Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING DARS JARAYONLARIDA JISMONIY TOLIQISHLARINI OLDINI OLUVCHI INTERAKTIV METODLAR'

O‘QUVCHILARNING DARS JARAYONLARIDA JISMONIY TOLIQISHLARINI OLDINI OLUVCHI INTERAKTIV METODLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fin ta’lim dasturi / qisqa tanaffus / xorij tajribasi / tabiat bilan aloqadorlik / interaktiv metodlar / enerjayzerlar / jismoniy mashqlar / zamonaviy dam olish daqiqasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Nuriddinova Mohlaroyim Shavkatjon Qizi

Ushbu maqolada xorij ta’lim tajribasi ya’ni Finlandiya ta’lim dasturining bugungi kun ta’lim tizimida qo‘llanilishi, yetakchi pedagoglarning tizimning rivojlanishidagi jadal fikrlari va metodlari, o‘quvchilarda dars jarayonlarida kuzatiladigan jismoniy toliqishlarni oldini olishga yordam beruvchi va o‘ziga bolgan ishonch, liderlik qobilyati, kirishuvchanlik, jamoaviy harakatlanishga, mustaqil fikrlashga undovchi enerjayzer o‘yinlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING DARS JARAYONLARIDA JISMONIY TOLIQISHLARINI OLDINI OLUVCHI INTERAKTIV METODLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

O'QUVCHILARNING DARS JARAYONLARIDA JISMONIY TOLIQISHLARINI OLDINI OLUVCHI INTERAKTIV METODLAR 1Soliyev Ilhomjon Sobirovich, 2Nuriddinova Mohlaroyim Shavkatjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedra mudiri, 2Farg'ona davlat universiteti

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11073238

Annotatsiya. Ushbu maqolada xorij ta'lim tajribasi ya'ni Finlandiya ta'lim dasturining bugungi kun ta'lim tizimida qo'llanilishi, yetakchi pedagoglarning tizimning rivojlanishidagi jadalfikrlari va metodlari, o 'quvchilarda dars jarayonlarida kuzatiladigan jismoniy toliqishlarni oldini olishga yordam beruvchi va o 'ziga bolgan ishonch, liderlik qobilyati, kirishuvchanlik, jamoaviy harakatlanishga, mustaqil fikrlashga undovchi enerjayzer o'yinlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: fin ta'lim dasturi, qisqa tanaffus, xorij tajribasi, tabiat bilan aloqadorlik, interaktiv metodlar, enerjayzerlar, jismoniy mashqlar, zamonaviy dam olish daqiqasi.

Аннотация. В данной статье рассмотрен опыт зарубежного образования, то есть применения финской образовательной программы в современной системе образования, быстрые идеи и методы ведущих педагогов в развитии системы, которые помогают предотвратить физическую утомляемость, наблюдаемую в современной системе образования. учащихся во время урока, и речь идет о заряжающих энергией играх, которые поощряют уверенность, лидерские качества, инициативу, командную работу и независимое мышление.

Ключевые слова: финская образовательная программа, короткий перерыв, зарубежный опыт, связь с природой, интерактивные методы, энерджайзеры, физические упражнения, современный момент релаксации.

Abstract. In this article, the experience of foreign education, that is, the application of the Finnish educational program in today's education system, the rapid ideas and methods of the leading pedagogues in the development of the system, which help to prevent the physical fatigue observed in the students during the lesson process and it is about energizing games that encourage confidence, leadership skills, initiative, teamwork, and independent thinking.

Keywords: Finnish educational program, short break, experience abroad, connection with nature, interactive methods, energizers, physical exercise, modern relaxation moment.

Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha mo'ljallangan ta'lim konsepsiyasida boshlang'ich ta'lim sohasini rivojlantirish, sifatli va samarali ta'lim-tarbiyani tashkil etish, o'rganish va o'zlashtirish natijalarini baholash usullarini takomillashtirish, o'quvchilarning rivojlantirish darajasini oshirishda samarali usullaridan keng foydalanishga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. [1]

Respublikamizda ta'lim tizimining har bir bo'g'ini doimo davlatning e'tiborida bo'lmoqda. O'tgan davr mobaynida sog'lom va har tomonlama rivojlangan avlodning shakllanishini ta'minlashga qaratilgan samarali ta'lim tizimini tashkil qilish bo'yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda bu soha chuqur isloh qilinish holatida davom etmoqda.

Bugungi kunda maktab ta'lim tizimida o'quvchi va o'qituvchilarning bilim va ko'nikmalari kundan-kunga rivojlantirib borilmoqda, dars jarayonlari xorij standartalriga mos, yetarli jihozlar bilan jihozlangan, pedagoglarning o'z ustida ishlashi uchun yetrali shart-sharoitlar ta'minlangan holda olib borilmoqda. Dars jarayonlarida ta'lim sifatini oshirish uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'quvchilarga ham pedagogik ham psixologik yondashuv asosida dars soatlari olib borilmoqda va ularning jismoniy holatlariga ham ahamiyat qaratgan holda ularni rivojlantirish uchun pedagoglar tomonidan bir qancha samarali ham jismonan ham aqlan ularni rivojlantiruvchi metodikalar qo'llab kelinmoqda.

