Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1452
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy tafakkur / ―tarixiy ong‖ / ―tarixiy xotira‖ / mustaqil fikrlash / qadriyatlar / kreativ fikrlash / ―men‖ kontseptsiyasi / tarixiy tasavvurlar / rivojlanish bosqichlari / tarix falsafasi / historical thinking / "historical consciousness" / "historical memory" / independent thinking / values / creative thinking / the concept of "I" / historical ideas / stages of development / philosophy of history

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saodat Abdurashidovna Toshtemirova

Mazkur maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan tushunchalarning mazmunmohiyati, nazariy asoslar, tahlillari keltirib o`tilgan. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarning tarixiy tafakkurinini shakllantirishning rivojlantirish bosqichlar hamda tarixiy ong va milliy o`zlikni anlashning integratsion ahamiyati bo`yicha ilmiy asoslangan fikrlar taqdim qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the content, theoretical foundations, analysis of concepts aimed at the formation of historical thinking. Science-based ideas on the stages of development of the formation of students' historical thinking in the educational process, as well as the importance of the integration of historical consciousness and understanding of national identity are presented

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI

Saodat Abdurashidovna Toshtemirova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan tushunchalarning mazmun-mohiyati, nazariy asoslar, tahlillari keltirib o'tilgan. Talim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning tarixiy tafakkurinini shakllantirishning rivojlantirish bosqichlar hamda tarixiy ong va milliy ozlikni anlashning integratsion ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan fikrlar taqdim qilingan.

Kalit sozlar: tarixiy tafakkur, "tarixiy ong", "tarixiy xotira", mustaqil fikrlash, qadriyatlar, kreativ fikrlash, "men" kontseptsiyasi, tarixiy tasavvurlar, rivojlanish bosqichlari, tarix falsafasi

ABSTRACT

This article describes the content, theoretical foundations, analysis of concepts aimed at the formation of historical thinking. Science-based ideas on the stages of development of the formation of students' historical thinking in the educational process, as well as the importance of the integration of historical consciousness and understanding of national identity are presented.

Keywords: historical thinking, "historical consciousness", "historical memory", independent thinking, values, creative thinking, the concept of "I", historical ideas, stages of development, philosophy of history

KIRISH

Ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish hamma zamonlarda ham dolzarb masala bo'lib kelgan. Qadimgi va o'rta asr Sharq va Yevropa mutafakkirlari ta'lim jarayonida bola o'z fikriga ega bo'lishi lozimligini juda ko'p ta'kidlashgan. Aristotel, Suqrot, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko'pgina olimlar mustaqil fikrlay olishga shaxs rivojining asosiy xususiyati sifatida qarashgan[1]. Mazkur masala yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarning tahliliga asoslanib, mustaqil fikrlashni shakllantirish ko'p qirrali jarayon ekanligi, turli fan vakillari o'z tadqiqot sohasi nuqtai nazaridan yondashib, muammoning yechimiga e'tibor qaratishganligini ta'kidlab o'tish lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Faylasuf olimlardan V.Alimasov fikrlash chanqog'i mustaqil fikrlashni tarkib toptirish manbai ekanligi[2]; A.Erkaev tafakkur erkinligini shakllantirish[3]; G.Metyuz bola rivojida falsafiy ta'limotlarning o'rnini[4] ko'rsatib berish orqali mustaqil fikrlashning falsafiy talqiniga e'tibor qaratganlar.

O'quvchilarda shakllantirish zarurati bo'lgan tarixiy ong bo'yicha esa, Pespublikamiz olimlaridan D.Abdullajonova, J.Tulenov, I.Jabborov, R.Abdullayevlarning bevosita tarixiy xotira va tarixiy ong muammosiga

