan bir geografik hududga xos bo’lgan tabiat manzarasi (yer yuzasi, relyefi, tuprog’i, o’simlik va hayvonot dunyosi, suvi, iqlimi)ni belgilovchi umumiy tushuncha. Landshaftning bir biridan farq qiluvchi tabiiy turlari mavjud. Masalan, tog’ landshafti, dasht-cho’l va sahro landshafti, tundra landshafti, okean, dengiz landshafti va boshqa landshaftlar. Bularning barchasi tabiiy geografik landshaftlarga kiradi. Biroq madaniy landshaftlar guruhi ham mavjud. Ularga inson qo’li va zakovati bilan yaratiladigan barcha landshaftlar, masalan, me’moriy landshaft, qishloq xo’jalik yerlari landshafti, shahar landshafti, bog’-park landshafti va h.k. kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF LANDSCAPE ARCHITECTURE ON THE TERRITORY OF SAMARKAND IN ANTIQUITY AND THE MIDDLE AGES

A general concept that defines the landscape (surface, relief, soil, flora and fauna, water, climate) characteristic of a particular geographical area. There are various natural landscape types. For example, mountain landscape, steppe and desert landscape, tundra landscape, ocean, sea landscape and other landscapes. All this is part of the natural geographical landscapes. But there is also a group of cultural landscapes. These include all landscapes created by human hands and intellect, such as architectural landscapes, agricultural landscapes, urban landscapes, garden landscapes, etc. are included.

Текст научной работы на тему «QADIMGI VA O’RTA ASRLARDA SAMARQAND SHAHRI HUDUDIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING SHAKILLANISHI»

Texnik fanlar / Technical sciences / Технические науки

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 2 Published: http://alferganus.uz

Citation :

Volume: 2 28.02.2022

Akhmedov J.D., Jurayev U.Sh. (2022). Formation of landscape architecture on the territory of Samarkand in antiquity and the middle ages SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (2), 82-89.

Axmedov, J.D., Jo'rayev, O'.Sh. (2022). Qadimgi va o'rta asrlarda Samarqand shahri hududida landshaft arxitekturasining shakillanishi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (2), 82-89.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6470581

DOI 10.5281/zenodo .6470581

QR-Article

0ЁЗЙ0

Akhmedov, Jamoldin Djhalolovich

PhD, Head of the Department of Architecture, Ferghana Polytechnic institute, Uzbekistan [email protected]

Jurayev, Uktam Shavkatovich

PhD, Senior Lecturer Ferghana Polytechnic institute, Uzbekistan, uktamuktamovich804@gmail. com

UDC 712.25

FORMATION OF LANDSCAPE ARCHITECTURE ON THE TERRITORY OF SAMARKAND IN ANTIQUITY AND THE MIDDLE AGES

Abstract: A general concept that defines the landscape (surface, relief, soil, flora and fauna, water, climate) characteristic of a particular geographical area. There are various natural landscape types. For example, mountain landscape, steppe and desert landscape, tundra landscape, ocean, sea landscape and other landscapes. All this is part of the natural geographical landscapes. But there is also a group of cultural landscapes. These include all landscapes created by human hands and intellect, such as architectural landscapes, agricultural landscapes, urban landscapes, garden landscapes, etc. are included.

Keywords: Landscape, geographical landscape, design art, mountain pastures,orchards, ancient period, garden-reserve, reserve.

QADIMGI VA O'RTA ASRLARDA SAMARQAND SHAHRI HUDUDIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING SHAKILLANISHI

Axmedov Jamoldin Djalolovich

t.f.n., Arxitektura kafedrasi mudiri, Farg'onapolitexnika instituti, O'zbekiston,

82

Jo'rayev O'ktamjon Shavkatovich

PhD, Farg'ona politexnika instituti katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Landshaft muayyan bir geografik hududga xos bo'lgan tabiat manzarasi (yer yuzasi, relyefi, tuprog'i, o'simlik va hayvonot dunyosi, suvi, iqlimi)ni belgilovchi umumiy tushuncha. Landshaftning bir - biridan farq qiluvchi tabiiy turlari mavjud. Masalan, tog' landshafti, dasht-cho'l va sahro landshafti, tundra landshafti, okean, dengiz landshafti va boshqa landshaftlar. Bularning barchasi tabiiy geografik landshaftlarga kiradi. Biroq madaniy landshaftlar guruhi ham mavjud. Ularga inson qo'li va zakovati bilan yaratiladigan barcha landshaftlar, masalan, me 'moriy landshaft, qishloq xo'jalik yerlari landshafti, shahar landshafti, bog'-park landshafti va h.k. kiradi. Kalit so'zlar: Landshaft, geografik landshaft, loyihalash san'ati, tog'lik yaylovlar, daraxtzorlar, antik davri, bog'-qo'riqxona, qo'riqxona.

