Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI OMILLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / gumanitar / boshlang'ich / integratsiya / adabiyot / xalqaro / metod / bilim / ko'nikma / malaka. / education / humanitarian / primary / integration / literature / international / method / knowledge / skill.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarova Zuxra Abduraxmanovna, Abdukaxorova Farangiz Nosirjon qizi

Maqolada boshlang`ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o„qitish texnologiyasi omillari haqida so„z yurirtilgan bo„lib, yangi o„quv adabiyotlar omili, yangi metodlar omili hamda xalqaro ta‟lim dasturlari keng yorirtib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article reflects on the factors of the technology of integrated teaching of humanitarian disciplines in primary school, the factor of new educational literature, the factor of new methods, international educational programs are widely explained

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI OMILLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION O'QITISH TEXNOLOGIYASI OMILLARI

Zuxra Abduraxmanovna Umarova

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD),ChDPU zuxra.umarova@cspi.uz

Farangiz Nosirjon qizi Abdukaxorova

CHDPU talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillari haqida so'z yurirtilgan bo'lib, yangi o'quv adabiyotlar omili, yangi metodlar omili hamda xalqaro ta'lim dasturlari keng yorirtib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, gumanitar, boshlang'ich, integratsiya, adabiyot, xalqaro, metod, bilim, ko'nikma, malaka.

ABSTRACT

The article reflects on the factors of the technology of integrated teaching of humanitarian disciplines in primary school, the factor of new educational literature, the factor of new methods, international educational programs are widely explained.

Keywords: education, humanitarian, primary, integration, literature, international, method, knowledge, skill, skill.

KIRISH

Mamlaktimizda boshlang'ich ta'lim maktabgacha va ta'limning keyingi bosqichini o'zaro bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Shu sababli keyingi paytlarda boshlang'ich ta'limning vazifalarini yanada aniqlashtirish va uni takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda [1]. 2017 yilga qadar boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarga alifboni o'rgatishdan iborat edi va bu vazifa to'liq maktabgacha ta'lim bosqichiga o'tkazildi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning birinchi va asosiy bosqichi hisoblanadi. Aynan boshlang'ich ta'limda o'quvchilarni ta'limnng keyingi bosqichlariga tayyorlash vazifasi amalga oshiriladi. Bularning barchasi boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillarini aniqlab olish zaruriyatini ko'rsatadi.

June, 2023

95

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasining eng muhim omillari quyidagilardan iborat:

1) yangi o'quv adabiyotlarining yaratilayotganligi;

2) o'qitishning yangi metodlari ishlab chiqilayotganligi;

3) boshlang'ich ta'limga xalqaro ta'lim dasturlarining joriy etilayotganligi [2].

1. Yangi o'quv adabiyotlari omili. Mazkur omil muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda boshlang'ich sinflarda "Ona tili va o'qish savodxonligi", "Tasviriy san'at", "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" gumanitar fanlarini integratsion o'qitish uchun tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan yangi o'quv adabiyotlarining yaratilyotganligi va ularda mavzularning o'zaro bog'liqligiga e'tibor berayotganligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, yangi o'quv adabiyotlari yangicha asosdagi metodikaga, ya'ni o'quvchilarni faoliyatga tayyorlash uslubiga asosan yaratilmoqda. Shu sababli yangi o'quv adabiyotlari boshlang'ich sinflarda integratsion o'qitishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasida yangi o'quv adabiyotlari omili muhim ahamiyatga ega. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan boshlang'ich sinf o'quv adabiyotlari yangi metodikaga asosan tayoyrlanib amaliyotga kiritildi. Bu yangi metodikaning asosini mavzularning o'zaro mantiqiy bog'liqligi, o'quv fanlarining metodik jihatdan uyg'unligi va darsliklar matnlarining amaliyotga yo'naltirilganligi tashkil etadi. Shu sababli mazkur metodikaga asosan boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi bo'yicha yangi o'quv adabiyotlari omiliga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur masala nazariy va metodik jihatdan muhim ahamiyatga egadi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida ana shu metodikani chuqur o'zlashtirish va unga asosan boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

2. Yangi metodlar omili. Boshlang'ich ta'limda o'qitishning yangi metodlarini muntazam ishlab chiqish jarayoni ham kechmoqda. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilar bilan individual ishlash, amaliy to'garaklar imkoniyatlaridan foydalanish va o'quvchilarning mustaqil ishlashi uchun keng imkoniyatlar berishga qaratilmoqda. Shu sababli bu metodika boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning muhim omillaridan hisoblanadi. Misol uchun,

o'quvchilar bilan individual ishlash ularga gumanitar fanlarni

June, 2023

chuqurlashtirib o'qitish imkonini beradi va bunda qo'shimcha ma'lumotlarni berish muhim hisoblanadi [3].