May, 2022

891

bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlari e'ion qilindi. Bu tadqiqotlarda tarixiy ong atroflicha falsafiy -madaniyat nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Ularga ta'rif berilgan, tarixiy ongni mohiyat mazmuni ochib berilib ijtimoiy voqeylik bilan yaqin aloqada bo'lgan ijtimoiy ong shakli sifatida ko'rsatilgan. Ayniqsa, tarixiy ongning va tarixiy xotiraning hozirgi kunda o'quvchilarda ilmiy tarixiy dunyoqarashni shakllantirishda tutgan o'rni to'g'risida R. Raxmonov, F. Fayziyevlarning "Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira"[5] risolasi diqqatga sazovordir. Risolada tarixiy ong va tarixiy xotira tushunchalarini falsafiy tahlil qilish bilan bir qatorda uni kelib chiqishi, shakllanishiga ham bir darajada e'tibor beriladi. Bundan tashqari bir qator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida tarixiy ong u yoki va unga aloqador boshqa madaniy-falsafiy tushunchalarga oid ishlari mavjud. Jumladan, X.Samiboyev, Sh.Shirinboyev, T.X.Qurbonov, R.A.Kamenskaya, V.J.Kelle, Z.M.Orudjev, T.V.Kuznetsova, B.Rajabeklarning ishlarini keltirib o'tish mumkin. Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidentining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asari esa, ma'naviyatimiz qomusi bo'lib, unda tarix xalqimizning ajralmas qadriyatlari, afsonalari bilan uyg'unlashib ketgan e'tiqodini mustahkamlab, ma'naviyatini 20 yilga ulg'aytiradigan ulkan kuch ekanligini ilmiy tilda asoslab tahlil etildi.

Biroq boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil fikrlash ko'nikmalarini tarixiy ong asosida rivojlantirish masalalari ob'yekt sifatida o'rganishga kam e'tibor qaratilmoqda. Vaholanki, bugungi globallashuv va axborot tahdidlari xuruj olgan muhitda o'quvchilarda kichik yoshdanoq tarixiy ongni shakllantirish orqali ularni mustaqil va kreativ fikrlashga yo'naltirish katta ahamiyatga ega. Zero, ayni tarixiy saboqlar bolani o'tmishdan to'g'ri xulosa chiqargan holda, kelajak sari to'g'ri harakatlanishiga yordam beradi, jamiyatda o'z "MEN'ini tarkib toptirishga, "Men konsepsiyasi"ning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Boshlang'ich ta'lim bosqichida "Atrofimizdagi olam" va "Tarbiya" fanini o'rganish tavsiflash, tahlil qilish, umumlashtirish, asoslash kabi ko'nikmalarni shakllantirish kabi maqsadlarga erishishga qaratilgan. Bu fanni o'rganish natijasida o'quvchi Vatan tarixidan (turli tarixiy davrlardagi odamlarning hayoti, mehnati, urf-odatlari suratlari), ona yurt - Vatan tarixidan (xalq mehnati, kasbining o'ziga xos xususiyatlari, muhim tarixiy ma'lumotlar) ma'lum tarixiy dalillarni bilishga erishadi. Bu fanlarni o'zlashtirish davomida maktab o'quvchilari Vatan tarixidan alohida o'rganilgan voqealarni tasvirlay olishlari, davlat chegaralarini, aholi joylarini va hokazolarni xaritada, globusda ko'rsatishlari lozim bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish masalasi uzoq yillardan buyon o'qituvchilar va uslubchilarni tashvishga solib kelgan. Bu kichik yoshdagi o'quvchilar tomonidan tarixiy materialni o'zlashtirishning va tarixiy dalilning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq edi. Shu munosabat bilan mustaqillikkacha bo'lgan davrla uslubchilar tomonidan taqdim qilingan ishlarda boshlang'ich sinflarda tarix fanini obrazli o'qitish, o'qituvchining hikoyasi, suhbati, ko'rgazmali o'qitish vositalaridan foydalanish orqali o'quvchilarning tarixiy tasavvurlarini boyitish yo'llarini belgilash zarurligi asoslab o'tilgan.

