Научная статья на тему 'TA’LIMIY VEB-SAYTLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SINFDAN TASHQARI DARS FAOLIYAT JARAYONLARIDA KOGNITIV FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART VA VOSITALARI'

TA’LIMIY VEB-SAYTLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SINFDAN TASHQARI DARS FAOLIYAT JARAYONLARIDA KOGNITIV FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Narkabilova Gulnoza Pulatovna, Muxammadjonova Diyorabonu Muzaffarjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar jarayonida ta’limiy veb-saytlaridan foydalanish shartlari va vositalari va ulardan foydalanish orqali o’quvchilarining bilish ya’ni kognitiv faolligini kuchaytirish, bu jarayonga yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qay darajada ijobiy ta’sir etishi va haqida so‘z yuritilgan Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimini takomillashtirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMIY VEB-SAYTLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SINFDAN TASHQARI DARS FAOLIYAT JARAYONLARIDA KOGNITIV FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART VA VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TA'LIMIY VEB-SAYTLAR ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING SINFDAN TASHQARI DARS FAOLIYAT JARAYONLARIDA KOGNITIV FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART VA VOSITALARI 1Narkabilova Gulnoza Pulatovna, 2Muxammadjonova Diyorabonu Muzaffarjon qizi

Vqituvchi, Farg'ona Davlat Universiteti, 2talaba, Farg'ona Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11061195

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar jarayonida ta'limiy veb-saytlaridan foydalanish shartlari va vositalari va ulardan foydalanish orqali o'quvchilarining bilish ya'ni kognitiv faolligini kuchaytirish, bu jarayonga yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilariga qay darajada ijobiy ta'sir etishi va haqida so'z yuritilgan Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimini takomillashtirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, bilish, kognitiv faoliyat, AKT, sinfdan tashqari dars, veb-sayt, yangi texnologiya, interaktiv elementlar, qobiliyat, internet, moslashuvchanlik.

Abstract. In this article, the conditions and means of using educational websites in the process of extracurricular activities in elementary grades, and how to increase the cognitive activity of students through their use, how positively the approach to this process affects elementary school students. It is aimed at improving the knowledge of primary school students.

Keywords: modern education, knowledge, cognitive activity, ICT, out-of-class lesson, website, new technology, interactive elements, ability, internet, flexibility.

Аннотация. В данной статье рассмотрены условия и средства использования образовательных веб-сайтов в процессе внеклассной деятельности в младших классах, а также способы повышения познавательной активности учащихся посредством их использования, насколько положительно влияет подход к этому процессу на учащихся младших классов. направлена на совершенствование знаний учащихся начальных классов.

Ключевые слова: современное образование, знания, познавательная деятельность, ИКТ, внеклассное занятие, веб-сайт, новые технологии, интерактивные элементы, способности, Интернет, гибкость.

Kirish. Bugungi kunda ta'limning pedagogik maqsadlari bilan bir qatorda ta'lim oluvchilarni rivojlantirishga va kognitiv ta'limiy faoliyatini shakllantirishga e'tibor qaratilmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kognitiv faoliyatini shakllantirishga bo'lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Kognitiv faoliyat har xil o'quvchilarning fikrlash va tushunish jarayonidan qanday o'tishi, ma'lumotni qanday qabul qilishi, qayta ishlashi va eslab qolishi, shuningdek, muammolarni hal qilishning nisbatan barqaror individual xususiyatlarini tushunishni o'z ichiga oladi. Umuman olganda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun kognitiv faoliyat nafaqat dars jarayonlarida balki sinfdan tashqari dars faoliyatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta'lim pedagogikasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari faoliyatlarida AKT lar orqali kognitiv faolligini kuchaytirish anchayin ommalashdi.Ammo bugungi kunda veb-saytlar orqali ham bolalarning bilish faolligini kuchaytirish muhim masala bo' lib kelmoqda.

Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari bilim olish va bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilova va veb-saytlar talaygina. Chunki bular orqali boshlang'ich sinf o'quvchilari sinfdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etibgina qolmay, yangi-yangi bilimlar ham o'rganmoqdalar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari dars faoilyatida ta'limiy veb-saytlardan foydalanish, zamonaviy ta'lim muhitini boyitish va o'quv jarayonini yanada samarali tashkil qilish uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu orqali ushbu yoshdagi bolalar tez o'rganadilar va yangi texnologiyalarga tez moslashadilar. Ushbu masalaning dolzarbligini bir necha asosiy jihatlar, jumladan:

interaktiv o'rganish ya'ni ta'limiy vab-saytlar interaktiv elementlarni (o'yinlar, animatsiyalar, video darslar) taklif etadi, bu esa o'quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qiladi va ularda o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi; individual yondashuv:- har bir o'quvchi o'z tezligida va darajasida o'rganishi mumkin, bu esa ta'limni yanada samarali qiladi, o'quvchilarning turli qobiliyatlari va o'rganish uslublariga moslashuvchan yondashuv ta'minlanadi; qo'llab-quvvatlovchi materiallar ya'ni veb-saytlar turli fanlar bo'yicha qo'shimcha materiallar va mashg'ulotlar taklif etadi, bu o'quvchilarga mavzularni chuqurroq tushunishga yordam beradi; ota-onalar va o'qituvchilar uchun monitoring, masalan, ta'limiy veb-saytlar o'quvchilarning progrssini kuzatib borish imkonini beradi, bu esa ota-onalar va o'qituvchilarga o'quvchilarning o'sishini yaqindan kuzatish va zarur bo'lganda yordam berish imkonini yaratadi; resurslarning boyligi va mavjudligi- internet orqali ta'limiy resurslardan foydalanish geografik cheklovlarni yo'qqa chiqaradi va keng ko'lamli bilim manbalariga kirih imkoniyatini beradi; texnologiya moslashuvi ya'ni zamonaviy jamiyatda texnologiyalardan foydalanish muhim ko'nikma hisoblanadi. Ta'limiy veb-saytlar orqali bolalar kichkinaligidan boshlab texnologiyalarni samarali va maqsadli ishlatishni o'rganadilar.

Umuman olganda, boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari dars jarayonlarida ta'limiy veb-saytlardan foydalanish, nafaqat, bilim olish jarayonini boyitadi, balki o'quvchilarni kelajakda muvaffaqiyatli bo'lish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlar bilan ta'minlaydi.

Muhokama va natijalar. Boshlang'ich sinflarda ta'limiy veb-saytlardan foydalanish juda ko'p imkoniyatlarni ochib berishi bilan birga, ba'zi muammolar ham mavjud bo'lishi mumkin. Quyidagi muammolar eng keng tarqalganlardan hisoblanadi:

Texnologik farqlar: Barcha o'quvchilar yoki maktablar bir xil texnologik resurslarga ega emaslar. Ayrim hududlarda internet tezligi past yoki texnologik jihozlarga kirish cheklangan bo'lishi mumkin, bu esa o'quvchilarning ta'limiy veb-saytlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.

Ekranga ortiqcha ta'sir: Uzoq vaqt davomida ekran oldida o'tirish o'quvchilarning ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi va jismoniy faollik darajasini pasaytirishi mumkin, bu esa sog'liqqa zarar yetkazishi mumkin.

Xavfsizlik va maxfiylik: Internetda bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish muhimdir. Ta'limiy veb-saytlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plashi va boshqa tomonlar bilan bo'lishishi mumkin, bu esa maxfiylikka oid muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Pedagogik qo'llab-quvvatlashning yetishmasligi: Veb-saytlar o'z-o'zidan ta'lim beruvchi vositalar bo'lsa-da, ular o'qituvchining shaxsiy yondashuvini va pedagogik qo'llab-quvvatlashini to'liq almashtira olmaydi. Ayrim holatlarda, o'quvchilar murakkab mavzularni tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Ta'lim sifatining nazorati: Onlayn manbalarning sifati va mazmuni o'zgaruvchan bo'lishi mumkin, va har doim ham ta'lim standartlariga mos kelavermaydi. Bu o'quv materiallarining sifatini ta'minlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Diqqatni jamlay olmaslik: Internetda haddan tashqari ko'plab chalg'ituvchi omillar mavjud, bu esa bolalarning diqqatini ta'limiy faoliyatdan boshqa narsalarga qaratishi mumkin.

Shu sababli, ta'limiy veb-saytlardan foydalanishni rejalashtirishda, bu kabi muammolarni inobatga olish va ularga yechim topish uchun zarur choralar ko'rish muhimdir.

