Научная статья на тему 'BADIIY DISKURSDAGI NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARINING QAHRAMONLAR XARAKTERINI OCHIB BERISHDAGI O’RNI'

BADIIY DISKURSDAGI NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARINING QAHRAMONLAR XARAKTERINI OCHIB BERISHDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
596
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kontekst / individual xarakter / konnotatsiya / uzual ma’no / leksema / okkozional ma’no / personaj / obraz / optiko-kinetik vositalar / imo-ishora / kommunikativ vaziyatlar. / context / individual character / connotation / visual meaning / lexeme / occasional meaning / character / image / optical-kinetic means / gesture / communicative situations.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. Temirova

Muloqot jarayoni faqat insonga hos bo’lgan jarayon bo’lib, ma’lumot almashish, fikrni bayon etish, e’tiroz yoki roziligini bildirish kabi jaroyonlarda yoki emotsional holatlarni ifodalashda bevosita kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar. Aynan shu jarayonlarning ta’sirchanligini oshirishda noverbal kommunikatsiya vostalaridan foydalaniladi. Muloqot jarayonida foydalaniladigan paralingvistik vositalar suxbat mavzusi, suxbatdoshlarning ijtimoiy ahvoli, yoshi, irqi, jinsi va ko’plab shaxsga hos bo’lgan faktorlar orqali tanlanadi. Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muxim rol o’ynaydi. Noverbal belgilar nutqni to’ldiradi, ba’zida uning o’rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional xolatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va ularning mazmunini tushunish juda muximdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NON-VERBAL COMMUNICATION, IN THE ARTISTIC DISCOURSE IN REVEALING THE HEROES' CHARACTER

The process of communication is a process unique to humans, and people directly communicate with each other in processes such as exchanging information, expressing an opinion, protesting or agreeing, or expressing emotional states. To improve the efficiency of these processes, non-verbal communication means are used. Paralinguistic means used in the process of communication are selected depending on the topic of conversation, the social status of the interlocutors, age, race, gender and many personal factors. Non-verbal communication systems play an important role in the communication process. Non-verbal signs complement speech, sometimes replace it, reflect the emotional state of the participants in the communication process. Therefore, it is very important during communication to observe non-verbal signals and understand their content.

Текст научной работы на тему «BADIIY DISKURSDAGI NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARINING QAHRAMONLAR XARAKTERINI OCHIB BERISHDAGI O’RNI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BADIIY DISKURSDAGI NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARINING QAHRAMONLAR XARAKTERINI OCHIB BERISHDAGI O'RNI Temirova Feruzabonu Temir qizi

UzDJTU mustaqil taqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6928222 Annotatsiya. Muloqot jarayoni faqat insonga hos bo'lgan jarayon bo 'lib, ma'lumot almashish, fikrni bayon etish, e'tiroz yoki roziligini bildirish kabi jaroyonlarda yoki emotsional holatlarni ifodalashda bevosita kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar. Aynan shu jarayonlarning ta'sirchanligini oshirishda noverbal kommunikatsiya vostalaridan foydalaniladi. Muloqot jarayonida foydalaniladigan paralingvistik vositalar suxbat mavzusi, suxbatdoshlarning ijtimoiy ahvoli, yoshi, irqi, jinsi va ko 'plab shaxsga hos bo'lgan faktorlar orqali tanlanadi. Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muxim rol o'ynaydi. Noverbal belgilar nutqni to'ldiradi, ba'zida uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional xolatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va ularning mazmunini tushunish juda muximdir.

Kalit so'zlar: kontekst, individual xarakter, konnotatsiya, uzual ma'no, leksema, okkozional ma'no, personaj, obraz, optiko-kinetik vositalar, imo-ishora, kommunikativ vaziyatlar.

