SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
O'ZBEK MADANIYATI TARIXIDA MUSIQIY SAN'ATNING RIVOJLANISH OMILLARI
Xoshimova Dilzoda
Farg'ona davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O 'zbek musiqsining tarixi, tub ildizlari, o 'zbek san 'atining rivojlanishi, tarixi, rivojlanish omillari, an 'anaviy musiqaning rivojlanish bosqichlari, o 'zbek musiqasining rivojlanishida katta xissa qo 'shgan musiqashunos olimlar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: san'at, amadaniyat, badiiy tafakkur, did, estetika, ziyraklik,mehnat qo 'shiqlari, masosim qo 'shiqlari, mavzumiy qo 'shiqlar, kayfiyat, jo 'rsozlik, yakkaxon.
This article talks about the history of Uzbek music, its roots, development of Uzbek art, history, development factors, stages of development of traditional music, musicologists who made a great contribution to the development of Uzbek music.
Key words: art, culture, artistic thinking, taste, aesthetics, intelligence, labor songs, masosim songs, thematic songs, mood, accompaniment, solo.
Insoniyat madaniyatining boshqa sohalarida bo'lganidek, musiqada ham uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o'rganish va tahlil qilish jarayonida muhim xususiyatlar va qonuniyatlar yorqin namoyon bo'ladi.
O'zbek musiqa san'atining ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi madaniyatning ko'pdan ko'p obidalari, buyuk o'zbek mutafakkirlari, shoirlari, yozuvchilari o'zining boy adabiy merosi bilan guvohlik beradi.
Madaniyat insoniyat badiiy tafakkurining mujassamlangan ko'rinishi hisoblanadi. Badiiy tafakkur o'z navbatida did, ziyraklik, nafosat, estetika, musiqa, zavq-shavq kabi tuyg'ular majmuasidir.
Ma'lumki, san'at insonga ta'sir ko'rsatuvchi ulkan kuchga ega,. Shu sababli barcha zamon va xalqlarning atoqli pedagog-tarbiyachilari yosh avlodga tarbiya va ta'lim berish tizimiga madaniyatli va ma'lumotli shaaxsni shakllanirish uchun zarur bo'lgan barcha fanlar qatori san'atning ham teng huquq bilan kiritilishiga intilganlar. Ideologiya formasi, madaniyatning qudratli quroli,yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ma'rifatli qilish vositasi bo'lgan musiqa san'atning muhim turlaridan biridir. Musiqa adaniyot, falsafa, etika bilan xilma-xil va murakkab tarzda bog'langan bo'lib, u yosh avlodni ma'naviy barkamollikka yetkazishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Respublika musiqa madaniyati tarixiga musiqashunos olimlar Y.Y.Romanovskaya, N.N.Mironov, B.A.Uspenskiy, T.S.Vizgo, Yu.Rajabiy, F.Karomatov Ya.Pekker, S.Veksler va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Bu iste'dodli musiqashunos olimlar ilmiy ish bilan birga xalq ijodini propaganda qilish, musiqa kadrlarini tarbiyalash, respublikaning musiqa o'quv muasssasalari uchun dastlabki o'quv qo'llanmalar yaratish bo'yicha ko'p ishlar olib borganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, o'zbek musiqa madaniyati turli xil xalq qo'shiqchilik ijodi, rivojlangan milliy professional musiqa, boy musiqa asboblaridan tashkil topadi. Bu xalq xo'shiqchilik ijodining, professional musiqachilar san'atining gurkirab rivojlanishi bilangina emas, balki ijtimoiy va madaniy hayotdagi jiddiy o'zgarishlar bilan xarakterlanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, o'zbеk an'anaviy musiqasi o'tmishdan ikki yo'nalish, ya'ni bir-biridan paydо bo'luvchi, bir-birini to'ldiruvchi, shu bilan birga o'zining alоhida хususiyatlari va sifatlariga ega bo'lgan yo'nalishlardan tashkil tоpgan. Shulardan biri, hayotiy mеzоn bilan bоg'liq musiqa folklori bo'lsa, ikkinchisi, ana shu jоnli jarayonning ijоdkоrlar tafakkuri bilan to'ldirilgan mumtoz musiqa yo'nalishidir. Shakllanish va ravnaqi yo'lida har ikki yo'nalish o'zining ichki qоnuniyatlari, shakl-u shamоyili, ishlash uslubi, mavqеi, jоyi, vaqti, ijro an'analari va shu kabi qator хususiyatlarga ega bo'lgan. Har ikki yo'nalishda ham umumiy hisоblangan milliy an'analari bilan bоg'liq tоmоnlari bo'lgani kabi, o'z yo'nalishiga хоs uslublarni ifoda etadigan alоhida jihatlari ham yo'q emas. Lеkin ijodiy mеzоn, ijrоchilik an'analari va talqin masalalarida e'tiborga lоyiq o'ziga хоslik jihatlari talayginadir. Хalqimizning istiqlоlga erishishi munosabati bilan azaliy qadriyatlarimizni tiklash, o'z tariхimizni, milliy urf-odat va an'analari-mizni, ma'naviy va shu jumladan badiiy mеrоsimizni оtrоflicha o'rganish hamda undan bahramand bo'lish imkоniyati vujudga kеldi.
