Научная статья на тему 'O'QISH - SAVOD CHIQARISHNING ENG MUHUM OMILI'

O'QISH - SAVOD CHIQARISHNING ENG MUHUM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
234
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'QISH / SAVOD CHIQARISH / BOSHLANG'ICH TA'LIM / O'QUVCHILAR / METODLAR / BILIM

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasriddinova N.A., Otaxonova M.F., Quziboyeva O.O.

Ushbu maqolada kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qish mahoratlarini oshirish va ularni savodini chiqarish uchun samarali metodikalar va turli xildagi o’yinlar haqida ma’lumot berilgan. O’qish darslarini qiziqarli tashkillashtirish uchun harakatli o’yinlar tavsiflab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

READING IS THE MOST IMPORTANT FACTOR OF LITERACY

This article provides information on effective methods and a variety of games to improve the reading skills and literacy of young students. Action games are described to make reading lessons fun.

Текст научной работы на тему «O'QISH - SAVOD CHIQARISHNING ENG MUHUM OMILI»

Nasriddinova N.A.

"Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi

Otaxonova M.F. Quziboyeva O. O.

Boshlang'ich ta'limyo'nalishi 1- bosqich talabalari

Pedagogika fakulteti Guliston davlat universiteti

O'QISH - SAVOD CHIQARISHNING ENG MUHUM OMILI

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qish mahoratlarini oshirish va ularni savodini chiqarish uchun samarali metodikalar va turli xildagi o 'yinlar haqida ma'lumot berilgan. O'qish darslarini qiziqarli tashkillashtirish uchun harakatli o 'yinlar tavsiflab o'tilgan.

Kalit so'zlar: o'qish, savod chiqarish, boshlang'ich ta'lim, o'quvchilar, metodlar, bilim.

READING IS THE MOST IMPORTANT FACTOR OF LITERACY

Nasriddinova N.A.

teacher

department "Methods of primary education "

Otakhonova M.F. primary education 1st year students

Kuzibayeva O. O. primary education 1st year students Faculty of Pedagogy Gulistan State University

Annotation: This article provides information on effective methods and a variety of games to improve the reading skills and literacy of young students. Action games are described to make reading lessons fun.

Keywords: reading, literacy, primary education, students, methods, knowledge.

Ma'lumki, savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, mavxum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. Tayyorgarlik davri o'qishda o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqing eshitish, diqqatni to'plash, til birikmalarini (tovush,

bo'gin, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o'quvchilarniig o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O'qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi.,,Alifbe"ga suyangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rganadilar. Savod o'rgatish davrtda o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi. Ushbu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikmalarsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi iiuimkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari bo'ylab qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutitsh, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi. O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday uhlash, qanday yurgizish haqida 15 o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o'tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi. O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyaiiniiig boshqa turlari bilan, ya'ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllantirldi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday darajada o'qitilganligiga bog'liq. O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar "o'qish va yozishga" o'rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga intilishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalay olishlari uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi zarur. O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yo-zuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi. O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va

yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa- 16 da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish bo'yicha ish olib boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq holda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat va shu kabiiar bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:

1) o'quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to'g'rilash;

2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq holda lug'atini boyitish;

3) o'quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish;

4) gap va uch-to'rt gapli kichik,,hikoya" (bog'lanishli nutq)ni og'zaki to'g'ri tuzish ko'nikmasini o'stirish. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli sodda yig'iq gap (Bolalar yuguiyaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do'konga bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar o'qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko'nikmalarni amaliy mashqlar yordamida egallaydilar. Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o'stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro'zg'or buyumlari, o'simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. Birinchi sinf o'quvchilari nutqini o'stirishda bolalarning o'yin va ermaklari, rasm ko'rish va,,Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?" kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi.

O'qishga o'rgatish uchun avvalo o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:

1.Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiridadi.

2. So'z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratibolinadi: ot. O'qituvchi ot rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini - so'zni aytadilar. O'qituvchi o tovushini cho'zib (o-o-o-ot) aytadi va

qaysitovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. Shundan so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor beriladi.

3.O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadilar. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o'qitish metodikasi. T., "Noshir" nashriyoti. 2009

2. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. Diktantlar to'plami. -T., 2011.

3. Safarova R., Gulomov M. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. - Toshkent, 2003.

4. Omonov N., Xo'jayev N. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent, 2009.

5. https://hozir.org/pedagogika-fakulteti-v9.html?page=15

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.