Научная статья на тему 'O‘LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING POETIK XUSUSIYATLARI'

O‘LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING POETIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3122
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘lmas Umarbekov / syujat / obraz / xarakter / tip / evrilish / ayol obrazi / assotsiativ ruhiy holat / inson psixologiyasi / badiiy vosita. / Olmas Umarbekov / plot / image / character / type / evolution / female image / associative mental state / human psychology / artistic tool.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Almardanova, Iroda Toshmamatovna

Mazkur maqolada O‘lmas Umarbekovning “Shirinsoy oqshomlari”dagi Nazira, “Abdulla qovunchi”dagi Mavjuda, “Nomus”dagi Zumrad, “Kuz havosi” dagi Sarvi xola, “Gul sotuvchi qiz”dagi Go‘zal, “Oyning oltin o‘rog‘i”dagi Iroda, “Yer yonganda”dagi Solihabibi kabi obrazlar hikoya syujetida o‘ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari ayol obrazi tahlili berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POETIC CHARACTERISTICS OF THE NATURE OF IMAGES IN THE STORIES BY ULMAS UMARBEKOV

In this article Nazira from "Sweet Evenings" by Olmas Umarbekov, Mavluda from "Abdulla Melon", Zumrad from "Nomus", Aunt Sarvi from "Autumn Air", Gozal from "The Girl Who Sells Flowers", "Golden O of the Moon" '. Characters like Iroda in Rogi and Solihabibi in Yer yonganda are given a unique character and emotional experiences of a woman in the plot of the story.

Текст научной работы на тему «O‘LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING POETIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

O'LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING

POETIK XUSUSIYATLARI

Almardanova Iroda Toshmamatovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta'lim muassasasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi elektron pochta: irodaalmardonova1404@gmail.com +998919761420

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O 'lmas Umarbekovning "Shirinsoy oqshomlari "dagi Nazira, "Abdulla qovunchi "dagi Mavjuda, "Nomus "dagi Zumrad, "Kuz havosi" dagi Sarvi xola, "Gul sotuvchi qiz"dagi Go'zal, "Oyning oltin o'rog'i"dagi Iroda, "Yer yonganda"dagi Solihabibi kabi obrazlar hikoya syujetida o'ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari ayol obrazi tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: O'lmas Umarbekov, syujat, obraz, xarakter, tip, evrilish, ayol obrazi, assotsiativ ruhiy holat, inson psixologiyasi, badiiy vosita.

ABSTRACT

In this article Nazira from "Sweet Evenings" by Olmas Umarbekov, Mavluda from "Abdulla Melon", Zumrad from "Nomus", Aunt Sarvi from "Autumn Air", Gozal from "The Girl Who Sells Flowers", "Golden O of the Moon" '. Characters like Iroda in Rogi and Solihabibi in Yer yonganda are given a unique character and emotional experiences of a woman in the plot of the story.

Key words: Olmas Umarbekov, plot, image, character, type, evolution, female image, associative mental state, human psychology, artistic tool.

АННОТАЦИЯ

В этой статье представлены Назира из «Сладких ночей» Олмаса Умарбекова, Мавлюда из «Абдуллы Дыни», Зумрад из «Номуса», тетя Сарви из «Осеннего воздуха», Гозал из «Продавщицы цветов», «Золотая О Луна» Таким персонажам, как Ирода в «Роги» и Солихабиби в «Йер йонганда», анализ характера женского персонажа и душевных переживаний человека в сюжете повести.

Ключевые слова: Олмас Умарбеков, сюжет, образ, персонаж, тип, эволюция, женский образ, ассоциативное психическое состояние, психология человека, художественный инструмент.

KIRISH

Haqiqiy o'zbek yozuvchisi bo'lgan O'lmas Umarbekov o'z kasbini jurnalistlikdan boshlagan bo'lishiga qaramay, o'zbek nasriga o'tgan asrning 60-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

