Научная статья на тему 'O‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING JAHON TAJRIBALARI'

O‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING JAHON TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
49
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / pedagogika / kompetensiya / kasbiy kompetensiya / shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim / xalq ta’limi / kasbiy-metodik tayyorgarlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nisanbayeva A.K

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari, og‘zaki va yozma nutqning muhim xususiyatlari, ichki va tashqi nutq ustida ishlashning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, shaxsni shakllantirishda nutq rivojlantirishning ahamiyatli tomonlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING JAHON TAJRIBALARI»

O'QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING JAHON

TAJRIBALARI Nisanbayeva A.K

Nizomiy nomidagi TDPU v.b.professori https://doi.org/10.5281/zenodo.10676558

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari, og'zaki va yozma nutqning muhim xususiyatlari, ichki va tashqi nutq ustida ishlashning o'ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, shaxsni shakllantirishda nutq rivojlantirishning ahamiyatli tomonlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, pedagogika, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, xalq ta'limi, kasbiy-metodik tayyorgarlik.

Аннотация: Данная статья посвящена условиям формирования инновационной активности учителя начальных классов. Освещены важные особенности устной и письменной речи, специфические аспекты работы над внутренней и внешней речью. При этом описываются важные аспекты речевого развития в формировании личности.

Ключевые слова: Образование, педагогика, компетентность, профессиональная компетентность, личностно-ориентированное образование, народное образование, профессионально-методическая подготовка.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar faqatgina xalq manfaatlari uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilmoqda. Shu bois ham biz buni «Mustaqillik in'omi», «Mustaqillik imkoniyatlari» deya baralla aytishimiz mumkin. Chindan ham biz muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida qadrimiz, qadriyatlarimiz, qaddimiz tiklanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, yosh avlodni - o'sib-ulg'ayib kelayotgan bolajonlarimizni ilk yoshdan boshlab milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlar, vatanparvarlik ruhi asosida kamolga yetkazmog'imiz lozim.

Ta'lim-tarbiya tizimida keng yo'lga qo'yilayotgan pedagogik texnologiyalar, pedagoglar tomonidan ilg'or texnologiyalar mohiyatining anglab yetilishiga erishish, shuningdek, ularda ijodiy yondashuv asosida faoliyat yuritish ko'nikma va malakalarini shakllantirish eng muhim vazifalardan sanaladi.

Shunday ekan, pedagogning ish ko'lami kengayib bormog'i kerak. Darhaqiqat, bu vazifa bugungi kunda o'qituvchining asosiy faoliyatiga aylandi. O'qituvchidagi intellektual salohiyat -ishchanlik, mehnatsevarlik, ijodkorlik xususiyatlari ta'lim mazmunining boyishida alohida va muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim jarayonida ilg'or texnologiyalarning yangi-yangi usullarining qo'llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda o'tishiga olib keldi, o'quv materiallarining chuqur o'zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratdi. Qolaversa, umumiy o'rta talim maktablari ham yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasida katta imkoniyatlarga ega.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi maqolamiz har bir o'qituvchining o'qitishning ilg'or, samarali usullariga, yangilik tarzidagi uslublarga tayyor bo'lishi xususida boradi.

Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta'limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida «ta'lim texnologiyasi» tushunchasi e'tirof etilgan vaqtda paydo bo'ldi, o'sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo'lishi va innovatsion ta'lim nazariyasining yaratilishi to'g'risida

ma'lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko'rsatdiki, bu tushunchalar ta'lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta'lim tizimiga kiritish orqali ta'lim tizimini isloh qilish; ta'lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta'lim jarayonida bolaga do'stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o'tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat bu - ijodiy jarayon va pedagogik innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo'nalish tarkib topdi.

Bu esa o'qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.

«Innovatsion pedagogik faoliyat» deb bir necha bor tilga olmoqdamiz.Innovatsiya» so'zining ma'nosi nima? Bu so'z inglizcha «inoveyshin» so'zidan olingan bo'lib, yangiliklar kiritish, degan ma'noni bildiradi. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga tadbiq etish, innovatsion faoliyatlarni tahlil qilish orqali bu faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo'ldi. Demak, innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Bu faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlab, uni takomillashtirib berishdan iboratdir. Biroq ta'lim tizimidagi har qanday yangilik yohud har bir yangilik ham innovatsiya bo'lolmaydi. Sabab: agar faoliyat jarayonidagi yangilik qisqa muddatli bo'lsa, ustiga-ustak tizimdagi ayrim elementnigina o'zgartirsa, u innovatsiya emas, «novatsiya» hisoblanadi. Shunday ekan, o'qituvchining darsi qiziqarli, samarali o'tishi uchun u pedagogik innovatsiyalarning yangi-yangi uslublarini izlab topishi, uni chuqur tahlillar ostida eng samaralisini tanlab olishi hamda amaliyotda qo'llashi lozim. Buning uchun u eng avvalo, innovatsiyalar haqida aniq ma'lumotlar jamg'armasini yaratishi zarur. Nafaqat yaratishi, to'plashi, balki uni tasvirlab, tushuntirib, ifodalab ham bera olishi kerak. Ular yarim yillik bo'yicha metodik tavsiyalar va qoidalar sifatida taqdim etilishi ham mumkin. Chunki innovatsion faoliyatning miridan-sirigacha hammasi yozib kiritilmaydi, ular o'z-o'zidan ma'lumdek, tushunarlidek taassurot uyg'otadi. Ularning barchasi jonli faoliyatda namoyish etiladi. Demak, yangilik kiritish jarayonida qabul qilingan modelni amaliy qo'llaniladigan dasturga aylantirish uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi.