Bolaning sog'lig'ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash, bolaning turli ehtiyojlarini, shu jumladan, harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirish; faol o'yinlar va kundalik jismoniy mashqlar orqali bolalar o'zlarining his-tuyg'ularini, yirik va mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantiradilar; harakatda atrof-olamni o'rganadilar va turli predmetlarni boshqaradilar; o'z tanasining ta'sir va imkoniyatlarini farqlay oladilar, unga g'amxo'rlik qilishni va sog'lom turmush tarzini qabul qilishni boshlaydilar.

Ta'lim tizimimizni yanada rivojlantirish va uni takomillashtirish borasida bugungi kunda Finlandiya ta'lim tizimi bilan tajriba almashinish tizimda juda katta o'zgarishlar yuz berishiga asos bolib kelmoqda. Bugungi kunda Fin maktablari harakatda dasturi maktab o'quvchilariga tashabbus ko'rsatishlari uchun imkon berish g'oyasini ilgari surmoqda. U o'quvchilarda dars paytida ham jismoniy harakatga undovchi metodlarni qo'llashga zamin yaratmoqda.

Amerikalik o'qituvchi, yozuvchi va notiq Timoti Uoker o'zining "Finlandiya ta'lim mo'jizasi" asarida bolalarning jismoniy faolliklarini oshirish bo'yicha bir qancha samarali fikrlar berib o'tadi.

Bolalar dasr vaqtida harakat qilishlari uchun tabiiy usullarni qidiring. Agar boshlang'ich maktab o'qituvchisi sifatida kitobni ovoz chiqarib o'qiyotgan bo'lsangiz, bolalar o'rinlaridan turib, matndagi obrazlarni rollarga bo'linib ijro etishlarini so'rab ko'ring, Kattaroq yoshli bolalar uchun "notiqlik burchagi" tashkil etish mumkin: partalarni devor tomonga surib qo'yib, tik turgan holatda o'rganilayotgan mavzuni qiziqarli qilib muhokama qilish mumkin.

Darsni qanchalik qiziqarli qilishga urinsangiz ham, ba'zan o'quvchi uzoq vaqt bir joyda o'tirgani uchun baribir lanj qolayotganini ko'rasiz. Ana shunday hollarda jismoniy mashq albatta kerak bo'ladi. Shunday hollarda, oyoqlarni yozib, yig'ib, qo'llarni boshlar uzra ko'tarib, qarsak chalgan holda 20 marta sakrash 20 soniya turgan joyida yugurish kabilar bolalarga hushyor tortishlari uchun yetarli bo'ladi.[2,57]

Ba'zan bolalarni ochiq havoda o'qitish ham dars sifatiga yetralicha samara beradi. Bu borada Richard Louv "O'rmondagi so'nggi bolakay" kitobida finlandiyaliklar o'z bolalrini ochiq havoda o'qitishlariga qoyil qolganini ta'kidlab o'tadi.[2,81]

Louvnig qo'shimcha qilishicha, ancha yillardan buyon boladagi kognitiv funksiyanig yaxshilanishi tabiiy sharoitlarda ta'lim olishga bog'liq deya baholab kelinadi. Bu fikrga quydagicha izoh berib o'tish mumkin tabiat qo'ynidagi dars jarayonida o'quvchi sinf xonasidagi dars jarayoniga qaraganda ko'proq harakatda bo'ladi va uning jismoniy faolligi ham o'z-o'zidan ortib borishi tabiiy.[2,83]

Bolalarni tabiiy muhitda, jismoniy faollik bilan ta'lim jarayoniga olib kirish ularnig aqliy faoliyatiga yetarlicha ta'sir o'tkaza olishi bir qancha ilmiy tadqiqotlarda tasdiqlanib kelmoqda. Bu borada Jon Dyui "Maktab va jamiyat" asarida ham ushbu yondashuvni yoqlab chiqqan. "Maktabdan tashqarida olingan taassurotlar ,- deya yozgan edi u,- o'zining geografik, adabiy-badiiy, ilmiy va tarixiy xususiyatlariga ega" [1,84]

Dars jarayonidagi jismoniy mashqlarga boshqa tomondan nazar tashlaydigan bo'lsak, ularning aqliy faoliyati ba'zan charchoqlarni his etadi, bu holatni Deniyel Levitin quydagicha izohlaydi, "Muntazam tanaffuslar mehnat unumdorligi va ijodkorlikni oshirishga imkon beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Qabul qilinayotgan barcha ma'lumotlardan umumiy xulosa chiqarish uchun miyaga tanaffus kerak", - deydi.