Bundan tashqari, boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari dars jarayonlarida veb-saytlardan foydalanishning bir qator ijobiy ta'sirlarini ham sanab o'tish joiz. O'quvchilarning veb-saytlardan foydalanishi olgan bilimlarini munatazam oshirib borish imkoniyatini beradi bu esa o'z-o'zini boshqarish qobiliyatlarini va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini rivojlantiradi. Turli o'qitish usullarini qo'llash orqali turli xil o'rganish uslubiga ega bo'lgan o'quvchilar qiziqishlarini oshiradi. O'quvchilar istalgan vaqtda va istalgan joyda o'z bilimlarini oshirishlari ta'lim olishning moslashuvchanligiga ijobiy ta'sir etadi. Ta'limiy veb-saytlar o'quvchilarning o'rganish sur'atlariga moslashuvchanligi sababli o'rganish jarayonini shaxsiylashtiradi va ularning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini osonlashtiradi. Internet orqali ta'limiy materiallarga kirish imkoniyati kengayganligi bois o'quvchilar turli mavzular va fanlar bo'yicha chuqurroq bilim olishadi. Ko'plab ta'limiy veb-saytlar o'quvchilarga bir-birlari bilan va o'qituvchilar bilan onlayn muloqot qilish imkoniyati bergani sababli bu ularning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantiradi va turli mamlakatlardan mansub tengdoshlari bilan bilim va tajriba almashishlarini ta'minlaydi.

Shunday qilib, ta'limiy veb-saytlar boshlang'ich sinflardagi o'quvchilarning ta'lim olish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va ularni zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlaydi.

Bu toifadagi veb-saytlardan ba'zi birlarini ko'rib chiqamiz:

l.O'quvchilarda matematika va til o'rganishni rivojlantirivchi vebsaytlar:

Starfall -Starfall kompaniyasiga bolaligida disleksiya tufayli o'qishni o'rganishda qiynalgan doktor Stiven Shuts asos solgan. U bolalarga o'rganayotganda ko'rish, eshitish va teginish imkonini beradigan vaqtsiz, multisensorli interaktiv o'yinlar bilan o'quv platformasini yaratishga undadi. Starfall sinfda o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va 2002 yil avgust oyida bolalarni o'qishga o'rgatish uchun bepul davlat xizmati sifatida ochilgan.

PBS Kids- til va matematika ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berish uchun "Curious Jorj" va "Sesame Street" kabi mashhur PBS shoularidan o'quv o'yinlari va videolarini taklif qiladi. (PBS KIDS sifatida stilize qilingan) Qo'shma Shtatlardagi Public Broadcasting Service (PBS) tomonidan efirga uzatiladigan ko'pchilik bolalar dasturlari brendidir. Maqsadli auditoriya 2 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan bolalardir. PBS Kids brendi dasturlari har kuni ko'pgina mahalliy PBS stantsiyalarida kunduzgi blokda, odatda ertalab rejalashtirilgan, alohida 24/7 kanalga qo'shimcha ravishda efirga uzatiladi (ba'zan PBS Kids Channel yoki PBS Kids 24/7 deb ataladi).

2.O'quvchilarda o'qish, matematika, ijtimoiy tadqiqotlar, sog'liqni saqlash, texnologiya, fan va san'atda doir veb-saytlar:

ABCmouse.com- o'qish, matematika, fan va san'atga qaratilgan o'yinlar, qo'shiqlar va tadbirlardan iborat keng qamrovli o'quv dasturini taklif etadi. ABCmouse.com Early Learning Academy edtech kompaniyasi Age of Learning, Inc. tomonidan yaratilgan 2-8 yoshdagi bolalar uchun raqamli ta'lim dasturidir.Dastur o'quv va til san'ati, matematika, ijtimoiy tadqiqotlar, musiqa va san'atni o'z ichiga oluvchi o'quv o'yinlari, videolar, boshqotirmalar, bosma materiallar hamda muntazam va "ovozli o'qiladigan" bolalar kitoblari kutubxonasini taklif etadi.ABCmouse

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

hozirda 10 000 dan ortiq o'quv faoliyati va Learning Path bo'yicha 850 ta darsdan iborat bo'lib, dasturdan onlayn yoki oflayn rejimda foydalanish mumkin.

