Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASHDA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASHDA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq qo‘shiqlari / san’at asarlari / qo‘shiq / tarbiya / musiqa folklori / estetik tarbiya. / народные песни / произведения искусства / пение / воспитание / музыкальный фольклор / эстетическое воспитание.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F.A. Nazarov

Maqolada xalq ijodkorligi namunalari sifatida qadimdan aytib kelingan xalq qo‘shiqlari turli hududlarda turlicha kuylab kelingan va tabiya vositasi ekanligi xususida fikr bayon etilgan. Bu xalq asarlarining xilma-xil nusxalarda takrorlanishiga olib kelgan, bu ko‘p variantlilikka xalq qo‘shiqlari rivojining o‘ziga xos taraqqiyot manbai deb qarash joizdir. Xalq qo‘shiqlarining ommaviyligi, an’anaviyligi shu bilan izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF FOLK SONGS IN THE AESTHETIC EDUCATION OF STUDENTS

в статье излагается мнение о том, что народные песни, которые издавна упоминались как образцы народного творчества, по-разному исполнялись в разных регионах и являются средством природы. Это привело к многократному повторению народных произведений в разных экземплярах, эту многовариантность можно рассматривать как источник своеобразного прогресса развития народных песен. Этим объясняется популярность, традиционность народных песен.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASHDA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mn7

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №/

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

O'QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASHDA FOLKLOR QO'SHIQLARINING AHAMIYATI

© F.A. Nazarov1

1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Maqolada xalq ijodkorligi namunalari sifatida qadimdan aytib kelingan xalq qo'shiqlari turli hududlarda turlicha kuylab kelingan va tabiya vositasi ekanligi xususida fikr bayon etilgan. Bu xalq asarlarining xilma-xil nusxalarda takrorlanishiga olib kelgan, bu ko'p variantlilikka xalq qo'shiqlari rivojining o'ziga xos taraqqiyot manbai deb qarash joizdir. Xalq qo'shiqlarining ommaviyligi, an'anaviyligi shu bilan izohlanadi.

MAQSAD: o'tmish zamonlardan boshlab san'atning har xil turlari va janrlari, jumladan, xalq qo'shiqchiligi ham jamiyat a'zolarini ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy-ahloqiy shakllantirishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: muammoni tahlil qilish, tegishli empirik faktlarni o'rganish, sotsiologik kuzatish natijalari, shuningdek me'yoriy hujjatlarni tahliliy ko'rib chiqish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, o'rganish davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, prinsiplariga asoslanganligi bilan ta'minlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: mamlakatimiz hududidagi barcha millat va elatlar tili, maishiy ahvoli, tarixi, og'zaki va yozma adabiyoti, musiqa madaniyati, amaliy va tasviriy san'ati sinchiklab o'rganila boshlandi. Bu ishga joylarda xalq maorifi xodimlari rahbarlik qilishdi. Maorif va boshqa birin-ketin tashkil qilingan adabiy, pedagogik, madaniy-oqartuv jurnallari, almanaxlar, gazetalar, xalq qo'shiqlari matnini tez-tez yoritib turdi. Bu ishda xalq qo'shiqlarini to'plovchi faollarga yordam tariqasida kichik qo' llanmalar bosilib chiqdi.

XULOSA: o'zbek xalq og'zaki ijodi janr jihatidan keng qamrovli bo'lib, u xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, mehri va qahr-g'azabi, orzu istaklari va ijodiy salohiyatini aks ettiruvchi bir oynadir. Xalq og'zaki ijodi namunalari katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, musiqa rivojlanishining bitmas-tuganmas manbai hisoblanadi.

Kalit so'zlar: xalq qo'shiqlari, san'at asarlari, qo'shiq, tarbiya, musiqa folklori, estetik tarbiya.

Iqtibos uchun: Nazarov F.A. O'quvchilarni estetik tarbiyalashda folklor qo'shiqlarining ahamiyati. // Inter education & global study. 2024. №7. B.391-400.

ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНЫХ ПЕСЕН В ЭСТЕТИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ

УЧАЩИХСЯ_

© Ф.А. Назаров1®

1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье излагается мнение о том, что народные песни, которые издавна упоминались как образцы народного творчества, по-разному исполнялись в разных регионах и являются средством природы. Это привело к многократному повторению народных произведений в разных экземплярах, эту многовариантность можно рассматривать как источник своеобразного прогресса развития народных песен. Этим объясняется популярность, традиционность народных песен.

