Научная статья на тему '‘‘YASHIL MAKON’’ UMUMMILLIY LOYIHANI AMALGA OSHIRILISHIDA MANZARALI O’SIMLIKLARINING O’RNI'

‘‘YASHIL MAKON’’ UMUMMILLIY LOYIHANI AMALGA OSHIRILISHIDA MANZARALI O’SIMLIKLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
288
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oranjereyalar / chorbogʻlar –geometrik. chodirlar / skulpturalarga mos ravishda o’simliklarni ko’kalamzorlashtirish / kompozitsiyalar / strategiyasi / imperatorlar favvoralar / oranjereyas / attic –geometric. landscaping of plants / compositions / strategy / fountains / in accordance with tents / skulptures

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva, Maxsuda To’lanovna, Usmonova, Tursinoy

Rivojlanish taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan, texnikaning beqiyos rivojlanishi, tabiiy resurslarni ko’plab qazib olinishi, Sayyoramiz aholisining ortib borishi, hamda tabiatga bo’lgan salbiy ta’sirotlarning oshib borishi bilan xarakterlanmoqda. Antropogen omillarni mislsiz ravishda oshib borishi va uni atrof – muhitga ta’siri oqibatida tabiat tanazzuli yuzaga keldi. Agarda ushbu tanazzulni oldi olinmasa u salbiy ekologik holatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga boshqa salbiy holatlar kabi ekologik havfsizlik ham jiddiy tahdid qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LANDSCAPE PLANTS IN THE IMPLEMENTATION OF THE NATIONAL PROJECT "GREEN SPACE"

The current stage of development is characterized by the incomparable development of Science, Technology, the abundant extraction of Natural Resources, the growing population of the planet, as well as the growing number of negative impacts on nature. The degradation of nature caused by the unparalleled increase in anthropogenic factors and its impact on the environment. If this degradation is not prevented it can lead to negative environmental conditions. Currently, the development of our society is seriously threatened by environmental security, like other negative situations.

Текст научной работы на тему «‘‘YASHIL MAKON’’ UMUMMILLIY LOYIHANI AMALGA OSHIRILISHIDA MANZARALI O’SIMLIKLARINING O’RNI»

''YASHIL MAKON'' UMUMMILLIY LOYIHANI AMALGA OSHIRILISHIDA MANZARALI O'SIMLIKLARINING O'RNI

ABDULLAYEVA Maxsuda To'lanovna

FDUEkologiya kafedrasi dosenti, [email protected] USMONOVA Tursinoy

Ekologiya kafedrasi o'qituvchisi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-144-151

Rivojlanish taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan, texnikaning beqiyos rivojlanishi, tabiiy resurslarni ko'plab qazib olinishi, Sayyoramiz aholisining ortib borishi, hamda tabiatga bo 'lgan salbiy ta 'sirotlarning oshib borishi bilan xarakterlanmoqda.

Antropogen omillarni mislsiz ravishda oshib borishi va uni atrof -muhitga ta'siri oqibatida tabiat tanazzuli yuzaga keldi. Agarda ushbu tanazzulni oldi olinmasa u salbiy ekologik holatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga boshqa salbiy holatlar kabi ekologik havfsizlik ham jiddiy tahdid qilmoqda. Kalit so 'zlar: oranjereyalar, chorbog 'lar -geometrik. chodirlar, skulpturalarga mos ravishda o 'simliklarni ko'kalamzorlashtirish,kompozitsiyalar ,strategiyasi, imperatorlar favvoralar

The current stage of development is characterized by the incomparable development of Science, Technology, the abundant extraction of Natural Resources, the growing population of the planet, as well as the growing number of negative impacts on nature.

The degradation of nature caused by the unparalleled increase in anthropogenic factors and its impact on the environment. If this degradation is not prevented it can lead to negative environmental conditions. Currently, the development of our society is seriously threatened by environmental security, like other negative situations.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Keywords: oranjereyas, attic -geometric. landscaping of plants, compositions,strategy fountains, in accordance with tents, skulptures

KIRISH (Introduction)

Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda, iqtisodiyotning barcha sektorlarni milliy rivojlanishi rejalariga kiritish dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.

Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, aholi soni va tabiiy resurslarga bo'lgan talabining o'sishi sharoitlarida faqat "yashil iqtisodiyot" prinsplariga amal qilish

144

www.birunijournal.uz

mamlakatning ekologik xavfsizligini, tuproqning uzoq muddatli mahsuldorligini ta'minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizmlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir. (Sh.Mirziyoyev."Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi") "O'zbekiston" T-2022. 322 bet.)

Insoniyat yuksak maqsadlar sari intilayotgan, taraqqiyot yo'lidan jadal ildamlayotgan hozirgi kunda jahon hamjamiyati oldida global ekologik muammolarni hal etishdek jiddiy vazifa turibdi. Mana shunday murakkab pallada yurtimizda ekologik havfsizlikni ta'minlash uchun izchil institutsional va tashkiliy choralar ko'rishga e'tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021-yil 5-noyabrda "Yashil makon" umummilliy loyihasi e'lon qilinishi hamda Prezidentimizning o'tgan 2021yil 30-dekabrdagi "Respublikada ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida"gi farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko'chati ekish rejalashtirilgani yaxshi natija bermoqda. Hozirda dunyo bo'yicha 3 trillion atrofida daraxtlar mavjud. Ammo har daqiqada ularning 27 ta fudbol maydonoga teng qismi insonlarning ehtiyojlari uchun ishlatilmoqda. Yangi O'zbekistonimizda esa 2019-2020 yillarda o'tkazilgan "Bir million daraxt"aksiyasi davomida barcha hududlarjami 3 million 800 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko'chatlari bilan boyigan. Zotan, insoniyat yuksak maqsadlar sari intilayotgan, taraqqiyot yo'lidan jadal ildamlayotgan hozirgi kunda jahon hamjamiyati oldida global ekologik muammolarni hal etishdek juddiy vazifa turibdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Qishloq xo'jalik ekinlari ekilgan yerlarni shamol eroziyasidan saqlashda archazorlarning ahamiyati to'g'risida qishloq xo'jalik fanlari doktorlari A.I.Molchanova, A.K.Qayimovlar unumli ravishda ilmiy izlanishlar olib bordilar va o'rmon ixotazorlarini barpo yetish sohasida tavsiyalar ishlab chiqdilar. Ularning olib borgan ilmiy ishlari va tavsiyalari asosida ushbu soxada ko'plab ilmiy va amaluy yutuqlarga erishilmoqda, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Orol dengizining qurigan tubidagi tuproqlarning shamol eroziyasidan saqlash uchun o'rmonlashtirish yo'nalishida qishloq xo'jalik fanlari doktori Z.B.Novitskiy boshchiligida keng ko'lamda ilmiy izlanishlar olib borildi. O'zbekistonda o'rmon ixotazorlarini barpo etish, va o'rmonchilik sohasining boshqa muammolarini yechimini topishda V.M.Rovskiy, V.P.Fimkin, E. S.Aleksandrovskiy, E.A.Butkov, I.V.Belolipov va boshqa o'rmonshunos olimlarning ilmiy izlanishlari katta o'rin egallaydi.

Respublikamizdagi archaning turdosh vakillarini chet ellardan keltirib tabiiy o'rmonlar tarkibini boyitish, ular mahsuldorligini oshirish maqsadida keyingi 100

145

www.birunijournal.uz

yillik davrda mamlakatimizga 130 dan oshiq turdagi qimmatli igna bargli daraxtlar bilan bir qatorda yaproqli daraxt-buta turlari introduksiya qilindi va mamlakatimiz iqlim sharoitiga moslashtirish ishlari davom etmoqda.