Rus uslubchi va amaliyotchilari maktab o'quvchilarida tarixiy ong va tarixiy g'oyalarni shakllantirish nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qo'shgan, tarixiy ong va g'oyalar tarixiy tushunchalarni shakllantirishning

May, 2022

892

dastlabki zaruriy bosqichi sifatida belgilandi, bu esa, o'z navbatida boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarixiy dunyoqarashining shakllanishiga olib keladi. Uslubchilar bir qator samarali tarixiy tasvirlarning tasnifini taklif qildi, vaqt, makon, o'tmish dalillari bo'yicha har bir turdagi tarixiy tasvirlarni yaratish usullarini ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Zamonaviy uslubchilar o'z ishlarida o'qituvchilarning e'tiborini boshlang'ich sinf o'quvchilarida asosiy fanga oid va ularni mustaqil fikrlash ko'nikmlarini rivojlantirish sharti sifatida tarixiy ongni shakllantirish zarurligiga qaratadilar. Biroq, ilmiy va o'quv adabiyotlarini tahlil qilish bizga hozirgi bosqichda o'qituvchilarga boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ong va tarixiy g'oyalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar, jumladan, dars ishlanmalari taklif qilinmaganligi bu mavzuni chuqurroq tadqiq qilish zarurati borligini bildiradi. Demak, hozirgi kunga qadar boshlang'ich maktab o'quvchilari rivojlanishining yoshga bog'liq qonuniyatlarini, ularning hisobga olgan holda o'quv fanlari mazmuniga tarixiy materiallar asosidagi ma'lumotlarni kiritishni rivojlantirish orqali kichik yoshdagi o'quvchini mustaqil va nostandart fikrlashga, jamiyatda o'z faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga erishishimiz mumkin.

Tarixiy ongni rivojlanishi bir necha bosqichlarni tashkil etadi. Tarix insoniyat egallagan bilimlardan biri sifatida ijtimoiy-hayotning turli jabhalarini qamrab oladi. Tarix insoniyat hayotining umumiy tafsilotidir. Agar tarixni keng ma'noda tushunadigan bo'lsak, tarixiy tadqiqot va izlanishlar doirasi cheksizdir. Ammo tarixda alohida shaxs tarixiy vaziyatga ko'rinarli va sezilarli ta'sir eta olmaydi.

Diniy nuqtai nazardan qaraganda, tarixiy taraqqiyot, aynan tarixdan tashqarida yotadigan, ammo unga hal qiladigan darajada ta'sir ko'rsatadigan kuchlarga bog'liq. Ammo ko'pgina hollarda ijtimoiy o'zgarishlarning ibtido sababchisi sifatida, ba'zida buyuk shaxs, ba'zida amorf massa, "braun harakati" ko'rinishlarida inson tarixiy harakatning dalili bo'lib keldi. Tarix fan sifatida alohida shaxsning ham, umuman jamiyatning ham ma'naviy rivojlanishining ajralmas unsuri hisoblanadi.

Tarix nafaqat insoniyat faoliyati va merosi, balki bu insoniyatning muayyan vaqt oralig'idagi harakatlari va voqealar majmuidir. Tarix shu bilan birga vaqt uyg'unligidir, u faqat vaqtda mavjuddir. Tarixiy ongda aks etgan tarixiy taraqqiyot, uning ziddiyatlari ala-quroq ko'rinishi insoniyat tafakkurini doimo band qilib kelgan.

Tarixiy ong tushunchasi tarix falsafasining bosh mavzusidir. Insoniyatning tarixiy ongi uzoq yo'lni bosib o'tgan o'z genezisiga ega. Tarixiy ong "Afrodita dengiz ko'pigidan paydo bo'lganidek" birdaniga paydo bo'lgan emas. Uning shakllanishi insoniyat -iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan birgalikda bordi. Ijtimoiy ong siyosiy, mafkura, huquqiy ong, axloq, din, fan, san'at falsafa shakllarida mavjud bo'ladi. Lekin tarixiy ong ijtimoiy ongning turli xil shakllarida uning bir unsuri, bir parchasi sifatida chiqadi va bularning evolyutsiyasi, xilma-xilligi tabiat va jamiyatning evolyutsiyasi va xilma-xilligi bilan belgilanadi.

Tarixiy ong falsafiy-tarixiy tushunchadir. Biz bu tushunchaning mohiyatini ochishdan oldin falsafiy dunyoqarash to'g'risida tasavvurga ega bo'lishimiz kerak. Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to'g'risida ma'lumot beradi.

