Научная статья на тему 'ARCHADOSHLAR ENTOMOFAUNASIGA DOIR AYRIM MA’LUMOTLAR (FARG’ONA VILOYATI MIQYOSIDA)'

ARCHADOSHLAR ENTOMOFAUNASIGA DOIR AYRIM MA’LUMOTLAR (FARG’ONA VILOYATI MIQYOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
263
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Archadoshlar / entomofauna / hasharot / shiralar / qandalalar / qalqondorlar / fauna / ekologiya / Farg‘ona. / Cupressaseae / entomofauna / insects / aphids / ants / shields / fauna / ecology / Fergana.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Zokirova, Gulnora Mamadjonovna, Xamidov, Sharifjon Tursunali O‘g‘li, Nabijonova, Mukarramxon Adhamovna

Maqolada Farg‘ona viloyatining tabiiy va madaniy archadoshlarida uchrovchi hasharotlar faunasiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Archadoshlarda zararkunandalarning o‘nlab turlari vakillari uchraydi. Jumladan, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar (Scolytinae), katta qarag‘ay uzunburuni (Hylobius abietis), qarag‘ay kuyasi (Bupalus piniarius), арча ширалари (Cinara tujafilina, C.grossa), archa o‘rgimchak kanasi (Oligonychus ununguis) va Sibir xermesi (Pineus cembrae) shular jumlasidandir. Farg‘ona viloyati sharoitida archadoshlarda shiralar va qalqondorlar miqdor zichligi jihatidan yuqori o‘rinni egallaydi. Qandalalar, arilar va boshqa entomofaglar ozuqa zanjirining ikkinchi pog‘onasini egallaydi hamda “parazit-xo‘jayin” va “yirtqich-o‘lja” munosabatlar tizimini shakllanishida ishtirok etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME INFORMATION ON THE ENTOMOFAUNA OF ARCHADOSHA (ON THE SCALE OF FERGANA REGION)

The article presents information on the fauna of insects found in natural and cultural juniper trees of Fergana region. Representatives of dozens of types of pests can be found in juniper trees. Including bark beetles (Scolytinae), large pine weevil (Hylobius abietis), pine moth (Bupalus piniarius), spruce aphids (Cinara tujafilina, C.grossa), spruce spider tick (Oligonychus ununguis) and Siberian pine (Pineus cembrae) are among them. In the conditions of the Fergana region, in juniper trees, aphids and shields occupy a high place in terms of quantity density. Wasps, wasps and other entomophages occupy the second stage of the food chain and participate in the formation of the "parasite-host" and "predator-prey" relationship systems.

Текст научной работы на тему «ARCHADOSHLAR ENTOMOFAUNASIGA DOIR AYRIM MA’LUMOTLAR (FARG’ONA VILOYATI MIQYOSIDA)»

ARCHADOSHLAR ENTOMOFAUNASIGA DOIR AYRIM MA'LUMOTLAR (FARG'ONA VILOYATI MIQYOSIDA)

ZOKIROVA Gulnora Mamadjonovna

Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o'qituvchisi

Farg'ona davlat universiteti XAMIDOV Sharifjon Tursunali o'g'li Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti NABIJONOVA Mukarramxon Adhamovna Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-87-94

Maqolada Farg 'ona viloyatining tabiiy va madaniy archadoshlarida uchrovchi hasharotlar faunasiga doir ma 'lumotlar keltirilgan.

Archadoshlarda zararkunandalarning o 'nlab turlari vakillari uchraydi. Jumladan, po'stloqxo'r qo'ng'izlar (Scolytinae), katta qarag'ay uzunburuni (Hylobius abietis), qarag'ay kuyasi (Bupalus piniarius), арча ширалари (Cinara tujafilina, C.grossa), archa o'rgimchak kanasi (Oligonychus ununguis) va Sibir xermesi (Pineus cembrae) shular jumlasidandir.

Farg'ona viloyati sharoitida archadoshlarda shiralar va qalqondorlar miqdor zichligi jihatidan yuqori o'rinni egallaydi. Qandalalar, arilar va boshqa entomofaglar ozuqa zanjirining ikkinchi pog'onasini egallaydi hamda "parazit-xojayin" va "yirtqich-o'lja" munosabatlar tizimini shakllanishida ishtirok etadi.