O'quvchilarni dars jarayonidagi toliqishlarini jismoniy mashqlar bilan bartaraf etishni tabiat va o'z vaqtida qo'llash mumkin bo'lgan qisqa tanaffuslarga bog'lagan holda ko'rib o'tdik. Tabiat bilan aloqadorlik ham bolalarning aqliy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va ularning ong ostida turli jismoniy va aqliy toliqishlarni oldini olishda yaxshi samara beradi, xorij tajribasiga tayangan holda o'z vaqtida bolalar uchun dars jarayonlaridagi qisqa tanaffuslar ularni berilgan bilimlarni yanada yaxshi qabul qilishlariga zamin yaratadi. Bugungi kun zamonaviy texnologiyalar bilan jadal rivojlanib borar ekan, bugungi kun pedagoglari ham xorij tajribalariga tayangan holda dars jarayonlarida zamonaviy dam olish daqiqalarini tashkil etib kelmoqdalar. Pedagog mutaxassis Dilafruz Xidoyatovaning bugungi kunda dars jarayonlarida qo'llab kelayotgan interaktiv metodlari, zamonaviy dam olish daqiqalari uchun, dars jarayonidagi bilimlarni yaxshi o'zlashtirish uchun qo'llab kelayotgan metodlari ya'ni bugungi kun tilidagi enerjayzer metodlari ta'lim tizimidagi jarayonlarni takomillashtirishda o'zining katta hissasini qo'shib kelmoqda. Finlandiya ta'lim tizimining dars jarayonlarida qo'llanilib kelishiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan ushbu pedagog mutaxassisning bir qancha o'quvchilarni jismoniy hamda aqliy chiniqtiruvchi bir qancha metodlarini ko'rib o'tamiz.

"Mevali salat" nomli metodi orqali o'quvchilarni dars jarayonidagi jismoniy holatlarini yaxshilash mumkin. Bu qanday o'tkaziladi degan savol tug'ulishi mumkin, ushbu metodda bolalar bir nechta guruhlarga bo'linadi va turli meva nomlari bilan nomlanadilar, bir mevaning nomi aytilganida shu nom bilan atalgan bolalar o'z joylarini almashadilar, o'qituvchi avvaliga bir qancha meva turlarini aytib ularni o'z o'rnilaridan qo'zg'atadi, so'ngra mevali salat deganida barcha bolalar o'z o'rinlarini almashinadilar.

"Kim lider" interaktiv metodi orqali esa butun sinf jamoasi harakatlanadi. Avvaliga bir o'quvchi tanlanadi va u sinfdan tashqariga chiqib turadi. Sinfda qolgan bolalar esa bir jamoa bo'lib doira shaklida turadilar va jamoa ichidan bir o'quvchini lider qilib tayinlaydilar, lider uchta jismoniy mashqni guruhga ko'rsatib berishi va jamoa u bilan bir vaqtda takrorlashi lozim, sinfdan tashqariga chiqqan o'quvchi sinf xonasiga kiradi jamoa jismoniy mashqlarni bajarishni boshlaydi sinfga kirgan o'quvchi jismoniy mashqni bajartirayotgan lider kim ekanligini topishi lozim.

Yuqorida keltirilgan ikki interaktiv metodlar orqali o'quvchilarga ham aqlan, ham jismonan, ham ruhan ta'sirini ko'rib o'tish orqali xulosalash mumkin. Birinchi metod orqali o'quvchi sinf xonasida turib yurgan holda harakatlanar ekan unda jismoniy holat yaxshilanadi, kayfiyati ko'tariladi, o'zaro birdamlik hissini, psixik ijobiy ta'sirni his etadi. Ikkinchi berilgan metod orqali esa o'quvchilarda jamoaviy harakatlanish hissi, liderlik, boshqaruv holatini ko'rib o'tish, jamoada erkin fikrlash, o'z fikrini mustaqil bildira olish, topqirlik, zukkolik, chamalash hissi, ehtimollar nazariyasining rivojlanishi, fikrlashni yuqorilashishi, o'quvchilarda o'ziga ishonchning ortishi orqali ularni takomillashtirish ko'zda tutilgan. Xorijiy tajribalarni amaliy jihatdan rivojlantirish, ularni dars jarayonlariga olib kirish ta'lim tizimini samarali rivojlanishiga yuksak turtki bo'lishi shubxasiz. Buning uchun bugungi kun pedagogidan tinimsiz izlanish, zamonaviy ta'lim tizimi bilan birdek rivojlanish, har bir o'rganilgan bilimlarni dars jarayonlarida qo'llash orqali amalga oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi". "O'ZBEKISTON", Toshkent-2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

2. T.Uoker "Finlandiya ta'lim mo'jizasi". "Global books", Toshkent-2023

3. I.S.Soliyev, M. Sh.Sadikova, "Methods for the formation of orphographic competencies in elementary grades" (educational-methodological manual).

4. M.Sh.Sodikova, S.M.Zokirova. "Formation of creative literacy in modern youth and the value of mnemonic technology" . Theoretical & Applied science (international scientific journal). 2021. Page(240-243)

5. "Spelling rules for students, the method of games in teaching spelling, working with students in an innovative way". Theoretical & Applied science (international scientific journal). 2021. Page(608-611)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.