ЦЕЛЬ: духовно-нравственное формирование членов общества, особенно подрастающего поколения, различных видов и жанров искусства ушедших времен, в том числе и народного пения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: анализ проблемы проводится на основе изучения соответствующих эмпирических фактов, результатов социологических наблюдений, а также аналитического рассмотрения нормативных актов. Это также обеспечивается тем фактом, что в ходе исследования опираются на общепринятые законы, принципы педагогики.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: началось тщательное изучение языка, быта, истории, устной и письменной литературы, музыкальной культуры, прикладного и изобразительного искусства всех национальностей и народностей на территории нашей страны. Эту работу на местах возглавляли работники народного просвещения. Просвещение и другие организованные один за другим литературные, педагогические, культурно-просветительские журналы, альманахи, газеты, часто освещали тексты народных песен. В помощь активистам, собирающим народные песни, в этом деле были напечатаны небольшие пособия.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: узбекское устное народное творчество является всеобъемлющим в жанровом отношении и является зеркалом, отражающим мировоззрение, художественный вкус, любовь и ярость нашего народа, его стремления и творческий потенциал. Образцы устного народного творчества имеют большое учебно-воспитательное значение и являются неиссякаемым источником развития музыки.

Ключевые слова: народные песни, произведения искусства, пение, воспитание, музыкальный фольклор, эстетическое воспитание.

Для цитирования: Назаров Ф.А. Значение народных песен в эстетическом воспитании учащихся. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 391-400.

THE IMPORTANCE OF FOLK SONGS IN THE AESTHETIC EDUCATION OF STUDENTS_

© Farxodjon A. Nazarov1®

1Termez State University, Termez, Uzbekistan_

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: The article presents the opinion that folk songs, which have long been mentioned as examples of folk art, were performed differently in different regions and are a means of nature. This led to the repeated repetition of folk works in different copies, this multivariance can be considered as a source of a kind of progress in the development of folk songs. This explains the popularity and tradition of folk songs.

AIM: the spiritual and moral formation of members of society, especially the younger generation, of various types and genres of art of bygone times, including folk singing.

MATERIALS AND METHODS: the analysis of the problem is based on the study of relevant empirical facts, the results of sociological observations, as well as an analytical review of normative acts. This is also ensured by the fact that the research is based on generally accepted laws and principles of pedagogy.

DISCUSSION AND RESULTS: a thorough study of the language, everyday life, history, oral and written literature, musical culture, applied and fine arts of all nationalities and nationalities in our country has begun. This field work was led by public education workers. Enlightenment and other literary, pedagogical, cultural and educational magazines, almanacs, newspapers, organized one after another, often covered the texts of folk songs. To help activists collecting folk songs, small manuals were printed in this case.

Conclusion: Uzbek oral folk art is comprehensive in genre terms and is a mirror reflecting the worldview, artistic taste, love and fury of our people, their aspirations and creative potential. Samples of oral folk art have great educational value and are an inexhaustible source of music development. Key words: Folk songs, works of art, singing, education, musical folklore, aesthetic education.

Insonda oliyjanoblik tuyg'ularini uyg'otuvchi, ularning rivojlanishi va shakllanishiga yordam beruvchi turli xil vositalar ichida, san'at asarlari, xususan, xalq qo'shiqlari alohida o'rin tutadi. Tabiatan nozikta'b, san'atsevar va san'at ahliga talabchan o'zbek xalqining qo'shiqlari keng ko'lamli ma'naviyat ko'zgusidir.

Qadim zamonlar hali yozuv nimaligini bilmagan vaqtlarda ham odamlar o'yin-kulgi, qo'shiq aytish, surat chizishni bilardilar. Tarixdan ma'lumki, ibtidoiy jamiyatda (poleolit davri) dastlab ovchilik, chorvachilik keyin esa dehqonchilik vujudga kelgan. Urug'chilik jamiyatida dastlabki diniy e'tiqodlar va marosimlar kelib chiqqan anemizm (ruhga sig'inish), totemizm (ajdodlar ruhiga sig'inish), magiya (sehrgarlik) shular jumlasidandir.

Tarixiy xulosalarga asoslangan olimlar qadimgi ajdodlarimiz dastlab ovchilik o'yinlarini nishonlaganlik-larini, ovdan o'lja bilan qaytgan ovchi o'z mamnunligini, kayfiyati, taasssuroti, to'qchilik haqidagi tuyg'ularini ifodalab xursandchilik qilganliklarin i

For citation: Farxodjon A. Nazarov. (2024) 'The importance of folk songs in the aesthetic education of students', Inter education & global study, (7), pp. 391-400. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ta'kidlaydilar. Xalqimiz bag'ridan ajoyib iste'dod sohiblari: mutriblar va naqqoshlar roviylar va sangtaroshlar yetishib chiqqan. Ana shunday olis tarixning izlari, aks sadolari xalq termalari va dostonlari, ona allalarida va bola o'yinlarida saqlanib qolgan.