Kalit so'zlar. Archadoshlar, entomofauna, hasharot, shiralar, qandalalar, qalqondorlar, fauna, ekologiya, Farg'ona.

The article presents information on the fauna of insects found in natural and cultural juniper trees of Fergana region.

Representatives of dozens of types of pests can be found in juniper trees. Including bark beetles (Scolytinae), large pine weevil (Hylobius abietis), pine moth (Bupalus piniarius), spruce aphids (Cinara tujafilina,

ABSTRACT C.grossa), spruce spider tick (Oligonychus ununguis) and Siberian pine (Pineus cembrae) are among them.

In the conditions of the Fergana region, in juniper trees, aphids and shields occupy a high place in terms of quantity density. Wasps, wasps and other entomophages occupy the second stage of the food chain and participate in the formation of the "parasite-host" and "predator-prey" relationship systems.

Key words. Cupressaseae, entomofauna, insects, aphids, ants, shields, fauna, ecology, Fergana.

87

KIRISH (Introduction)

Farg'ona vodiysining issiq va quruq iqlim sharoitida daraxt-buta o'simliklarining, ayniqsa, ninabargli va doim yashil o'simliklarning ahamiyati juda katta. Keyingi yillarda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish tizimida manzarali ninabargli daraxtlar va doim yashil butalar ekish ko'lami ortdi. O'zbekistonda manzarali bog'dorchilikni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri - ko'kalamzorlashtirish uchun shahar sharoitlarida yashil daraxtzorlar barpo etish uchun biologik chidamli daraxt-buta turlari xilini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularni parvarish qilish hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan, archadoshlar (sarvindoshlar) - Cupressaceae oilasi igna bargli o'simliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar sanaladi. Ular geografik tarqalishi jihatidan ninabargli va mayda bargli aralash o'rmonlarda, ba'zan botqoqlik o'rmonlarda o'sadi. Asosan, Ukraina, Belorus, Boltiq bo'yi davlatlar, Rossiyaning Yevropa qismida, Farbiy Sibirda hamda qisman Sharqiy Sibirda tabiiy holatda uchraydi. Shuningdek, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Shimoliy Afrika, Janubiy Sharqiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 dan ortiq turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va markaziy Osiyoda 11 turi manzarali daraxt sifatida o'stiriladi.

Keyingi yillarda Farg'ona viloyatining tabiiy va madaniy landshaftlari katta qismini archadoshlar egallab ulgurdi. Viloyatda doim yashil sarv turining piramidasimon (C.sempervirens) xili ko'p ekiladi.

Umumian, manzarali bog'dorchilikda ekiladigan sarv xillari ko'p. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qo'llaniladigan efir moyi olinadi. Sarv turlaridan ihota o'rmonlar, istirohat bog'lari barpo etishda foydalaniladi. Yog'ochi mebel sanoatida ishlatiladi.

Shundan kelib chiqib, viloyat hududidagi hiyobonlar, istirohat bog'lari va boshqa madaniy obyektlarda eng ko'p yetishtirilayotgan archadoshlarning zararkunanda va kasalliklarini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borildi.

Qator olimlarning ishlarida hasharotlar faunasi, bioekologik xususiyatlari, zarar keltirishi va ularga qarshi kurash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan bo'lsa-da, aynan archadoshlar maxsus tadqiqot obyekti bo'lmagan.

Jumladan, akademik J.A.Azimov va I.I.Zokirovlarning ilmiy maqolalarida vodiy faunasi sabzavot-poliz ekinlari entomofaunasi yoritilgan [6, 7, 8, 10, 15, 17].

Vodiy afidofaunasiga doir tadqiqotlar boshqa yo'nalishlarga qaraganda birmuncha ustunlik qiladi. Mualliflar daraxt va butalar shiralarining faunasi, tarqalishi, biologiyasi, zarar keltirish xususiyatlari va boshqa eksperimental ishlarga ko'proq e'tibor qaratganlar [5, 9, 12, 13].