РОЛЬ НЕВЕРБАЛЬНЫХ СРЕДСТВ КОММУНИКАЦИИ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ДИСКУРСЕ В РАСКРЫТИИ ХАРАКТЕРА ПЕРСОНАЖЕЙ Аннотация. Процесс общения - это процесс, уникальный для человека, и люди непосредственно общаются друг с другом в таких процессах, как обмен информацией, выражение мнения, протест или согласие, или выражение эмоциональных состояний. Для повышения эффективности этих процессов используются средства невербальной коммуникации. Паралингвистические средства, используемые в процессе общения, выбираются в зависимости от темы разговора, социального статуса собеседников, возраста, расы, пола и многих личностных факторов. Невербальные системы коммуникации играют важную роль в процессе общения. Невербальные знаки дополняют речь, иногда заменяют ее, отражают эмоциональное состояние участников коммуникативного процесса. Поэтому очень важно во время общения наблюдать за невербальными сигналами и понимать их содержание.

Ключевые слова: контекст, индивидуальный характер, коннотация, узуальное значение, лексема, окказиональное значение, персонаж, образ, оптико-кинетические средства, жест, коммуникативные ситуации.

THE ROLE OF NON-VERBAL COMMUNICATION, IN THE ARTISTIC DISCOURSE IN REVEALING THE HEROES' CHARACTER Abstract. The process of communication is a process unique to humans, and people directly communicate with each other in processes such as exchanging information, expressing an opinion, protesting or agreeing, or expressing emotional states. To improve the efficiency of these processes, non-verbal communication means are used. Paralinguistic means used in the process of communication are selected depending on the topic of conversation, the social status of the interlocutors, age, race, gender and many personal factors. Non-verbal communication systems play an important role in the communication process. Non-verbal signs complement speech, sometimes replace it, reflect the emotional state of the participants in the communication

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

process. Therefore, it is very important during communication to observe non-verbal signals and understand their content.

Keywords: context, individual character, connotation, visual meaning, lexeme, occasional meaning, character, image, optical-kinetic means, gesture, communicative situations.

KIRISH

Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o'rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor qilinadi. Bu masalani monografik tarzda tadqiq etgan V.N. Teliya ta'rificha, «konnotatsiya - til birliklari semantikasiga uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq sub'ektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo'lgan hissiy - baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko'ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat»dir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Uzual ma'no - leksemaning mazmun mundarijasida bor bo'lgan leksik ma'nodir. U til egasi bo'lgan xalq tomonidan tan olingan, demak, ko'pchilikka tushunarli bo'lgan ma'no hisoblanadi. Masalan, avaylamoq leksemasining mazmun mundarijasida quyidagi leksik (uzual) ma'nolar bor: Ozor, zarar va zavol ta'siridan ehtiyot qilmoq. [5. 40-48]

"Vuy, judayam kichkina-ya! — dedi qizcha uni avaylab puflarkan. — Qaerdan oldingiz? Shuyerdan uzib oldingizmi?" ("Bahor nafasi" O'.Umarbekov)

Okkozional ma'no - leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nodir. U individual xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashiladi.

«lchak uzar hangomalar»dan keltirilgan quyidagi dialogga e'tibor beraylik:

Qattiq kayf qilgan er xotinidan iltimos qilyapti: Kastumimni tozalab qo'y.

Tozaladim.

Shimimni tozalab qo'y.

Tozaladim.

Tuflimni tozalab qo'y.

Iye, tuflining ham cho'ntagi bormi?

Yuqoridagi matnda tozalamoq so'zining «ship-shiydam qilmoq» ma'nosi kulgiga sabab bo'layotganligini anglash qiyin emas. Aslida bu ma'no tozalamoq leksemasining mazmun mundarijasida yo'q, u asar muallifi'ning uslubiy maqsadda kashf etgan leksik qo'llashidir. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. [4.15-18]

TADQIQOT NATIJALARI

Yozuvchi biron bir qahramonni gavdalantirayotganda o'quvchiga tushinarli bo'lishi uchun aynan shu personajning tabiatini ochib berish uchun hizmat qiladigon so'zlar va iboralardan foydalanadi. Masalan, yozuvchining "Yo'lda" hikoyasidagi Fatxilla obrazini olsak:

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

-Ha nima bo'ldi? - so'radim undan. Fatxilla javob o'rniga qo'lidagi simlarni oyog'im tagiga tashladi. Keyin ro'paramga o'tirib, "chirs" etib tupurdi-da, yer ostidan menga tikildi. -Bu oyimqizni qayerdan topdingiz? Hamma kulib yubordi.

