Научная статья на тему 'TA’LIMDA BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI'

TA’LIMDA BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
339
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy tafakkur / tarixiy ong / tarixiy xotira / qadriyatlar / kreativ fikrlash / tarixiy tasavvurlar / falsafa.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Astanaqulova Dilfuza Toshmurodovna

Mazkur maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan tushunchalarning mazmun-mohiyati, nazariy asoslar, tahlillari keltirib o`tilgan. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarning tarixiy tafakkurinini shakllantirishning rivojlantirish bosqichlar hamda tarixiy ong va milliy o`zlikni anlashning integratsion ahamiyati bo`yicha ilmiy asoslangan fikrlar taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI»

TA'LIMDA BOSHLANGfICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI

Astanaqulova Dilfuza Toshmurodovna

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 81-maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546690

Annotatsiya: Mazkur maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan tushunchalarning mazmun-mohiyati, nazariy asoslar, tahlillari keltirib o'tilgan. Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning tarixiy tafakkurinini shakllantirishning rivojlantirish bosqichlar hamda tarixiy ong va milliy o'zlikni anlashning integratsion ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan fikrlar taqdim qilingan.

Kalit so'zlar: tarixiy tafakkur, tarixiy ong, tarixiy xotira, qadriyatlar, kreativ fikrlash, tarixiy tasavvurlar, falsafa.

Ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish hamma zamonlarda ham dolzarb masala bo'lib kelgan. Qadimgi va o'rta asr Sharq va Yevropa mutafakkirlari ta'lim jarayonida bola o'z fikriga ega bo'lishi lozimligini juda ko'p ta'kidlashgan. Aristotel, Suqrot, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko'pgina olimlar mustaqil fikrlay olishga shaxs rivojining asosiy xususiyati sifatida qarashgan. Mazkur masala yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarning tahliliga asoslanib, mustaqil fikrlashni shakllantirish ko'p qirrali jarayon ekanligi, turli fan vakillari o'z tadqiqot sohasi nuqtai nazaridan yondashib, muammoning yechimiga e'tibor qaratishganligini ta'kidlab o'tish lozim.

Faylasuf olimlardan V.Alimasov fikrlash chanqog'i mustaqil fikrlashni tarkib toptirish manbai ekanligi, A.Erkaev tafakkur erkinligini shakllantirish, G.Metyuz bola rivojida falsafiy ta'limotlarning o'rnini ko'rsatib berish orqali mustaqil fikrlashning falsafiy talqiniga e'tibor qaratganlar. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil fikrlash ko'nikmalarini tarixiy ong asosida rivojlantirish masalalari ob'yekt sifatida o'rganishga kam e'tibor qaratilmoqda. Vaholanki, bugungi globallashuv muhitda o'quvchilarda kichik yoshdanoq tarixiy ongni shakllantirish orqali ularni mustaqil va kreativ fikrlashga yo'naltirish katta ahamiyatga ega. Zero, ayni tarixiy saboqlar bolani o'tmishdan to'g'ri xulosa chiqargan holda, kelajak sari to'g'ri harakatlanishiga yordam beradi, jamiyatda o'z MENini tarkib toptirishga, Men konsepsiyasining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

°se<

• o* o»