88

www.birunijournal.uz

Ta'kidlash joizki, ochiq urug'li daraxt va butalarda yashovchi ayrim tur hasharotlarni o'rganishga oid ma'lumotlar ilmiy adabiyotlarda uchraydi [2, 3, 11, 15,

MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI

Tadqiqotlar Farg'ona viloyatining Farg'ona, Toshloq tumanlari, Farg'ona, Quvasoy va Marg'ilon shaharlari hamda ularga chegaradosh hududlarda 2021-2022 yillar davomida olib borildi. Materiallar, asosan, mart oyidan dekabr oyiga qadar, shuningdek, ma'lum qismi esa yanvar, fevral oylarida ham yig'ildi.

Archadoshlarda uchrovchi hasharotlar biologiyasi, ekologik xususiyatlari, hayotiy sikllari, tarqalishini o'rganishga oid kuzatish hamda eksperimentlar doimiy kuzatish joylari Farg'ona shahri Al-Farg'oniy hiyoboni, Qirguli dahasi, Farg'ona tumani Shohimardon qishlog'i, Quvasoy shahar Arsif hududlarida olib borildi, olingan natijalar qiyosiy tahlil etildi.

Turli ekologik sharoitlarda o'sayotgan archadoshlardagi hasharotlarning morfologiyasi va ekologiyasidagi o'zgarishlar tadqiq etildi. Doimiy kuzatish joylarida hasharotlarning rangi, populyatsiya zichligi, fe'l-atvor reaksiyalari, shuningdek, shiralardagi instinkt holatlari hamda hayotiy sikllariga alohida e'tibor berildi.

Materiallar umumiy qabul qilingan entomologik uslublar asosida yig'ildi va qayta ishlandi. Tadqiqotlar davomida hasharotlardan yuzdan ortiq namunalar yig'ildi hamda o'lcham va morfometrik belgilari jihatdan zarur bo'lgan individlardan laboratoriya sharoitida doimiy preparatlar va kolleksiyalar tayyorlandi.

Hasharotlarning tur tarkibi va sistematik o'rnini aniqlashda sohaga oid qator aniqlagichlardan [1, 19, 20] foydalanildi.

Hasharotlarning biologiyasi hamda ularning rivojlanishida harorat va namlikning roli, shuningdek, ularning individual rivojlanish xususiyatlari laboratoriya sharoitida kuzatildi. Olingan natijalar dala kuzatishlaridagi ma'lumotlar bilan qiyoslanib, yakuniy xulosalar olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Ilmiy manbalarda ko'rsatilishicha, archadoshlarda zararkunandalarning o'nlab turlari vakillari uchraydi. Jumladan, po'stloqxo'r qo'ng'izlar (Scolytinae), katta qarag'ay uzunburuni (Hylobius abietis), qarag'ay kuyasi (Bupalus piniarius), archa o'rgimchak kanasi (Oligonychus ununguis) va Sibir xermesi (Pineus cembrae) shular jumlasidandir.

I.Zokirovning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo faunasining uzoq davom etgan tarixiy rivojlanishi va ekologik sharoitlarning turli yo'nalishda o'zgarishlari jarayonida lyaxnida oilasi shiralarining bir qancha turlari archadoshlar (Cupressaceae) bilan bog'liqligi saqlanib qolgan, boshqalari esa dastlabki ozuqa

89

18].

www.birunijournal.uz

o'simliklari arealining qisqarib ketishi tufayli evolyutsion jihatdan nisbatan yosh va ravnaq topayotgan toldoshlar (Salicaceae) va ra'noguldoshlar (Rosaceae) oilalari vakillariga ikkilamchi ixtisoslashib, buta va daraxtlarning xavfli zararkunandalariga aylangan [14].

Shu ma'noda archadoshlarda eng keng tarqalgan hasharotlar guruhi bu shiralar ekanligini alohida qayd etish joiz. 2021-2022-yillardagi kuzatishlarimiz davomida ham asosan archadoshlarda shiralar ko'plab uchrashligi aniqlandi. Jumladan, 2022-yil 17-may kuni Farg'ona shahar Ahmad al-Farg'oniy bog'idagi archa daraxtlari kuzatildi. Daraxlarning ba'zilarida shiralar va qalqondorlarning katta koloniyalari qayd etildi.

