Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA TARIXIY ONG VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNMOHIYATI'

O‘QUVCHILARDA TARIXIY ONG VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNMOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarixiy ong / tarixiy tafakkur / o‘ziga xos xususiyatlari / strukturasi / shakllanish / rivojlanish mazmuni / konseptual asos / komponent / rivojlantiruvchi ta’limiy-o‘quv vositalar / amaliy ko‘nikmalar sintezi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shadibekova Dildora Fazildjanovna

Mazkur maqolada tarixiy ong va tarixiy tafakkur o ‘ziga xos xususiyatlari, uning strukturasi, shakllanish, rivojlanish jihatlari mazmuni, uni rivojlantiruvchi ta’limiy-o‘quv vositalari asosida hosil bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar sintezi pedagog, sotsiolog, metodist olimlar hamda psixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularga subyektiv munosabatning pedagogik ta’sir vositalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA TARIXIY ONG VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNMOHIYATI»

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

O'QUVCHILARDA TARIXIY ONG VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUN-

MOHIYATI

Shadibekova Dildora Fazildjanovna

O'zMU "Tabiiy va aniq fanlar"ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika

akademik litseyi tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11183716

Annotatsiya. Mazkur maqolada tarixiy ong va tarixiy tafakkur o 'ziga xos xususiyatlari, uning strukturasi, shakllanish, rivojlanish jihatlari mazmuni, uni rivojlantiruvchi ta'limiy-o'quv vositalari asosida hosil bo'lgan amaliy ko'nikmalar sintezi pedagog, sotsiolog, metodist olimlar hamdapsixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularga subyektiv munosabatningpedagogik ta'sir vositalari yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: tarixiy ong, tarixiy tafakkur, o'ziga xos xususiyatlari, strukturasi, shakllanish, rivojlanish mazmuni, konseptual asos, komponent, rivojlantiruvchi ta'limiy-o'quv vositalar, amaliy ko'nikmalar sintezi.

Mamlakatimiz ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning zamirida zamonaviy nutqiy- kasbiy ko'nikmalarga, mantiqiy fikrlashga, intelektual salohiyatga ega, kuchli bilimi,dunyoqarashi keng shaxslarni tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz yoshlarini tarbiyalash masalasiga to'xtalib: 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim1" deb takidlaganlari ham bejiz emas.

Jumladan, yosh avlodning har tomonlama barkamol, raqobatbardosh shaxs bo'lib voyaga yetishida tarixni o'rganish, tariximizdagi buyuk allomalar, olimlar, sarkardalarning hayotiy yo'li, ilmiy faoliyati hamda ularning ta'lim mazmuni, sifatni boshqarishga doir ilmiy qarashlari, ularni tahliliy o'rganish muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashishini, mantiqiy, kreativ fikrlashini, shu bilan bir qatorda, ulardagi tarixiy ong va tarixiy tafakkurni ilmiy adabiyotlarni, materiallar o'qib tahliliy o'rganish asosiy o'rin egallaydi. O'quvchilarda tarixiy ong va tafakurni rivojlantiradigan ahamiyatli jihatlardan biri bu xalqning milliy o'zligi, xalqona qadriyatlari , urf-odati, ota- bobolardan meros sanalgan rasm- rusumlari sanaladi. Shu bois, o'quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkur o'zining muayyan davrdagi tarixiy manbalarni o'qib ulardan tarbiyaviy va ma'naviyatni o'stiruvchi xulosalar chiqarishga, ilm egallashga yo'naltirilishi maqsadga muvofiq. O'sib kelayotgan yosh avlodning akmeologik, aksiologik yondashuvlarini rivojlantirishda tarixiy ong va tarixiy tafakkur izchillikda takomillashib borishi ayni muddaodir. Shu o'rinda tarixiy ong tushunchasining konseptual semantikasiga, uning mazmun-mohiyatiga olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari hamda fikrlarini tahlil qilishga to'xtalish, tarixiy ong

1 Xalq so'zi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy Majlisga Murojaatnomasi" 2020 y. 30 dekabr №-255 son

"ШКЪУга1У ТА'ЬГМЭЛК INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

va tarixiy tafakkuming o'zaro mutanosibligini o'rgangan respublikamiz hamda chet е1 olimlari tomonidan olib borilgan ко'р1аЬ tadqiqotlar mavjud.

