Научная статья на тему 'O‘QUVCHILAR TABIIY-ILMIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI'

O‘QUVCHILAR TABIIY-ILMIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

93
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fariddun Izatulloyevich Ochilov

Masofaviy ta‟lim – axborot kommunikatsiya texnologiyasi vositasida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonda o„ziga xos bilim va ko„nikma berish shakllaridan biri bo„lib, qo„yilgan maqsad va vazifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkoniyatlarini beradi [1; 256-b.]. Ushbu masalada mamlakatimizning umumiy o„rta ta‟lim maktablari o„quvchilarini tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirishda masofaviy ta‟lim imkoniyatlaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo„lib turibdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILAR TABIIY-ILMIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

O'QUVCHILAR TABIIY-ILMIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA'LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI

Masofaviy ta'lim - axborot kommunikatsiya texnologiyasi vositasida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonda o'ziga xos bilim va ko'nikma berish shakllaridan biri bo'lib, qo'yilgan maqsad va vazifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkoniyatlarini beradi [1; 256-b.]. Ushbu masalada mamlakatimizning umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirishda masofaviy ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, bunday metodikani ishlab chiqishda quyidagilarga e'tibor berish kutilgan samarani beradi:

a) o'quvchilarga tabiiy fanlar bo'yicha tushunchalarni berish tavsifi;

b) o'quvchilarga tabiiy fanlardan taqdim etiladigan o'quv materiallarni tanlash omillari;

v) o'quvchilarga tabiiy fanlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni berish vositalari.

O'quvchilarga tabiiy fanlar bo'yicha tushunchalarni berish tavsifini belgilab olish muhim masalalardan biridir. Bunda tabiiy fanlar bo'yicha tushunchalar mazmunini, hajmini va ularni o'zlashtirish ko'lamini belgilash muhim ahamiyatga egadir. Shu ma'noda 1-4 sinflarda tabiiy fanlarning asosiy tushunchalarini o'quvchilarga tushuntirish, 5-9 sinflarda tabiiy fanlar asoslari bo'yicha to'liq bilim berish va 10-11 sinflarda o'quvchilarni tabiiy fanlar bo'yicha o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalaridan foydalanishga o'rgatish metodikasiga tayanish kutilgan samarani beradi. Bunday yondashuv o'quvchilarning yosh, jismoniy va aqliy imkoniyatlariga ham mos ekanligini ta'kidlab o'tish lozim. Shu tariqa umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida tadrijiy ravishda tabiiy fanlar asoslari bo'yicha taassurot, tasavvur va idrok tarkib toptiriladi. Aynan mana shu ko'nikmalar tabiiy-ilmiy tafakkurning muhim asoslari ekanligini eslatib o'tish joiz. Bu borada misol uchun, pedagog olimlar tabiiy fanlar aro taqdim etiladigan tushunchalarning o'zaro aloqadorligini quyidagicha nazorat qilib borishni tavsiya etishadi: [2; c. 60]

Fariddun Izatulloyevich Ochilov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni Te£hnologies^n^heEdueationaiprM

Dastlabki ilmiy tushunchalar Tabiiy o'quv fanlari

Tabiat-shunosli k Atrofimizdag i olam Geogra -fiya Biolo-giya Zoolo-giya Astro-nomiya

Notirik tabiat + + + + + +

Tirik tabiat + + + + + +

Fasllar + + + + + +

Atrof muhit + + + + + +

Vaqt va uning o'zgarishi + + + + + +

Tabiiy o'zgarish + + + + + +

Hududiy tabiat o'zgarishlari + + + + + +

Tuproq + + + + + +

O'simliklar dunyosi + + + + + +

Hayvonot olami + + + + + +

Bunda "+" belgisi o'quvchilaming tabiiy fanlar asoslarini o'zlashtirishlarini bildiradi. Shu jihatdan bunday kuzatuvni amalga oshirish o'quvchilaming tabiiy fanlar bo'yicha o'zlashtirish darajasini belgilab borish va kuzatish imkonini beradi.

O'quvchilar tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirishning masofaviy ta'lim amaliyotida kompyuter o'quv-texnik vositasiga asosan ishlab chiqilgan texnologik metodika asosida o'qitish jarayonini amalga oshirish kutilgan samarani beradi. Shu o'rinda e'tiboringizni biz tomonimizdan ishlab chiqilgan quyidagi "TIT" nomli kompyuterli texnologiyaning tuzilishiga tortamiz.

Tabiiy-ilmiy tafakkur (TIT) kompyuterli texnologik metodikaning qurilmasi.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

770

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

Mazkur texnologik metodikaning tavsifi quyidagicha: Mi - bu blokda tabiiy va ilmiy bilimlar majmui joylashtirilgan; M2 - mazkur blokda tabiiy fanlar bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlari mavzulari kiritilgan; M3 - ushbu blokda tabiiy fanlar bo'yicha to'garaklar va ularda ishlab chiqiladigan ishlanmalar to'g'risida ma'lumotlar joylashtirilgan; M4 - bu blokda tabiiy va ilmiy bilimlarni kuchaytiruvchi qo'shimcha ma'lumotlar, tasvirlar va multimediali vositalar kiritilgan; M5 - ushbu blokda tabiiy-ilmiy tafakkurni rivojlantirishga asos bo'luvchi kitoblar, ilmiy tadqiqotlar va maqolalar ro'yxati joylashtirilgan; M6 - mazkur blokda tabiiy-ilmiy tafakkur rivojlanganlik darajasini aniqlovchi testlar majmui kiritilgan.

Ushbu texnologik metodikaning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

1) o'qituvchi masofadan turib o'quvchilarning tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi;

2) eng chekka hududlarda istiqomat qiladigan o'quvchilar ham vertual muloqot vositasida o'qituvchi mashg'ulotlarida ishtirok etadi va ularning tabiiy-ilmiy tafakkurining rivojlanish ko'rsatkichlari ijobiy tomonga o'zgaradi;

3) oliy pedagogik ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilarning o'quvchilar tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlarini muntazam tashkil qilib borish yuzaga keladi;

4) o'quvchilar bunday mashg'ulotlarni o'zlari istagan vaqtda o'zlashtirish imkoniyatlariga ega bo'ladi;

5) buning natijasida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy tafakkurini rivojlantirish bo'yicha o'ziga xos masofaviy texnologik metodikaga ega bo'linadi.

Kompyuter o'quv-texnik vositasiga asosan ishlab chiqilgan mazkur texnologik metodika o'quvchilarni qiziqtirish xususiyatiga ega, chunki o'quvchilar kompyuter vositasida taqdim etilgan ma'lumotlarni o'zlashtirishga qiziqishadi. Shu sababli biz tomonimizdan ishlab chiqilgan ushbu texnologik metodikadan tabiiy fanlar o'qituvchilarining va bo'lajak o'qituvchilarning foydalanishi kutilgan samarani beradi.

REFERENCES

1. Pedagogika. Ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa. - Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - B. 376

2. Пакулова В.М., Кузнецова В.И. Методика преподавания природоведения. - М.: "Просвешение". 1990. - С. 192

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.