yillarida hikoya janrida salmoqli ijod namunalarini yaratib o'z zamondoshlari va ustozlari e'tirofiga tushib ulgurgandi. "Sharq yulduzi" jurnalining 1984-yilning 1-sonida Sobir Mirvaliyevning "Iste'dodning kamoli" maqolasida O'lmas Umarbekovning 50 yoshga to'lishi munosabati bilan yozuvchining u haqida gapirilgan iliq fikrlar bilan o'rtoqlashganining guvohi bo'lamiz." Hikoyalari haqida shunday yozadi. Abdulla Qahhor so'zlarini keltirib o'tgan O'lmas Umarbekovning dastlabki hikoyalaridan biri "Boboyong'oqni" yoshlar ijodidagi jiddiy yutuq sifatida baholadi va yozuvchining kelajagiga katta ishonch bildirganinini takidlagan"1. O'zbek hikoyachiligida yozuvchining o'z uslubiga egaligi 60-yillar hikoyachiligimizning e'tiboriga tushgani yaqqol fikrimizni dalillaydi. Bundan tashqari mazkur maqolada Sobir Mirvaliyev muallifning keyinchalik yaratgan hikoyalarini ham alohida qayd etib: "Yulduzlar", "Oltin yaproqlar", "Charos", "Yo'lda", "Ko'prik", "Qiyomat qarz" kabi o'nlab hikoyalari va boshqa asarlarda insonning yuksak oliyjanob fazilatlarini qalb dramalarini ochib berishga intiladi. Bu xususiyat uning asarlarida yetakchi g'oyaviy-estetik prinsip darajasiga ko'tariladi. Xullas, yozuvchi odamlardagi muhim ma'naviy-axloqiy xislatlarni gavdalantirish, turli xarakterlarni tadqiq etish orqali keng ma'noda inson taqdiri, vijdoni, kelajak va zamon oldidagi burch mas'uliyati va e'tiqodi masalarini yoritishga erishadi2. Yozuvchining "Shirinsoy oqshomlari"dagi Nazira, "Abdulla qovunchi"dagi Mavjuda, "Nomus"dagi Zumrad, "Kuz havosi" dagi Sarvi xola, "Gul sotuvchi qiz"dagi Go'zal, "Oyning oltin o'rog'i"dagi Iroda, "Yer yonganda"dagi Solihabibi kabi obrazlar hikoya syujetida o'ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari, tuyg'ulari girdobidagi rang-baranglikni gavdalantirib kitobxonni o'yga to'ldirib hikoya qahramonlarining o'ziga xos xislatlarini tushunishga imkon yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotchi Sattorova G.ning "90-yillar O'zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi" nomzodlik dissertatsiyasida: "O'lmas Umarbekovning ayni sho'ro davrida yaratilgan ko'plab hikoyalarida har qanday tuzumda ham milliy tabiatni yo'qotmagan badiiy obrazlar talaygina"3. Tohir Malikning yozuvchi haqidagi fikrlarini keltirib o'tadi: Dunyoni charxpalak deydilar. Chindan ham ko'p voqealar oradan yillar o'tib, yangi shaklda ko'rinishda takrorlanadi. Stalin davri vahshati saksoninchi yillarda O'zbekistonda qayta tirildi. O'rmonga o't ketganday bo'lib, ho'lu quruq baravar yondi guvohkoru begunohlarni baravar qaradilar. Bu ayanchli tadbirda birinchi bo'lib O'lmas Umarbekov munosabat bildira oldilar. Bildirganda

1 Mirvaliyev S.Iste'dodning kamoli//Sharq yulduzi.1984,1-son.

2 Mirvaliyev S.Iste'dodning kamoli//Sharq yulduzi.1984, 1-son.

3 Sattorova G.90-yillar o'zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi.Filol.fan.nom.diss.Toshkent, 2002.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ham zamonni holis tahlil qilganini e'tirof etib o'tadi. Darhaqiqat, O'lmas Umarbekov hikoyalarida bu sotsialistik voqealar obrazlarning o'ziga xos xarakterida o'z ifodasini ko'rsatgan. "Yer yonganda" hikoyada jamiyatdagi ijtimoiy voqealar zamirida Solihabibining o'g'li pora olib qamalganligi bunga onasi ishonmay tuhmat deb hisoblaydi. Solihabibi va nevarasi o'rtasidagi suhbatda bu jarayon ko'rinadi, ular shaharga jiyani oldida yordamga ketishayotgandi:

- Oyi, adamlarniyam ko'ramizmi?

- Ko'rsatsa, - dedi Solihabibi. - Ko'rsatmasa, opang bilan tushganingda ko'rasan.

-Oyi, To'laganniyam dadasi poraxo'rmi? - o'tadi Tursun.

