Научная статья на тему 'SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHAR MADANIYATINING RIVOJLANISHI VA ATROF-MUHITGA MUNOSABAT'

SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHAR MADANIYATINING RIVOJLANISHI VA ATROF-MUHITGA MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1212
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Buxoro shahar tuzilishi / ko‘handiz / shahriston / rabod / Rudi Zar / Kanpirak devor / cho‘l shamollari / bog‘ / mikroiqlim / hayvonot bog‘i / dolon. / The structure of Bukhara city / ko`xandiz / shaxriston / Rudi Zar / Wall Kanpirak / desert storms / garden / microclimate / zoo / dolon

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yuldosheva, Bibirajab Mirjonovna

Maqolada Buxoro shahar madaniyatining o‘rta asrlar davridagi qiyofasi, shahar infratuzilmasi va o‘ziga xos mikroiqlimi haqida so‘z boradi. Buxoro shahrining tarixiy qiyofasi shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shilgan Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoro obod va xushmanzara shahar bo‘lgan. So‘z yuritilayotgan davrlarda shahar qiyofasi jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘paygan bo‘lsada, shaharni doimiy suv va yashillik bilan ta’minlash, qumli shamollar va jazirama issiqdan himoyalanish masalalari ham e’tibordan chetda qolmagan. Mazkur davrda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida saroy-bog‘lar qurish ko‘payadi. Shuningdek, Amir Ismoil tomonidan Kanpirak devorning har yilgi hashari to‘xtatilishining salbiy oqibatlari va mahalliy aholining jazirama issiqda ham salqin turadigan hovli-joylari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF BUKHARA CITY CULTURE AND ATTITUDE TO THE ENVIRONMENT IN THE PERIOD OF SOMONI AND KARAKHANI

The article comprises the image of the medieval Bukhara city`s culture, its infrastructure and the unique microclimate. During the reign of Samoni and Karakhoni, who significantly contributed to forming the ancient city, Bukhara was prosperous and magnificent. Those times the city witnessed serious developments; although the construction plans increased, maintaining the city with constant water and greenery, safeguarding the city from dusty storms and extreme hot were not overlooked as well. This was the period when in order to retain the purity of environment building palace-gardens throughout the city was extended in numbers. Furthermore, the information about the devastating consequences of putting a stop to the annual reconstruction of Kanpirak walls by Emir Ismoil and about the houses of local folks, which were even cool in extremely hot summer times, is also included in it.

Текст научной работы на тему «SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHAR MADANIYATINING RIVOJLANISHI VA ATROF-MUHITGA MUNOSABAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHAR MADANIYATINING RIVOJLANISHI VA ATROF-MUHITGA

MUNOSABAT

Yuldosheva Bibirajab Mirjonovna

Buxoro davlat universiteti 2 bosqich tayanch doktoranti E-mail: b .m. yuldo sheva@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

Maqolada Buxoro shahar madaniyatining o'rta asrlar davridagi qiyofasi, shahar infratuzilmasi va o 'ziga xos mikroiqlimi haqida so Z boradi. Buxoro shahrining tarixiy qiyofasi shakllanishiga salmoqli hissa qo 'shilgan Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoro obod va xushmanzara shahar bo 'lgan. So Z yuritilayotgan davrlarda shahar qiyofasi jiddiy o'zgarishlarga uchrab, qurilish-bunyodkorlik ishlari ko'paygan bo'lsada, shaharni doimiy suv va yashillik bilan ta'minlash, qumli shamollar va jazirama issiqdan himoyalanish masalalari ham e'tibordan chetda qolmagan. Mazkur davrda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida saroy-bog 'lar qurish ko'payadi.

Shuningdek, Amir Ismoil tomonidan Kanpirak devorning har yilgi hashari to 'xtatilishining salbiy oqibatlari va mahalliy aholining jazirama issiqda ham salqin turadigan hovli-joylari haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Buxoro shahar tuzilishi, ko'handiz, shahriston, rabod, Rudi Zar, Kanpirakdevor, cho'l shamollari, bog', mikroiqlim, hayvonot bog'i, dolon.

The article comprises the image of the medieval Bukhara city^s culture, its infrastructure and the unique microclimate. During the reign of Samoni and Karakhoni, who significantly contributed to forming the ancient city, Bukhara was prosperous and magnificent. Those times the city witnessed serious developments; although the construction plans increased, maintaining the city with constant water and greenery, safeguarding the city from dusty storms and extreme hot were not overlooked as well. This was the period when in order to retain the purity of environment building palace-gardens throughout the city was extended in numbers.