Maqol-matallar, ertak-afsonalar, latifa-chistonlar hamda qahramonlik dostonlariga aql zakovati, orzu havasi, ruhi va irodasi singdirilgan. Xalq ijodi uning donoligi, jamoa san'ati mahsulidir. Bularning hammasidan bolani ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan sog'lom qilib o'stirishda murg'akligidan chiniqtirishda samarali foydalanilgan. Musiqa san'atiga, xususan xalq qo'shiqchiligiga oid ma'lumotlar bir qancha tarixiy manbalarda uchraydi. «Avesto»da bayon qilinishicha, miloddan avvalgi davrlarda ham hozirgi o'zbeklar istiqomat qilayotgan joylarda yashagan xalqlarning turli (xususan musiqali) marosimlari bayonlari «gatlar», ya'ni o'zbek xalq qo'shiqari mavjud bo'lgan. O'zbekiston hamda qo'shni davlatlarda olib borilayotgan arxeologik qazilmalar, xususan, Ayritom piramoni (Frizi)dagi sozandalar, Panjikent devoriy rasmlaridagi sahnalar, Afrosiyob, Dalvarzintepa va boshqalardan topilgan yodgorliklar musiqaga oid muhim ashyoviy dalillar hisoblanadi.

Xalq og'zaki ijodi, ya'ni musiqiy va adabiy san'atning eng yaxshi namunasi xalq qo'shiqlaridir. Xalq og'zaki ijodining g'oyaviy boyligi va janr xilma-xilligi juda katta ma'naviy va badiiy qadriyat hisoblanadi. Unda xalq tarixi, uning turmushi aks etadi. Eng yaxshi insoniy ma'naviy-axloqiy fazilatlar odamlar baxti yo'lidagi haqiqiy jasorat, do'stlikka sadoqat, mehnatga muhabbat va shijoati kuylanadi.

«Folklor» - atamasi ingliz tili leksikasiga mansub bo'lib, u ikki so'z, ya'ni folk (folk) -xalq va lore (lore)-donolik so'zlarining birikmasidan tashkil topgan va u «xalq donishmandligi» degan ma'noni bildiradi. U birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms tomonidan ishlatilgan va shundan boshlab iste'molga kiritildi.

Folklor-xalq ijodiyotining barcha sohalarini o'z ichiga oladi va shu qatori xalq musiqasi ham ayrim hollarda «Musiqa ahli» deb ham yuritiladi. Xalq qo'shiqlari og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tib to'ldiriladi va sayqal topadi. Xalq og'zaki ijodinig as osiy xususiyati shundaki, u ko'pchilik tomonidan yaratiladi va ijro etiladi.

Xalq og'zaki ijodiyoti-xususan folklor qo'shiqlarining o'ziga xos muhim xususiyatlaridan biri ilg'or g'oyaviylikdir. Xalq har bir sohada o'z istaklarini tezroq amalga oshirishni orzu qilib yashaydi va shu orzularni amalga oshirish yo'lida qilayotgan sa'y -harakatlarini turli tarzda ifodalashga intiladi. Shu tufayli u folklorga murojaat qiladi, o'zining butun dardu hasratini to'kib soladi. Shu tariqa xalq qo'shiqlari vujudga keladi.

Demak, xalq qo'shiqlarini asosan xalq yaratadi. Shuning uchun ham xalq qo'shiqlarining tili-xalqning jonli so'zlashuv tili hisoblanadi va so'zlarning turli shevalarda, turli dialektlarda talaffuz qilinishi, arxaik ifodalardan foydalanilishi tabiiy bir holdir.

Xalq qo'shiqlari har doim yuksak badiiyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Xalq qo'shiqlari ramziy obrazlar, sifatlash mahorati, erkalatish, mubolag'a va boshqa an'anaviy formulalarning ko'p ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Xalq qo'shiqlari anonim (grekcha noma'lum) kishilar tomonidan yaratilgan bo'lib, u og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tish jarayonida ommaviy ijrochilik tusini olgan.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xalq og'zaki ijodiyoti namunasi sifatida xalq qo'shiqlari manbai qadim -qadimlarga daxldor bo'lganligi uchun, ular nota yozuvlari, hatto adabiy yozuvning namunalari mavjud bo'lmagan bir davrlardan boshlangan va ular ustoz-shogird an'analari asosida bizgacha yetib kelgan. Xalq qo'shiqlarining abadiy saqlanib qolishida xalq xotirasi asosiy ahamiyat kasb etadi. Har bir narsa xalqning tajribasi, dididan o'tgandan keyingina an'anaga aylanadi. Xalq qo'shiqlarining aksariyat qismi xalq an'analari bilan bevosita bog'liq holda yaratilgan. Har bir davr kishilari o'z badiiy zavqi, ma'naviy estetik didi va tafakkuri bilan bu asriy an'analarni boyitib borgan hamda unga o'z hissasini qo'shgan. Xalq ijodkorligi namunalari sifatida qadimdan aytib kelingan xalq qo'shiqlari turli hududlarda turlicha kuylab kelingan. Bu xalq asarlarining xilma-xil nusxalarda takrorlanishiga olib kelgan, bu ko'p variantlilikka xalq qo'shiqlari rivojining o'ziga xos taraqqiyot manbai deb qarash joizdir. Xalq qo'shiqlarining ommaviyligi, an'anaviyligi shu bilan izohlanadi.