-Qaydam? Ikkilanib javob qildi Solihabibi. - Pora olganmi, pora berganmi, bilmayman. Ikkalaviyam bir go'r. Gunoh.To'xta! - hushyor tortdi birdan u, -To'laganniyam adasi deganing nimasi? Adangni poraxo'r deb o'ylaysanmi?" 4 .Hikoyaning so'nggida esa Solihabibi ovqat qilmoqchi bo'lib supaning burchagida turgan xumlarni kelganda kanop bilan o'ralgan sellofonni topib oladi. O'ramda Nikolay podshoning suvrati tushilgan o'n dona tilla tangalar chiqadi: "Turg'unboy bolam nima qilib qo'yding? Nega qari onangga rahming kelmadi"5. Solihabibi bunga chidolmay, o'ziga o't qo'yib joniga qasd qiladi. Solihabibi obrazida or-nomus ustunlik qiladi, jamiyatning qurboniga o'g'li emas, balki o'zi qurbon bo'ladi. Syujetda tasvirlanayotgan voqelik yozuchining hayot haqiqatidagi bir inson kechmishida psixolgik vaziyatning ustuvor kelishini ham ko'rsatadi. Vaziyatdan chiqib ketishda hech qanday yo'l qidirmay osongina yo'lni tanlaydi. Hikoya qahramonidagi bu evrilishlar uning ong ta'siri kuchliroq ekanligini ko'rsatadi. Bu esa obrazning yana bir ko'rinishini talqin qiladi.

"Oyning oltin o'rog'i" hikoyasida ham o'z nafsiga qul bo'lgan kishilar jamiyatdagi tuzum takrorlanadi. Hikoya Sanobar bilan Irodaning Samarqanddan avtobusda qaytadilar. Iroda Sanobarning uyida mehmon bo'lib qolib boshidan o'tgan voqealarni so'zlab beradi. Ushbu hikoyaning tanqidiga Asqar Muxtor ham o'z fikrlarini bildirib, shunday yozgan edi: O'lmas Umarbekovning "Oyning oltin o'rog'i" hikoyasida ham molparastning ma'naviy inqirozi, talvasasi hayotiy aks etganligini, bu asarlarda illatlarga o't ochish ruhi yaqqol sezilganligini, tanqidchilar bu ijobiy hodisalar mohiyatini umumlashtirib berish kerakligini 1986-yilda Yozuvchilar uyushmasining davra suhbatida o'z fikrlarini zamondoshlari bilan o'rtoqlashganini guvohi bo'lamiz"6. Hikoya ham 1986-yilda yozilgandi. Hikoya qshramoni Iroda o'zi oilasidagi voqealar oqibatida sargardon tentirirab yurganida Sanobar unga ish taklif qiladi. Shu bilan Irodada iliqlik, sokinlik hayotga bo'lgan

4 O'lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar. 1 jild

5 O'lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar. 1 jild

6 A.Muxtor.Davra suhbati.//Sharq yulduzi.1986, 11-son.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ishonchi yanada ortib hayotini to'g'ri yo'lga solishga ilinj topilganidan sevinadi. Hikoya muqaddimasi shunday yakun topadi. O'.Umarbekov Iroda obrazi orqali uni xarakterini emas, balki o'sha jamiyatning ijtimoiy-siyosiy qatlamdagi kishilarning ma'naviy olamidagi buzilishlarni ochishga harakat qiladi. Asar qahramonida ideallikni ochishga uringanini hayotning zarbasiga tayyor, undan chiqib keta olishda yo'l topa olishligini o'rgatadi. Syujetdagi voqelik real deb bilsak, undagi qahramonlar ham jamiyatdagi kishilarning bir ko'rinishi sifatida talqin qilingan.

"Nomus" hikoyasi qahramoni Zumrad orqali obrazlarning serqirra jilolarini ko'rishimiz mumkin. Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov ham ushbu hikoya haqida quyidagilarni yozadi: "Nomus"da hikoya qilinishicha, Komil degan yigit Zumrad ismli qiz bilan uchrashadi-yu, orada samimiy sevgi muloqotlari boshlanadi. Biroq bu sevgining oqibati yo'q bo'lib chiqadi: yigit ona ra'yiga ko'ra boshqa qizga uylanadi, lekin ilk sevgidan ko'ngil uzolmaydi: Zumrad bilan yana uchrashadi, lekin bu uchrashuv qimmatga tushadi, Komil xuddi o'tgan uchrashuv to'y bergan tasodifda nohaq ayblanib qamoqqa tushadi, yigit avval asl haqiqatni sir tutadi, so'ng advokatga yuragini ochadi advokat esa qiz huzuriga borib vaziyatning mushkulligini aytadi. "Uni faqat siz qutqarishingiz mumkin" - deydi. Qiz ko'p ikkilanishlardan keyin o'zini nomusga qo'yib bo'lsa-da, o'ziga bevafolik qilgan kimsaga yaxshilik qiladi, sudda haqiqatni aytib nohaq jazodan qutqarib qoladi..."7. Zumrad obrazi orqali yozuvchi o'zining hikoya qahramonlariga xos bo'lgan xarakterlari ochishga harakat qilgan. Insoniy tuyg'ularning aksi Zumradda mujassamlashganini ko'ramiz. Yozuvchi bu syujet talqinida Zumradning o'z nomusini o'ylamasdan qilgan xatti-haratai tufayli sofdil, o'zini sadoqatli (sevgisiga), tuyg'ularini ko'rsatgan obraz holda realistik obraz kashf etadi.

