Научная статья на тему 'Umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darslarida folklor musiqasini o‘rgatish uslublari'

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darslarida folklor musiqasini o‘rgatish uslublari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
84
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / metodika / folklore musiqa / musiqa madaniyati / xalq ijodiyoti

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Rustamovna Baltayeva

Ushbu ilmiy maqolada umumiy o’rta ta’lim tizimida o’quvchilarning ma’naviy va estetik dunyosini boyitishda foklor musiqaning ahamiyati va uni o’qitish uslublari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darslarida folklor musiqasini o‘rgatish uslublari»

Umumiy o'rta ta'lim maktablari musiqa darslarida folklor

musiqasini o'rgatish uslublari

Feruza Rustamovna Baltayeva Ugranch davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning ma'naviy va estetik dunyosini boyitishda foklor musiqaning ahamiyati va uni o'qitish uslublari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, metodika, folklore musiqa, musiqa madaniyati, xalq ijodiyoti

Methods of teaching folklore music in music classes of general

secondary schools

Feruza Rustamovna Baltayeva Ugranch State Pedagogical Institute

Abstract: This scientific article discusses the importance of folklore music and its teaching methods in enriching the spiritual and aesthetic world of students in the general secondary education system.

Keywords: educational system, methodology, folklore music, musical culture, folk art

Umumiy o'rta ta'lim maktabda har xil qo'shiq, ashula o'rgatish va ijro etish musiqa tarbiyasining asosiy shakllaridan biri, hamda musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatining zaminidir. Musiqa o'qituvchisi umumiy ta'lim maktabning har bir sinfida o'rganish uchun tavsiya qilinayotgan qo'shiq, ashulalarni puxta o'ylab rejasini tuzishi lozim. O'rganiladigan asarlar qatoriga kiritilgan qo'shiqlar g'oyaviy-baliiy qiymatga ega bo'lib, o'quvchi bolalarga tushunarli va mavzu jihatdan xilma xil bo'lmog'i lozim. Bu qo'shiqlarni hammasi bolalarni o'z vataniga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashga musiqa va qo'shiqlarimizga ular mavzusida aks ettirilgan qahramonlar bilan fikrlanishga, hamdard bo'lishga va o'ziga xos xulosa yuritishga o 'rgatadi.

Bolalar o'z xalq qo'shiqlarini va ularning turlarini qancha keng va ko'p o'rganishsa, ular xalq meroslarini yanada qadrlab ularning asl maqsadlarini o'rganishadi. Ularni o'rgatishda shu narsaga e'tibor berib intilish kerakki, bolalar sinfda o'rganib ketgan qo'shiqlarni har yoqlama ta'sirli qilib ijro qila oladigan

bo'lsin. Bu esa qo'shiqning qanday o'rgatilganligiga, o'qituvchining qo'shiqdagi badiiy obrazni nechog'lik ishonarli qilib ochib bera olmaganligiga bog'liq. Har bir qo'shiqni mavzu bilan bog'lagan holda eng oddiysini ham juda sinchiklab tahlil etish, uning mazmuniga e'tibor berib bilib olish va musiqada shu mazmunning qanday ifoda vositalari bilan aks ettirilganini aniqlab o'rgatish zarur.

Butun qo'shiqni ijro etish rejasi oldindan begilab olinadi. O'qituvchining darsda o'tkazadigan suhbatlarining mazmuni, ya'ni qo'shiqning asosiy sur'ati (ritmi) va undagi chetlanishlar, rang-barangliklar, o'lchovi, ohang yo'nalishlari, dinamik tuslar, tovush xususiyatlari o'ylanib chiqiladi. Agarda qo'shiqlarni ijro uslublari yakkaxon yoki jamoa bo'lib kuylash kabi ijro uslublari bilan qo'shiq jarangdorligi xilma-xil kiritish mumkin bo'lsa, o'qituvchi bu usullarni darslarda qo'llanish va bolalardan qaysi biri yakkaxon bo'lish kerakligini belgilab qo'yadi. U tekstning ta'sirini kuchaytirish uchun qo'shiqning qaysi so'zlarini ajratib ko'rsatish va uqtirib o'tish zarurligini mo'ljallab qo'ydi.

