Научная статья на тему 'SAVOD O‘RGATISH O`QISH DARSLARIDA O`QUVCHILARNI TA`LIMNING KEYINGI DAVRIDA O‘QISH KO`NIKMA VA MALAKALARNI EGALLASHGA TAYYORLASH'

SAVOD O‘RGATISH O`QISH DARSLARIDA O`QUVCHILARNI TA`LIMNING KEYINGI DAVRIDA O‘QISH KO`NIKMA VA MALAKALARNI EGALLASHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6759
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SAVOD O'RGATISH / TO'G'RI / ONGLI / IFODALI O'QISH / TIL BIRLIKLARINI (TOVUSH / BO'G'IN / SO'Z / GAP) FARQLASH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulyamova X.

shbu maqolada boshlang`ich sinflarda savod o`rgatish davrida“Alifbe” darsligi asosidagi o`qish darslari ta`limning keyingi davrida o`quvchilarning o`qish ko`nikma va malakalarini egallashlariga tayyorlovchi o`qish usullari xususida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LITERACY TEACHING IN CLASSES STUDENTS 'LEARNING SKILLS IN THE NEXT PERIOD OF EDUCATION AND PREPARATION OF QUALIFICATIONS

In this article, reading lessons on the basis of the textbook “Alphabet” in the period of teaching literacy in primary classes are mentioned about the methods of reading that prepare students for the acquisition of reading skills and skills in the later period of Education.

Текст научной работы на тему «SAVOD O‘RGATISH O`QISH DARSLARIDA O`QUVCHILARNI TA`LIMNING KEYINGI DAVRIDA O‘QISH KO`NIKMA VA MALAKALARNI EGALLASHGA TAYYORLASH»

Gulyamova X. Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o^qituvchisi

SAVOD O'RGATISH OQISH DARSLARIDA OQUVCHILARNI TALIMNING KEYINGI DAVRIDA O'QISH KO NIKMA VA MALAKALARNI EGALLASHGA TAYYORLASH

Annotatsiya: shbu maqolada boshlang^ich sinflarda savod o^rgatish davrida "Alifbe" darsligi asosidagi o^qish darslari talimning keyingi davrida o^quvchilarning o^qish ko^nikma va malakalarini egallashlariga tayyorlovchi o^qish usullari xususida so z yuritiladi.

Kalitso\lar: savodo^rgatish, to'g'ri, ongli, ifodali o'qish, til birliklarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash.

LITERACY TEACHING IN CLASSES STUDENTS 'LEARNING SKILLS IN THE NEXT PERIOD OF EDUCATION AND PREPARATION

OF QUALIFICATIONS

Gulyamova Khalida Chirchik State Pedagogical Institute

senior teacher

Abstract: In this article, reading lessons on the basis of the textbook "Alphabet" in the period of teaching literacy in primary classes are mentioned about the methods of reading that prepare students for the acquisition of reading skills and skills in the later period of Education.

Key words: teaching literacy, correct, conscious, expressive reading, distinguish Language units (sound, syllable, word, sentence).

Ma'lumki, savod o'rgatish jarayonidagi o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, mantiqiy tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi.

Savod o'rgatish tayyorlov davri o'qishga o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqini eshitish, diqqatni to'plash, til birliklarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.

O'qishga o'rgatish uchun, avvalo, o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:

1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

2. So'z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O'qituvchi oy rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini -so'zni aytadi. O'qituvchi o tovushini cho'zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. SHundan so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

3. O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. SHu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi.

O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda chizmalar asosida bo'g'inlab o'qitish, kesma bo' g' inlar asosida o' qitish, kesma bo' g' inlarni boshqasi bilan almashtirib o' qitish, bo'g'indagi bir tovushni almashtirib o'qitish ("Kun va tun" oyinidan foydalanib: bol / xal - ta) usullaridan foydalanish mumkin. Uch tovushdan tuzilgan bo'g'inlarning oxirgi tovushini punktirlar (nuqtalar) bilan ajratib o'qitish (ti:l, no:n, la:b, cho:y), o'qishni yengillashtirish usullari orqali o'qishni mashq qildirish samarali natija beradi.