Furthermore, the information about the devastating consequences of putting a stop to the annual reconstruction of Kanpirak walls by Emir Ismoil and about the houses of local folks, which were even cool in extremely hot summer times, is also included in it.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: The structure of Bukhara city, ko "xandiz, shaxriston, Rudi Zar, Wall Kanpirak, desert storms, garden, microclimate, zoo, dolon

В статье рассматривается средневековый образ городской культуры Бухары, инфраструктура города и его уникальный микроклимат. Бухара была процветающим и красивым городом во времена Саманидов и Караханидов, внесших значительный вклад в формирование исторического облика Бухары. Хотя облик города за рассматриваемый период кардинально изменился, строительство увеличилось, но водоснабжение и озеленение города, а также его защита от песчаных бурь и палящего зноя не остались незамеченными. За это время было построено много дворцов, чтобы сохранить окружающую среду в чистоте.

Амир Исмаил также рассказал о негативных последствиях ежегодной хашарной остановки Канпиракской стены и дворов местных жителей, в которых прохладно даже в палящую жару.

Ключевые слова: городская структура Бухары, кохандиз, шахристан, рабод, Руди Зар, Канпиракская стена, пустынные ветры, сад, микроклимат, зоопарк, долон.

Bugungi globallashuv davrida shaharlarining nufuzi har qachongidan ham ortib, tezlikda taraqqiy etmoqda. Shahar infratuzilmasini zamonaviylashtirish ba'zan atrof-muhit, ekologiyaga jiddiy zarar yetkazish hisobidan amalga oshirilmoqda. Shahar va unga yondosh hududlarda atrof-muhiti muvozanatining buzilishi o'sha hudud aholisi, o'simlik va hayvonot olami, havo va suvi, tarixiy binolariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Bizga ma'lumki, Buxoro shahri o'zining 2500 yillik tarixida shaharsozlikning yuqori darajasini yaratgan. Shahar cho'l mintaqasida paydo bo'lsa-da, ming yillar davomida obod va gullab yashnagan maskan bo'lib kelmoqda. Bunga yurt egalarining shaharni rivojlantirish va atrof-muhitni asrash masalasida muvozanatni saqlaganligi sabab bo'lgan. Buxoro shahrining zamonaviy infratuzilmasini bunyod etishda shahar tarixida amalga oshirilgan atrof-muhitni asrashga doir ishlarni o'rganish davr talabidir.

METODLAR

Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik, tizimlilik tamoyillari asosida yoritilgan bo'lib, unda

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Buxoro shahrining o'rta asrlar davridagi qiyofasi, o'zgarishlari, mikroiqlimi manbalar asosida o'rganilib, tahlil qilindi.

TADQIQOT NATIJALARI

Buxoro shahri - Markaziy Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy markazlaridan biri bo'lib, o'rta asrlar davridan boshlab Sharq dunyosida ilm-fan va islom madaniyatining yirik o'chog'i sifatida e'tirof etilgan.

Buxoro shahri O'zbekistonning janubi-g'arbida, Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan [1]. X asrda yashagan buxorolik tarixchi Abu Bakr Narshaxiy Buxoro shahrining bunyod bo'lishi Rudi Mosaf1 (Zarafshon daryosi) bilan bog'liqligini qayd qilgan. Shaharning vujudga kelishidan bugungi qadar yetib kelishiga Zarafshon daryosining hissasi tengsiz.

Buxoro vohasida mil. avv. VI-IV asrlarda Varaxsha, Ramish, Xo'ja Bo'ston kabi ko'hna shaharlar qatorida Buxoro shahrining ham shakllanish davri boshlanadi. Mil. avv. IV asrga kelib Buxoro shahri ikki qismdan: shahar va qal'adan iborat bo'lib, hududda sug'orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanadi [2]. Shu tariqa mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida Buxoro shahri shakllana boshlaydi.

Buxoro shahri xalifalik tarkibiga kirguncha, Buxorxudotlar boshqaruvida bo'lgan. Ularning davrida Buxoro obod va rivojlangan shahar bo'lgan. Ilk o'rta asr shaharlariga xos uch qismli bo'linish Buxoro shaharsozligida ham ko'zga tashlanadi. Shahar taxminan 30-35 gektar maydonni egallagan. Uni Ro'di Zar (Shohrud) arig'i kesib o'tgan. Shaharning shakllanishi va rivojlanishi asosan bir mavze atrofida kechgan. Shuning uchun ham hozirgi shaharning tuzilishi, tarkibida o'tmish shahar qoldiqlarini uchratish mumkin [3].