СТАНОВЛЕНИЕ ЛАНДШАФТНОЙ АРХИТЕКТУРЫ НА ТЕРРИТОРИИ САМАРКАНДА В ДРЕВНОСТИ И СРЕДНЕВЕКОВЬЕ

Аннотация: Общее понятие, определяющее ландшафт (поверхность, рельеф, почва, флора и фауна, вода, климат), характерный для конкретной географической области. Существуют различные природные типы ландшафта. Например, горный ландшафт, степной и пустынный ландшафт, ландшафт тундры, океанский, морской ландшафт и другие ландшафты. Все это является частью природных географических ландшафтов. Но есть и группа культурных ландшафтов. К ним относятся все ландшафты, созданные руками и интеллектом человека, такие как архитектурные ландшафты, агроландшафты, городские ландшафты, садовые ландшафты и др. входит.

Ключевые слова: Пейзаж, географический ландшафт, дизайнерское искусство, горные пастбища, фруктовые сады, античный период, сад-заповедник, заповедник.

Samarqand shahrining qadimgi davr landshaft arxitekturasi haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. Markaziy Osiyoning, jumladan Samarqand shahrining qadimgi bog'-parklari antik davri mualliflari, Diador va Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida mavjud. Ularning yozishicha, bunday bog'lar uchun odatda keng yashil maydonlar, suvloq tog' oldi yaylovlari va qalin o'rmonzorlar tanlanib, ular hukumdorlarning ov

Ахмедов Жамолдин Джалолович

к.т.н., заведующий кафедрой Архитектуры, Ферганский политехнический институт

Жураев Уктамжон Шавкатович

PhD, старший преподаватель Ферганский политехнический институт

© ®

qilishlari va dam olib xordiq chiqarishlari uchun mo'ljallangan [1]. Ularda ov paytida foydalanadigan maxsus burjlar va imoratlar qurilgan, turli xil yovvoyi hayvonlar saqlanib o'rchitilgan. Bunday bog'lar o'sha davr xukumdorlarining boyligi, yashash va dam olish uslublaridan darak beradi. Bunday bog'lar maxsus reja asosida qurilganmi yoki yo'qmi, bu haqda biror narsa deyish qiyin. Biroq, ular o'zlarining shakllanish omillari, egallagan joylari va tabiiy manzaralariga ko'ra muntazam rejali bog'lardan keskin farq qilgan. Shu sababli ularni erkin rejali manzarali bog'lar turiga kiritish mumkin.

"Makedoniyalik Iskandar tarixi" asarining muallifi rimlik Kvint Kurtsiyning yozishicha, Iskandar Markaziy Osiyoga bostirib kelganda "Bazayra" nomli joyda barpo etilgan manzarali bog'da askarlari bilan ov qilib dam oladi va bu ovda to'rt ming hayvonni otib o'ldiradi [1]. Tarixchi olimlarning fikricha, ushbu bog' Maroqand shahriga, ya'ni qadimgi Samarqandga yaqin joyda bo'lgan. Bog' joylashgan joyni qadimgi yunon tarixchisi Diador "Bazayra" emas, "Basista" deb nomlangan. U. Monchadskaya esa "Basista"ni "Bog'iston" so'zining yunonlashtirib yozilgan ko'rinishi emasmikan, degan fikrni bildiradi.

Urgut tumani hududida to'g'ri keladi, deb taxmin qiladi. Tarixiy manbalarda ko'rsatilishicha, ushbu bog' o'ta keng tog'lik yaylovlarga, qalin daraxtzorlarga, turli xil yovvoyi, qo'lga o'rgatilgan hayvonlarga boy bo'lgan.