May, 2022

893

Dunyoqarash shu bilan birga, insonning dunyoni ma'lum darajada tushunishi, anglashi, bilishi, baholash va shular asosida amaliy o'zlashtirishidir.

U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko'rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, insonning dunyodagi o'z o'rni va rolini belgilashi hamdir. Ana shu falsafiy dunyoqarashning bir unsuri jamiyat taraqqiyoti rivojlanishining o'tmish holatini ko'z oldimizda gavdalantiradigan tarix falsafasi yoki tarixiy ongdir.

Tarixiy ong genezisiga bag'ishlangan ishlarda, ko'pgina tadqiqotchilar Yevropa an'analari bilan chegaralanib qoladi xolos, vaholanki tarixiy ongning dastlabki kurtaklari insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshigi - Sharqqa paydo bo'lgan.

Tarixiy ongning rivojlanishini qadimgi, o'rta asrlar bosqichlarida uni nazariy tahlili uchun ilmiy asos unsurlari paydo bo'ldi, bu davrda ilmiy nazariy jihatdan tarixiy ongni tahlil qilish tarixni fan sifatida teologik mafkura ta'siridan xalos bo'lishi bilan dastlabki qadamlar qo'yildi.

Tarix falsafasining ilk rivojiga xristian ilohiyotchisi Avliyo Avgustin (IV asr) o'z hissasini qo'shdi. Uning butun falsafiy dunyoqarashi "diniy e'tiqodsiz bilim yo'q, haqiqat yo'q" degan tamoyilga bo'ysunadi. Avgustinning xizmati shundaki, u jahon tarixi to'g'risidagi xristian-teologik konsepsiyani yaratdi. U jahon tarixini xudo tomondan taqdiri azalni bitilishi natijasi deb tushuntirdi. Uning fikricha, insoniyat tarixidagi har bir voqea-hodisaning mazmun - mohiyatini xudoning amri natijasidir. Avgustin tarixiy voqealar ilohiy taqdirga bog'liqdir, deb uqtirdi.

Vatandoshimiz Al-Beruniy tarixiy taraqqiyot konsepsiyasiga o'z hissasini qo'shgan olimlardan biri bo'lib, alloma insoniyat taraqqiyotining siklik konsepsiyasini ilgari surdi. Ensiklopedist olim tarixiy taraqqiyotni turli xalqlar tarixi misolida tasvirladi. Hozirgacha Al-Beruniyning tarixchi olim sifatidagi faoliyati tadqiq etilgani yo'q. O'rta asrlarda vatanimiz tarixchilari yaratgan asarlarda tarixiy davrlashtirish mamlakatimizni turli davrlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayoti jarayonlari bayon qilingan. Lekin tarixning mohiyat mazmuni to'g'risidagi asarlar uchramaydi.

Fanga tarix falsafasi atamasini mashhur ma'rifatparvar Volter kiritgan edi va Volter o'zining shu nomli asariga xudoning irodasiga bog'liq bo'lmagan holda jamiyatning progressiv taraqqiyoti g'oyasini asos qilib oldi. U tarixning borishini g'oyalarning o'zgarishiga bog'liq deb bildi. Volter qadimgi dunyo tarixchilarining asarlariga, ularning tarixiy ongiga tanqidiy ko'z bilan qaradi. Bu davr tarixiy manbalardagi juda nozik mifologiyani ajrata olmadi.

XVIII asrdan boshlab tarixiy taraqqiyot, tarixiy ong mutafakkirlar uchun asosiy tadqiqot mavzusiga aylandi. Ma'rifatparvarlik asrida ma'rifatparvarlar tarixiy ongni teologiya ta'ziyqidan xalos qilib haqiqiy tarixni yozishni boshladilar. Yangi davr faylasuflari insoniyat tarixini kishilarning son-sanoqsiz kulfatlari yig'indisi deb tasvirladilar. Bu davrda tarixiy falsafiy mushohada etish keng rivojlandi. Bu jarayonda birinchi Prezidentimizning ushbu so'zlari diqqatga sazovordir "Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma'rifatdir"[6].