Ularning ko'pchiligi O'zbekistonda ikkinchi vatanini topdi, muvaffaqiyatli o'sib xalq xo'jaligiga katta samara keltirmoqda. Daraxt - butalar, turlar ichidagi xilma-xillikni o'rganib, hamda ularning biologik va ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda turli iqlim va tuproq sharoitlari uchun mos daraxt va buta turlarini tanlab, ularni o'stirish tadbirlarini belgilab berilmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoda 1600 botanika bog'lari bo'lib, ulardan 400 tasi Yevropada joylashgan. Rossiya va Ukraina FA ga qarashli botanika bog'larida «Декоративные растения открытого и закрытого грунта» va «Комнатные растения» nomli yirik ilmiy asarlar yaratilgan bo'lib, unda Botanika bog'larida introduksiya qilingan 5000 yaqin tur, tur xili va navlarning to'liq tavsifi keltirilgan. Har bir tur uchun ularning areali, qisqacha biomorfologik xususiyatlari, madaniylashtirish usullari, ko'paytirish va ko'kalamzor bog'lar barpo etish haqida ma'lumotlar berilgan. T.M.Klevenskaya ko'p yillar davomida to'plangan ma'lumotlariga asoslanib interyerlarni bezashda foydalaniladigan manzarali o'simliklarni tanlashga, yashash va jamoat joylarida yashil burchaklar tashkil qilishga bag'ishlangan rangli albom tayyorlagan. Adabiyotlar tahlilidan ko'rinib turibdiki manzarali o'simliklar hamma zamonlarda ham insonni qiziqtirib kelgan, ilmiy izlanishlar olib borishga sababchi bo'lmoqda.

Me'yorlariga ko'ra, aholi yashash joylari hududlarining 50% dan kam bo'lmagan qismi ko'kalamzorlashtirish obyektlariga ajratilishi kerak. Shaharsozlikdagi katta tajriba shuni ko'rsatadiki, asosiy vazifalardan biri tabiiy va sun'iy yaratilgan muhit o'rtasida ma'lum muvozanat va garmonik ravishda uyg'unlashuviga erishish, barcha ko'kalamzorlashtirish obye'ktlarining o'zaro bog'liqligi va bir yaxlit tizimga birlashtirilishi sanaladi. Bog' va xiyobonlarini yaratish san'atining muhim jihati ularni tashkil etishda yashil daraxtlarning tabiiy o'sgan hududlarini hamda badiiy ijod namunalarini bir tizimga birlashtirib, uyg'unlashtirishdan iborat.

Yashil qurilish - uzoq vaqtni talab etadigan, yaratish texnologiyasi bo'yicha murakkab ijodiy jarayon bo'lib, bir qancha ishlab chiqarish masalalarini yechish va tadbiq etish bilan bog'liqdir. Yashil qurilish amaliyoti: bog' va xiyobonlarni yaratish; u yoki bu aholi yashash joylarini obodonlashtirish, har xil tuproq-iqlim sharoitiga mos bo'lgan o'simliklarni tanlash, arxitektura-qurilish inshootlari, suv havzalari, yo'llar, maydonchalar, skulpturalarga mos ravishda o'simliklarni joylashtirish va guruhlash, o'simliklarni ekib parvarish qilish kabi ishlarini o'z ichiga oladi.

146

www.birunijournal.uz

Ko'kalamzorlashtirish masalalarini malakali ravishda yechish uchun soha mutaxassislari biolog va ekologlar, yashil o'simliklarning manzarabop sifatlari, yashil qurilishda kompozitsiyalar tuzishdagi asosiy uslublar, yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish tizimi, yashil ekinzorlarni loyihalash, ularni yaxshi holatda saqlash uchun olib boriladigan asosiy ishlar ko'lami bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishlari lozim bo'ladi.

Ko'kalamzorlashtirishda qo'llaniladigan o'simlik turlarini, daraxt-buta ekinlarining, manzarabop, biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganish, yashil qurilishda kompozitsiyalar tuzishdagi asosi uslublar bilan tanishish, aholi turar joylarini ko'kalamzorlashtirish tizimi, uni loyihalashtirish, hamda O'zbekistonning o'ziga xos sharoitlarida ko'kalamzorlashtirish lozim bo'lgan hududlarda olib boriladigan asosiy ishlar ko'lamini bajarishni o'rganishga yordam beradi. Ushbu jarayonda avtomobil yo'llarini ko'kalamzorlashtirishning to'g'ri tashkil etish ehg muhim vazifalardan biridir.