Shuningdek, antik davr manbalarida Afg'onistondagi Toshqo'rg'ondan mozori-Sharifgacha bo'lgan keng yaylovlarda Amudaryoning o'ng sohiliga yaqin to'qayzorlarda qadimgi zamonlardagi podshoxlarning hayvonlar o'stiradigan va saqlanadigan ulkan bog'lari haqida ham ma'lumot mavjud [2]. Ularda son-sanoqsiz kiyiklar va yovvoyi cho'chqalar to'dasi, ular orqasidan tushgan bo'rilar galasi va hatto go'yoki sherlar ham o'stirilgan. Ana shunday sherlarning Tojikistonda ham bo'lganligi haqida eramizning boshida yozilgan Xitoy yilnomalarida eslatib o'tiladi. Masalan, eramizning 87 yilida Kushon elchilari Turkistondan Xitoy podshoxdariga sovg'a sifatida sherlar eltgan. Taxminan shu joylarda 1258 yili Chingizxonning o'g'li Xulaguxon ham sherlarni ov qilgan, sherlar haqida mashhur xitoy sayyohi Marko Polo ham, hamda XV asr mualliflari ham eslatib o'tadi [1]. Tojikistondagi Mug' qasridan topilgan XIII asr hujjatlarining birida Pinjikent hokimi Devashtichining baland devorlar bilan o'ralgan istirohat bog'i "paradiz" bo'lganligi haqida habar beriladi. "Paradiz" so'zi qadimgi eroncha "joy" ma'nosini beradi. "Paradiz" ov qilinadigan hayvonlar saqlanadigan bog' yoki park ma'nosini ham anglatgan. Tarixchi O.I. Smirnova Devashtichning ushbu bog'ini shahardan tashqarida, Panjikent tog'liklarida joylashgan, deb taxmin qiladi. O'sha hujjatlarda ushbu bog'ga maxsus boshliq tayinlanganligi ham ko'rsatilgan. Bu narsa bog'ni haqiqatdan ham qo'riqlanganligini va uning hamda hukumdor Devashtinch hayotida alohida axamiyat kasb etganligini bildiradi [1].

84

1-rasm. Chorbog' uslubi aksettirilgan sharqoni milliy gilam. Eron, XVII asr

Hayvonotga boy yaylovli ko'kalamzorlar, bog'-qo'riqxonalar bunyod etish an'anasi Markaziy Osiyoda o'rta asrlarda ham davom ettirilgan. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobidan yozilishicha, Qoraxoniy Shams al- Mulk (1068-1080) Buxoroga hoqonlik qilgan davrida shaharning Ibrohim darvozasiga yaqin bo'lgan qariyib yarim farsang joyida go'zal bog' bunyod etib, ul joyga "Shamsobod" deb nom beradi [2]. Shamsobodga tutash joyda keng o'tloq (o'lan) tashkil qilib, uni "qo'riq" deb ataydi. Qo'riq atrofini devor bilan o'rab, ichiga podsholikka xos qasr va kaptarxona quradi. Ko'riqda qo'lga o'rgatilgan turli hayvonlar: bug'u, kiyik, tulki va ayiqlar saqlaydi. Hayvonlarni parvarish qilib turadigan maxsus kishilar tayinlaydi. Xullas, Shams al-Mulk ushbu bog'ni dam olib xordiq chiqarishga mo'ljallangan maxsus qo'riqxonaga aylantiradi [2].

Ibn Batuta O'rta Osiyoga qilgan sayohati haqida yozar ekan, Movarounnaxr sultoni Tarmashirinning (1326-1334) ham ovga mo'ljallangan bog' qo'riqxonasi bo'lganligini eslatib o'tadi. Biroq u qo'riqxonaning aynan qayerda joylashganini yozmagan. Ibn Batuta Tarmashirinni so'ngi bor uning ana shu qo'riqxonasi yo'lida ko'rib xayrlashgan va so'ng Samarqandga qarab yo'l olgan. Demak, qo'riqxona Buxoro atrofida, Samarqand yo'liga yaqin joyda bo'lgan ko'rinadi.