Shuningdek, alifbe multimediasi asosida tovush-harf bilan tanishtirish, harflarni, bo'g'inlarni qo'shib o'qishni mashq qildirish o'quvchilarning o'qishni o'rganishlarini tezlashtiradi. Multimedia orqali bola o'ynab turib o'qishni mashq qiladi. Uning ko'z o'ngida jonli jarayon namoyon bo'ladi. Mavhum narsalar uning ko'z o'ngida aniq gavdalanadi. Multimedia qahramonlariga ergashib, o'qishni mashq qiladi, fikrlashi tezlashadi. Bunda "Alifbe" sahifalaridagi so'zlarning oldin bo'g'in tarkibini o'qish, so'ng so'zni yaxlit o'qishlari o'qish sifati samaradorligini oshiradi.

O'qituvchining namunali o'qishidan so'ng birgalikda ovoz chiqarib o'qitish, yakka-yakka o'qitish, shivirlab o'qitishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o'qiydigan o'quvchilar bo'lgan sinflarda xor bilan o'qitish o'qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o'quvchilarining o'qish ko'nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so'zlarni xattaxtada bo'g'inlarga bo'lib yozish, o'rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo'shimcha so'z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o'qitish usuli o'quvchilarning tushunib o'qishlarini ta'minlaydi.

Ma'lumki, "Alifbe" sahifalarida bo'g'in tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun o'qituvchi har bir bo'g'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarini belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to'rt tovushdan tuzilgan bo'g'inlarni o'qishga o'rgatish ham o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lov, Man-non tipidagi bo'g'inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo'shimcha chiziqdan, bodring, do'st tipidagi bo'g'inlarda bo:d-ri:ng, do':s:t tarzidagi qo'shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So'zlarni o'qishga o'rgatishda jadvallar ham yaxshi samara beradi:

u k ki

t ul ki lar

la y lak lar n i

Umuman olganda, har bir o'qish darsida albatta bo'g'in tuzilishi murakkab bo'lgan so'zlarni o'qish mashqi o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.

O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiradi. O'quvchi tushirib qoldirilgan harf yoki so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining rag'batiga sazovor bo'lishga intiladi.

"Alifbe" darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O'quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to'xtam (pauza) qilish o'rinlarini belgilab olishi zarur. Bunda ham o'qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o'qilgan matn mazmuni tushunarli bo'ladi.

Har bir predmetda bo'lgani kabi o'qish darslarida ham ta'lim-tarbiya birligiga e'tibor beriladi. O'qish darslarida tarbiya o'qilgan matnning ongli o'zlashtirilishiga bog' liq. Birinchidan, o'quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o'zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo'lish uchun o'qishning zarurligini anglaydi. SHuning uchun ongli o'qishni ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o'rtasidagi bog' lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?

2.Rasmda nima tasvirlangan? Rasm bilan matn orasida bog'lanish bormi?

3. Matn mazmunini rasmga qarab so'zlab bering.

4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?

5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?

Demak, o'qish o'qilganlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g'oya o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi, so'z va matnlar yod olingan taqdirda ham o'quvchiniki bo'lib qoladi.

Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qishga xizmat qiladi. SHaroitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish zarur. Bunday holat "Alifbe" dan yoki harf terish matosidan o'qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, "Qishda qushlar qayerga uchib ketadi?" (harf terish matosida: "Qushlar issiq o'lkalarga uchib ketadi"). Bu kabi tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi.

Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq ohanggini, hatto, orfoepik to'g'ri o'qishni bilmaydilar. O'quvchilar so'zning harfiy shaklidan aynan nusxa ko'chirib, orfografik o'qiydilar. O'quvchilar orfografik o'qishdan asta-sekin orfoepik o'qishga o'tkaziladi. Orfoepik o'qishga o'rgatishda qayta o'qitish usulidan foydalaniladi. SHuning uchun analitik o'qish bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi.

Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o'quvchilarning o'qish imkoniyati hisobga olinadi) amalga oshiriladi.

O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko'rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog'lash lozim. SHunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi.

Ongli o'zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlarning ma'nosi bilan tanishtirish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga yordam beradi.

She'r, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod oldirish ham o'quvchilarning o'qishga qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining uchdan ikki qismi o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.

Yangi tovush va harf o'rganiladigan o'qish darsida asosiy ish turlari quyidagilar:

1. O'rganiladigan yangi tovushli so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplar ichidan tahlil orqali ajratib oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning chizmasi -modeliga asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikul-yatsiyasi - nutq organlarining tovush chiqarishdagi holati aniqlanadi va talaffuzi mashq qilinadi.