Xalq ohanglari va qo'shiqlari bastakorlar ijodiga ham o'z ta'sirini o'tkazib kelgan. Uzoq o'tmishdan bastakorlar ijodida ustuvor o'rin egallab kelgan VII asr musiqachilaridan biri Markaziy Osiyolik mashhur bastakor Borbad Marvaziy xalq qo'shiqlari va kuylarini mukammal egallagan hamda u saroyda musiqachilar tarbiyasiga ham alohida e'tibor bergan [2].

Sosoniylar sulolasi davrida yetishgan mashhur sozandalar Nekiso Changiy, Ozodvar Changiy, Gersui Novagar, Sarkash va Sarkablar bevosita yoki bilvosita Borbad shogirdlari bo'lib ularning ijrochiligida xalqchillik ustuvor o'rin egallagan. Borbad bastakor va hofizgina bo'lib qolmay, is'tedodli shoir ham edi. Uning aksariyat kuylari o'z she'rlari matniga yozilgan. O'sha davrdagi hijoliya barmoq vazniga yaqin yangi she'riy shaklning ixtiro qilinishi ham Borbad nomi bilan bog'liq. Borbad haftaning yetti kuniga nisbat berib «Husravoniy» ohanglar to'plamini oyning 30 kuniga qiyoslab 30 lahn (kuy, maqom yo'li), yilning 360 kuniga bag'ishlab 360 ta tarona yaratgan. Borbad yaratgan kuy-qo'shiqlarning ko'pchiligi xalqqa manzur bo'lganligi uchun bizning zamonamizgacha o'zgarishsiz yetib kelgan. Musiqashunoslarning aniqlashicha, barbad cholg'u asbobini Borbad ixtiro etgan. Bastakorning arab mamlakatlarida Baxlbad, Barid, Paxlapaz, Faxlbaz taxalluslari bilan keng shuhrat qozonishi ham shundan dalolat beradi [3].

Musiqaning nazariy, falsafiy, tarixiy, amaliy va tarbiyaviy muammolari Yaqin va O'rta Sharqda IX-XI asrlarda yashab ijod qilgan olimlarning musiqa risolalarida o'z ifodasini topgan [4]. Abu Nasr Forobiy (873-950) o'zining «Kitob ul-musiqai al-kabir» (Musiqaga oid katta kitob) asarida mazkur sohaga atroflicha nazariy asos solar ekan, buni ikki turga ajratib, amaliy musiqa-asar yaratish, uni ijro etishdan iborat, ilmiy musiqa esa ana shu asar yoki ijroni tahlilini tashkil qilishni uqtiradi hamda bunga atroflicha xulosalar keltiradi [5].

Forobiy musiqani insonga orom beruvchi, inson his- tuyg'ularini uyg'otuvchi va eng muhimi-inson tafakkurini rivojlantiruvchi musiqalarga ajratadi. Abu Ali ibn Sino (9831037) qalamiga mansub «Kitob ash-Shifo» (Shifo kitobi)ning «Ilm al-riyozat» (Matematika) qismida Javome' «Ilmi al-musiqiy» bo'limida u musiqa va tabiyot olamining o'zaro bog'liiqligi haqida ham teran fikrlarni bayon qiladi .

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'at at-turk» asarida xalq orasida qo'shiq janri keng tarqalganligini yozgan. U sozandalar rud(ud), tanbur, qo'biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo'shnay, tabl, barbat, daf, ko's, taburak, zir, chag'ona, shaynur, arg'an va qonun kabi g'oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg'u asboblaridan keng foydalanganliklari haqida ma'lumotlar bergan.

Bu davrda xalq kuylari asosida, keyinchalik tojik va o'zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom» uchun asos bo'lgan «O'n ikki maqom» «Rost», «Husravoniy», «Boda», «Isfaxon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylari ijod etiladi. Bu qo'shiq va kuylarning ko'pi o'zbek va turkiy xalqlar madaniy merosi tarzida hozirgacha saqlanib kelmoqda [6]. Movarounnahr tarixiga ilk uyg'onish davri nomi bilan kirgan XI -XII asrlar mobaynida madaniy hayot yuksaladi. Musiqa ijrochiligi, ijodiyoti va ilmi jadal rivojlanib, barcha sohalarda mahalliy xalqlar orasidan yetuk namoyondalar yetishib chiqdi. Davr madaniy hayoti, xususan turli marosimlarda xalq kuy-qo'shiqlarining o'rni, ularning turlari haqida qimmatli ma'lumotlarni Abu Rayxon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabi olimlarning tarixga oid asarlari, shuningdek, «Soflik birodarlari»ning qo'llanmalari, «Qobusnoma» singari manbalarni uchratish mumkin. Musiqaning tarixiy, amaliy va ayniqsa, nazariy muammolari Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ash-Sheroziy, Abdulqodir Marog'iylarning maxsus risolalarida bayon qilingan .

