Научная статья на тему 'O`QUVCHILARNI NUTQIY VA KREATIV KOMPETENTLIGINI O’STIRISHDA TA’LIMIY O’YINLARDAN FOYDALANISH'

O`QUVCHILARNI NUTQIY VA KREATIV KOMPETENTLIGINI O’STIRISHDA TA’LIMIY O’YINLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlik / integratsiya / innovatsiya / texnologiya / ta‟limiy o‟yinlar / interfaol / ijtimoiy faollik / zamonaviy yondashuvlar / interaktiv metodlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ra’Noxon Hoshimova

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda hamda nutqiy va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ta'limiy o'yinlardan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning usul va yo'llari yoritilgan bo‟lib, unda uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ularning qo'llanilishi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARNI NUTQIY VA KREATIV KOMPETENTLIGINI O’STIRISHDA TA’LIMIY O’YINLARDAN FOYDALANISH»

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O QUVCHILARNI NUTQIY VA KREATIV KOMPETENTLIGINI O'STIRISHDA

TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISH

Ra'noxon Hoshimova

Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda hamda nutqiy va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ta'limiy o'yinlardan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning usul va yo'llari yoritilgan bo'lib, unda uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ularning qo'llanilishi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, integratsiya, innovatsiya, texnologiya, ta'limiy o'yinlar, interfaol, ijtimoiy faollik, zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida (1-4-sinf) boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishning asosiy maqsadi - o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida oqish fanini o'qitishning asosiy vazifasi: o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga, o'z fikrini og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o'quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so'zning tarkibi, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda oqishning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to'g'ri va ravon bayon eta olish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Boshlang'ich ta'limning oqish fani o'quv dasturi o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan Davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o'quv dasturida 1-4-sinf o'quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko'zda tutilgan.

Boshlang'ich ta'limda - o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ularni og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishga o'rgatishdan iborat. Mazkur oqish o'quv dasturi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

1. Savod o'rgatish va nutq o'stirish.

17-aprel, 2024

126

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.

Savodga o'rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo'lgan muddatni, ya'ni ikki o'quv choragini qamrab oladi. Savodga o'rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta'lim savodga o'rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o'rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko'ra matndan gap, gapdan so'z, so'zdan bo'g'in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo'g'in > so'z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo'lakka, bo'lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o'quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang'ich ta'limning ilk savodga o'rgatish davridanoq, o'quvchilar nutqini yangi so'zlar hisobiga boyitishga alohida e'tibor qaratiladi.

"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so'zlar, matn, kichik hikoya va she'rlardan foydalanib, o'quvchilarni so'z ma'nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she'riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e'tibor beriladi. Sinfdan tashqari o'qish darslari o'quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o'qishga, o'qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o'qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang'ich ta'limning ilk savodga o'rgatish davridanoq, o'quvchilar nutqini yangi so'zlar hisobiga boyitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Oqish erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O^qish (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: Nutq va gap.

Oqishning fonetik tizimi:

nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);

bo'g'in va bo'g'in tuzilishi, so'zlarni bo'g'inlab ko'chirish. So'z va so'z ma'nolari (lug'aviy tahlil: bir ma'noli so'zlar, qarama-qarshi ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar);

So'z tarkibi: asos va qo'shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o'zgarishi, asos va qo'shimchalar imlosi;

So'z ma'nosi: so'zlarning ma'nosiga ko'ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so'zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog'ini va tartibini bildiruvchi so'zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so'zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).

127

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko'ra turlari (darak, so'roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so'roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko'p nuqta;

gapning gap bo'laklariga ko'ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo'laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to'ldiruvchi bo'laklar (ikkinchi darajali bo'laklar - ularning turi va nomlaridan mustasno);

gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi, so'z birikmasi, gapning uyushiq bo'laklari, ularning o'zaro bog'lanishi (ohang, bog'lovchi so'zlar yordamida);

Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bay on, kichik hikoya;

Husnixatga o'rgatish. Husnixatga o'rgatishning vazifasi harf, so'z, gap va matnni to'g'ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o'rganish jarayonida o'quvchi tovushning shakli bo'lgan harfni, so'z va gapni kitobdan va doskadan to'g'ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo'l qo'ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o'qituvchi rahbarligida o'zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko'nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o'quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir o'qish darsining 5-8 daqiqasi "Husnixat daqiqasi"ga ajratiladi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf fanlarini o'rgatishda ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o'quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo'naltirilgan o'quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv dasturiga moslashtirildi. Bu esa o'quvchilarni ham nutqiy, ham kreativ kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010- yil 1- iyuldagi "Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to'g'risida" gi 6/2/4/1-sonli qo'shma hay'at majlisi qarori.

2.Abdullayeva K.R. Xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmlari. Diss.Namangan. 2023.

3. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: «O'zbekiston». 1998. 4.Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: «Fan». 2013.

128

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.