Bu asrda ma'rifatni xurofotga qarshi kurashi taraqqiyotda tub burilishlarga olib keldi. Iqtisodiy ko'tarilish va o'sishdan depressiya va tushkunlikka tushish, ishlab chiqarishdagi tub o'zgarishlar ijtimoiy-siyosiy diniy harakatlar va boshqalar har doim tarixga alohida bir ko'tarinki qiziqish bilan qarashga undagan. Bunda ba'zan tarix najot yoli, to'planib qolgan ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy masalalar yechimi

May, 2022

894

kaliti deb qaralgan. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotini atroflicha tushunish va tahlil qilishga harakat qilib kelindi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida "tarixiy ong" va "tarixiy xotira"ni rivojlanish bosqichlari. Hozirgacha tarixiy ong genezisi bo'yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Tarixiy ong tarixiy xotira tushunchalari falsafiy- madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tafsiflangan. Biz bu o'rinda ularni tarix falsafasi nuqtai-nazaridan qarab ularni shakllanishi va rivojlanishi bosqichlariga tarixiy nuqtai nazardan e'tiborni qaratamiz.

Tarixiy ong va tarixiy xotira bu ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida shaxs, jamiyat, millat, xalq dunyoqarashining bir unsuridir. Dunyoqarash insonning olam haqidagi yaxlit tushunchalari, tasavvurlaridir. Aniqroq aytganda, dunyoqarash inson o'zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan turli mazmun va darajadagi umumlashmalar tizimidir. Dunyoqarash inson o'zini va dunyoni yaxlit anglashining o'ziga xos shaklidir. Demak, dunyoqarash oddiy tushuncha emas, balki inson faoliyatiga, uning tabiat, jamiyat hodisalarini tushunishiga, ularga munosabatini belgilashga asos bo'ladigan ma'naviy omildir. Tarixiy ong ham inson dunyoqarashini bir unsuridir.

Ijtimoiy ong shakllaridan bo'lgan tarixiy ong va tarixiy xotira murakkab hamda serqirra hodisadir. Tarixiy ongga, shuningdek uning tarkibiy qismi bo'lgan tarixiy xotiraga, ularning o'zaro hamda ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasiga ko'plab ta'riflar berilgan. Jumladan R. Raxmonov, F. Fayziyevlarning tarixiy ongni shunday tushuntiradilar: "Tarixiy ong — o'tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-professional, etno-ijtimoiy, etno-konfessional guruhlarga, shuningdek alohida individlarga xos bo'lgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baholash xamdir. Bizningcha, tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhdari va individlarning o'z o'tmishi hamda butun insoniyat o'tmishi xaqidagi tasavvurlari yigindisidir. Tarixiy ongda o'tmish, bugun va kelajak uygunlikda in'ikos etadi"[7].

Albatta bu tushuncha aniq va mazmunan keng berilgan, biz faqat bu ikki so'zga kengroq e'tibor beramiz. Tarixiy ong va tarixiy xotira yaxlit birlikda bo'lsa-da, lekin tarixiy ong birlamchi bo'ladi. Tarixiy ong shakllangan, o'zini mukammal darajasiga yetgan bo'lsa, tarixiy xotira shaxs, xalq, millatda yuqori darajada ko'rinadi. Tarixiy ong, bu - har qanday bilimda bo'ladigan, hamma narsa, hatto ma'naviy borliq ham bo'lib o'tganligini anglashdir.

Tadqiqotchi D. Abdullajonova tarixiy ongga shunday ta'rif beradi: "Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bo'lib, jamiyat tomonidan o'zining kelib chiqishi va zamondagi o'rni, o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi o'rtasidagi aloqadorlikning anglanishi, ijtimoiy voqelikning ob'yektiv idrok etilishidir"[8]. Demak, tarixiy ong nafaqat xalq, millat yoki shaxsga, balki millatga ham tegishli deyish mumkin.