Mavsumiy marоsim qo'shiqlari o'zbеk хalq оg'zaki badiiy ijоdiyotining muhim qismini tashkil etadi. Mavzu va shakl jihatdan хilma-хil bo'lgan bu aytimlar o'zining ifodasiga ko'ra, - Mеhnat qo'shiqlari - mеhnat aytimlari, - To'y marоsim aytimlari, -Mavsumiy marosim aytimlari kabi turlarga ajratish mumkin. Mehnat qo'shiqlari -xalq og'zaki ijodining qadimiy namunalaridan birini tashkil etadi. Bu turdagi aytimlar inson faoliyatining turligi jabhalarida ijod etilgan. Masalan: yer haydash, tegirmon yanchish, ip yigirish, sigir yoki turli uy hayvonlarini sog'ish. Xususan, bu aytimlar mehnat jarayonini bir maromda uyushqoqlik bilan bajarishga ko'mak berishni qatorida yana mehnatchi qalbiga ko'tarinkilik kayfiyatini jo qilgan, holda bo'lib xizmat qilgan. Mehnat aytimlarining ijtimoiy ko'lami uzoq o'tmishda yashagan avlod-ajdodlarimiz uchun yanada keng bo'lgan. Bu toyifa aytimlari turli e'tiqodlar
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bilan bog'liq rasm-rusm va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo'lib kelgan. Har holda bizga qadar etib kelgan mehnat aytimlari misolida shunga ishora etuvchi alomatlar saqlanib qolganligini aytishimiz mumkin. Ammo shuni ham inobatga olmoq kerakki, xalqimizni dunyoqarashida salkam bir yarim ming vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlar natijasida aksariyat mehnat qo'shiqlari ma'lum o'zgarishga uchragan, ba'zilari esa mehnat turini ahamiyati o'z kuchini yo'qotishi natijasida umuman unutilmagan. Hozirda bizga ma'lum mehnat aytimlarining bir necha xususiyatlari va belgilari aniqlangan. Masalan bunday belgilaridan biri -mehnat qo'shiqlari jo'rsozsiz aytiladi, - kuy ohanglari kichik ovoz doirasida bo'lib mehnat mazmuniga bog'liq she'riy to'rtliklar asosida yakkaxon tomonidan aytiladi. mehnat qo'shiqlarida she'riy bandlar oldidan yoki ulardan so'ng naqoratlar deyarli qo'llanilmaydi, ammo band misralariga ulanib keluvchi maxsus takroriy so'z-iboralar naqorat vazifasini o'tashi mumkin. Masalan: xo'sh-xo'sh, chureychurey, mayda-mayda. Mehnat qo'shiqlarida ritmik tuzilish otti bo'g'inli tuzilmasi etakchilik qiladi. Aytim kuylarida nutqdosh va so'zdosh ohanglar birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bajarilayotgan mehnat turiga ko'ra aytimlar uch guruhga bo'linadi. Bular asosan chorvadorlik, dehqonchilik, hunarmandchilik qo'shiqlari. Chorvadorlik qo'shiqlari aholining chorvachilik bilan bog'liq turmush tarzi va mehnat jarayonida shakl topgan. Ularning bizgacha yetib kelgan namunalari asosan - sog'im qo'shiqlaridanll iborat, ya'ni bu aytimlar sigir, biya, tuya, echki kabi uy hayvonlarini sog'ish paytida kuylanadi. Sog'im qo'shiqlarining turli xillari va shunga muvofiq nomlari ham mavjud. Masalan: qoramolni sog'ishda - xush-xushl, qo'y, echkilarni sog'ishda -turey-turey, churey-chureyll kabi ataluvchi maxsus aytimlar kuylanadi. Mazkur nomlar esa shu aytimlarda naqorat singari takror bo'luvchi so'zlardan olingan bo'lib, sog'ilayotgan jonivorni tinchlantirish, erkalash, iydirish va boshqa maqsadda kuylanadi. Sog'im qo'shiqlari odatda to'rtlik (kvarta) yoki beshlik (kvinta) pardalari