O'rta Osiyoning islomgacha bo'lgan davrlardagi bog'chilik xo'jaligiga yuqorida tavsifi keltirilgan bog'-qo'riqxonalardan tashqari shahristonlar va ularning atroflarida bunyod etilgan "chorbog'"lar hamda shahar maydonlari, ko'chalar, hovuzlar va ariqlar bo'ylariga ekilgan manzarali va mevali daraxtlar ham kiradi. Jumladan, Samarqand ilk o'rta asrlardayoq yam- yashil bog'larga burkangan, obod va xushmanzara shaharlardan biri bo'lgan. X asrda yurtimizga kelgan tarixchi Ibn Xaukal Samarqand haqida shunday yozadi: "Sug'dning poytaxti Samarqanddir; u Sug'd daryosining jayeubdagi tepalikda joylashgan. Shahar ark, shahriston va uning atroflardagi rabotlardan iborat... ark tepasiga chiqqanimda kishi faqat tushida ko'ruvchi nihoyatda hayajonlantirarli manzaradan zavqlandim: ko'm-ko'k daraxtlar, yarqiragan koshonalar, sharqirab oqayotgan anhor va

85

SJIF 2022:5.962

jilg'alar, chaman gulgun tabiat. Har bir joy, har bir daraxt, har bir gullayotgan boqqa qarab qalbing quvonadi. Shahar maydonchalari go'zalligining cheki yo'q. Sarv daraxtlariga o'ta qaroyib oroyishlar berilgan. Bular bir biriga zimdan tashlanmoqchi bo'lib turgan yoki bir biridan hadiksirayotgan, yo ehtimol tanishmoqchi bo'layotgan yashil sun'iy filar, tuyalar, sigirlar, yovvryi hayvonlar shaklini eslatardi. Kishi qalbini ochadigan bunday yashil oroyishlar har qadam. Bularga sharqiragan ariqlar, baliqlarga to'la hovuzlar, dam olishga qulay ko'shk va shiyponlar qo'shilgan".

Ibn Xaukal yana bir boshqa joyda shaharning markaziy qismidagi ko'pchilik uylarning mevali bog'lari, barcha hovlilarning sug'orish ariklari borligini eslaydi. "Shahar bog'larga burkangan, agar unga yuqorisidan qarasangiz hatto uylar ko'rinmay ketgan", deydi [3].

Ibn Xaukalning ushbu yozganlari Samarqandda bog'lar bunyod etish aneanasi juda qadimdan, ya'ni bu yerga Ibn Xaukal kelgunga qadar ham mavjud bo'lganligiga, X asrning oxirlarida esa shahar ichidagi yashil maydonlarda manzaraviy daraxt va butalar kuzatib, ularga sun'iy shakllar yordamida zeb berilganligiga, ya'ni daraxtlarga kuzab oroyish berish san'atining ham Samarqand uchun an'anaviyligiga va o'ziga xosligidan dalolat beradi.

Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi armiyasi O'zbekistonning yirik shaharlari: Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Qo'qon kabi shaharlarini istilo qiladi. Bosib olingan har bir shaharda ular o'z qo'nimi va tinchligini t'minlab bo'lgach, o'zlari va armiyasining erkin joylashishi, shaharlar va okruglarni boshqarish, o'lkadagi o'z vazifalarni bajarish maqsadida shaharsozlik va me'morchilik ishlari boshlab yuboradi. Shaharlarning eksi qismi esa o'zgarishsiz o'z holicha qoldiriladi.

Chor Rossiyasi armiyasi egallagan tarixiy shaharlarda o'zlari uchun shaharning yangi "yevropacha" qismini shakllantiradilar. Shaharlarning yangi yevropacha qismida armiya batalionlari, rus chinovniklari va ularga xizmat ko'rsatuvchi rusiy zabon aholi joylashtirilib, ularning erkin va osoyishta yevropacha turmush tarzi va madaniyati asosida yashashlari uchun barcha tegishli shart-sharoitlar yaratib beriladi. Maishiy turmush va tibbiy binolardan tortib to Xristian dini cherkovlarigacha quriladi.

Buning uchun esa eng avvalo Chor Rossiyasi hukumati istilo etilgan shaharlarda yangi yevropacha shahar qurish rejalari va loyihalarini ishlab chiqib, ularni o'z armiyalari va mahalliy xalq kuchi yordamida amalga oshirishga kirishadilar.

Masalan, Samarqandda buning uchun eng qulay shaharsozlik rejasi tarzida tarixiy shahardagi mavjud ark-qal'adan boshlab unga nisbatan radial-doira shaklida joylashadigan yangi shahar qurilishi amalga oshiriladi. O'qday to'g'ri radial va aylana ko'chalar qurilishi va ularni yevropacha ko'kalamzorlashtirish, ko'chalar chetimiga soya beruvchi manzaraviy daraxtlar (ulkan chinorlar, qayrag'ochlar, piramidasimon tollar) qatorlab ekilib trotuarlar vujudga keladi [4].