Bulardan Abdulqodir Marog'iyning Samarqand va Hirotdagi ko'p jihatli faoliyati e'tiborlidir. U Amir Temur va Temuriylar saroylarida xizmat qiladi. Ja'mi 200 dan ziyod kuy, ashula yo'llari «Maqosid ul-alhon» (Kuylarning kelib chiqishi) «Javome' ul-alhon» (Kuylar majmuasi), «Kanz ul-alhon» (Kuylar xazinasi) kabi musiqiy risolalar yaratadi; arab, fors, hind va turkiyzabon xalqlar musiqasini izchil tahlil qiladi. Temur va Temuriylar hamda ularning ilm, madaniyat va san'atga homiylik faoliyatlarini davom ettirgan Bobur va Boburiylar davrida mazkur sohalarda ikkinchi uyg'onish jarayoni yaqqol kuzatiladi.

Abdurahmon Jomiy (1414-1492) musiqiy ijod «Naqshi Imoma» nomli ashula yo'li muallifi, ayniqsa, musiqa ilmiga ulkan hissa qo'shgan. Uning «Risolai musiqiy» asari Yaqin va O'rta Sharqdagi eng obro'li nazariy manba hisoblanadi . Musiqa san'atining tari xiy, falsafiy, amaliy muammolarini musiqiy tarbiya masalalari bilan yuksak saviyada umumlashtirib berilgan ushbu risola zamonaviy musiqashunoslar uchun ham dasturilamal vazifasini bajarib kelmoqda. Unda musiqa, xususan, maqom asarlarining inson ruhiyati, uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga kuchli ta'siri haqida yozadi.

Ma'rifat va madaniyat ahlining jonkuyar homiysi Alisher Navoiy bolalik chog'larida alifbo qatori musiqa nazariyasini (Hoja Yusuf Burxondan) puxta o'zlashtirgan, tog'asi Muhammad Ali /aribiy, ustoz va yaqin do'stlari Abdurahmon va Muhammad Jomiylar, Husayn Boyqaro, Abdulla Marvarid, Pahlavon Mahmud, Hofiz Qozoq, Mavlono Ayniylar, shogirdlari Zaynullobiddin Husayniy, Binoiylar bilan musiqiy ijod va ijro sohalarida muntazam suhbatlar o'tkazib kelgan.

«Majolis ul-nafois» (Go'zal majlislar), «Mezonul avzon» (vaznlar o'lchovi) «Holati Pahlavon Muhammad», «Maxbub ul-qulub» (Ko'ngillarning sevgani) kabi ilmiy-badiiy asarlarda musiqa san'atining tarixiy, nazariy, falsafiy, etnik va estetik muammolarini teran

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tahlil qilgan, o'zi ham bevosita musiqa ijodiyotiga naqsh va peshravlari bilan hissa qo'shganligi haqida «Boburnoma», «Risolai musiqiy»sini, A.Vemberining «O'rta Osiyo ocherklari», A.Fitratning «O'zbek musiqasi hamda uning tarixi» kitoblari orqali ma'lumot lar yetib kelgan. Jomiy o'z risolasini Navoiy maslahatiga binoan, Zaydullobiddin Husayniy esa «Musiqaning ilmiy va amaliy qonunlarini» Navoiyga bag'ishlab yaratgan. Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (1490-1585)ning «Musiqa risolasi»da: «Musiqa ilohiy sirlarga ega, shu bois, u faqat tanlagan insonlargagina tushunarlidir» deb ta'kidlanadi [99]. Musiqa san'ati ahliga homiylik bobida Temuriylar an'anasini Nodirabegim (1792-1842), Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz, 1844-1910), Amir Olimxon (1881-1944)lar taxtda o'tirgan yillari dovom ettirishdi.

Ikki asr chegarasida milliy madaniyat va san'at ahvoli, uzoq o'tmishi, kelajak yo'nalishlari Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, /ulom Zafariy kabi ziyoli va ma'rifatchilar diqqat-e'tiborini o'ziga tortdi. O'zbek musiqa ahli, mumtoz milliy meros, /arb va Sharq musiqiy munosabatlari, yangi shakllanayotgan (musiqali drama kabi) janrlar, musiqa ta'limi kabi dolzarb muammolar ularning «Alanga», «Maorif» va «O'qituvchi», «Er yuzi» (1935 yildan chop etila boshlagan Guliston) jurnallari, shuningdek, rus, fors, t urk tillaridagi nashrlarda e'lon etilgan maqolalarida teran tahlil qilingan. Lekin bu da'vatnoma ovozlar mahalliy musiqa hayotini Yevropa (rus)lashtirish jarayonida joriy etilishi u yoqda tursin, hattoki tinglanmadi ham. Oqibatda musiqa san'ati yo'nalishlari bir tomonlama ahamiyat kasb etdi. Faqat ayrim hollardagina yevropazamin (avstriyalik A.Eyxgorn, chex F.Leysek) va rus (Ch.Dobrovolskiy, S.Ribakov, R.Pfening) musiqachilar, kompozitorlar (N.Klenovskiy), ovoz yozish firmalari (Riga «Grammafon» jamiyati) o'zbek musiqa ahli namunalarini yozib olish (notalashtirish), qayta ishlash, plastinkalar orqali targ'ib etishga qiziqish uyg'otadi.

