Научная статья на тему 'Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish'

Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8627
1596
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ona tili / savod / savodxonlik / o’qish / muallim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazira Otabayevna Nurjonova

Savod o’rgatishning birinchi kunlaridanoq o’qish ongli bo’lishi, bolalarni ongli o’qishga o’rgatish juda muhim. So’roqlar yordamida o’qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O’qishdan oldin o’tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o’qilgan matn yuzasidan o’tkazilgan suhbat ham shu maqsadga ongli o’qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o’qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat “Alifbe”dan yoki harf terish m atosidan, o’qiladigan topishm oqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish»

Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qishga o'rgatish

Nazira Otabayevna Nurjonova Qo'shko'pir tumani, 34-maktab

Annotatsiya: Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat "Alifbe"dan yoki harf terish m atosidan, o'qiladigan topishm oqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin.

Kalit so'zlar: ona tili, savod, savodxonlik, o'qish, muallim

Teaching students to read during literacy training

Nazira Otabayevna Nurjonova Koshkopir district, School №34

Abstract: From the first days of literacy education, it is very important to be conscious of reading, to teach children to read consciously. With the help of questions, it is determined and checked how the child understood what was read. Both the preparatory conversation before reading and the conversation about the read text serve this purpose - conscious reading. Depending on the circumstances, it is also necessary to create a problematic situation that requires children to read something. This situation can be created by using the alphabet or typing material, a readable riddle, or a hypothetical conversation that raises a problematic question.

Keywords: mother tongue, literacy, literacy, reading, teacher

Ma'lumki, savod o'rgatish jarayonidagi o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ulairning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi.Tayyorgarlik davri o'qishga o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqini eshitish, diqqatni

to'plash, til birliklarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.O'qishga o'rgatish uchun, avvalo, o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. H arf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:

1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

2. So'z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O'qituvchi oy rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini -so'zni aytadi. O'qituvchi o tovushini cho'zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. Shundan so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

3. O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nom ini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish mumkin: Bunda "Alifbe" sahifalaridagi so'zlarni oldin bo'g'inga bo'lish, so'ng o'qishni mashq qilish yaxshi sam ara beradi. O'qituvchining namunali o'qishidan so'ng birgalikda ovoz chiqarib o'qish, yakka-yakka o'qish, shivirlab o'qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o'qiydigan o'quvchilar bo'lgan sinflarda xor bilan o'qitish o'qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o'quvchilarining o'qish ko'nikm alaridan kelib chiqib, matndagi so'zlarni xattaxtada bo'g'inlarga bo'lib yozish, o'rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo'shim cha so'z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o'qitish usulidan ham foydalaniladi. Ma'lumki, "Alifbe" sahifalarida bo'g'in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o'qituvchi har bir bo'g'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarini belgilab olishi zarur. M asalan, uch tovushdan tuzilgan, to'rt tovushdan tuzilgan bo'g'inlarni o'qishga o'rgatish ham o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lov, Mart-non tipidagi

bo'g'inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo'shimcha chiziqdan, bodring, do'.tf tipidagi bo'g'inlarda bo:d-ri:ng, to':r:t tarzidagi qo'shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So'zlarni o'qishga o'rgatishda bo'lib o'qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.

Umuman olganda, har bir o'qish darsida, albatta, bo'g'in tuzilishi murakkab bo'lgan so'zlarni o'qish mashqi o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiradi. O'quvchi tushirib qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e 'tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining rahmatiga sazovor bo'lishga intiladi. "Alifbe" darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O'quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to'xtam (pauza) qilish o'rinlarini belgilab olishi zarur. Burida ham o'qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o'qish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o'qilgan matngina tushunarli bo'ladi. Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat "Alifbe"dan yoki harf terish m atosidan, o'qiladigan topishm oqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, Qishda qushlar qayerga uchib keladi? (harf terish matosida: Issiq o'Ikalarga uchib ketadi). Mana shu kabi tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi. Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq ohangini, hatto, orfoepik to'g'ri o'qishni ham bilmaydilar. Shuning uchun analitik o'qish bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi. Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o'quvchilarnig o'qishga tayyorgarliklaridagi fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi. O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilam ing ko'rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi.Ongli o'zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlarnig ma'nosi ustida to'xtalish, birinchidan, fikmi oydinlashtirsa, ikkinchi tom ondan matnni tushunishga ham

yordam beradi.She'r, tez aytish, topishm oq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod oldirish ham o'quvchilam ing o'qishga qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining uchdan ikki qismi o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B. M a'qulova, D. Nasriddinova. Kitobim - oftobim (1-sinfdantashqari o'qish kitobi). - T.: „0'qituvchi" N M IU, 2008.

2. Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar:Q. Abdullayeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N . Bikboyeva. -T.: 1994.

3. J. G'. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.- T.: „O'qituvchi", 2004.

4. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o'rgatish. - T.:,,0'qituvchi", 1960.

5. K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarnio'rgatish. - T.: 1964.

6. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. N e'matova. Ona tili (2-sinf uchun darslik). - T.: Cho'lpon, 2005.

7. K. Qosimova, A. N e'matova. 2-sinfda ona tili darslari. - T.:Cho'lpon, 2004

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

653

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.