BrainPOP Jr. - fan va ijtimoiy tadqiqotlardan tortib san'atgacha bo'lgan keng ko'lamli mavzularda o'quv videolari, o'yinlar va tadbirlarni taklif qiluvchi ta'lim resursi. Bu bolalar bog'chasidan uchinchi sinfgacha bo'lgan o'quvchilar uchun obunaga asoslangan o'quv video, o'yin va faoliyat sayti. Asosiy sahifa matematika, o'qish va yozish, fan, ijtimoiy tadqiqotlar, sog'liqni saqlash, san'at va texnologiyaga bo'lingan.

3.O'quvchilar va ota-onalar uchun mo'ljallangan geografiya, botanika va tabiiy fanlarga oid veb-sayt:

National Geographic Kids- (ko'pincha Nat Geo Kids laqabini oladi) — National Geographic Jamiyati tomonidan chop etiladigan bolalar jurnali. Uning birinchi soni 1975-yil sentabr oyida National Geographic World asl nomi ostida chop etilgan (uning o'zi 1919-1975 yillardagi o'quv yilida har hafta nashr etiladigan ancha eski National Geographic maktabi byulleteni o'rnini egalladi; hozirda National Geographic. National Geographic sinfda foydalanish uchun alohida jurnal chiqaradi. Geographic Explorer, turli sinflar uchun to'rtta alohida nashrda.

4.O'quvchilardageografiya, kimyo, fizika, iqtisod, mantiq, xotira va e'tiborni kuchaytirish uchun foydalaniladigan veb-saytlar ro'yxati:

Aql labirint (umalab.ru) - boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarda mantiq, e'tibor va xotirani rivojlantirish uchun o'quv o'yinlari va vazifalari bilan interaktiv portal. To'plamlar bolalarning idrokini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida foydalanish uchun moslashtirilgan. Xavfsiz muhitda mustaqil tadqiqot o'tkazish va turli tajribalar o'tkazish imkonini beradi

"Quyosh" bolalar portali (solnet.ee) - mantiq, xotira va e'tiborni rivojlantirish uchun o'quv o'yinlari, ertaklar, qo'shiqlar va vazifalarga ega bolalar uchun veb-sayt. "Quyosh" -solnet®.ee - bu bolalar, ota-onalar va o'qituvchilar uchun kundalik ta'lim va ko'ngilochar portal.

Veb-sayt o'quv kompyuter o'yinlari va video darslarni nashr etadi; multfilmlar va rang berish kitoblari; geografiya, kimyo, fizika, iqtisod, chet tillari bo'yicha bolalar uchun darslar; o'quv va bayram devor gazetalarining original maketlari; bolalar partiyalari uchun stsenariylar; bolalarni rivojlantirish va o'qitish haqida maqolalar. Fotosurat, chizmachilik, hunarmandchilik, she'r va hikoyalar bo'yicha viktorina va tanlovlar o'tkazilmoqda.

Xulosa. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, boshlang'ich sinf o'quvchilarning sinfdan tashqari dars jarayonida kognitiv faolligini oshirishda ta'limiy veb-saytlardan samarali foydalanish o'zining ijobiy natijalar berishini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari ta'limiy veb-saytlardan oqilona va mas'uliyat foydalanish orqali ta'lim jarayonini boyitish va o'qituvchi hamda o'quvchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish ham mumkin bo'ladi. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida bu saytlar orqali o'quvchilar o'quv fanlari mazmunini tushunish va mustaqil o'rganish imkoniyati orqali bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari ham mavjud. Ushbu ta'limiy veb-saytlar o'ziga xos darslik va video darslar orqali bir nechta mavzularni o'rganish va mashq orqali bilimlarni sinash ham mumkin. Bu esa turli yangi bilimlarni o'rganish va esda saqlab qolish uchun katta yordam beradi.

REFERENCES

1. G.I. Shukin, Talabalarning kognitiv qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik

2. muammolari: darslik - M.: Pedagogika, 2008. - 296 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

3. Ковалёва A. Г. Использование информационно-компьютерных технологий при обучении в начальной школе. 2006.

4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 167-168.

5. KolominskiyYa.L. Pedagogicheskaya diagnostika v shkole. - Moskva, 1987. - 223 s.

6. "Kognitiv faoliyatning o'rganish jarayonlari va xususiyatlari": A. Ismoilov

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.