Boshlang'ich sinflarda gutanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasida yangi metodlar omili muhim o'rin tutadi. Bunday yangi metodikani aniqlash uchun tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini o'rganish, boshlang'ich ta'lim metodikasi bo'yicha yaratilayotgan yangi tadqiqotlardan xabardor bo'lish va yangidan qabul qilinayotgan ta'limga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini o'zlashtirib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida haftalik pedagogik amaliyot imkoniyatlaridan yoki to'garaklar mexanizmlaridan foydalanish, ular vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ko'nikmalarini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bunda talabalarning faol bo'lishi taqoza etiladi.

3. Xalqaro ta'lim dasturlari omili. Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishda xalqaro ta'lim dasturlari qoidalaridan ham foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Bu borada TIMSS va PISA xalqaro ta'lim dasturlari o'quv fanlarini o'zaro bog'liqlikda o'qitish bo'yicha muhim metodik tavsiyalarga ega. TIMSS xalqaro ta'lim dasturi Matematika o'quv fanini o'qitishda mazkur fanga kiruvchi geometriya, trigonometriya va algebra fanlarining mavzularini uyg'unlashtirilgan tarzda qabul qilishga asosiy e'tiborni qaratadi. Shu sababli keyingi paytlarda boshlang'ich sinflar uchun Matematika darsligi yangidan tayyorlanib, unda ta'kidlangan fanlarning mavzulari bo'yicha dastlabki tushunchalar berish nazarda tutildi. PISA xalqaro ta'lim dasturi o'quvchilarning matnni o'qib tushunish ko'nikmasini shakllantirishda mustaqil ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalanishni tavsiya etadi. Shu ma'noda mazkur dasturdan foydalangan holda boshlang'ich sinf gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega [4].

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning muhim ilmiy omillari mavjud. Mazkur omillardan oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning yangi o'quv adabiyotlari, yangi metodlar va xalqaro ta'lim dasturlari omillarini oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan chuqur o'zlashtirilishi taqoza etiladi. Chunki aynan bu omillar boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni o'qitish jarayonini chuqurlashtiradi va uning amaliy samaradorlik ko'rsatkichlarini yuksaltiradi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni o'qitish bo'yicha milliy va xorijiy

June, 2023

97

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

tajribalarning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki aynan gumanitar fanlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining shaaxs sifatida shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bu boradagi milliy tajribamizga ko'ra, gumanitar fanlarni o'qitish milliy qadriyatlar mezoniga asoslanadi va xorijiy tajribalarda gumanitar fanlarni o'qitish esa umuminsoniy qadriyatlar mezoniga tayanadi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasining ana shu omillari amaliy jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun keng imkoniyatlarni beradi. Bu omillarni o'zlashtirish va o'zlashtirganlarni tajriba-sinovlardan o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Umuman boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillarini o'zlashtirish uchun talabalarning faolligi, shaxsiy tashabbuskorligi va amaliy harakatchanligi katta ahamiyatga ega. Shu sababli bu masalada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga tushunchalar berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kezi kelganda ta'kidlash joizki, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari muhim imkoniyatlarga ega. Bunday imkoniyatlarning asosiylari quyidagi omillar bilan belgilanadi:

a) maktablarning zamonaviy jihozlanganligi;

b) professional boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mavjudligi;

v) boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim olishga qiziqishi talab darajasida ekanligi.

Maktablarning zamonaviy jihozlanganligi omili boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion shaklda o'qitish uchun keng imkoniyatlarni beradi. Misol uchun, maktablardagi zamonaviy kompyuter vositalari asosida o'quv fanlarini o'zaro bog'liqlikda o'qitish amaliy jihatdan samarali hisoblanadi va bunda o'quvchilarrning faolligiga erishish muhim ahamiyatga ega.

Professional boshlang'ich sinf o'qituvchilari omilidan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu omil boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning eng muhim asoslaridan biri bo'lib, undan oqilona foydalanish taqoza etiladi [5].

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim olishga bo'lgan qiziqishi bu boradagi amaliy omillardan biridir. Chunki o'quvchilarning qiziqish darajasi o'quv fanlarini o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur omil ham boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish shakllarini tanlashda muhim o'rin tutadi.

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,9б7 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: б,1

Shunday qilib boshlang'ich sinfla^a gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillari nazariy va amaliy xususiyatlarga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bu masala^ oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi P^identining 2020 yil 6 noyabráagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbiгlaгi to'g'risida"gi Farmoni. // www.ziyionet.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahmdagi Qonuni 2,3,4 moddalar. // www.ziyonet.uz.

3. Xasanboyev J.va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - T.: "Fan va texnologiya". 2009.

4. Jabborova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovasiya va integrasiyasi. -Toshkent, 2021.

XULOSA

June, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.