Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SAVOD O‘RGATISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SAVOD O‘RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1631
1279
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metodika / yozish ko‘nikmasi / o‘zbek alifbosi / o‘qish malakasi / globallashuv / nutq faqoliyati / yozma nutq / og‘zaki nutq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bo‘Ronova Nargiza

Maqolada boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish metodikasi, o‘quvchilarning o‘qish va yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish haqida fikr boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SAVOD O‘RGATISH METODIKASI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SAVOD O'RGATISH METODIKASI

Bo'ronova Nargiza

Navoiy viloyati Nurota tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515354

Annotatsiya: Maqolada boshlang'ich sinflarda savod o'rgatish metodikasi, o'quvchilarning o'qish va yozuv ko'nikmalarini shakllantirish haqida fikr boradi.

Kalit so'zlar: Metodika, yozish ko'nikmasi, o'zbek alifbosi, o'qish malakasi, globallashuv, nutq faqoliyati, yozma nutq, og'zaki nutq.

Ta'lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o'sib-ulg'ayib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirgan kelajakda jamiyatda o'z o'rnini egalashga erishgan-komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohatlarda umumta'lim maktablari hal qilivchi kuchga aylangani ayni haqiqatdir. Maktablarda kelajak avlod vorislarini tarbiyalashga yo'naltirilgan imkoniyatlar o'z navbatida, pedagog xodimlardan sifatli ta'lim-tarbiya berishni, o'quvchi yoshlardan esa puxta bilim olishni talab etadi. Bu o'z navbatida har bir o'qituvchi zimmasiga yanada yuksak mas'uliyat va vazifalarni yuklaydi.

Boshlang'ich ta'lim ta'lim-tarbiyaning poydevoridir. Poydevor qanchalik mustahkam bo'lsa imorat shunchalik chidamli bo'lganidek, mukammal boshlang'ich ta'lim olgan o'quvchilar yuqori sinflarda va ta'limning keyingi bosqichlarida hech qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi.

Savod o'rgatish metodikasi kichik yoshdagi o'quvchilarni elementar o'qish va yozishga o'rgatish metod va usullarini aniqlash va ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etish masalalari bilan shug'ullanadi. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi milliy istiqlol g'oyalaridan oziqlanish uchun, siyosiy onglilik uchun, yuksak ma'naviy madaniyat uchun kurash qurolidir.

Hozirgi globallashuv sharoitida Respublikada har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e'tibor berilishi huquqiy demokratik davlat qurilishi talablariga muvofiqdir.

Savod o'rgatish metodikasining maqsadi - bolalarni boshlang'ich o'qish va yozishga o'rgatish. O'zbek alifbosiga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozish ko'nikmasini egallaydilar. Savod o'rgatish davrida til ta'limi mazmuni o'quvchilarga beriladigan til va nutq sohasidagi bilim va ko'nikmalar bilan belgilanadi. Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatinimaqsadga muvofiq

ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi. Bu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki ko'nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki harflarni tanib, ular ishtirok etgan so'zni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi. O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o'tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.

O'quvchini savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozishga o'rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab qo'yilishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.

O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad - o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad - topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi. O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

Savod o'rgatish jarayonidagi o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda

to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi.Tayyorgarlik davri o'qishga o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqini eshitish, diqqatni to'plash, til birliklarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga savod o'rgatishda o'qituvchi e'tiborli bo'lishi lozim. Chunki boshlang'ich sinflarda olingan bilimlari bilan o'quvchi shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari. O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim standartlarining davlat tizimi. Oliy ta'lim. 5141600 -Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish yunalishi. - Toshkent: 2006

2. S. Matchonov, H. Bakiyeva, X. G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, G. Xolboyeva "Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi darslik". Toshkent: 2021

3. WWW.ZIYONET. UZ ( internet tarmog'i)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.