Avtomobil yo'llarini ko'kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo'linadi: himoya va manzarali ko'kalamzorlashtirish.

a) Himoyalovchi ko'kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:

- nurashga qarshi himoyalovchi ko'kalamzorlashtirish;

- qordan himoyalovchi ko'kalamzorlashtirish;

- qumdan himoyalovchi ko'kalamzorlashtirish;

- shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko'kalamzorlashtirish.

b) Manzarali ko'kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo'yicha mamlakat

mehmonlarini jalb etuvchi asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.

ishning ob'ekti Farg'ona viloyati va shahridagi avtomovil yo'llari atrofida keng tarqalgan ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali o'simliklar hisoblanadi ishning ob'ekti Farg'ona viloyati va shahridagi avtomovil yo'llari atrofida keng tarqalgan ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali o'simliklar hisoblanadi Farg'ona shahrida keng tarqalgan va madaniylashtirilayotgan manzarali o'simliklarni bioekologik xossalarini o'rganish va ulardan avtomobil yo'llari atrofini ko'kalamzorlashtirishda samarali foydalanish yo'llarini belgilashdir.

Qo'yilgan maqsad doirasida tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilandi va o'z yechimini topdi:

- Farg'ona vodiysining o'ziga xos tabiati va iqlim sharoitini manzarali o'simliklarga ta'sirini aniqlash;

- Manzarali o'simliklarni tarkibini aniqlash;

- Keng tarqalgan turlarni bioekologik xossalarini aniqlash;

147

www.birunijournal.uz

Muhim va ahamiyatli turlardan samarali foydalanish va amaliyotga tavsiya qilish.

Farg'ona shahrida, xususan avtomobil yo'llari atrofidagi, magistral, kichik halqa yo'li chetidagi noyob va manzarali daraxt, buta va ko'p yillik gulli o'simliklarni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, ulardan estetik va atmosfera havosini tozalashdagi fitonsidlik xususiyatlariga doir olib borilgan kuzatish ishlari, o'simliklarning tur tarkibi, ularning morfobiologik tasnifi, yangi iqlim sharoitiga moslashayotgan o'simliklarga nisbatan berilayotgan tavsiyanomalar birinchi bor berilmoqda. O'simliklar olami va resurslari har bir mamlakatning xo'jalik va sotsial - gigienik fondi hisoblanadi.

Manbalarda qayd etilishicha, xalqimiz qadim zamonlardanoq noyob, foydali va dorivor o'simliklarni bilishga va o'stirishga qiziqqanlar. Ularning samarasi o'laroq, xalq tabobatida ko'plab xastaliklarga qarshi samarali foydalanib kelingan.Tarixiy ma'lumotlarda qayd etilishicha ajdodlarimiz mevali va manzarali bog' barpo etishda ham yuksak cho'qqilarga erishganlar. Masalan, Sohibqiron Temur barpo etgan bog'larnung dovrug'i butun olamga taralgan. Amir Temur ushbu bog'larida ko'plab mamlakat elchilarini qabul qilgan. Bog'lari tuzilishiga ko'ra, ikki turga bo'lingan. 1) chorbog'lar -geometrik (to'rtburchak, to'g'ri to'rtburchak) shaklda bo'lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho'zilgan. Sahnidan o'tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora bo'lgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bog'larning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) tuzilishi geometrik shaklda bo'lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag'rida barpo etilgan bog'lar. Bunday bog'lar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun mo'ljallangan bo'lib, asosiy qismi tabiiy, asl holatida qo'l tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina turli xildagi damolish uch ko'shk , saroy va chodirlar qurilgan hovuzlar qazilib, favvoralar o'rnatilgan. Bu turdagi bog'larning o'simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo'lgan. Amir Temur bog'laridan eng mashhurlari quyidagilar; Bog'i Baland, Bog'i Dilkusho Bog'i Jahonnamo, Bog'i Davlatobod, Bog'i Chinor kabilardir.