IX asrning o'rtalaridan Xuroson noibi Abu-l-Abbos Tusiy davrida Buxoroni tashqi hujumlardan mudofaa qilish maqsadida 700 gektardan oshiqroq joyni egallagan voha tevaragida bir necha yuz farsaxga cho'zilgan mudofaa devori qurila boshlangan. Devor 782—831 yillar mobaynida qurilgan bo'lib, qurilish ishlariga Buxoro qozisi Sa'd ibn Xalaf al-Buxoriy boshchilik qilgan. Devor «Kampirak» nomi bilan mashhur bo'lgan [4].

Kampirak devori shaharni tashqi dushmanlardan himoya qilish bilan birga, shubhasiz Qizilqum cho'lining qumli bo'ronlaridan ham himoya qilgan. Amir Ismoil Somoniy hukmronlik yillarida (888-907 yy) dashtliklarga harbiy yurishlar amalga oshirilishi ortidan devorning har yilgi ta'mirlash ishlari to'xtatib qo'yi ldi. Bu tadbir

1 Pygn Moca$ - A6y BaKp HapmaxHHHHHr "Eyxopo TapnxH" acapnga xo3Hpra 3apa$moH gapecn myHgan HOM^aHagn.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'z davri uchun ijobiy natijani bergan bo'lsada, ammo kuchli salbiy oqibati keyinchalik namoyon bo'ldi. Birinchidan, bu tabiat va insonni qamrab olishga, ularning yaxlitligiga qaratilgan davlat siyosatining barbod bo'lganligini ko'rsatdi. Ikkinchidan, voha sug'oriladigan yerlarining yuza qismi cho'l qumlari bilan ifloslanib, unumdor yerlarning tarkibi buzilishida namoyon bo'ldi. Bu esa o'z navbatida, somoniylar hukmronligining oxirida iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. Mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga asoslangan davlat uchun bu katta yo'qotishlarga olib keladi. Uchinchidan, vohaning cho'llashishi kuchaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, shu tadbirdan so'ng cho'l vohaning ba'zi bir g'arbiy viloyatlarini yutib yuborgan [5]. Shaharda mo'tadil iqlimni saqlab turish va cho'l ta'siridan himoyalanish barcha davrlarda ham xalqimiz uchun o'ziga yarasha muammo tug'dirgan.

IX asrning ikkinchi yarmidan - X asr oxiriga qadar Buxoro Somoniylar davlatining poytaxti bo'lgan. Shu davrda yashagan Abu Mansur Saolibiyning «Yatimat ud-dahr» tazkirasida «Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg'or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o'z davrining fozil kishilari yig'ilgan joy» deb ta'riflangan [6]. Massonning e'tiroficha, bu davr Buxoro shahri uchun yuksalish va gullab-yashnash davri hisoblangan. Shahar ilm-ma'rifat va savdo-sotiq markazi bo'libgina qolmay, turli kasb-hunarlarning ham markazi bo'lgan. Buxoro ta'lim tizimi tarixini o'rgangan A. Jumanazorovga ko'ra, madrasalar qurilishi ham aynan shu davrda ommalashgan.

Shahar islom dini, musulmon axloqi, madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylangan. Shu tufayli IX asr boshlarida «Qubbat ul-islom» —«Islom dinining gumbazi» degan sifatga ega bo'lgan [1].

Mazkur davrda shaharning tashqi qiyofasi jiddiy o'zgarishlarga uchragan. Poytaxt Buxoroning umumiy maydoni taxminan 33-35 gektar bo'lib, atrofi yetti darvozali devor bilan o'rab olingan [7]. Shaharning ark-qal'asi - Ko'handiz, shahriston qismi - Shahri darun, tashqi qismi esa - Shaxri berun yoki Rabot deb atala boshlangan.

Maydoni taxminan 3,5 - 3,8 gektar bo'lgan ko'handiz atrofi xom g'ishtli devor bilan o'ralib, devorning tevaragi bo'ylab pishgan g'ishtdan o'ziga xos "yopinchiq" qadama kiydirilgan. Ko'handizda hukmdor qarorgohi - saroy, masjid, devon, qabulxona, xazina, zindon, kutubxona, soqchilar turar joyi va turli ustaxonalar joylashgan. Somoniy hukmdorlar davlatni ko'handiz (dargoh)dan turib idora qilishgan.Somoniy hukmdorlardan Nasr II (914-943) zamonida Registonda hukmdor

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va uning amaldorlari uchun yangi saroy (devon)lar qurilgan. Natijada go'zal saroy va uning darvozasiga qaratib qurilgan o'nta devondan iborat ajoyib bir me'morchilik ansambli tashkil topgan [12]. Saroy atrofida garmselli shamol va jazirama oftobdan saqlash maqsadida so'lim bog'lar tashkil qilingan. Natijada o'ziga xos salqin mikroiqlim yaratilgan.