Odatda, may oyi shiralar va qalqondorlarning jadal ko'payishi uchun harorat va ozuqa resursi jihatidan qulay davr sanaladi. Shu jihatdan qaralganda, archadoshlarda ushbu hasharotlarning koloniyalari sezilarli kattalashgani tabiiy. Shuningdek, avgust oyining ikkinchi yarmi va kuz oyida shiralar archadoshlarda yirik koloniyalar hosil qilib yashaydi. Ularning ajratgan glyukozaga boy suyuqliklari daraxt atroflarini ifloslashi, natijada boshqa hasharotlarni bu yerga jalb etishi yuzaga keladi.

Ayniqsa, Cinara tujafilina shirasi barcha archadoshlar uchun xos tur sanalib, mavsum davomida ularning miqdor zichligi haroratga monand ko'tarilib-pasayib turadi. Umuman, Farg'ona vodiysi sharoitida Cinara Curtis avlodining faqatgina ikkita vakili archadoshlarda keng tarqalganligi ma'lum qilingan bo'lsa-da (C.tujafilina, C.grossa), kuzatishlarimiz davomida yana boshqa adventiv turlarning mavjudligi, hududga archa ko'chatlarining boshqa mintaqalardan ko'chirib keltirilishi bilan bog'liq degan xulosaga olib kelmoqda.

Archadoshlarda uchrovchi yana bir muhim guruh hasharotlari koksidlar sanalib, ularni mavsum davomida archadoshlarda kuzatish mumkin. Ayniqsa, may-iyun oylarida koksidlar miqdor zichligi bir muncha yuqorilashadi.

2022-yilning 17-may kuni havo harorati 300C daraja iliq. Archadagi zararkunandalar daraxtning novdasi, barglari va deyarli barcha qismlarida, quyosh tushib turadigan va quyoshga teskari tomonda ham uchradi. Daraxt sog'lom emas, qurigan novdalar ham uchratildi. Daraxtda chumolilar harakati kuzatildi. Darxtning yerdan 1,5-2 metr balandlikdagi qismlaridagi zararkunandalardan namunalar olindi.

Huddi shu kabi zararlangan darxtlar 2022-yil 18-may kuni Farg'ona shahar A. Qodiriy ko'chasida yo'lning chekka qismiga ekilgan archalardan ham topildi.

Zararlangan daraxtlar ko'p emas, umumiy maydondagi 10-20 ta daraxtdan 1 tasida shunday holatlar kuzatildi.

Toshloq tumani Qalacha qishlog'ida joylashgan archa daraxtlarida ham may oyida ushbu holat kuzatildi (Rasmda Farg'ona shahar Ahmad al-Farg'oniy hiyobonidagi archa daraxtidan olingan koksidlar tasvirlangan. Original).

2022-yil 1-oktabr kuni Quvasoy shahar Arsif dam olish maskanidagi archa daraxtlaridagi zararkunandalar o'rganildi. Harorat 20-250C daraja issiq.

Daraxlarda hasharotlar kam. Faqat ayrim tuplarda uchratildi. Chumolilar harakati faol (rasmda Arsif dam olish maskanidan olingan koksidlar va chumolilar tasvirlangan. Original).

2022-yil 2 va 7-oktabr kunlari Farg'ona tumani Chimyon sanatoriyasi hududidagi archa daraxtlari o'rganildi. Havo harorati 25-300C iliq. hasharotlar deyarli yo'q. Baland bo'yli, sog'lom katta archalar tanasida hasharotlar uchramadi.

Bundan tashqari, archa daraxti qandalalar uchun ham qulay makon hisoblanadi. Ma'lumki, qandalalar fitofag hamda zoofag ko'rinishda yashaydi (rasmda qandala tasvirlangan. Chimyon. Original). 2022-yil 7-oktabr kuni Farg'ona shahar Qirguli

hududida yo'l yo'l chetidagi archalar kuzatilib, unda darxt qandalasi va boshqa turlar

topildi. Vodiy hududida asosan Pentatomidae va Miridae oilasi qandalalari uchrashi ma'lum [7] (Rasmda daraxt qandalasi tasvirlangan. Qirguli. Original).

Archalarning quyosh nuri tushib turgan tomonida tangachaqanotlilarning vakillaridan ayrim kapalaklar, ikki qanotlilar vakillari ham tasodifiy uchratildi.