"Tarixiy ong kategoriyasi тигаккаЬ tuzilish, shakllanish, rivojlanish уо'Пап, usul va vositalariga bog'liq tarzda ichki strukturasiga egadir.Fanda ijtimoiy ongning ikkinchi darajasi -kundalik empirik ong va ijtimoiy-psixologik nazariy ong darajasiga ajratilgani kabi tarixiy ong ham bir necha bosqich va darajalarga bo'linadi. Kundalik tarixiy ong darajasi har bir individning о^ hayotiy tajribasi , umri davomida to'plagan, o'zi bilgan va eshitgan, ba'zan ishtirok etgan voqea-hodisalar to'g'risidagi birlamchi tasavvurlari, xotira va xulosalaridir"2 "Tarixiy ong, tarixiy xotira va milliy ong o'tmish saboqlarini Ш^п anglash bilan birga, kelajakni ham ко'га bilishning ma'naviy zamini Ьо'^^. Darhaqiqat, tarixiy ong, tarixiy хойга va milliy ong o'quvchida та'1ит obyektiv va subyektiv ijobiy ta'sirlar natijasida dinamiklik hosil qiladi. Shuning uchun tariximizda badiiy asarlar, ulardagi voqealar rivoji, ilmiy adabiyotlar tahlili tarixiy ong takomili sanaladi.Shu xususda, taniqli nemis olimi N.L. Mislivesning e'tirofi tahsinga sazovor. "Tarixiy ong o'tmish tajribasini bugungi kun va kutilayotgan kelajak nuqtayi nazaridan baholab, amaliy hayotda to'g'ri yo'lni topish imkoniyatini hosil qilishdir"4. Aytish joizki , har bir ijtimoiy hodisa va ijtimoiy jarayonning o'ziga xos ichki strukturaviy tuzilmasi, uning tarkibiy komponentlari mayjud bo'lib , и1аг o'zaro aloqadorligi , uyg'unligi каЫ jihatlari ni o'rganish kompleks - funksional tahlil orqali amalga oshiriladi.

Mamlakatimiz ilmiy izlanuvchilaridan Q.O.Maxkamov о^т^ "O'zbekistonda o'quvchilar tarixiy ongining yangilanishi va rivojlanishi (sotsiologik tahШ)" mavzusidagi tadqiqot ishida ilmiy adabiyotlarda tarixiy ongning shakllanish darajalari keltirilib, unga izoh berilgan.

"Тапх1у ongning ЫгтсЫ ^иуг) darajasi shakllanishi bevosita hayotiy tajribani to'plash asosida yuz beradi.Inson hayotining bolalik davridanoq shakllana boshlagan tarixiy ong asosan kundalik hayotiy, tizimlashmagan bilim, ko'nikma,shuningdek, o'tmish haqidagi ma'lumotlar hamda ШгН oilaviy marosimlardan olingan taassurotlar ко 'rinishida bo'ladi;

Tarixiy ongning ikkinchi (о'На)darajasida shaxsning о1ат haqida bilim va ko'nikmalari turli urf-odat, marosim va an'analardagi ishtiroki, ota-onasi yoki o'zidan kattalardan olgan та'ЬтоЙап, badiiy adabiyot, kino, teatr, radio, televideniya, me'moriy obidalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ta' siri ostida shakillanishi mumkin. Ammo tarixiy ongning bu darajasi ham hali tizimga solingan bilimga aylanmaydi.

Тапх1у вп^^ искипсЫ (yuqori) darajasi maktabda olingan tarixiy bilimlar asosida shakillanadi, Та'Нт jarayonida shakillantirilgan tarixiy ong o'tmish haqidagi bilimlaming rivojlanishiga, mustaxkamlanishiga va ulaming aniq bir tizimga tushishiga hamda tafakkurda charxlanib xotirada saqlanib qolishiga imkon beradi.

Tarixiy ощ shakllanishining Ю'НтсЫ (оНу) darajasi ^оп o'tmishni har tomonlama nazariy tushunish, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini payqay olish qobilyatiga ega bo'lganda yuzaga keladi. Bu davirda kishi xar tomonlama mukammal shakillangan, insoniyat jamiyatining

2 Ра^монов Р.Файзиев Ёшлар дунёк;араши шаклланишида тарихий онг ва тарихий хотира.-Тошкент. Узбекистон. 2008.- Б 21

3 Каюмов У.К. Роль национального самосознания в формировании жизненной позиции молодёжи Узбекистана. // Общественные науки в Узбекистане. - Ташкент. 2003. - № 6. С. 53-56

4 Мисливес Н.Л. Историческое сознание молодёжи как предмет социологического иследования // / Смена парадигма в историографии всеобшей истории в Республике Беларус И Российской Федератсии: сб. науч. Ст. /Учреждениэ образования Гродненский гос. Ун-т им Я.Купали. - Гродно:ГрГУ им Я.Купали.2016.С.122-128.

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

rivojini taminlaydigan harakatlantiruvchi kuchlarni yaqqol tasavvur etadigan, o'tmish haqida to'plagan tarixiy bilimlari negizida tarixiy dunyo qarashi vujudga kelgan bo'ladi5.

