Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIMDA O‘QISH VA YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANGʻICH TA’LIMDA O‘QISH VA YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1071
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QADRIYATLAR / O'QISH / YOZISH / ORFOGRAFIK / ORFOEPIK O'QISH / FONEMATIK

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meliboyev A.R.

Maqolada taʼlim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlangʻich taʼlimda savodxonlik asoslarini puxta egalash hamda hisoblash tafakkurini shakllantirish, o‘qish va yozish malakasiga oid boshqa turlari bilan ham bogʻliqligini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhim hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF NATIONAL VALUES THROUGH TEACHING TO READ AND WRITE IN PRIMARY EDUCATION

In the article, it is extremely important to penetrate into the subtle aspects of the nation's mentality in the education system and to thoroughly master the basics of literacy in primary education, and to form a calculation mindset, and to educate in the spirit of national and universal values.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIMDA O‘QISH VA YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

Meliboyev A.R. pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Jizzax viloyatpedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari" kafedrasi mudiri

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QISH VA YOZISHGA O'RGATISH ORQALI MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Maqolada ta'lim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang'ich ta'limda savodxonlik asoslarini puxta egalash hamda hisoblash tafakkurini shakllantirish, o'qish va yozish malakasiga oid boshqa turlari bilan ham bog'liqligini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhim hisoblanadi.

Kalit so'zlar: qadriyatlar, o'qish, yozish, orfografik, orfoepik o'qish, fonematik.

Meliboyev A.R., candidate of pedagogical sciences

associate professor

head of the department "Preschool, primary and special education

methods"

Jizzakh regional national center for training pedagogues in new

methods

FORMATION OF NATIONAL VALUES THROUGH TEACHING TO READ AND WRITE IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. In the article, it is extremely important to penetrate into the subtle aspects of the nation's mentality in the education system and to thoroughly master the basics of literacy in primary education, and to form a calculation mindset, and to educate in the spirit of national and universal values.

Key words: values, reading, writing, orthographic, orthoepic reading, phonemic.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son[1], 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli[2] qarorlarida ma'naviyat o'z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilishi va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Ma'naviyat insonda, eng avvalo, ona suti, allasi,

mehri, ta'lim-tarbiyasi bilan ota-bobolarining oqilu dono so'zlari, ajdodlar o'giti va yo'l-yo'riqlari bilan, shuningdek, hayotning boy saboqlari ta'siri ostida shakllanib, rivojlanib, takomillashib borishi. Mamlkatimiz taraqqiyotining ko'p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta'lim-tarbiyasiga oid davlat siyostiga bog'liq bo'lib, unda ta'lim-tarbiya sohasida sezilarli sifat o'zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e'tiborda bo'ladi. Bunday jihtlar uzluksiz ta'lim tizimida qo'lga kiritilayotgan sifat o'zgarishlarning mazmun-mohiyatiga bog'liq bo'lib, u ko'proq boshlang'ich ta'limga ham tegishlidir. Bunga sabab boshlang'ich ta'limda o'quvchilar savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko'nikmalari va shaxs ma'naviyati elementlari bilan qurollantiriladi hamda yuqori sinlarda o'rganiladigan fanlar asoslari bilan tanishtiriladi. Shu sababli ham zamonavviy ta'lim tizimi, uning maqsad va vazifalari mamalakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta'lim- tarbiya jarayoni odiga qo'yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Bular zamonaviy ta'lim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang'ich ta'limda savodxonlik asoslarini puxta egalash hamda hisoblash tafakurini shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi.

Kelajagimizning munosib vorislari-yoshlarimizning barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" deb nomlangan kitobida "Biz yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur", deb ta'kidlaydi[3].

Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o'zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o'tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma'naviy jarayonlarning sara namunalaridir. Zero, qadriyat bu millatning o'tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma'lumki, har bir xalqning o'ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo'lib, u xalqning ko'zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma'naviyatida, ongu-shuurida, o'zaro muloqotida aks etib, o'z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari hodisalaridir.

Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an'analarini, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Shunday ekan, tilimiz ham, tilimiz orqali nutq so'zlashishimiz ham milliy qadriyatlarimizdir.

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta'sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o'zaro munosabati,

his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi [4. 16-bet].

Maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. "Alifbe"ga[5] asoslangan holda qisqa muddatda o'quvchilar o'qish, yozishga o'rgatiladi, so'ng o'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga aylantiriladi. O'qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka hisoblanadi. O'qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham bog'liq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin.

Yozuvda o'quvchi tovushni harfga, o'qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, o'qish va yozish parallel olib boriladi. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga tovushlar haqida ma'lumot berishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. Bu metodga dastlab pedagog olim K.D.Ushinskiy tomonidan asos solinganligi. Bu metodda so'z bo'g'inga ajratilishi, bo'g'indan kerakli - o'rganilayotgan tovush ajratilib olinishi, tahlil qilinadi, o'rganilgan harf bilan sintezlanadi.

Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e tovushi so'ng undoshdan keyin keladigan e tovushi o'rgatiladi. O harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi. Ruscha - internasional so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (kalxoz), o' tovushi kabi (to'nna), qisqa i tarzida (rektir) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unlili so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. O'zbek tilida 23 ta undosh tovush bor. Shulardan 3 tasi harf birikmasi. 23 ta undosh tovush 22 ta undosh harf bilan belgilanadi. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslanadi.

Alifbo davri sonor - ovozli (ovozdor) tovushlarni o'rgatishdan boshlanadi. Lekin ng sonor undoshi n va g undoshi tovush harfi bilan tanishtirilgach o'rgatiladi. Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda ular alifbe davrining oxirro g'ida o'rganiladi. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Savod o'rgatish jarayonidayoq harfning 4 xil shakli (bosma, yozma, bosh va kichik) o'rgatiladi

[5].

O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. O'qishning dastlabki bosqichida orfografik o'qishdan foydalanilsa, sekin-asta orfoepik o'qish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so'zni

bo'g'inga bo'lish, bo'g'in hosil qiluvchi tovushni aniqlash, ochiq-yopiq bo'g'inlarni farqlashga o'rgatish muhim sanaladi.

O'qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyati. U kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi:

1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun oldingi ko'z oldiga keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ymaydi, ikkinchi harfni eslab qo'shguncha birinchisi esdan ko'tariladi, yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha o'qish jarayoni sustlashadi.

2. Ko'pincha bola o'qiyotgan qatorni yo'qotib qo'yadi, harfni, bo'g'inni, so'zni qayta o'qishga to'g'ri keladi. O'quvchining diqqati kengaygan sari bo'g'in va so'zni butunicha idrok eta boshlaydi.

3. O'qishni endi o'rganayotgan bola o'qiyotgan matn mazmunini o'zlashtirmaydi, chunki so'zni qanday o'qishga kuch beradi-da, so'z ma'nosiga e'tibor bermaydi. Darslikdagi rasmlar, o'qituvchining savollari, ko'rgazmali qurollar ongli o'qishlarini ta'minlaydi.

4. Tajribasiz kitobxon so'zni birinchi bo'g'iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o'qishga olib keladi. Bu xatoning oldini olish uchun so'z bo'g'inlab o'qitiladi, so'zni bo'g'in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi [5].

O'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o'quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkurini va nutqini o'stirishga katta e'tibor berish kerak. Savod o'rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o'stirish, to'g'ri va aniq talaffuz qilishga o'rgatish, tovushni ajratish ko'nikmasini o'stirish muhim sanaladi.

Yozuvga o'rgatish o'quvchilar ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri qo'yish, harfni yozishda yozuv chiziqlari e'tibor bilan boshlanadi. Ular bo'ylab qo'lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga ulashi, qatorga sig'ish-sig'masligi mo'ljallanishi lozim. Bular o'quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, barmoq va yelka muskullari charchaydi, bular darsda ikki-uch marta fizkultura mashqlarini o'tkazishni taqozo qiladi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2019-yil 3-may, PQ-4307-son. Toshkent sh.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2021-yil 26-mart, PQ-5040-son. Toshkent sh.

3. Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" - T.: O'zbekiston, 2017. - bet 381.

2. Ona tili o'qitish metodikasi. (Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik):K.Qosimova, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh.Sariyev. -Т.: «NOSHIR», - 2009. 352 b.

3. Alifbe 1-sinf [Matn]: darslik / R.Safarova, M.Inoyatova. -Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 80 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.