Archadoshlarda fitofag hasharotlar ulushining ko'p bo'lishi, o'z navbatida bu yerdagi entomofaglar hissasini ham yuqori bo'lishiga olib keladi. Jumladan, xonqizi qo'ng'izlarining bir necha turlari, oltinko'z va uning lichinkalari shiralar va koksid lichinkalari bilan oziqlanishi, qolaversa, o'simlik ninabarglariga oltinko'zning tuxumlarini qo'yishi qayd etildi (Rasmda Arsif

91

hududidagi archada joylashgan xon qizi qo'ng'izi va oltinko'z tuxumlari tasvirlangan. Original).

Bo'yining uzunligi 2,5 - 3 metr bo'lgan, ayrim novdalari qurigan, to'liq sog'lom bo'lmagan kichik archa tanasining pastki qismida po'stloqlari orasida va ustida bronza rangli xonqizi qo'ng'izlari uchradi. Hashrotlar tirik va o'lganlari ham bor. Tiriklariga moyqalam uchi bilan ta'sir qilinganda faol harakatlanishini kuzatildi. Ular bilan birgalikda o'rgamchaklar vakillari ham uchradi (Rasmda Chimyon hududi. Xonqizi qo'ng'izi va o'rgamchaksimon vakili tasvirlangan. Original).

Archa enotomokompleksida individlar sonining ko'p bo'lishi, bu yerda boshqa, ya'ni ikkilamchi ozuqa zanjiri shakllanishiga olib keladi. Masalan, shiralar ajratgan suyuqlik hamda qalqondor lichinkalari arilarni o'ziga jalb etishi kuzatuvlardan ma'lum bo'ldi.

2022-yil 12-oktabr kuni Farg'ona shahar A. Qodiriy ko'chasidagi archalar o'rganildi. Havo harorati 20-250C quyoshli. Bunda archalarda hasharotlar kam uchradi, ayrim

daraxtlarda zararlanish holati kuzatildi. Bu hududda oltinko'z lichinkasini

qalqondorlar bilan oziqlanishi kuzatildi (Rasmlar original).

Shuni ta'kidlash kerakki, xonqizi qo'ng'izi maydonga ekilgan 10-15 tup archalardan faqat bittasidagina uchratildi. Ularning umumiy soni 8-10 ta atrofida. Bir joyda to'p holatda.

Kuzning sovuq harorati hasharotlarning ko'plab nobud bo'lishiga, ularning qishki tinim davriga o'tishiga sabab bo'lmoqda. Kuzatuvlar davomida, shiralar va qalqondorlar, oltinko'z lichinkasi aksariyat holda nobud bo'lgan tarzda kuzatildi (1517.10.2022. Farg'ona sh.).

Hasharotlar uchragan archalar sog'lom emas. Tirik holatdagi shiralar bor (Farg'ona shahar. A.Qodiriy ko'chasi. Ko'p nuqtali xonqizi. Original).

92

XULOSA (Conclusion)

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Farg'ona viloyati sharoitida ochiq urug'lilarning asosiy vakili sanalga archadoshlarda hasharotlarning ko'plab vakili uchraydi va oziqlanadi. Jumladan, shiralar, qalqondorlar miqdor zichligi jihatidan yuqori o'rinni egallaydi. Qandalalar va boshqa entomofaglar ozuqa zanjirining ikkinchi pog'onasini egallaydi va yirtqich-o'lja munosabatlar tizimini shakllanishida ishtirok etadi.

Archadoshlarda uchrovchi hasharotlar faunasini keng qamrovli tadqiq etish kelgusida tabiiy va madaniy senozlar zararkunandalariga qarshi kurash, ko'payishining oldini olish bilan bir qatorda, hasharotlar taksonomiyasiga oid ma'lumotlarning kengayishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Ahmedov, M., & Mansurxo'jaeva, M. (1998). Iqlimlashtirilgan daraxt va butalar shiralari aniqlagichi [Determinant of the sap of acclimatized trees and shrubs].

2. Akbarovich, M. A., Ilkhomjonovich, Z. I., & Sharibjonovich, S. D. (2021). Ecological-Faunistic Analysis of Longhorn Beetles (Coleoptera: Cerambycidae) of Fergana Valley. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6819-6830.