qamrovida oxista kuylanadi. Bunda kuy ohanglar yonma-yon joylashgan pog'onalar bilan sadolanadi. Bu kabi xususiyatlar yuzaga kelishini esa aytim vaziyati va undan ko'zlangan maqsad taqozo etadi. Sog'uvchi jonivorni mayin tovushlar bilan iydirib ko'p sut sog'ib olish maqsadida Xush-xush ol bolangni xo'sh-xo'sh, Paqir to'lib sut bersin xo'sh-xo'sh. Borgan yering o't bo'lsin xo'sh-xo'sh, Balo qazo yo'q bo'lsin xo'sh-xo'sh. Shuni aytish ham kerakki, sog'im qo'shiqlarida qadimiy davrlarda e'tiqod etilgan - sehrli raqamlar va ular bilan bog'liq afsun o'qish holati ham ma'lum aksini topgan. Har bir chorvador o'z oilasini boqadigan qoramolni ko'z tegishidan yoki yovuz ruhlar nazaridan saqlash choralarini axtargan. Shu maqsadda, xususan, turli irim-sirimlar amalga oshirilgan, sigir shoxiga, bo'yniga - nazarni daf qiluvchi tumorlar osilgan va hatto, sog'im aytimlarining o'qilishi ham ma'lum ma'noda afsun
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
hisoblangan. Sog'im qo'shiqlarida uchraydigan - xo'sh-xo'sh so'zini to'rt marotaba takrorlanishi, bu aytim bo'g'inlari yetti hijoli she'r misralarini tashkil qilish yetti va to'rt raqamlari bilan bog'liq. Bu raqamlar avloddan-avlodga o'tib xalq orasida e'tiborli va e'tiqodli sonlari sifatida e'zozlanadi. Masalan, to'rt raqam bilan bog'liq misollar to'rt tomonning qibla, to'rt fasl, salomatlik ramzida -to'rt muchang sog' bo'lsin - iborasidan kelib chiqqan . Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: chorvador qoramolni asrash uchun kimga iltijo qiladi. Bu savolga aytimda yetti raqam ramziy ma'nosidan kelib chiqiladi. Qadim turkiy xalqlarda yetti qaroqchi yulduzlarni homiy ruh deb e'tiqod qilganlar. Bu xususida aytilgan rivoyatlarga ko'ra yetti qaroqchi yulduzlar (boshqacha nomlanishi yetti aka-uka, yetti qariya, yetti azizlar) o'z elini yovuz dushmandan himoya qilgan, shuningdek, yetti homiy doimiy -madadkor, yetti kun sig'inish udumlarini keltirib chiqargan. Masalan, ruhlar sharafiga yetti pilik yoqish, ma'lum harakatni yetti marta takrorlash, yetti non yopib, yetti qo'shniga berish hamda folklor namunalarida ham namoyon bo'lgan. Bu kabi holatlar chorvadorlar orasida ham keng yoyilgan edi. Chunonchi, oqshom payt, yulduzlar haqqiga yerga yetti tomchi sut tomizilgan va bu irim hozir ham uchraydi. Uy hayvonlari bilan bog'liq aytimlarda, masalan qo'sh haydash, xirmon yanchishda ham to'rt va yetti raqam bilan bog'liq shu kabi tushunchalar uchraydi. Dehqonchilik qo'shiqlari ham mehnat aytimlarining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ularga oid namunalar esa dehqonchilikning turli faoliyatlari bilan bog'liq holda ijod etilgan. Jumladan, xo'sh-haydash -yer haydash paytida, o'rim qo'shig'i - hosilni o'rib olishda aytilgan. Bu qo'shiqlar baralla ovozda kuylangan. Behqonchilik qo'shiqlari davr talabiga ko'ra bu jarayonga oid aytim namunalari unutilib borilmoqda, faqat etnografik guruhda sahnaviy ko'rinishga ega holda saqlanib kelmoqda. Mehnat jarayoni bilan bog'liq hunarmandchilik qo'shiqlari asosan - charx yigirish, gilam to'qish, do'ppi tikish, ganchkorlik mehnat vaziyatlari bilan bog'liq ko'pincha