Temuriylar davrida bog'larning ko'plab barpo etilishi an'anaga aylangan bo'lib, ularning tarkibi turli hududlardan keltirilgan manzarali va mevali daraxtlar bilan doimiy ravishda boyitib borilgan.

Asrlar osha Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Toshkent kabi ko'hna shaharlarda qad ko'tarib turgan yirik madrasa va boshqa binolarning ayniqsa ichki devorlaridagi chiroyda tengi yo'q bezaklar, naqshlar, chizmalar orasida, Mir Alisher Navoiyning «Xamsa»siga bag'ishlab chizilgan, Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlariga ishlangan miniaturalarda turli shakldagi gultuvaklarda o'sib turgandek qilib

148

www.birunijournal.uz

chizilgan tasviriy (noaniq) o'simliklami ko'rasiz. Zamonasining mashhur rassomi bo'lgan Kamoliddin Behzod shohona saroylardagi «ichki bog'lar»da o'sib, yashnab turgan o'simliklarni ko'rgan, ulardan ilhomlanib, andoza olib, o'z tasviriy (miniatura) san'atida namoyish qilgan bo'lsa ajab emas, degan taxminlar ham yo'q emas. Hech shubha yo'qki, o'tmishda O'zbekiston hududida xon va amirlik saroylarida, gul shinavandalari xonadonlarida turli xildagi manzarali o'simliklar o'stirilib parvarish qilingan.

Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as saydana fit-tib» asarida xonadonlarda o'stiriluvchi juda ko'p o'simliklarning dorivorligi haqida ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, o'sha davrlarda bu o'simliklarni qanday nomlanishi, qaysi dardlarga davo bo'lishi to'g'risida so'z boradi. Aloe (sabur), papirus (bardi), arum (fildjo'sh), asparagus (mardjo'ba), siklamen (shadjarat maryam), fikus (asaba), dratsena (ayda), plyumbago (kunnabra) kabi o'nlab o'simliklarning shifobaxshligi bayon qilinadi.

MUHOKAMA

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, birinchi qishki bog' 1240- yilda Kyoln shahrida zamonasining mashhur bog'boni Albert Magnus tomonidan yaratilgan. Qishki bog' tashkil qilinishini o'z ko'zi bilan ko'rgan Yevropa monarxlari bog'bonlaridan oranjereyalar qurishni va unda mevali daraxt va butalarni o'stirishni talab qilganlar. Birinchi navbatda imperatorlar oshxonasini to'ldiruvchi mevali daraxt va butalar ekilgan.

1920 yildan boshlab O'rta Osiyo Davlat universitetining qoshida 12 gektarlik Botanika bog'i tashkil qilinib, 60 dan ziyod gul navlari yetishtirilgan.

Gul navlari 300 taga ko'paytirilgach, bu bog' 1943 yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hisobiga o'tkazilgan va yangi Botanika bog'i tshkil etilib, yer maydoni 80 gektarni tashkil qilgan.

1962 yildan boshlab Respublikamizning ettita shahri - Andijon, Angren, Olmaliq, Buxoro, Samarqand, Farg'ona va Urganchda o'simlikshunoslik xo'jaliklari tashkil topdi. Bu xo'jaliklarning yer maydoni 592 gektar edi.

1977 yilga kelib O'zbekiston Respublikasida 15 ta o'simlikshunoslik kombinatlari tashkil topdi. Bulardan eng yirigi hisoblangan Toshkent manzarali bog'dorchilik xo'jaligining ekin maydoni 1279 gektar edi. Oynavand issiq binolar maydoni 5,9 gektarni tashkil etdi.

Ko'kalamzorlashtirishni ilmiy asoslangan holda yo'lga qo'yish uchun, O'rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti negizida 2005 yilda Respublika manzarali bog'dorchilik va o'rmon xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi.

Manbalarda O'zbekistondagi tog' mintaqasida tuproqlarning suv ta'sirida yuvilib kyetishi va sel oqimlariga qarshi kurashda professor Doshanov M.B va uning

149

www.birunijournal.uz

izdoshlari daraxt va butalaming tuproqni suv eroziyasidan saqlashdagi roli to'g'risida salmoqli ilmiy izlanishlar olib borgan.