Ichki shahar (Shahri darun) tevaragidagi devorda yetti darvoza va chuqur handaklar bo'lgan. U tarixan to'rt qismga ajratilgan bo'lib, mazkur qismlar bugungi kunda ham relef jihatidan bir-biridan ajralib turadi. O'rta asr manbalarida mazkur davrdagi Buxoro "bir-biriga zid manzaralarga boy bir shahar" sifatida talqin etiladi. Keng ko'chalar, xushifor hammomlar, katta bozorlar, muazzam masjidlar, adolatli hukmdorlar, savodli va farovon yashayotgan shahar aholisi, sifatli va yaxshi oziq-ovqat iste'moli kabi ijobiy xususiyatlaridan tashqari peshayvoni bo'lgan cho'pkori imoratlar va tor uylarning nihoyatda zichligi, turar-joylarning qimmatligi, ichimlik suvining sho'rligi, havo aylanmaydigan savdo rastalari, axlat to'lib ketgan ariqlar, tez-tez bo'lib turadigan yong'inlar haqida ham o'rta asr manbalarida qayd etib qoldirilgan [12].

Ichki shahar atrofi (rabod)da esa yangi mahallalar, guzarlar, bozorlar, ustaxonalar qad rostlagan. Rabot atrofi kengayib, 849-850 yillarda eski devoridan tashqari yana o'n bir darvozali yangi devor bilan o'rab olingan [8].

Qadim Buxoroda uy-joy va ko'chalar joylashishida shamolning yo'nalishi va havoning yaxshi aylanishi hisobga olingan. Vohada shamol asosan shimol va shimoli-sharqdan esganligi sababli, shaharning eski shahar qismidagi ko'chalar tor, uylar shimoldan janubga tomon qurilgan. Natijada tor ko'cha shamolni siqib chiqargan, shamolning tez harakatlanishi tufayli havo doimiy, tez-tez almashib turgan va havoning tozaligi, musaffoligini ta'minlagan. Buxoro uy-hovlilarida asosiy hovliga kirish ingichka tirsaksimon yo'lak - dolondan boshlanadi. Dolon soya-salqinni ta'minlaydigan, havo va shamol oqimini yo'naltiradigan usti yopiq yo'lak bo'lib, o'rta asrlar davridan boshlab hududda tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib qurila boshlangan [9]. Dolon qishda issiq, yozda salqinlikni ta'minlashga xizmat qilgan. Shaharning markaziy qismidagi hovli-joylar atrofi odatda baland paxsa devor bilan o'rab olingan bo'lsa, shaharning nisbatan keyinroq qo'shilgan qismi va shahar atrofidagi joylashgan uy-joylar qalin devorlar yoki ko'plab daraxtlardan iborat bog'lar bilan o'rab olgan. Mahalliy aholi qum bo'ronlari va shamollardan shu yo'l bilan hovli-joylarini himoyalangan. Hozir ham voha uy-hovlilari atrofi sun'iy to'siq yoki tabiiy butasimon o'simliklar bilan o'rab olinadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu davrda o'rta asr me'morchiligining noyob durdonasi Ismoil Somoniy maqbarasi (892-943) qurildi. Maqbara keng o'lchamli, serjilo, devorlari hamon yangi qurilgandek taasurot qoldiradi.

Somoniylar inqirozga uchragach, Qoraxoniylar, keyinchalik G'arbiy Qoraxoniylar davrida Buxoro shahar hayotida (XI—XIII asr) yana yangidan ko'tarilish davri yuz berdi. Bu jarayon birinchi navbatda shahar atrofidagi chegaralarda yaqqol ko'zga tashlanadi [8].

G'arbiy Qoraxoniy hoqonlardan Tamg'achxon Ibrohim (Bo'ri tegin) (1043 yil hokimiyatga kelgan) va uning o'g'li Shams al Mulk (1068—1080) davrida Buxoroda shifoxona, madrasa, saroy, masjid va boshqa binolar qurilgan hamda obodonchilik ishlariga alohida ahamiyat berilgan [10]. Narshahiyning «Buxoro tarixi» asarida yozilishicha, Shams Mulk shaharning Ibrohim darvozasi oldidagi yerda qariyb yarim farsang keladigan joyda go'zal bog'lar va podsholikka xos otlar uchun o'tloq joy barpo etib, uni Qo'riq deb ataydi. Qo'riqni baland devor bilan o'rab ichiga bir qasr va bir kaptarxona quradi. Qo'riq ichida bug'i, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar saqlangan [11]. Demak, shaharda "hayvonot bog'i" faoliyati yo'lga qo'yilgan, shu orqali tabiatni asrash tadbirlari ham amalga oshirilgan.