2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar jadvali o'qitiladi.

3. So'zlarni avval xattaxtadan, keyin "Alifbe"dan o'qitish. Harf va bo'g'inlaridan harf terish kartonida so'z va gap tuzish va ularni o'qish, so'z ma'nosi ustida ishlash.

4. Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qitish, rasmning matn mazmuni bilan bog'liqligini aniqlash.

5. Savollar va rasm asosida matn mazmunini qayta hikoyalatish, rasm asosida matn mazmunini to'ldirish, mantiqiy mashqlar yordamida lug'atini boyitish, ulardan nutqida foydalanish ko'nikmasini shakllantirish. Kesma bo'g'inlar asosida o'qilgan va ma'nosi izohlangan so'zlarni tuzdirish.

6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yangi o'rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfni o'rganishning ahamiyatini izohlash va hokazo.

V. O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush va harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlari amalga oshiriladi, shuningdek, qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil qilishga, ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o'rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan keng foydalaniladi.

S. Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'inda dastlab undosh, keyin esa unli o'qiladi, yopiq bo'g'inda esa unli bilan tugagan ochiq bo'g'inni o'qib, keyingi undosh o'qiladi va so'zni yaxlit o'qishga o'rgatiladi. Yangi so'z urg'usi qo'yilgan holda beriladi, bu uni o'qishga, bo'g'inlab o'qishdek sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) yordam beradi. Bunda yangi so'zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf bo'g'inlar yordamida yoziladi.

9. Darslikdagi sujetli rasm mazmunini o'qituvchi yo'llovchi savollari asosida so'zlatish, hikoya tuzish, undan asosiy fikrni ifodalovchi gapni ajratish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.

Yangi bo'g'in, so'z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so'zni xattaxtada va daftarda "yasash"ning ahamiyati juda katta. O'qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o'qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi, malaka puxta shakllantiriladi.

Bola endigina o'qishni boshlagan davrda qatorni yo'qotmasliklarini, shuningdek, so'zdagi birorta harfni yoki so'zni tushirib qoldirmaslik uchun xatcho'pdan (o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki lentacha) foydalanishga o'rgatish juda muhimdir. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasi sinf o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'rilashni talab qilish yo'li bilan hosil qilinadi. O'quvchilar bu talabni qiziqib bajaradilar, shu yo'l bilan ularning o'qishga e'tibori ortib boradi.

Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o'qish elementlarini shakllantirish o' quvchilarni o'qishning keying bosqichiga muvaffaqiyatli tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Matchonov S., Bakiyeva H., Gulyamova X. va b. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Ishonchli hamkor. 2021.

2. М.П. Воюшина, С.А.Кислинская, Е.В. Лебедева. Методика обучения литературе в начальной школе. -М.: -Академия. - 2010.

3. Маtchonov S., Shojalilov A., G'ulomova X. va b. O'qish kitobi. 4- sinf uchun darslik. -T.: Yangiyo'l poligraf servis. 2020.

4. Гуломова Х. Укувчиларнинг матн устида ишлаши.// Тил ва адабиёт таълими. 1994. №2-3.

5. Bakiyeva H. Boshlsng'ich sinflarda so'z ustida ishlash metodikasi. -T.: Istiqlol. 2013.

6. X.Gulyamova. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qish metodikasi. -T.: Xalq ta'limi. 2021. 2-son.

7. X.G'ulomova. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida maqollar estetikasi. MуFаллим хам узлуксиз билимлендириу. 2021. 1- сон.

5. Наримбетова, З. А., Сытина, Н. (2021). Учитель -нравственный пример для ученика. Academic research in educational sciences, 2(1), 1153-1159.

6. Eshkaraev, K., Norimbetova, Z. (2020). Methodological recommendations for organizing and holding mathematical circles. European Scientific Conference, 248-250.

7. Norimbetova, Z. A. (2020). Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida geometriya fanini o'qitish metodikasi (10-11-sinflar misolida). Science and Education, 1(7).

8. Narimbetova, Z. A. (2020). Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omil. Academic research in educational sciences, 1(3), 1253-1261.

9. Narimbetova, Z., Makhmudova, D. (2020). Developing creative competence through the formation of scientific generalization in students. International Journal of Psychosocial Rehabilitation ISSN, 1475-7192.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.