xr Q -xP Q

<W>

Boshlang'ich ta'lim bosqichida — Atrofimizdagi olam va —Tarbiya fanini o'rganish tavsiflash, tahlil qilish, umumlashtirish, asoslash kabi ko'nikmalarni shakllantirish kabi maqsadlarga erishishga qaratilgan. Bu fanni o'rganish natijasida o'quvchi Vatan tarixidan (turli tarixiy davrlardagi odamlarning hayoti, mehnati, urf-odatlari suratlari), ona yurt - Vatan tarixidan (xalq mehnati, kasbining o'ziga xos xususiyatlari, muhim tarixiy malumotlar) maflum tarixiy dalillarni bilishga erishadi. Bu fanlarni o'zlashtirish davomida maktab o'quvchilari Vatan tarixidan alohida o'rganilgan voqealarni tasvirlay olishlari, davlat chegaralarini, aholi joylarini va hokazolarni xaritada, globusda ko'rsatishlari lozim bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish masalasi uzoq yillardan buyon o'qituvchilar va uslubchilarni tashvishga solib kelgan. Bu kichik yoshdagi o'quvchilar tomonidan tarixiy materialni o'zlashtirishning va tarixiy dalilning o'ziga xos xususiyatlari bilan bogfliq edi. Shu munosabat bilan mustaqillikkacha bo'lgan davrla uslubchilar tomonidan taqdim qilingan ishlarda boshlang'ich sinflarda tarix fanini obrazli o'qitish, o'qituvchining hikoyasi, suhbati, ko'rgazmali o'qitish vositalaridan foydalanish orqali o'quvchilarning tarixiy tasavvurlarini boyitish yo'llarini belgilash zarurligi asoslab o'tilgan.

Rus uslubchi va amaliyotchilari maktab o'quvchilarida tarixiy ong va tarixiy g'oyalarni shakllantirish nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qo'shgan, tarixiy ong va g'oyalar tarixiy tushunchalarni shakllantirishning dastlabki zaruriy bosqichi sifatida belgilandi, bu esa, o'z navbatida boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarixiy dunyoqarashining shakllanishiga olib keladi. Uslubchilar bir qator samarali tarixiy tasvirlarning tasnifini taklif qildi, vaqt, makon, o'tmish dalillari bo'yicha har bir turdagi tarixiy tasvirlarni yaratish usullarini ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Zamonaviy uslubchilar o'z ishlarida o'qituvchilarning eftiborini boshlang'ich sinf o'quvchilarida asosiy fanga oid va ularni mustaqil fikrlash ko'nikmlarini rivojlantirish sharti sifatida tarixiy ongni shakllantirish zarurligiga qaratadilar. Biroq, ilmiy va o'quv adabiyotlarini tahlil qilish bizga hozirgi bosqichda o'qituvchilarga boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ong va tarixiy g'oyalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar, jumladan, dars ishlanmalari taklif qilinmaganligi bu mavzuni chuqurroq tadqiq qilish zarurati borligini bildiradi. Demak, hozirgi kunga qadar boshlang'ich maktab o'quvchilari rivojlanishining yoshga bog'liq qonuniyatlarini, ularning hisobga olgan holda o'quv fanlari mazmuniga tarixiy materiallar asosidagi ma'lumotlarni kiritishni rivojlantirish orqali kichik yoshdagi o'quvchini mustaqil va nostandart fikrlashga, jamiyatda o'z faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga erishishimiz mumkin.

Tarixiy ongni rivojlanishi bir necha bosqichlarni tashkil etadi. Tarix insoniyat egallagan bilimlardan biri sifatida ijtimoiy-hayotning turli jabhalarini qamrab oladi. Tarix insoniyat hayotining umumiy tafsilotidir. Agar tarixni keng ma'noda

pggo o . ---oggc

Qy Y Y ¿¿^ Cj

<fÎ7T>

Lies«

tushunadigan bo'lsak, tarixiy tadqiqot va izlanishlar doirasi cheksizdir. Ammo tarixda alohida shaxs tarixiy vaziyatga ko'rinarli va sezilarli tafsir eta olmaydi. Diniy nuqtai nazardan qaraganda, tarixiy taraqqiyot, aynan tarixdan tashqarida yotadigan, ammo unga hal qiladigan darajada tafsir ko'rsatadigan kuchlarga bog'liq. Ammo ko'pgina hollarda ijtimoiy o'zgarishlarning ibtido sababchisi sifatida, ba'zida buyuk shaxs, ba'zida amorf massa, braun harakati ko'rinishlarida inson tarixiy harakatning dalili bo'lib keldi. Tarix fan sifatida alohida shaxsning ham, umuman jamiyatning ham ma'naviy rivojlanishining ajralmas unsuri hisoblanadi.