3. Kapizova, D. ., & Zokirov, I. I. . (2022). New Data on the Bioecology of Some of the Castles Encountered in the Conditions of Eastern Fergana. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 84-88. Retrieved from https://openaccess_iournals.eu/index.php/ijdpp/article/view/1446

4. Masodiqova, M. A. Q., & Zokirova, G. M. (2021). FARG 'ONA VODIYSI SHAROITIDA APHIS PUNICAE PASSERINI, 1863 SHIRASINING BIOLOGIYASI VA HAYOTIY SIKLI. Academic research in educational sciences, 2(6), 381-387.

5. Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I. (2021). FARG 'ONA VODIYSINING AYRIM DENDROFIL SHIRALARI (HOMOPTERA, APHIDOIDEA) BIOEKOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 2(6), 1289-1299.

6. Zokirov, I. I., Mansurkhodjaeva, M. U., Akhmedova, Z. Y., Khashimova, M. K., & Turaeva, Z. R. (2020). Phytophagous insects of vegetable and melon agrocenosis of Central Fergana. International Journal of Agriculture, Environment and Bioresearch (IJAEB), 5(02), 64-71.

7. Zokirov, I. I. (2019). Markaziy Fargonaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va ekologiyasi [Fauna and ecology of insects of melon crops of Central Ferghana]: Abstract of a doctoral dissertation in biological sciences.

8. Zokirov, I. I., & Azimov, D. A. (2019). The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology. International Journal of Science andResearch.(IJSR).-India, Raipur, 5(8), 930-937.

93

www.birunijournal.uz

9. Zokirov, I. I., & Khusanov, A. (2012). Mechanisms of aphid's behavior according to the theory of functional system. ББК 28.6 K 18, 103.

10. Zokirov, I. I., Mirzayeva, G. S., & Abdullayeva, D. R. (2019). Ecological and Faunistic Review of Entomocomplexes of Adyr Zones of the Fergana Valley. International Journal of Science and Research (IJSR), 5(10), 1231-1234.

11. Zokirova G.M., Kapizova D.R., Zokirov I.I., Oxunova N.K. Lachnidae va Diaspididae (Homoptera) oilalari vakillarining ochiq urug'li o'simliklarda oziqlanish xususiyatlari // Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi. -2022-yil. 9-сон -B. 56-63.

12. Mamadjonovna, Z. G., & Ilkhomjonovich, Z. I. (2022). SEASONAL VARIABILITY AND POPULATION DENSITY OF APHIDS OF GYMNOSPERM PLANTS IN THE FERGANA VALLEY.

13. Ахмедов, М. Х., Зокиров, И. И., Хусанов, А. К., & Урманова, Д. Э. (2011). РОЗАННЫЕ ТЛИ (HOMOPTERA, APHIDINEA), их РАСПРОСТРАНЕНИЕ И ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КОРМОВого РАСТЕНИя. Естественные и технические науки, (2), 102-105.

14. Зокиров И.И. Узбекистан ляхнина (Homoptera, Lachninae) ширалари (хдёт цикли, этологияси, газлар алмашинуви): Биол. фан. номз. ...дисс. -Тошкент, 2009. - 120 б.

15. Зокиров, И. И. (2019). Ecological analysis of the distribution of melon fly (Myiopardalis pardalina Bigot, 1891) in the Ferghana valley. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 122-126.

16. Зокиров И. И. и др. Узунмуйлов ку^изларнинг (Coleoptera: Cerambycidae) озука усимликлари билан биоценотик алокалари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 349-355.

17. Зокиров И. И., Зокирова Г. М., Капизова Д. Р. Адвентивные виды насекомых (Insecta) овощебахчевых культур ферганской долины //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 39-46.

18. Зокиров И. ФарFOна водийси шароитида очик уруFли дарахт ва буталарнинг сурувчи фитофаглари (lachnidae, diaspididae): фаунаси ва экологияси //Medical science of Uzbekistan. - 2022.

19. Невский В.П. Тли Средней Азии. УзОСТАЗРа. -Ташкент,1929. -№16. -417 с.

20. Плавильщиков Н.Н. Определитель насекомых. - М., 1950. - 542 с.

94

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.