Shuningdek, qo'shiqlarni ijro etishni puxta bilib olib, qanday joylarda olish qulay bo'lishini, qo'shiqning qaysi tomonlarini oson o'zlashtirishini aniqlab berish kerak. O'qituvchi qo'shiqning murakkab o'rinlarini aniqlagach, ularni o'rgatishni osonlashtiradigan vositalarni topa oladi. Masalan: bu murakkabliklar intonatsiya qiyinchiliklaridan iborat yordamchi mashqlar tuziladi. Qo'shiq o'rgatish jarayonining bir necha asosiy paytlari bor:

1.O 'qituvchining o 'zi qo 'shiq ijro etishi

2. Suhbat o 'tkazish, tarixiy kelib chiqishi

3. Qo 'shiq matnini o 'rgatish jarayoni

4. Qo 'shiqni kuy ohangini yodlab o 'rganish

5. O 'rganilgan qo 'shiqni mustahkamlash

6. Qo 'shiqni badiiy ijrosi ustida ishlash

Har qanday o'rgatishda ana shunday paytlarga izchilligi esa o'rganilayotgan qo'shiqning xususiyatiga bog'liq. Mavsumiy marosim qo'shiqlari o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyotining muhim qismini tashkil etadi. Mavzu va shakl jihatdan xilma-xil bo'lgan bu aytimlar o'zining ifodasiga ko'ra, "Mehnat qo'shiqlari" -"mehnat aytimlari", "To'y marosim aytimlari", "Mavsumiy marosim aytimlari" kabi turlarga ajratish mumkin. Mehnat qo'shiqlari - xalq og'zaki ijodining qadimiy namunalaridan birini tashkil etadi. Bajarilayotgan mehnat turiga ko'ra ta'riflanayotgan aytimlarni uch guruhga bo'lish mumkin:

1. Chorvadorlik qo'shig'i;

2. Dehqonchilik qo'shig'i

3. Hunarmandchilnk qo'shig'i.1

1 Ибрагимов О., Садиров Ж. Мусина 7-синф учун дарслик Т.2008, 22-бет

Xo'sh-xo'sh

Bu turdagi aytimlar inson faoliyatining turligi jabhalarida ijod etilgan. Masalan: yer haydash, tegirmon yanchish, ip yigirish, sigir yoki turli uy hayvonlarini sog'ish.

Xususan, bu aytimlar mehnat jarayonini bir maromda uyushqoqlik bilan bajarishga ko'mak berishni qatorida yana mehnatchi qalbiga ko'tarinkilik kayfiyatini jo qilgan, holda bo'lib xizmat qilgan. Mehnat aytimlarining ijtimoiy ko'lami uzoq o'tmishda yashagan avlod-ajdodlarimiz uchun yanada keng bo'lgan. Bu toyifa aytimlari turli e'tiqodlar bilan bog'liq rasm-rusm va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo'lib kelgan. Har holda bizga qadar yetib kelgan mehnat aytimlari misolida shunga ishora etuvchi alomatlar saqlanib qolganligini aytishimiz mumkin. Ammo shuni ham inobatga olmoq kerakki, xalqimizni dunyoqarashida salkam bir yarim ming vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlar natijasida aksariyat mehnat qo'shiqlari ma'lum o'zgarishga uchragan, ba'zilari esa mehnat turini ahamiyati o'z kuchini yo'qotishi natijasida umuman unutilmagan.