Innovatsion faoliyatga tayyorgarlik uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo'lib, u juda uzoq vaqt davomida mukammallashib boradi va bunda u pedagog-olimlar fikrlariga tayangan holda ish olib boradi. Bu faoliyatning zarurligini o'qituvchi tushunib yetishi, innovatsiya kiritishga qaratilgan harakatlar samara keltirishiga ishonishi lozim. O'qitishning bu usuli orasida didaktik o'yinlar va obrazli o'quv o'yinlari ham alohida ahamiyat kasb etad

Didaktik o'yinlarning metodik asoslari 4 bosqichni qamrab olgan: o'rganiladigan mavzuning tanishtirilishi, o'yin jarayonining yaxlit ko'rinishi, stsenariydagi holatlar bayoni (darhaqiqat, bunday o'yinlarni o'tkazishda eng katta ahamiyat uning ssenariysining yozilish darajasiga qaratiladi), jumladan, stsenariyda o'yin sharoitlari tasvirlanishi, o'yin ishtirokchilari harakatlari yoki holatlarining ishlab chiqilishi, ularga metodik ko'rsatmalar yaratish kabi masalalar bayon qilinadi. Shu asosda o'yin harakatlari tashkillashtiriladi. Uni o'tkazishda uchragan noaniqliklar bartaraf etiladi. O'yin jarayonidagi barcha muammoli vaziyatni «yashab o'tish» o'yin harakatini yanada ochib beradi.

Bundan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligida bolalar bilan muloqot - dialog, sherikchilik, maqol-matallardan foydalanish, topishmoqlarni qo'llash, hududiy o'yinlardan, ashulalardan, hazil-mutoyibalardan foydalanishning ham ahamiyati benihoya katta. Yana nazorat ishlari, rollarga ajratib beriladigan o'yinlar ham sinovdan yaxshi natijalar bilan o'tgan metodik

tavsiyalar hisoblanadi. Bularning barchasi o'qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligida yoki tayyorgarligini oshirishda jiddiy va zaruriy zahira hisoblanadi.

Zamonamiz kun sayin o'zgarib borayotgan ekan, eng avvalo, ta'lim sohasi u bilan hamohang bo'ladi. Va buning natijasida o'qituvchidan o'z faoliyatiga to'xtovsiz o'zgartirishlar kiritishni talab etadi. Ana shulardan kelib chiqqan holda o'qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini murakkab jarayon sifatida baholash mumkin. Chunki yuqorida aytib o'tilgan usullar o'qituvchi tomonidan ijodiy boyitiladi, rivojlantiruvchi axborotlar bilan to'ldiriladi. Bular shunchaki gaplar emas, natijasi samarali, tajribadan muvaffaqiyatli o'tgan, tasdig'ini topgan tavsiyalardir.

Bunda o'qituvchi, innovatsion faoliyatning sub'ekti va tashabbuskori sifatida yangilikni ijodiy izlanish natijasida yaratishi, uni mohirona hayotga tadbiq etish hamda uni ommalashtirishda markaziy o'rinda turishi lozim.

Yuqorida bildirilgan nisbatan umumiy va tor ma'nodagi fikrlardan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligini fanlararo tizim, tarixiy, zaruriy va qonuniy tizim sifatida baholaganda ham uning mohiyatidan kelib chiqiladi.

Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan qaralgan innovatsion faoliyatga tayyorgarlik o'quvchining barcha-barcha sifatlarini hisobga olib ish ko'radigan murakkab jarayondir. Bu jarayonni muvaffaqiyatli poyoniga yetkazish - ro'yobga chiqarish keng qamrovli maqsadlarga, qarama-qarshiliklarga, analitik, axborot va metodologik yo'nallshlarga tayanishni taqozo etadi. Shu o'rinda keng qo'llanilayotgan ilg'or, zamonaviy texnologiyalar juda-juda asqotadi, ayniqsa, innovatsion texnologiyalar. Innovatorlar - yangilik yaratuvchilar esa, shubhasiz, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda, uni zamon talablari bilan uyg'unlashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari tayin.

REFERENCES

1. 1.Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178.

2. 2.Masharipova, U. (2021). THE ROLE OF INNOVATION IN CONTINUOUS EDUCATIONAL SYSTEM. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(4), 168-176.

3. Rustamova, Z. (2022). O'ZBEK TILI DIALEKTAL KORPUSINI YARATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARI. Science and innovation, I(B8), 1255-1258.

4. Нисанбаева, A., & Чиналиева, A. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА МОТИВАЦИЯНИНГ АХДМИЯТИ. Science and innovation, /(Special Issue 2), 781-786.

5. Kaldibaevna, N. A. (2022). The System of Learning Word Composition and Formation in Mother Language Lessons of the Primary Class. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(10), 48-51.

6. Bakiyeva, X. (2022). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQI VA TAFAKKURINI O'STIRISH—TIL TA'LIMINING DOLZARB MUAMMOSI SIFATIDA. Prospects of Uzbek applied philology, 1(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.