Научная статья на тему 'SAVOD O‘RGATISH DAVRI, UNDA FOYDALANILADIGAN METODLARNING QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI'

SAVOD O‘RGATISH DAVRI, UNDA FOYDALANILADIGAN METODLARNING QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
14
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Savod o‘rgatish davri / boshlang‘ich sinf / metod / alifbe / elementar o‘qish / o‘qish / yozish.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Yusupova Gulsanam, Yaxshiliqova Madina, Uzoqova E’Zoza

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davrida o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan turli metodlar, ularning qiyosiy-tanqidiy tahlili haqida bayon qiladi. Bundan tashqari savod o‘rgatish metodlaridan qanay foydalanish tamoyillari hamda savodga o‘rgatishdagi alifbegacha va alifbe davlari haqida ham qisqacha so‘z yuritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAVOD O‘RGATISH DAVRI, UNDA FOYDALANILADIGAN METODLARNING QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

SAVOD O'RGATISH DAVRI, UNDA FOYDALANILADIGAN METODLARNING

QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Yusupova Gulsanam, 3Yaxshiliqova Madina, 4Uzoqova

E'zoza

1Nizomiy nomidagi TDPU, Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2'3'4Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11073184

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o 'quvchilariga savod o'rgatish davrida o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan turli metodlar, ularning qiyosiy-tanqidiy tahlili haqida bayon qiladi. Bundan tashqari savod o'rgatish metodlaridan qanay foydalanish tamoyillari hamda savodga o'rgatishdagi alifbegacha va alifbe davlari haqida ham qisqacha so'z yuritadi.

Kalit so'zlar: Savod o'rgatish davri, boshlang'ich sinf, metod, alifbe, elementar o'qish, o'qish, yozish.

Savod o'rgatish ona tili o'qitishning eng qadimiy tarmog'idir. Uning hikoyasi murakkab va ibratli sanaladi. O'tmishning eng ko'zga ko'ringan o'qituvchilari K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, V.P.Vaxterov va boshqalar bu masalada ko'pgina izlanish olib borgan hamda amaliyoytga joriy etgan olimlardir. Ya'ni boshlang'ich savodxonlik — o'qish va yozish qobiliyati ommaviy ta'limning kaliti ekanligini ta'kidlash barobarida; asrlar davomida ommaning bilim nuri sari yo'lidagi yengib bo'lmas to'siq bo'lib kelganligini aytishgan. Shu boisdan ham busungi kunda yosh avlod vakillarining savodini chiqarishda ilk bo'g'in sanalgan boshlang'ich ta'limning savod o'rgatish davrida o'qituvchiga qo'shimcha yordamchi vazifasini bajarib beruvchi metodlar, texnologiyalarning mazmunini chuqur bilish joiz. Va albatta, ulardan o'rinli hamda to'g'ri foydalanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining alifbeni o'rganishida qulayliklarni yaratib beradi.

Maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. "Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rgatiladi, ya'ni o'qish va yozish ko'nikmasini egallaydilar. Bunda savod o'rgatish davri asosiy davr sanaladi.

Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi. Bu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.

O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o'tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.

O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Mazkur jarayonlarda turli metodlardan foydalanish o'quvchilarda bilim olishning samradorlik darajasini ko'tarishga hissa qo'shadi. Quyida savod

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'rgatish davrda qo'llash mumkin bo'lgan ayrim metodlarning tahlili ustada fikrlar bildirish o'rinli den topildi.

Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi

Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi an'anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida vujudga kelgan tamoyillarga ega.

Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli bo'lishini talab etadi.

2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo'linadi. Bunda yozuvga o'rgatish o'qishga o'rgatish bilan parallel holda olib boriladi.

3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

a) savod o'rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;

b) o'qish birligi sifatida bo'g'in olinadi, bo'g'in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. mumkin.

Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo'linadi:

- alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);

- alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o'quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o'stirishga oid mashqlar o'tkazib, fonematik eshitishni o'stirishdan iboratdir.

Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo'linadi:

1. Harf o'rganilmaydigan bosqich (1 hafta).

2. Unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (1 hafta).

Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, "Alifbe" sahifalaridagi so'zlarning talaffuzi, o'qilishi va ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).

2-bosqichda unli tovush-harflar o'rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o'quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.

Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma'lumotlar kitob ochtirilmay beriladi.

Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o'quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.

O'quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo'g'in tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.

3) o'rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (') va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-tilkabi).

Xulosa qilib aytish mumkinki, savod o'rgatish davri murakkab davr ekanligini hamisha o'qituvchi inobatga olish amaliy ish ko'rishi lozim. Va bunda albatta, qo'llaydigan metodlarining mazmunini chuqur bilib, o'rinli foydalanishi o'quvchilarni zarikib qolmasligini ta'minlaydi. Bunyan tashqari o'quvchilarning tez fursatda savod chiqarib, alifbeni o'rganish borasidagi bilim, ko'nikmalarini tezda rivojlantiradi ham.

REFERENCES

1. Qosimova K., Matjonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.

2. G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.

3. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b. https://scholar.google.ru/citations7view op=view citation&hl=ru&user=LrrORX0AAAAJ& cstart=20&pagesize=80&citation for view=Lrr0RX0AAAAJ:3s1wT3WcHBgC

4. Qosimova Aziza Farhod qizi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. Boshlang'ich ta'limda xalqaro baholash tajribasi: muammo, yechimlar, istiqbollari. 326-330-betlar. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=DuLpmPQAAAAJ & citati on_for_view=DuLpmPQAAAAJ: d 1 gkVwhDpl0C

5. Nuradilova Aselxan Dilshodxo'ja qizi.O'quvchilar nutqini to'g'ri shakllantirishda pedagogik tarbiyaning ahamiyati. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=n79KHFoAAAAJ &citation for view=n79KHFoAAAAJ:W70EmFMy1HYC

6. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, Oct.(2023) https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.