Tarix nafaqat insoniyat faoliyati va merosi, balki bu insoniyatning muayyan vaqt oralig'idagi harakatlari va voqealar majmuidir. Tarix shu bilan birga vaqt uyg'unligidir, u faqat vaqtda mavjuddir. Tarixiy ongda aks etgan tarixiy taraqqiyot, uning ziddiyatlari ala-quroq ko'rinishi insoniyat tafakkurini doimo band qilib kelgan. Tarixiy ong tushunchasi tarix falsafasining bosh mavzusidir. Insoniyatning tarixiy ongi uzoq yo'lni bosib o'tgan o'z genezisiga ega. Tarixiy ong —Afrodita dengiz ko'pigidan paydo bo'lganidek birdaniga paydo bo'lgan emas. Uning shakllanishi insoniyat -iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan birgalikda bordi. Ijtimoiy ong siyosiy, mafkura, huquqiy ong, axloq, din, fan, san?at falsafa shakllarida mavjud bo'ladi. Lekin tarixiy ong ijtimoiy ongning turli xil shakllarida uning bir unsuri, bir parchasi sifatida chiqadi va bularning evolyutsiyasi, xilma-xilligi tabiat va jamiyatning evolyutsiyasi va xilma-xilligi bilan belgilanadi.

Dunyoqarash shu bilan birga, insonning dunyoni maflum darajada tushunishi, anglashi, bilishi, baholash va shular asosida amaliy o'zlashtirishidir.U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko'rishi, idrok etishi, tasawur qilishi, insonning dunyodagi o'z o'rni va rolini belgilashi hamdir. Ana shu falsafiy dunyoqarashning bir unsuri jamiyat taraqqiyoti rivojlanishining o'tmish holatini ko'z oldimizda gavdalantiradigan tarix falsafasi yoki tarixiy ongdir.

Tarixiy ong genezisiga bag'ishlangan ishlarda, ko'pgina tadqiqotchilar Yevropa an'analari bilan chegaralanib qoladi xolos, vaholanki tarixiy ongning dastlabki kurtaklari insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshigi - Sharqqa paydo bo'lgan. Tarixiy ongning rivojlanishini qadimgi, o'rta asrlar bosqichlarida uni nazariy tahlili uchun ilmiy asos unsurlari paydo bo'ldi, bu davrda ilmiy nazariy jihatdan tarixiy ongni tahlil qilish tarixni fan sifatida teologik mafkura ta'siridan xalos bo'lishi bilan dastlabki qadamlar qo'yildi. Tarix falsafasining ilk rivojiga xristian ilohiyotchisi Avliyo Avgustin (IV asr) o'z hissasini qo'shdi. Uning butun falsafiy dunyoqarashi ndiniy eftiqodsiz bilim yo'q, haqiqat yo'q" degan tamoyilga bo'ysunadi. Avgustinning xizmati shundaki, u jahon tarixi to'g'risidagi xristian-teologik konsepsiyani yaratdi. U jahon tarixini xudo tomondan taqdiri azalni bitilishi natijasi deb tushuntirdi. Uning fikricha, insoniyat tarixidagi har bir voqea-hodisaning mazmun - mohiyatini

xudoning amri natijasidir. Avgustin tarixiy voqealar ilohiy taqdirga bog'liqdir, deb uqtirdi.

Vatandoshimiz Al-Beruniy tarixiy taraqqiyot konsepsiyasiga o'z hissasini qo'shgan olimlardan biri bo'lib, alloma insoniyat taraqqiyotining siklik konsepsiyasini ilgari surdi. Ensiklopedist olim tarixiy taraqqiyotni turli xalqlar tarixi misolida tasvirladi. Hozirgacha Al-Beruniyning tarixchi olim sifatidagi faoliyati tadqiq etilgani yo'q. O'rta asrlarda vatanimiz tarixchilari yaratgan asarlarda tarixiy davrlashtirish mamlakatimizni turli davrlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayoti jarayonlari bayon qilingan. Lekin tarixning mohiyat mazmuni to'g'risidagi asarlar uchramaydi.