Respublikamiz olimlaridan E.G'oziyevning takidlashicha, "nutqning sharofati bilan tafakkur mahsulotlarining izchilligi, mantiqiyligi, sistemaliligi yuzaga keldi, kelajak avlod uchun meros tariqasida qoldirish imkoniyati barpo bo'ldi. Tafakkur mahsulotlarining og'zaki va yozma nutqlarda ifodalanishi (mustahkamlanishi) yosh avlodga muvaffaqiyatli ta'lim berish, ularni har tomonlama rivojlantirish imkonini yaratadi"6.Tafakkurdagi fikr va g'oyalar nutqda ifodalanishi barobarida ularda izchil, mantiqli munosabat bildirish yuzaga kela boshlaydi.

O'quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni o'quv dasturlaridagi belgilangan talablar asosida rivojlantirish quyidagi omillar bilan o'zaro bog'liq.

- umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarning tarix fanini o'qitishda fanning o'quv materialini o'qitish va shu nazariy ma'lumotlar asosida bilim, ko'nikma, malakalarini rivojlantirish;

- ularning mavzuga oid tushunchalar, terminlar bilan ishlash ko 'nikmasini o'stirish;

- o'quv mashg'ulotini tashkil qilishda ulardagi tarixiy bilimga va zamonaviy yondashuvga ega bo'lishlariga yo'naltirish;

- kretiv, mantiqiy fikrlab, mazmunli xulosa chiqarish uvhun pedagogik-psixologik imkoniyatlar yaratish;

- o'qituvchi dars jarayonida tarixiy ong va tarixiy tafakkunni rivojlantirishga doir ko'rgazmali vositalardan unumli foydalanishi;

- tarixiy muzeylarga tashrif buyurish ishlarini tashkil qilishi va olingan taassurotlarni interaktiv tarzda yondashish.

Shuni xulosa qilib aytish kerakki, o'quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni rivojlantirishda tarix bilan bog'liq adabiyotlarni o'rganishga undash, qiziqish hosil qilish va motivatsiya berish ularning milliy o'zligini anglashga, tarixiy madaniyatini egallashga yordam beradi. Bu esa tarixiy ong va tarixiy tafakkurning o'sish ko'rsatkichi oshgan sari ularda tarixiy madaniyat rivoji sezila boshlaydi.Shunday ekan, yosh avlodni tariximizni o'rganishga va shu orqali ularda tarixiy ong va tarixiy tafakkurning rivojlanishi ulardagi milliy urf-odatlarga amal qilish, oliyjanoblik, halollik, insonparvarlik, vatanparvarlik hissini takomillashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kayumov U.K. Rol natsionalnogo samosoznaniya v formirovanii jiznennoy pozitsii molodyoji Uzbekistana. // Ob^estvennwe nauki v Uzbekistane. - Tashkent. 2003. - № 6. S. 53-56

2. Maxkamov Q.O. O'zbekistonda o'quvchilar tarixiy ongining yangilanishi va rivojlanishi (sotsiologik tahlil).Sotsiologiya fan.bo'y.fal .dok. Diss (PhD).Toshkent.2019.-38-39 b

3. Mislives N.L. Istoricheskoe soznanie molodyoji kak predmet sotsiologicheskogo isledovaniya // / Smena paradigma v istoriografii vseobshey istorii v Respublike Belarus I Rossiyskoy Federatsii: sb. nauch. St. /Uchrejdenie obrazovaniya Grodnenskiy gos. Un-t im Ya.Kupali. -Grodno:GrGU im Ya.Kupali.2016.S.122-128.

4. Rahmonov R.Fayziev Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira.-Toshkent. O'zbekiston. 2008.- B 21

5. Tursunboyevich AO Development of socially active citizenship competence in students and

5 Махкамов К.О. Узбекистонда укувчилар тарихий онгининг янгиланиши ва ривожланиши (социологик тах,лил).Социология фан.буй.фал .док. Дисс (PhD).Тошкент.2019.-38-39 б

6 Fозиев Э. Тафаккур психологияси. -Т.: У;итувчи Фан. 1990. -146 б

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

youth in continuous education. - 2022.

6. Tursunboyevich OA Pedagogical and psychological opportunities for the development of socially active civic competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - No. 3. - S. 1888-1897.

7. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - No. 7.

8. Abdug' Aniyev O. DEVELOPMENT OF COMPETENCE OF GENERAL HUMAN VALUES IN STUDENTS ON THE BASIS OF A CULTURAL STUDY APPROACH //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - no. Special Issue 9. - S. 316-319.

9. Abdug'aniev, Azod. "DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZEN COMPETENCE IN STUDENTS THROUGH MODELING IN THE EDUCATIONAL PROCESS." Innovations in Technology and Science Education 1.5 (2022): 161-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.