Rossiyaning madaniyat va san'at sohalarida ochiqdan-ochiq shovinistik zo'ravonlik xatti-harakatlari mahalliy san'at ahli hamda, shinavandalarida qat'iy qarshilik tug'diradi. Xalq orasida ijtimoiy norozilik qo'shiqlari keng tarqala boshlaydi. «Oq podsho-zolim podsho», «Nikolay zolim», «Poezingni yurg'izgan», («Mardikorlar voqeasi») singari xalq qo'shiqlari paydo bo'lib, deyarli har bir vohada baralla yangraydi. Ayni shu zamonda XX asr o'zbek bastakorlarining to'ng'ich avlodi-To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, ularning tengdoshlari, taniqli sozandalar Matyusuf Xarratov, Abdurahmon Umarovlarning yangi (1917-yillardan keyingi) davr bilan bog'liq xalqning orzu umidlarini ifodalovchi cholg'u kuy -qo'shiqlari yuzaga keldi. Ularda davrga mos ohanglar majmui, o'zgacha musiqiy-lug'aviy jamlamalar yaratishga intilish yaqqol seziladi, xususan, 20-yillar hayotiga monand jo'shqinlik, jadallik va dadillik kayfiyatlari ustuvorlik qildi.

O'zbek xalq qo'shiqlarining ajralmas qismi-bolalar qo'shiqlaridir. 1918-yildan boshlab hukumat talablari bilan bog'liq tarzda o'zbek xalq qo'shiqlarini to'plash ishlari amalga oshirildi. Turkiston Xalq maorifi komissarligi qoshida yerli xalqlar turmush tarzini o'rganish bilim hay'ati tuzilib, unga professorlardan Shmidt, Kun, Andreev, Falev va Divaevlar kiritildi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Musiqashunos olim V.A.Uspenskiy o'zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa millat xalqlarining musiqa namunalarini to'pladi. Bolalar xalq qo'shiqlari fonografda yozib olindi .

O'zbek bilim hay'ati o'zbek xalq badiiy ijodini to'plash, maktablar uchun mahalliy tilda darsliklar, o'quv-metodik qo'llanmalar, ilmiy-ommabop asarlar yaratishga kirishdi.

O'zbek xalq qo'shiqlarini o'rganish va milliy-musiqiy merosimizni tiklashga V.A.Uspenskiy, /.O.Yunusov, /ozi Olim, H.T.Zaripov, M.Elbek, X.Romanovskaya, K.K.Yudaxin, N.Mironov, /ulom Zafariy, I.Akbarov, M.Alaviya, professor Ye.D.Polivanov, F.Karomatov, T./ofurbekov, O.Matyoqubov kabi olim va musiqashunoslar katta hissa qo'shdilar. Toshkent, Samarqand, Farg'ona viloyatlaridagi ekspeditsiyalar vaqtida maqol -matallar, topishmoq-ertaklar, xalq dramasi namunalari, bolalar o'yinlari, so'z va termalar, ulug'lar haqida rivoyatlar bilan bir qatorda ko'plab xalq qo'shiqlarini ham to'pladilar.

O'zbek xalq qo'shiqchilari ekspeditsiyalar vaqtida to'plagan eng yaxshi materiallar o'zbekcha jurnal va gazetalarda bosildi, musiqa darsliklariga kiritildi. O'zbek tilida darsliklar tuzuvchi ilk olimlar o'zbek xalqining rang-barang og'zaki badiiy ijodiyotidan, xalq pedagogikasi boyliklaridan, xususan ertaklar, maqollar, topishmoqlar va bolalar qo'shiqlaridan keng foydalana boshladilar. 1922-yili Toshkentda bosiladigan «Armug'on» jurnalining 18-19-sahifalarida eski Toshkent ta'lim-tarbiya texnikumi talabasi /ofurjon Rahimning «Kultagin» taxallusi bilan berilgan «Bahorning kelishi» nasriy lavhasini matbuotda ilk bor e'lon qilingan bolalar qo'shig'i haqidagi ma'lumot deyish mumkin. Muallif bahor kelishi bilan paydo bo'lgan bolalar quvonchini juda ixcham, nihoyatda nafis tasvirlaganligi bois, u keyinchalik o'qish kitoblariga qayta-qayta kiritildi.

Bolalar qo'shiqlari namunalari kitob holida 1932 yildan e'tiboran nashr qilindi. Shu yilda chop etilgan «Ashulalar to'plami»da «Bozor boraymi qizim», «Boshginam og'riydi» singari hazil qo'shiqlar ham chop qilindi.