Fanga tarix falsafasi atamasini mashhur mafrifatparvar Volter kiritgan edi va Volter o'zining shu nomli asariga xudoning irodasiga bog'liq bo'lmagan holda jamiyatning progressiv taraqqiyoti g'oyasini asos qilib oldi. U tarixning borishini g'oyalarning o'zgarishiga bog'liq deb bildi. Volter qadimgi dunyo tarixchilarining asarlariga, ularning tarixiy ongiga tanqidiy ko'z bilan qaradi. Bu davr tarixiy manbalardagi juda nozik mifologiyani ajrata olmadi.

XVIII asrdan boshlab tarixiy taraqqiyot, tarixiy ong mutafakkirlar uchun asosiy tadqiqot mavzusiga aylandi. Ma'rifatparvarlik asrida ma'rifatparvarlar tarixiy ongni teologiya ta'ziyqidan xalos qilib haqiqiy tarixni yozishni boshladilar. Yangi davr faylasuflari insoniyat tarixini kishilarning son-sanoqsiz kulfatlari yig'indisi deb tasvirladilar. Bu davrda tarixiy falsafiy mushohada etish keng rivojlandi. Bu jarayonda birinchi Prezidentimizning ushbu so'zlari diqqatga sazovordir —Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch -ma'rifatdir. Bu asrda ma'rifatni xurofotga qarshi kurashi taraqqiyotda tub burilishlarga olib keldi. Iqtisodiy ko'tarilish va o'sishdan depressiya va tushkunlikka tushish, ishlab chiqarishdagi tub o'zgarishlar ijtimoiy-siyosiy diniy harakatlar va boshqalar har doim tarixga alohida bir ko'tarinki qiziqish bilan qarashga undagan. Bunda ba'zan tarix najot yoli, to'planib qolgan ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy masalalar yechimi kaliti deb qaralgan. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotini atroflicha tushunish va tahlil qilishga harakat qilib kelindi.

Boshlang'ich sinf o^quvchilarida "tarixiy ong" va "tarixiy xotira"ni rivojlanish bosqichlari. Hozirgacha tarixiy ong genezisi bo'yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Tarixiy ong tarixiy xotira tushunchalari falsafiy-madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tafsiflangan. Biz bu o'rinda ularni tarix falsafasi nuqtai-nazaridan qarab ularni shakllanishi va rivojlanishi bosqichlariga tarixiy nuqtai nazardan e'tiborni qaratamiz. Tarixiy ong va tarixiy xotira bu ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida shaxs, jamiyat, millat, xalq dunyoqarashining bir unsuridir. Dunyoqarash insonning olam haqidagi yaxlit tushunchalari, tasavvurlaridir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarixiy ongi, turli omillar ta'sirida shakllanadi. Shu bilan birga, uning holatiga, birinchi navbatda, fanlarni o'qitish jarayonlarida va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda olingan bilimlar tafsir qiladi, ularning obfyektivligi va ishonchliligi maktab darsliklarining mazmuniga ham, o'qituvchilarning pozitsiyasiga ham bog'liq, chunki maktab o'quvchilari o'quv jarayonlarida deyarli tarixiy materiallardan foydalanmaydilar. Ular uchun tarixiy ma'lumotlarning faqatgina tarix va ijtimoiy fanlar mazmunida aks etishi kerak xolos. Boshlang'ich sinflarda fanlarni o'qitishning samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan samarali foydalanish, undagi uzviylik, fanlararo aloqani amalga oshirish milliy o'zlikni anglash jarayoniga katta hissa qo'shadi.

Fovdalanilgan adabiyotlar:

1. Matyew Gareth. Philosofy and the young child. - Cambridge: Harward Temnl University Ilress, 1988. - 210 p

2. Raximov R., Fayziyev F. Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira T: O'zbekiston, 2008. 18 bet.

3. Tulenov J. Qonun falsafiy tushuncha sifatida. -T.: 1959.

CMS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.