Hozirda bizga ma'lum mehnat aytimlarining bir necha xususiyatlari va belgilari aniqlangan. Masalan bunday belgilaridan biri - mehnat qo'shiqlari jo'rsozsiz aytiladi, - kuy ohanglari kichik ovoz doirasida bo'lib mehnat mazmuniga bog'liq she'riy to'rtliklar asosida yakkaxon tomonidan aytiladi. Mehnat qo'shiqlarida she'riy bandlar oldidan yoki ulardan so'ngnaqoratlar deyarli qo'llanilmaydi, ammo band misralariga ulanib keluvchi maxsus takroriy so'z-iboralar naqorat vazifasini o'tashi mumkin. Masalan: xo'sh-xo'sh, churey-churey, mayda-mayda. Mehnat qo'shiqlarida ritmik tuzilish otti bo'g'inli tuzilmasi yetakchilik qiladi. Aytim kuylarida nutqdosh va so'zdosh ohanglar birlamchi ahamiyat kasb etadi.

Chorvadorlik qo'shiqlari aholining chorvachilik bilan bog'liq turmush tarzi va mehnat jarayonida shakl topgan. Ularning bizgacha yetib kelgan namunalari asosan "sog'im qo'shiqlaridan" iborat, ya'ni bu aytimlar sigir, biya, tuya, echki kabi uy hayvonlarini sog'ish paytida kuylanadi.

Sog'im qo'shiqlarining turli xillari va shunga muvofiq nomlari ham mavjud. Masalan: qoramolni sog'ishda "xush-xush", qo'y, echkilarni sog'ishda "turey-turey,

churey-churey" kabi ataluvchi maxsus aytimlar kuylanadi. Mazkur nomlar esa shu aytimlarda naqorat singari takror bo'luvchi so'zlardan olingan bo'lib, sog'ilayotgan jonivorni tinchlantirish, erkalash, iydirish va boshqa maqsadda kuylanadi.

Sog'im qo'shiqlari odatda to'rtlik (kvarta) yoki beshlik (kvinta) pardalari qamrovida oxista kuylanadi. Bunda kuy ohanglar yonma-yon joylashgan pog'onalar bilan sadolanadi. Bu kabi xususiyatlar yuzaga kelishini esa aytim vaziyati va undan ko'zlangan maqsad taqozo etadi. Sog'uvchi jonivorni mayin tovushlar bilan iydirib ko'p sut sog'ib olish maqsadida

Xush-xush ol bolangni xo 'sh-xo 'sh,

Paqir to 'lib sut bersin xo 'sh-xo 'sh.

Borgan yering o 't bo 'lsin xo 'sh-xo 'sh,

Balo qazo yo 'q bo 'lsin xo 'sh-xo 'sh.

Shuni aytish ham kerakki, sog'im qo'shiqlarida qadimiy davrlarda e'tiqod etilgan "sehrli" raqamlar va ular bilan bog'liq afsun o'qish holati ham ma'lum aksini topgan. Har bir chorvador o'z oilasini boqadigan qoramolni ko'z tegishidan yoki yovuz ruhlar nazaridan saqlash choralarini axtargan. Shu maqsadda, xususan, turli irim-sirimlar amalga oshirilgan, sigir shoxiga, bo'yniga "nazarni" daf qiluvchi tumorlar osilgan va hatto, sog'im aytimlarining o'qilishi ham ma'lum ma'noda afsun hisoblangan. Sog'im qo'shiqlarida uchraydigan "xo'sh-xo'sh" so'zini to'rt marotaba takrorlanishi, bu aytim bo'g'inlari yetti hijoli she'r misralarini tashkil qilish yetti va to'rt raqamlari bilan bog'liq.

Bu raqamlar avloddan-avlodga o'tib xalq orasida e'tiborli va e'tiqodli sonlari sifatida e'zozlanadi. Masalan, to'rt raqam bilan bog'liq misollar to'rt tomonning qibla, to'rt fasl, salomatlik ramzida - "to'rt muchang sog' bo'lsin" - iborasidan kelib chiqqan.2

Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: chorvador qoramolni asrash uchun kimga iltijo qiladi? Bu savolga aytimda yetti raqam ramziy ma'nosidan kelib chiqiladi. Qadim turkiy xalqlarda yetti qaroqchi yulduzlarni homiy ruh deb e'tiqod qilganlar. Bu xususida aytilgan rivoyatlarga ko'ra yetti qaroqchi yulduzlar (boshqacha nomlanishi yetti aka-uka, yetti qariya, yetti azizlar) o'z elini yovuz dushmandan himoya qilgan, shuningdek, yetti homiy doimiy -madadkor, yetti kun sig'inish udumlarini keltirib chiqargan. Masalan, ruhlar sharafiga yetti pilik yoqish, ma'lum harakatni yetti marta takrorlash, yetti non yopib, yetti qo'shniga berish hamda folklor namunalarida ham namoyon bo'lgan.