1934-yilgi to'plamda esa «Qaychi-qaychi», «Laylak keldi» qo'shiqlari bosildi.

1935-yilgi «Ashulalar to'plami»da ham bolalar repertuariga kiritish uchun maxsus bo'lim ajratilib, 9 ta bolalar qo'shig'i e'lon qilindi. Kitobning 94-95-sahifalarida ikkita «Alla» qo'shig'i ham bor edi.

1937-yilda «Bolalar qo'shig'i» nomi bilan o'zbek bolalar qo'shiqlari alohida kitob bo'lib chiqdi. Unda 18 ta qo'shiq bosilgan.

1938-yili Y. Romanovskaya va I.Akbarov boshlang'ich va o'rta maktab o'qituvchilari uchun «Nota savodi» metodik qo'llanmasini chop ettirdilar.

I kitob va 1941-yilda chiqqan ikkinchi kitobi qariyb yigirma yil davomida o'zbek xalqining og'zaki badiiy ijodi boyliklarini to'plash yo'lida olib borilgan zo'r harakatga o'ziga xos yakun yasadi. Ikkala xrestomatiyaning ahamiyati shundaki, ularda birinchi marta o'zbek xalq qo'shiqlari o'zining barcha janr va turlari bilan namoyon bo'ldi. Bundan tashqari shu yillarda bolalar uchun «30 ashula» (1935), «Bolalar uchun qo'shiqlar» (1942), «Bolalar qo'shiqlari» (1948) kabi milliy qo'shiqlar to'plamlari nashr etil di.

Folklorshunos olimlar o'zbek bolalar qo'shiqlari tasnifiga qo'l urar ekanlar, birinchi navbatda ikki katta manbaga suyanib ish ko'rdilar: a) o'zbek xalqining boy og'zaki badiiy ijodi materiallari: b) nazariy va metodologik jihatdan SSSR xalqlari folklorshu nosligining

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ilmiy xulosalari. Rus folklorshunosligida keyingi 100-150 yil ichida bolalar qo'shiq va o'yinlarini to'plash, ular haqida umumlashgan xulosalar chiqarishda jiddiy ishlar qilindi. V.Kirevskiy, K.Ushinskiy, N.Bessonov, V.Dal, P.Sheyn, V.Kudryavsev, A.Mojarovskiy, V.Dobrovolskiy, Ye.Pokrovskiy, A.Vetuxov, V.Xaruzina, Ye.Rozinova singari mashhur folklorshunos va etnograflar rus bolalar qo'shiqlari namunalarini to'pladilar, nashr qildirdilar, ilmiy va adabiy jamoatchilikning e'tiborini bolalar dunyosiga tortdila r [7].

Bolalar repurtuarlarini boyitish, ularni bir butun holda tahlil qilish va dastlabki tasnifga kirishgan irkutsklik rus olimi Georgiy Vinogradov bo'ldi. Ikkinchi bir rus etnograf olimi, folklorshunos Olga leramovna Kapitsa bolalar qo'shiqlarining janr va turlarini aniqlashda, xususan, rus bolalar qo'shiqlari bilan g'arbiy Yevropa bolalar qo'shiqlarini qiyosiy o'rganish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. O.I. Kapitsaning «Bolalar qo'shiqlari» kitobi qimmatli ilmiy tadqiqotdir. Rus sovet bolalar adabiyotining yirik namoyandasi S.Y. Marshak va K.I. Chukovskiylar ayni vaqtda bolaning ichki dunyosini chuqur bilgan, uning psixologiyasini ilmiy asosda o'rganish bilan bolalar adabiyotiga katta hissa qo'shgan shoirlar edilar.

Taniqli folklorshunos V.P. Anikin ko'plab ilmiy asarlari bilan bir qatorda rus bolalar qo'shiqlarini janrlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borib, bir qator qo'llanmalar yaratdi. Rus folklorshunosi, musiqa darsliklari muallifi A.A. Kaev bolalar qo'shiqlariga katta e'tibor berdi [6]. Nihoyat Sibir rus bolalar qo'shiqlari mavzuida M.N.Melnikov, tatar xalqining bolalar qo'shiqlari haqida N.Isanbat, tojik bolalar poeziyasi mavzuida B.Shermuhammedovlar jiddiy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Bu tadqiqotlar bolalar qo'shiqlarini o'rganishga qo'shilgan hissadir. 50-yillardan boshlab san'atshunoslik fanlari doktori F.M. Karomatov rahbarligida O'zbekiston viloyatlari sarhadlariga keng miqyosda musiqa ekspeditsiyalari uyushtirila boshlandi. Hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan ushbu ijodiy jarayonda qimmatli manbalar to'plangan bo'lib, ular asosida F.M.Karomatov «O'zbek dumbira musiqasi», «O'zbek xalq qo'shiqlari» va hozirgi ikki kitobdan iborat «O'zbek xalq musiqa merosi» (1978, 1985) kitoblarini nashr ettirdi.