Qoraxoniylarning mashhur hukmdori Arslonxon Muhammad (1102-1130) davrida shahar atrofini va arkni o'rab turgan devorlar ta'mirlanadi. Uning farmoni bilan shaharning Darvoza mahallasi oldida podsholikka xos saroy va hammom, masjid, 1127 yili esa Minorai Kalon quriladi [10]. Demak, G'arbiy Qoraxoniylar davrida Buxoro shahrining me'morchiligi va obodonchiligiga katta ahamiyat berilgan.

Rempelning yozishicha, rabodning 849-850 yillarda qurilgan devori 1139 yilda Xorazmshoh Sulton Takash tomonidan, 1143 yilda g'uziylar tomonidan vayron qilingan. Ammo keyinchalik Arslonxon Muhammad va Tamg'ach Ma'sudxon davrida (1165) devor tezda qayta tiklangan [8]. Tamg'ach Ma'sudxon davrida ark qal'asining tagi va minoralaridagi pishiq g'ishtlar buzib olinib, shahar devorlariga ishlatilgan. Hisor (qal'a) bir yo'la vayron bo'lgan va u qasrdan hech bir imorat va nishon qolmagan [11]. 1208 yili Buxoroni bosib olgan Muhammad Xorazmshoh rabod devorlarini tiklatdi, ammo 1220 yili Chingizxon bosqini vaqtida yana vayron bo'ldi. Bosqinni o'sha davrda yashagan muallif shunday ta'riflagan: "Omadand va kundand va so'xtand va kushtand va burdand va raftand" ("keldilar va yemirdilar, yondirdilar va o'ldirdilar, taladilar va ketdilar").

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Buxoro shahri o'rta asr shaharsozligi eng yaxshi saqlangan tarixiy shahardir. Shaharning tarixiy qiyofasi shakllanishida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlarning xizmatlari katta bo'lgan. Buxoroning tarixiy markazidagi eng ulug'vor bo'lgan inshoatlar, jumladan Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon shu davrda qurilgan.

Shahar va unga yondosh hududlarda bog'-ekinzorlar, sug'orish kanallari barpo etilgan. Hukmdor saroylarining atrof yashil o'simliklar, mevali daraxtlar bilan o'rab olingan. Shaharda noyob jonivorlarni muhofaza qilish va tomoshabog' maqsadida hayvonot bog'i tashkil etilgan. Xullas, IX-XII asrlarda shaharsozlik shahar ekotizimini muhofaza qilish ishlari bilan hamohang olib borilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. - T.: 2001. B 402.

2. Eshov B. Qadimgi O'rta Osiyo shaharlar tarixi. - Toshkent. 2006. B 173.

3. Mirjonovna, Y. B. (2021). THE INFLUENCE OF ARAB CALIPHATE ON FORMATION OF BUKHARA URBAN CULTURE. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(08), 28-32.

4. Узбекистан Миллий энциклопедияси. 4-жилд. - Т., 2002. Б 439.

5. Ричард Нельсон Фрай. Бухара в Средние века. (На стыке персидских традиций и исламской культуры). (пер. О. И. Лапикова). Центрполиграф, 2016.

6. Узбекистан миллий энциклопедияси. 12-жилд. - Т., 2005.

7. Жуманазар Абдусаттор. Бухоро таълим тизими тарихи. - Тошкент., "Академнашр", 2017. Б 20.

8. Ремпель Л.И. Далёкое и близкое: страницы жизни, быта, строительного дела, ремесла и искусства Старой Бухары. Бухарские записи. Ташкент, 1981. С 106.

9. Ахмедов М. К. Урта Осиё меъморчилиги тарихи. - Т.: Узбекистан, 1995. Б

10. Шониёзов К.Ш. Бухоро Гарбий Корахонийлар ^укмронлигида. (XI - XII аср) // Узбекистонда ижтимоий фанлар. - 1997. - № 9-10-11. Б 39-45.

11. Наршахий. Бухоро тарихи. - Т., Камалак, 1991. Б 18.

12. Узбекистан обидаларидаги битиклар. Бухоро. Биринчи кисм. Китоб-албом. Т.: "Uzbekistan today", 2016. Б 11.

С-76.

96-97.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.