xotin-qizlar ijodidir. Ularda mehnat bilan bog'liq aytimlar badiiy jihat va xususiyatlari kuzatiladi. Biroq, shuni inobatga olmoq kerakki, bizga qadar yetib kelgan hunarmandchilik aytimlari turlari tarixiy davrlarga taalluqli badiiy va boshqa unsurlarni namoyon etadi. Bu hol ularning she'riy mazmunidan ham sezilib turadi. Chunonchi, aytimning nisbatan qo'hna namunasi mavzu jihatidan mehnat vaziyati bilan qat'iy cheklanish, kuy-ohanglari esa yuqorida ko'rib o'tilgan mehnat aytimlari sadolariga yaqinligi va unda ettilik bo'g'in ritmi qo'llanganligi bilan tavsiflanadi. Masalan, - Urchun qo'shig'ida mehnatni bajarayotgan xotin-qizlar beixtiyor shaxsiy hayotlari bilan bog'liq holatlarni ruhiy kechinma va dardlarini aytim orqali aytadilar va shu tariqa mehnat qo'shiqlariga lirik tuyg'ular kirib boradi. Kuy ohangda ettilik tuzilmasiga ulangan yangi sifatli to'lqinsimon kuy ohanglari sadolana boshlaydi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
O'zbek xalqining uzun o'tmishi davomida shakllangan turli marosim va urfodatlardan mavsumiy marosim qo'shiqlari ko'p asrlik tarixiy jarayonida ma'lum tabiiy o'zgarishlar va xalqning dunyoqarashi bilan bog'liq.
Musiqa folklorining mohir namoyandalari bilan bir qatorda bu yerda professional san'atkorlar - sozanda va hofizlar katta o'rin tutib, ular maqom va boshqa professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan. Kichik shakldagi ma'lum siklni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo'lgan raqso'yin qo'shiqlarining ijrochilari - sozandalar ham keng e'tibor topgan. Bu qadimiy shaharlarda cholg'u asboblari turlarining boyligi marosim qo'shiqkuylarining xilma-xilligi xarakterli bo'lishi bilan birga, eng yaxshi ijrochi xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she'riyat kechalarining muntazam o'tkazilib turishi ham odat bo'lgan edi. Maishat, turmushning shaharcha tarzi ashu-lachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o'ziga xos tusda keng rivojlanishiga ham imkon bergandi. Buxoro va Samarqand viloyatidagi o'zbek musiqa folklori esa ko'p jihatdan tojik musiqasi bilan ma'lum darajada umumiylikka ega bo'lib, tarixiy taqdiri deyarli o'xshash bo'lgan har ikkala qardosh xalq-o'zbeklar va tojiklarning babbaravar darajadagi musiqa merosidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Sh.M.Mirziyoyev. 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. Toshkent shahri. 2017-yil.
2. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. Toshkent - 2008 y.
3. S.Yo'ldosheva.O'zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta'limining rivojlanishi. T.1995.
4. Karomatov F. O'zbek xalqi musi qa merosi. Yigirmanchi asrda. II tom -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot, 1985. - 207 b.
5. Matyoqubov O. Maqomot. - Toshkent: Musiqa, 2004. - 399 b.
6. Mulla Bekchon Rahmon o'g'li, Muqammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi. (Badiiy muqarrir va nashrga tayyorlovchi B.Matyoqubov) -Toshkent: Yozuvchi, 1998. - 86 b.
7. O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomo nova, T.B.G'ofurbekov. -Toshkent: O'qituvchi, 1981. - 131 b.
XULOSA