Bu kabi holatlar chorvadorlar orasida ham keng yoyilgan edi. Chunonchi, oqshom payt, yulduzlar haqqiga yerga yetti tomchi sut tomizilgan va bu irim hozir ham uchraydi. Uy hayvonlari bilan bog'liq aytimlarda, masalan qo'sh haydash,

2 Жураев Т. Узбек халк эртакларида "сехрли ракамлар" Т.1991, 76-77-бет

xirmon yanchishda ham to'rt va yetti raqam bilan bog'liq shu kabi tushunchalar uchraydi. Dehqonchilik qo'shiqlari ham mehnat aytimlarining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ularga oid namunalar esa dehqonchilikning turli faoliyatlari bilan bog'liq holda ijod etilgan. Jumladan, "xo'sh-haydash" - yer haydash paytida, o'rim qo'shig'i - hosilni o'rib olishda aytilgan. Bu qo'shiqlar baralla ovozda kuylangan. Behqonchilik qo'shiqlari davr talabiga ko'ra bu jarayonga oid aytim namunalari unutilib borilmoqda, faqat etnografik guruhda sahnaviy ko'rinishga ega holda saqlanib kelmoqda.

Mehnat jarayoni bilan bog'liq hunarmandchilik qo'shiqlari asosan "charx" yigirish, gilam to'qish, do'ppi tikish, ganchkorlik mehnat vaziyatlari bilan bog'liq ko'pincha xotin-qizlar ijodidir. Ularda mehnat bilan bog'liq aytimlar badiiy jihat va xususiyatlari kuzatiladi.

Biroq, shuni inobatga olmoq kerakki, bizga qadar yetib kelgan hunarmandchilik aytimlari turlari tarixiy davrlarga taalluqli badiiy va boshqa unsurlarni namoyon etadi. Bu hol ularning she'riy mazmunidan ham sezilib turadi. Chunonchi, aytimning nisbatan qo'hna namunasi mavzu jihatidan mehnat vaziyati bilan qat'iy cheklanish, kuy-ohanglari esa yuqorida ko'rib o'tilgan mehnat aytimlari sadolariga yaqinligi va unda yettilik bo'g'in ritmi qo'llanganligi bilan tavsiflanadi

O'zbek xalqining uzun o'tmishi davomida shakllangan turli marosim va urf-odatlardan mavsumiy marosim qo'shiqlari ko'p asrlik tarixiy jarayonida ma'lum tabiiy o'zgarishlar va xalqning dunyoqarashi bilan bog'liq. Mavsumiy marosim qo'shiqlarning eng ko'p namunalari go'zal bahor fasli bilan bog'liq va undagi asosiy sana Navro'z bayrami. Ana shunday marosimlardan ba'zilari unutilib yuborilgan. to'rt faslga oid kuyidagi marosimlar o'tkazilgan:

> Qish faslida - "Yas-yusun", "Gap-gashtak";

> Bahor faslida - "Navro 'z bayrami ", "Shox moylar", "Sust xotin ";

> Yoz faslida - "Choy momo ";

> Kuz faslida - "Obla baraka ", "Shamol chaqirish ".3

Marosimlarni aksariyati qo'hna hayotga taalluqli bo'lib, yil fasllari va mehnat mavsumlariga bog'liq holda o'tkazilar edi. Mavsumiy marosim qo'shiqlardan bahor fasli qo'shiqlarini aksariyati bolalar folklorida saqlanib qolgan, ammo bir qator marosimlarning ma'lum voqelik o'yinlariga asoslanganligi pirovardida bolalar tabiatiga nihoyatda mos va shu jihatdan ham bolalar faoliyatida saqlanib qolgan.