Samarqand shahri komendanti joylashgan ko'cha bo'ylab yevropacha uzun va keng xiyobon - "bulvar" loyihasi ishlanib amalga oshiriladi. Bu bulbvar (u o'sha davrda Abramovskiy bulvar deb atalgan) Samarqand shaharning yangi yevropacha qismini uning eski tarixiy qismidan ajratib turgan. Uning dastlabki maydoni 7 gektar, uzunligi 804 m., eni 133 m. bo'lgan [5]. Uzun va enli bulbvar buylab dastlab to'rtta yopiq xiyobon tashkil

BS

SJIF 2022:5.962

etilgan. Xiyobonlarga chinor va "Safidori Samarqandiy" deb nomlangan soya beruvchi oq terak daraxtlari ekilgan. Keyinchalik Sobiq Sho'ro hukumati davrida bulbvar eniga ancha qisqarib chetki xiyobonlar o'rniga magistral ko'chalar o'tkaziladi. Natijada u torayib 2 xiyobonlik bulbvarga, ya'ni hozirgi ko'rinishiga kelib qoladi.

Shahar komendanti binosining oldida unga tutash tarzda katta bog' ham tashkil etilgan. U dastlab 6,5 gektar bo'lgan. Yangi shahar markazida esa Zarafshon okrugi boshlig'i binosining atrofida hududi 5,67 gektarli yangi bog' tashkil etiladi [3].

Okrug boshlig'i binosining oldida 1868 yildagi jangda qurbon bo'lgan ruslarga atab yodgorlik va bog'cha bunyod etiladi.

Shahar komendanti bog'i ichida manzarali ko'l ham mavjud bo'lib, bog' atrofi devor bilan aylantirilgan va unda asosan rus chinovniklari va ularning oilalari foydlangan. Ko'l ichidagi orolchada suvda o'suvchi va soya beruvchi ko'rkam daraxtlar ekilgan. Ularning ayrimlari hozir ham saqlanib qolgan. Bog'ning darvozasi qoshiga "Soldatam, sobakam i sartam vxod v park strogo vospreshen" deb yozib qo'yilgan. Sho'rolar davrida bu bog'lar bir - biriga qo'shilib yuborilib, sotsialistik tizimga xos "madaniyat va istirohat bog'i" tashkil etilgan. Hozirgi qayta ishlangan bog' o'sha bog'lar hududida barpo etilgan.

Xulosa

1. Samarqand shahrining qadimgi davr landshaft arxitekturasi haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. Markaziy Osiyoning, jumladan Samarqand shahrining qadimgi bog'-parklari antik davri mualliflari, Diador va Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida mavjud. Ularning yozishicha, bunday bog'lar uchun odatda keng yashil maydonlar, suvloq tog' oldi yaylovlari va qalin o'rmonzorlar tanlanib, ular hukumdorlarning ov qilishlari va dam olib xordiq chiqarishlari uchun mo'ljallangan. Ularda ov paytida foydalanadigan maxsus burjlar va imoratlar qurilgan, turli xil yovvoyi hayvonlar saqlanib o'rchitilgan. Bunday bog'lar o'sha davr xukumdorlarining boyligi, yashash va dam olish uslublaridan darak beradi.

Bunday bog'lar maxsus reja asosida qurilganmi yoki yo'qmi, bu haqda biror narsa deyish qiyin. Biroq, ular o'zlarining shakllanish omillari, egallagan joylari va tabiiy manzaralariga ko'ra muntazam rejali bog'lardan keskin farq qilgan. Shu sababli ularni erkin rejali manzarali bog'lar turiga kiritish mumkin.

2. O'rta Osiyoning islomgacha bo'lgan davrlardagi bog'chilik xo'jaligiga yuqorida tavsifi keltirilgan bog'-qo'riqxonalardan tashqari shahristonlar va ularning atroflarida bunyod etilgan "chorbog'"lar hamda shahar maydonlari, ko'chalar, hovuzlar va ariqlar bo'ylariga ekilgan manzarali va mevali daraxtlar ham kiradi. Jumladan, Samarqand ilk o'rta asrlardayoq yam- yashil bog'larga burkangan, obod va xushmanzara shaharlardan biri bo'lgan.