NATIJALAR

Atmosfera havosini chang va turli xildagi zararli gazlardan tozalashda o'simliklar olamining o'rni beqiyosdir. Ilmiy tajribalar shuni ko'rsatadiki maydoni 1 gektar bo'lgan shahar bog'lari va maydoblarining o'simliklari vegetatsiya davrida 1020 mln m3 havoni changdan tozalaydi. Bundan tashqari o'simliklar o'zidan fitonsidlar ajratib havodagi zararli pathogen bakteriyalar, mikroorganizmlarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Hozirda 500 dan ortiq o'simliklar o'zidan turli darajada fitonsidlik xususiyatlariga ega ekanligi aniqlangan ularning orasida oq akatsiya, oddiy zirk, qayin, eman, oddiy archa,ot jashtan,mayda bargli jo'ka, sibr archasi,yapon saforasi kumush terak, qizil chinor, oddiy qarag'ay kabilarni ko'rsatib o'tish mumkin. Shovqin darajasini sezilarli pasaytirishda ham o'simliklarning o'rni beqiyosdir. Ko'pchilik o'simliklar kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalarga tanlab ta'sir etadi. Masalan: eman va terak fitonsidlari dizenteriya qo'zg'atuvchilarini, arch ignalari difteriya, qarag'ay ignalari sil tayoqchalarini yo'q qilish xususiyatiga egadir. Fitonsidlar havoni turli mikroblardan tozalaydi va haqli ravishda atmosferani vitaminlari hisoblanishadi.

XULOSA (Conclusion)

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda ko'kalamzorlashtirish va landshaft dizayn yaratish ishlarida mahalliy flora o'simliklari bilan bir qatorda chet mamlakatlardan keltirilib introduksiya qilingan, hamma xususiyatlari jihatidan istiqbolli, manzaraliligi yuqori bo'lgan turli buta va daraxt hamda gulli, o'tsimon o'simliklardan keng miqyosda foydalab kelinmoqda.

REFERENCES

1. Sh. Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" O'zbekiston Tosh-2022. 322, -324 b.

2. Sh.Mirziyoyev. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz". Toshkent. O'zbekiston nashryoti. 2017.

3. A.X.O'roqov "Avtomobil yo'llarini ko'kalamzorlashtirish" O'quv qo'llanma.T.

4. Muxamedjonov A., Berdiev E. Manzarali daraxt-buta o'simliklar tavsifi, ko'paytirish, parvarishlash, shakl berish) Toshkent, ToshDAU Tahririyat-nashriyot bo'limi, 2018.-84 b.

2019.

150

www.birunijournal.uz

5. Abdullayeva, M. T, Xabibullayeva, M. (2022). Ekologik ta'lim tarbiya yoshlar nigohida. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 180-185.

6. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). THE ROLE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE IN OUR YOUTH. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

7. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 159-165.

8. Abdullayeva, M. T., Xabibullayeva, M. (2022). Ekologik ta'lim tarbiya yoshlar nigohida. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 180-185.

9. To'lanovna, A. M., Maxammadjonovna, M. G. (2021). Ekologik ta'lim va tarbiyada xorijiy tajriba.

10. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)), 12-15.

11. Xolikov B.M., Abduraxmonov S.O., Tungushova D, Boltayev S.M., Abdullayev Kuzgi bugdoy yetishtirishda resurs tejamkor texnologiyalarni kullash buyicha Toshkent va Surxondaryo viloyati fermer xujaliklariga tavsiyalar // Tavsiyanoma. -Toshkent, 2018 yil, -B.32.

12. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т,Ахмедова, Д. М. (2020). Влияние питательных элементов искусственного и естественного экранов в песке на рост, развитие хлопчатника. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 14-18.

13. M.T.Abdullayeva,J.Obitaliyev,S.UsmonovFotosintez mahsuldorligiga ekish meyori va ma'dan o'g'itlarining ta'siri

151

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.