O'zbek faylasuf olimi J. Tulenov tarixiy ongni quyidagicha tushuntiradi: "Tarixiy ong ilgari sodir bo'lgan tarixiy voqealarni o'zida aks ettirgan turli-tuman manbalar, ashyolar avloddan-avlodga meros sifatida o'tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta'minlaydi"[9]. Olimning yuqoridagi ta'rifiga faqat ikki so'zga e'tibor beramiz, ijtimoiy guruh va sinflar. Ijtimoiy guruh va sinfda tarixiy ong bo'lishi mumkinmi, agar bo'lgan taqdirda u qanday va nimada namoyon bo'ladi? Bizning fikrimizcha, aytilgan tushunchalar jamiyat va millat, shaxs dunyoqarashida mavjud bo'ladi, ijtimoiy guruh va sinflar tarixiy ong, tarixiy

May, 2022

895

xotira tushunchalarini o'z manfaatlari nuqtai-nazaridan biladilar hamda undan foydalanadilar.

J.Tulenov, I. Jabborovlarning yana bir shu haqdagi tarifiga e'tibor beramiz: "Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda o'zining kelib chiqishi, o'z tarixidagi muhim voqealar va o'tmishdagi buyuk arboblar haqida, o'z tarixining boshqa kishilik jamoalari va umuman bashariyat hamjamiyati tarixi bilan nisbati haqidagi qarashlar, an'analar, udumlar, odatlar, konsepsiyalar mujassami tushuniladi"[10]. Bu ta'rif keng qamrovli hamda ko'pchilikni qondiradigan darajada bayon qilingan.

Ko'pchilik tadqiqotchilar tarixiy xotirani mazmunan tahlil qilganda tarixiy xotirada san'at, urf-odat, marosimlar bilan bog'liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va saqlanadi, deb hisoblaydilar. Bu tushunchada san'at va urf-odat, marosimlar bilan bo'lgan axborotlar to'g'risida aytiladi, lekin tarixiy xotirada ular qanday nufuzga ega va ularni saqlanishi qay tarzda bo'lishini tushunishimiz kerak. Tarixiy ong-tushunchasi tarix falsafasining bosh mavzusidir. Shu sababli biz bu yo'nalishda uni tahlil qilmaymiz, faqat tarixiy nuqtai nazardan uni rivojlanish bosqichlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Chunki, Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov shunday ta'kidlagan edilar: "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilish-ga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy xol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi turilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi".

Tarixiy ong ijtimoiy ongning turli xil shakllarida uning bir unsuri, bir parchasi sifatida chiqadi va bularning evolyutsiyasi, xilma-xilligi tabiat va jamiyatning evolyutsiyasi va xilma-xilligi bilan belgilanadi. Ana shu falsafiy dunyoqarashning bir unsuri jamiyat taraqqiyoti rivojlanishining o'tmish holatini ko'z oldimizda gavdalantiradigan tarix falsafasi yoki tarixiy ongdir. Tarixiy ong genezisiga bag'ishlangan ishlarda, ko'pgina tadqiqotchilar Yevropa an'analari bilan chegaralanib qoladilar xolos. Yevrosentrizm g'oyasi muxlislari tarixiy ongning shakllanishini Yunonistonda er. avv. V asrda Gerodotning mashhur "Tarix"ida ro'yobga chiqdi deb hisoblaydilar. Empirik nuqtai nazaridan qaraganda Gerodotning asari dastlabki haqiqiy tarixiy asar deb e'tirof etiladi. Vaholanki, tarixiy ongning dastlabki kurtaklari insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshigi- Sharqqa paydo bo'lganligi ma'lum, ammo nima uchun tarixiy ongni yaqqol ko'rinishi Gerodot tarixi bilan bog'lanadi va u tarix otasi deb ulug'lanadi.

XULOSA

Tarixiy ongning shakllanish jarayoni nihoyatda murakkab va bir-biriga ta'sir etuvchi ko'plab omillarga bog'liq. Xususan, bolada tarixiy ongni shakllantirishning o'ziga xos xususiyati millatning kop madaniyatli tarkibi bilan belgilanadi, har bir jamiyat shaxsiy tajriba va o'rganish asosida shakllangan o'z qadriyatlari, an'analari, diniy marosimlari va madaniyatiga ega. Tarixiy ongni belgilovchi omillar juda ko'p va xilma-xildir.