3. Markaziy Osiyoda an'anaviy landshaft me'morchiligining shakllanishi va rivojlanishida Samarqand shahri alohida o'rin tutib kelgan deb hisoblash mumkin. O'zining serunum tuprog'i, shifobaxsh suvlari, yumshoq iqlimi, boy tabiati tufayli bundan kamida 30-35 ming yil burun odamlar qaror topgan bu makon o'sha paytdan beri uzluksiz aholi maskani bo'lib kelmoqda. Zero shuncha tarixiy davr mobaynida landshaft taraqqiyoti yuz berib kelmoqda. Dastlab tabiiy buloqlar muhiti o'zlashtirilib, sun'iy qarorgohlar yaratilgan bo'lsa, keyinroq Obi Rahmat, Obi Mashhad, Siyahob-Qorasuv

kabi tabiiy, yarim sun'iy suv tarmoqlaridan foydalanilgan va Darg'om,

87

Bulung'ur, Eski Angar, Payariq, Mazoqim, Shaar ariq singari o'nlab sug'orish inshootlari vositasida tabiiy vohada sun'iy landshaft bunyod etilgan. O'rta Osiyo shaharlarining markaziy ichki qismlarida o'rta asrlarda katta bog'lar bo'lmagan. Bog' va chorbog'lar, shaxsiy bog'-bog'chalar, dala hovli qo'rg'onlar aksari shahar tashqarisida joylashgan. Xiyobonlar esa ham shahar ichida, ham tashqarisida bo'lgan. Shahar tashqarisidagi bog'larda hayvonot burchaklari ham bo'lgan.

4. Samrqand shahrining qadimgi va islomgacha davridagi bog'- pakrlarini

quyidagi turlarga bo'lish mumkin: ov qilishga va qo'lga o'rgatilgan o'rnatilgan turli xil hayvonlar saqlashga mo'ljallangan shahar tashqarisidagi bog'-saroylar (chorbog'lar) va shahar ichidagi, uning maydonlarida bunyod etilgan mo''jaz bog'chalar. Har uchchala yo'nalishdagi bu bog'-pakrlar O'rta Osiyoda islomdan so'nggi davrlarda ham saqlanib qoldi va rivojlantirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Уралов, А.С. Шарк мамлакатларининг 6oF-napK санъати. Самарканд, 2011.

2. Каримов, И.А. Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7-том. Тошкент, 1999.

3. Адилова, Л.А. Ландшафт архитектураси. У;ув к;улланма.-Т., 2000.

4. Сатторова, К.Д. Роль источников водоснабжения в формировании ландшафта исторических городов Узбекистана. // Узбекистан анъанавий меъморчилиги ва ландшафт архитектурасини тадкик; этишнинг янги масалалари мавзуидаги республика илмий - амалий конференцияси материаллари. - Самарканд, 2010.

5. Адилова, Л.А. Миссия ландшафтной архитектур ы. // Узбекистон анъанавий меъморчилиги ва ландшафт архитектурасини тадкик; этишнинг янги масалалари мавзуидаги республика илмий-амалий конференцияси материаллари. -Самарканд, 2010.

6. Жураев, У. Ш., & Турсунов, К,. К,. (2020). ФaрFOнa вилояти тарихий шахдрларидаги турар-жой биноларида ганч ва ёFOч уймакорлигининг шакилланиши ва ривожланиши. Science and Education, 1(3), 264-267.

7. Axmedov, J. (2021). The preservation of ancient architectural monuments and improvement of historical sites-factor of our progress. 36ipHUK наукових праць АОГОЕ.

8. Nurmatov, D. O., Botirova, A. R., & Omonova, Z. (2021). Landscape solutions around the roads.

9. Qosimov, L. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2020). Specific aspects of using Ferghana region's pilgrims for touristic purposes. Academic research in educational sciences, (3).

10. Raxmonov, D., & Toshpo'Latova, B. (2021). PRESERVATION OF HISTORICAL MONUMENTS OF FERGHANA REGION. Scientific progress, 7(6), 458-462.

11. Салимов, О. М., & Журабоев, А. Т. (2018). Роль рекреационных зон в городской структуре (на примере города Ферганы). Проблемы современной науки и образования, (12 (132)).

12. Zikirov, M. (2012). Development of Small business in transition economies of Tajikistan. Bulletin of Tajik National University of Republic of Tajikistan, 2/5 (92), 4851.

88

SJIF 2022:5.962

13. Tursunova, D. (2021, August). Architectural history of Margilan city: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1231. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.05).

89

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.