Научная статья на тему 'TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI'

TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
290
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / nutq o‘stirish / qobiliyat / usul / bolalar / o‘yin / ta’lim-tarbiya / kompyuter / tafakkur / ijodiy qobiliyat. / didactics / speech development / skill / method / children / game / learning / computer / thinking / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Boychayeva

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarini bilim saviyasini oshirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish, didaktik o‘yinlarning asosiy turlari, o‘quvchilar o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat qilishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DIDACTIC GAMES IN INCREASING THE EFFICIENCY OF EDUCATION

This article discusses the use of didactic games to increase the level of knowledge of primary school students, the main types of didactic games, as well as the fact that students show interest during the game.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARNING O'RNI

Boychayeva Sharifa Saidkulovna

Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7344807

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini bilim saviyasini oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanish, didaktik o'yinlarning asosiy turlari, o'quvchilar o'yin vaqtida qiziqish bilan harakat qilishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: didaktika, nutq o'stirish, qobiliyat, usul, bolalar, o'yin, ta'lim-tarbiya, kompyuter, tafakkur, ijodiy qobiliyat.

РОЛЬ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматривается использование дидактических игр для повышения уровня знаний учащихся начальных классов, основные виды дидактических игр, а также тот факт, что учащиеся проявляют интерес во время игры.

Ключевые слова: дидактика, развитие речи, умение, метод, дети, игра, обучение, компьютер, мышление, творческие способности.

THE ROLE OF DIDACTIC GAMES IN INCREASING THE EFFICIENCY OF

EDUCATION

Abstract. This article discusses the use of didactic games to increase the level of knowledge of primary school students, the main types of didactic games, as well as the fact that students show interest during the game.

Keywords: didactics, speech development, skill, method, children, game, learning, computer, thinking, creativity.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Shu maqsadda biz siz bilan ta'lim jarayonini oshirishda diaktik o'yinlarning o'rni haqida suhbatlashim o'tmoqchimiz.

Didaktik o'yinlar texnologiyalari o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Didaktik o'yinlarning asosiy turlari: Intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy ahloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim -tarbiya jarayonida asosan o'quvchilarda ta'lim olish motivlarini, ularning turli yo'nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan didaktik o'yinlardan foydalaniladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Didaktik o'yinlar intellektual metodlarning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa unda atrof - muhit, hayotga bo'lgan qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha, turlari bo'yicha ajratiladi. Didaktik o'yinlar o'quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq odob o'rgatish, yangi bilimlar o'rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlarga ajratiladi.

Didaktik o'yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo'lgan ta'lim -tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko'zda tutiladi. Turli o'quv fanlariga oid didaktik o'yinlar mavjud bo'lib, ular shu fanlarni sifatli o'rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.

Umumiy o'yinlar nazariyasiga, mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli konsturuktiv, didaktik, sport va harbiy o'yinlariga ajratiladi. Bularning orasida ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o'ringa ega. O'yinlar kichik yoshdagi o'quvchilarni asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolok olimlar tomonidan shu yosh davridagi o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini o'rganish va yanada oshirish bo'yicha izlanishlar olib borilishiga sabab bo'ldi.

Boshlang'ich sinf darslarida bolalarni darsga qiziqtirishimiz uchun turli ta'limiy o'yinlardan foydalansak maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bola o'yin orqali fanga qiziqib boradi va shu fanni yaxshi o'zlashtiradi. Yana darsda turli tarqatma vositalaridan ham foydalanish yaxshi natijalarni beradi. Men o'z darslarimda turli ta'limiy o'yinlardan foydalanishga harakat qilaman. Misol tariqasida ko'rsatib o'tsam.

Hayvonlarning xilma xilligi

£

f■ — ' if^ ^ m

Baliqlar. Qushlar. Sut emizuvchilar. Chuvalchanglax. Mollvuskalar. Qisqichbaqasimonlar. Uchub vuruvchilar.

O'rgimchaksimonlar. Suvda va quruqlikda vashovchilar, Sudralib vuruvchilar Hasharodar. Tuxum qo'vuvchilar

Umurtqali hayvonlar

Umurtqasiz hayvonlar

MToe

Ushbu tarqatmali ta'limiy o'yinda bolalar qiziqib vazifalarni bajarishadi. Bunda umurtqali va umurtqasiz hayvonlarni topishadi va sinflarga ajratib o'z kataklariga joylashtirishadi. E'tobor berib ko'rsangiz berilgan javoblarda noto'g'ri bo'lgan javoblar ham bor.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilar shu noto'gri javoblardan to'g'rilarini ajratib topishlari hamda berilgan katakchalarga ularni yoszishlari kerak. Kim kataklarni to'g'ri to'ldirib yozishsa shu guruh g'olib hisoblanadi. Ushbu ta'limiy o'yin texnologiyasi o'quvchi faoliyatini oshirishga va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta katta yordam beradi.

Umuman olganda ta'limiy o'yinlar boshlang'ich sinflarda ta'limning samarali bo'lishiga, o'quvchilarning uquv-bilish faoliyatini muvoffaqiyatli boshqarishga, fanlardan nazariy bilimlarni oson egallashlariga, ulaning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirib boradi. Har bir ta'limiy o'yinning o'ziga xos ko'ngilochar tomoni bor. Bir nechta o'quv fanlarining kognitiv elementlarini o'z ichiga olgan o'yinlar mavjud.

Didaktik o'yin qanchalik mohirona tuzilgan bo'lsa, didaktik maqsad shunchalik mohirona yashiringan bo'ladi. O'quvchi beixtiyor o'ynab, o'yinga kiritilgan bilimlar bilan ishlashni o'rganadi. Eng yaxshi didaktik o'yinlar o'z-o'zini o'rganish prinsipi asosida tuzilgan, va o'quvchini bilim va ko'nikmalarni egallashga yo'naltiradi.

O'yin nafaqat bola uchun zavq va quvonchdir, bu o'z-o'zidan juda muhimdir, uning yordami bilan biz uning e'tiborini, xotirasini, tafakkurini, tasavvurini rivojlantira olamiz. O'yin orqali bolaning yangi bilim, ko'nikmalarni egallashi, qobiliyatlarni rivojlantirishi mumkin.

Didaktik o'yinlar ta'limning ko'rgazmaliligini, o'qituvchining nutqini va bolalar harakatini o'z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko'rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug'iladi. Bu esa o'qituvchining aytganlarini bolalarning o'ylab olishiga va o'sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya'ni didaktik o'yinlar qoidalarini o'quvchilarning o'zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o'yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o'quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o'yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.

Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki, boshlang'ich ta'limda didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilarni muloqot qilish ko'nikma va malakalarini, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantiradi, tafakkur doirasini kengaytiradi, nutq faoliyatini kengaytiradi va o'quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi deb o'ylayman.

REFERENCES

1. Atayeva N., Salayeva M., Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013 y.

2. Avliyaqulov N., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. T., 2008 y.

3. Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta'lim nazariyasi). O.O'Yu uchun qo'llanma.T., Sharq, 2006y.

4. Mavlonova R. , Vohidova N. , Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 746 tarixi. „Fan-texnologiya" T., 2010y.

5. Mahmudov A.X. Uzluksiz ta'lim jarayoniga kompetentlik yondoshuvini joriy qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta'lim. 2012y.

6. Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarida inovasion faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish yo'llari. //Uzluksiz ta'lim, 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.