"Shirinsoy oqshomlari" qahramoni Nazira javobsiz sevgi iztirobidagi kechinmalari hikoyaning syujetini qamrab olgan. Hikoyada institutda birga o'qishgan Nazira va Qosimjon o'rtasida do'stona munosabat bo'lsa-da, Nazira Qosimjonning Shirinsoy qishlog'iga kolxozga ishga boradi. Yozuvchi tomonidan Naziraning qalb to'g'yonlari shunday tasvirlangan: "Mana Qosimjon aka, - o'yladi Nazira, -qishlog'ingizdaman. Sevinchim ichimga sig'mayapti. Siz-chi? Siz xursand bo'larmikinsiz?"8. Lekin Qosimjonni ko'ngli Gulchehrada edi. Buni bilgan Nazira kolxozda ketadi. Kolxoz raisi uni qaytarib olib keladi. Shunda u ko 'nglidagi o'tkinchi his-tuyg'ulariga barham beradi. Hikoyada Nazira obrazidan tashqari Qosimjon va Gulchehra ikkinchi darajali obrazlar bo'lsada asosiy obrazning xarakterini ochishda asosiy vosita bo'lib ko'rsatilgan. Qahramon holati tasvirlangan o'rinlarda yozuvchi

7 Normamatov U.Yetuklik maqolalar.T:1982.www.ziyouz.com kutubxonasi.

8 O'lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar. 1 jild

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

obrazning xarakteridan tashqari, o'y kechinmalini birma-bir ko'rsatib boradi: "Nazira derazani berkitdi, siqilib ketdi shekilli, yana ochdi. Chuqur bir uh tortdi, boshini

demasman"...Va'da...Va'da berganmidi? Shunchaki, kelin, birga ishlaymiz, degan edi, xolos. Birgina shu gapi bilan kelaverdimi?"9. Botinidagi holati hikoyaning syujetida ko'p o'rinlarda kuzatamiz va bu vaziyatga yozucchining qahramonining qaror qabul qilishida bu ko'ngil g'alayonlari ham vosita sanalib, asar kompozitsiyasining ham tuzilishi hisoblanib o'quvchining teran mushohadalarini kengaytirib boradi.

Xulosa qilib aytganda, O'lmas Umarbekov hikoyalarida ayol obrazining turli xil xarakter va tiplarini ko'ramiz. Hayot haqiqatini ayol obrazi ruhiyatiga sigdirib yuborgan yozuvchi niyati badiiy, ijtimoiy, siyosiy obrazli tafakkurni yuzaga keltirdi. Badiiy obrazning tabiati tasnifi serqirradir, natijada tip hosil bo'ladi. Tahlil qilgan hikoyalarimizda umumiylik shundaki, tasvirlanayotgan obrazlarning ruhiy holati o'quvchi assotsiyalarini inson psixologiyasini teran anglashga yozuvchining uslubi o'ziga xosligini ko'rsatadi. Shu o'rinda alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat omili kishilar ruhiyatiga o'z ta'sirini o'tkazibgina qolmay uning xarakterini ochishda ham muhim badiiy vosita sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. A.Muxtor. Davra suhbati.//Sharq yulduzi.1986, 11 -son.

2. Mirvaliyev S.Iste'dodning kamoli//Sharq yulduzi.1984,1-son.

3. Normamatov U. Yetuklik maqolalar. T: 1982.www.ziyouz.com kutubxonasi.

4. Sattorova G. 90-yillar o'zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi. Filol.fan. nom.diss.Toshkent, 2002.

5. YMap6eKOB y. TaHnamaH acapnap. X,HKoanap. 1 ^Hng. Ep ëHraHga. TomKeHT: mapK, 2002. - 448 6.

6. O'lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar.l-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi

kichkina qo'llari ustiga qo'ydi.

Va'dasi yo'q yigitni yor

XULOSA

9 O'lmas Umarbekov.Tanlangan asarlar .1-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.