3 roHycoB O. Y3ÖeK x&IK; Mycurça H^OAH 1-KHCM T. 1994, 25-6eT

Sust xotin

--- T— \— ^— -H— A-r 5= r-l

ft1 -0-Cyc 6 —* T xc aHfl: Vt -^ - THH » . 0 cy r ~~ —* 3 - Mi -0 1 sc - —J ™ H T 1— Ky - JE - *- m - K Hr- -if— a - ch -0-Mai T —* i - fl -H a -— xc - ~0 rm V — 1 h, v

ft.1 ;—« 2= p i- P * lJ p J »M -0 —m

Em-rap er-flHp j^yn 6yji-CHH 3 - Jiy aca-xoH Kyn 6yn chh, CycT xo - thh.

Man ca nap ky jiok; eR chh. cy Ty ka thk myji 6yn chh,

Xususan, "Boychechak", "Laylak keldi", "Chitti gul", "Oq terakmi. Ko'k terak" kabi hozirda ma'lum o'yin-qo'shiqlar shu tarzda bizgacha yetib keldi. Endilikda ko'proq badiiy qiziqish uyg'otayotgan yana bir qator mavsumiy marosimlar esa, jumladan, "Sust xotin", "Shox moylar", "Arg'imchoq", "Ashshadarozi", "Folklor-etnografik" ansambllari tomonidan qayta tiklanib "Sahnaviy" ko'rinishlarda bu qo'shiqlar ijro etila boshladi. Shuni aytish joizki, garchand u yoki bu marosim endilikda o'z mavqeini yo'qotgan bo'lsa-da, ammo ular ijtimoiy badiiy tafakkur rivojida ma'lum ahamiyat kasb etib kelgan.

Xulosa

Mamlakatimizda komil inson shaxsini shakllantirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishiga aylangan hozirgi sharoitda ma'naviyatimizning ajralmas qismi bo'lgan musiqiy madaniyatimizning o'rni beqiyosdir. Zero, musiqa, qo'shiq, har doim xalqimizning jon ozig'i bo'lib kelgan.

O'quv dasturlar asosidagi darsliklar o'quvchilarga ko'p asrlik musiqa an'analarini o'rganishda yordam beradi va ularni qadriyatimiz qatorida e'zozlashga chorlaydi. Chunki, o'quvchilar ular yordamida o'zbek xalqining uzoq o'tmishdan buyon ijod etibturli vaziyat va davrlarda kuylab kelinayotgan qo'shiq va uning turlarini (yalla, mehnat aytimlari, laparlar) yaqindan o'rganadi, ma'naviy bahra oladilar.

Foydalangan adabiyotlar

1. Axmadxo'jaev A. O'zbek xalq ijodi T.1967

2. Ibroximov O. Musiqa ijodiyoti masalalari T.2002

3. Mallaev N. M.. Uzbek adabiyoti tarixi, T. 1976

4. Mamirov K.A. Uzluksiz ta'lim tizimida musiqa fanlarini o'qitish masalasi /To'plam/ T.2008

5. Matyokubov B. Doston navolari T.2008

6. Mannopov S. O'zbek xalq musiqa madaniyati T 2004

7. Qosimov N. Folklor musiqa ijrochiligi T.2008

8. Ibragimov O. Musiqa 4-sinf uchun darslik T.2009

9. Ibragimov O., Sadirov J. Musiqa 7-sinf uchun darslik T.2008

10. Qilichev T.Xorazm xalq teatri T.1988.

11. Xoshimova, D. (2023). O'ZBEK MADANIYATI TARIXIDA MUSIQIY SAN'ATNING RIVOJLANISH OMILLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 22-26.

12. Madrimov Bahrom Xudoynazarovich, O'ZBEK MUSIQA TARIXI, «Barkamol fayz media», TOSHKENT-2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.