Tavsiyalar. O'zbek musiqa merosini asrab qolish va boyitishga hissa qo'shgan san'atkorlardan biri Yunus Rajabiy (1897-1976)dir. Yu.Rajabiyning o'zbek musiqasining deyarli barcha janrlariga mansub yozuv namunalari ko'p tomlik «O'zbek xalq muzika»si (1955, 1957, 1959) da nashr etilgan. Ushbu to'plamlarda, jumladan, bolalar qo'shiqlari, xalq aytimlari (qo'shiq, lapar, yalla, ashula), katta ashulalar, cholg'u kuylari, Farg'ona -Toshkent maqom yo'llari muhtasham Shashmaqom turkumi kabi xalq qo'shiq va musiqalari munosib o'rin olgandir. 1966-1975 yillari Shashmaqom majmuasini olti jildda nashr etilishi hamda bu maqomlarni Yunus Rajabiy rahbarligida O'zbekiston teleradiosi maqomchilar ansambli ijrosida magnit tasmalar va lappaklarga (Gramplastinkalarga) yozib olinishi bu ro'yxat salmog'ini yanada oshiradi. Yunus Rajabiy to'plamlari nisbatan mukammalligi bilan o'zbek musiqasini amaliy o'zlashtirish va nazariy o'rganishda benihoya qimmatli manbadir. Shu o'rinda Xorazm maqomlarini ham to'liq turkum (ya'ni ham cholg'u ham aytim yo'llari) tarzida Matniyoz Yusupov (1922-1925 y.y.) tomonidan yozib olinishi va 1958 yili «O'zbek xalq muzikasi» to'plamining VI jildida chop etilishi e'tiborga molikdir.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xorazm musiqa an'analarini o'rganishda M.Yusupov nota yozuvlariga olgan mahalliy ashula, lapar, suvora va boshqa aytim hamda cholg'u kuylari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mehnat natijalari «O'zbek xalq muzikasi» ko'p tomligining VII (1960 ) va VIII (19 62) jildlarida o'z aksini topgan [7]. Ushbu manbalar musiqa darsliklarini yaratuvchi mualliflar uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Chunki ularda o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy shakllantirishga xizmat qiladigan xalq qo'shiqlarining eng sara namunalari kiritilgan. Ularni tanlab darsliklarga kiritish natijasida musiqa darslarining samaradorlik darajasi ortadi. O'quvchilarda milliy ruh, milliy tuyg'uni qaror toptirish imkoniyati vujudga keladi. Ushbu manbalar xalq qo'shiqlarining umriboqiyligini ta'minlas h bilan bir qatorda ularni avloddan-avlodga yetkazishning eng qulay vositasi hamdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Inomova M.O. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped.fan.dok. ... diss. -T.: 1998. -317 b.

2. Mamirov Q. Milliy musiqa va uning ma'naviy tarbiyaviy ahamiyati (To'plam. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot.). -T.: O'zbekiston, 1997. -124-b.

3. Mamirov Q. Ohanglarda hayot nafasi. (O'quv qo'llanma) -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 1998.

4. Mamirov Q. Quyosh yurtim. (O'quv qo'llanma) -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 1999.

5. Musiqa ta'limi va ma'naviyat. Maqolalar to'plami. (Tuzuvchi: Mamirov Q.) -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 1998. -50-b.

6. Musiqa ta'limi va tarbiya birligi. №1.(To'plam). Bo'lajak musiqa o'qituvchilarini usta hofizlar an'anasi misolida tarbiyalash. -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 1996. -52-55-b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. 6.Hamidov H. Musiqa qo'shiqchilik madaniyatimiz tarixidan -T.: O'qituvchi, 1995. -6-7-, -25-26-b.

8. Rajabov Tuxtasin Ibodovich. Effectiveness of the process of teaching Bukhara children folk songs in music class. https://www.eurchembull.com/issue-content/effectiveness-of-the-process-of-teaching-bukhara-children-folk-songs-in-music-class-7277ECB European Chemical Bulletin.ISSN 2063-5346 Eur. Chem. Bull. 2023, 12 (Special Issue 4), 16389-16397.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Nazarov Farxodjon Allaberdiyevich. musiqa ta'lim kafedrasi o'qituvchisi, [Назаров Фарходжон Аллабердиевич, преподаватель кафедры музыкального образования], [Farxodjon A. Nazarov, Nazarov farkhodjon allaberdievich, lecturer at the Department of Music Education]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Ibn Sino ko'chasi 53-uy [адрес: Узбекистан, 117036, Узбекистан, Сурхандарьинская область, город Термез, улица Ибн Сины, дом 53], [address: Uzbekistan, Surkhandarya region, Termez city, 53 Ibn Sina Street]; E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.