Boshlangich sinf o'quvchilarining tarixiy ongi, turli omillar ta'sirida shakllanadi. Shu bilan birga, uning holatiga, birinchi navbatda, fanlarni o'qitish jarayonlarida va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda olingan bilimlar ta'sir qiladi, ularning ob'yektivligi va ishonchliligi maktab darsliklarining mazmuniga ham, o'qituvchilarning pozitsiyasiga ham bog'liq, chunki maktab o'quvchilari o'quv jarayonlarida deyarli tarixiy materiallardan foydalanmaydilar. Ular uchun tarixiy ma'lumotlarning

May, 2022'

896

faqatgina tarix va ijtimoiy fanlar mazmunida aks etishi kerak xolos. Bugungi kunda boshlangi'ch talim mavjud maktab darsliklariga bolada tarixiy ongni shakllantirish maqsadlariga qaratilgan mazmunni ham singdirish maqsadga muvofiq. Insoniyatning tarixiy ongi uzoq yo'lni bosib o'tgan o'z genezisiga ega. Uning shakllanishi insoniyat-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan birgalikda bordi. Tarixiy ong va tarixiy xotira yaxlit birlikda bo'lsada, lekin tarixiy ong birlamchi bo'ladi. Tarixiy ong shakllangan, o'zini mukammal darajasiga yetgan bo'lsa, tarixiy xotira shaxs, xalq, millatda yuqori darajada ko'rinadi. Tarixiy ong, bu - har qanday bilimda bo'ladigan, hamma narsa, hatto ma'naviy borliq ham bo'lib o'tganligini anglashdir. Boshlangich sinflarda fanlarni o'qitishning samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan samarali foydalanish, undagi uzviylik, fanlararo aloqani amalga oshirish milliy ozlikni anglash jarayoniga katta hissa qoshadi.

REFERENCES

1. Дошимов К., Нишонова С., Хасанов Р. Педагогика тарихи. - Т.: Укитувчи, 1996. - 446 б

2. Алимасов В. Фалсафа ёхуд фикрлаш чанкоги. - Т.: «ФАЛСАФА ВА ДУКУК» нашриёти, 2007. - 278 б.

3. Эркаев А. Тафаккур эркинлиги. - Т.: Маънавият, 2007. - 160 б.

4. Matyew Gareth. Philosofy and the young child. - Cambridge: Harward Temnl University nress, 1988. - 210 p

5. Raximov R., Fayziyev F. Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira" T: O'zbekiston, 2008. 18 bet.

6. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. 9-jild, T.: "O'zbekiston", 2001. 438 bet.

7. Raximov R., Fayziyev F. Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira" T: O'zbekiston, 2008. 18 bet.

8. Абдуллажонова Д. Тарихий онг ва тарихий хотира. // Фалсафа ва хукук.. - Тошкент, 2004. - № 2, 83-бет.

9. Tulenov J. Qonun falsafiy tushuncha sifatida. -T.: 1959.

10. Туленов Ж., Жабборов И. Тарихий онгни ривожлантириш - давр талаби. - Т.: Мехнат, 2000, 7-бет.

11. Тоштемирова С.А. Минтакавий таълим кластерларида педагогик-касбий компетенцияларни ривожлантириш: талаб ва таклиф // Analyticai Journal of Education and Devolopment, Special issue 2022 // www.sciencebox.uz

12. Тоштемирова С.А. Кластерли ёндашув асосида таълим сифатини ошириш / монография. -Тошкент: "ISHONCHLI HAMKOR», 2021. -188 б.

13. Мухамедов Е.И., Ходжамкулов У.Н., Тоштемирова С.А. Педагогик таълим инновацион кластери / монография. - Тошкент, 2020. - 280 б.

14. Тоштемирова, С. А. (2021). Тарих фанларини укитиш самарадорлигига каратилган таълим кластерларини ташкил килиш асослари. Academic research in educational sciences, 2(5), 1073-1081.

15. Toshtemirova S.A., G'afforov Ya.X., Abduraxmonova J.N. Mutaxassislik fanlarini kasbga yo'naltirish metodikasi // o'quv qo'llanma. -Toshkent: "MALIK PRINT CO", 2021. - 204 b.

May, 2022

897

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.