-Nega kulasanlar? - dedi Fatxilla do'q aralash tishlarini qisirlatib. [15.23 ]

"tishlarini qisirlatib" qaxramonimizning g'azablanayotganini bildirmoqda, Fatxillaning jizzaki qo'pol, jaxldor inson ekanligi xaqida ma'lumot bermoqda. Hikoyada aynan shu qahramonning har bir jumlasida dag'al so'zlardan foydalanilgani o'quvchi ko'z ongida ushbu personaj tabiatini va xattoki ko'rinishini ham tasavvur qilishiga immonini beradi.

Hikoyada aynan Fatxilla obrazi bilan va uning tabiatiga mos bo'lgan noverbal kommunikatsiya vositali ko'p uchraydi.

-Ketdi. Shirinda turar ekan. -Shirinda? Yaqin ekan-ku, - Fatxilla iljaydi. _ [15.24]

Iljaymoq fe'li optiko-kinetik vosita hisoblanadi. Kulmoq fe'lining sinonimi bo'lgan iljaymoq - so'zi ko'p xollarda jaxl, zarda, kesatiq, zaxarxanda ma'nolarini ifodalashda foydalaniladi va salbiy mazmun hosil qiladi. Hikoyaning aynan Fatxilla bilan bog'liq qismlarida iljaymoq fe'lini ko'p uchratishimiz mumkin. Bu fe'l lug'atlarda quyidagicha izohlanadi.

Iljaymoq - ovoz chiqarmay, lab va yuz-ko'z harakati bilan kulgi ifoda qilmoq, miyig'ida kulmoq, kulgiga o'xshash holat ifoda qilmoq. Yuqoridagi misolda iljaymoq fe'li uzual ma'noda keltirilgan.

Yozuvchining "Hayot qo'shig'i" hikoyasidagi shifokor Mirsidiq Jalilov obrazi o'z kasbidan kelib chiqqan holda o'ta kamgap, kuzatuvchi, tajribali inson bo'lsada ayni damda u ta'tilda. Noverbal kommunikatsiyaning o'ziga hos jixatlaridan yana birini shu hikoyada ko'rishimiz mumkin. Ya'ni, insonlar ayni damda o'zlari yashayotgan muhit, vaziyat va sharoitdan kelib chiqqan holda bevosita o'sha vaziyatga mos keluvchi noverbal vositalardan foydalanishlari mumkin. Qahramonimizning do'sti bilan bo'lgan muloqotida uning kasbi va tabiatiga zid bo'lgan kommunikatsiya avositalaridan foydalanganini ko'rishimiz mumkin.

-Yo'q, yoqdi, lekin, ashula eshitmoqchi bo'lsang, ertaga seni Yangibozorga olib boraman. Ma'qulmi?

-Ixtiyor senda, - Mirsidiq yelkasini qisib. - Qayoqqa so'rasang ketaveraman. [10.19]

Yelkasini qisib jumlasi - noverbal muloqotning optiko-kinetik vositalari hisoblanadi. Bunda suxbatdoshlar o'z fikrlarini imo-ishoralar va tana a'zolarining boshqa harakatlari orqali ifodalaydilar.

Hikoyada qahramonlar xarakterini gavdalantirishda foydalanilgan bir qancha optiko-kinetik vositalarni topishimiz mumkin. Jumladan,

Mirsidiq muyulishga yetganida sherigiga o'girildi. -Qani, endi gapir Xotamjonga nima qilgan, kim o'zi? Abduqodir o'ylanib qoldi. Baroq qoshlari chimirildi.

[10.18]

Qosh chimirmoq - Qosh-qovoqni yig'moq, burushtirmoq (taajjub, norozilik, hadiksirash, kibr kabi his-tuyg'ularni ifodalash uchun).

Ko'k choy olib keldim-a? — dedi oldimizga ularni qo'yarkan. —Cho'llagan bo'lsalaring

kerak. Biz, mayli deganday, boshimizni qimirlatdik.

***

Choyxonachi boshini sarak-sarak qilib qo'ydi.

— Nima, givolog bilan anchadan beri don olishib yurar ekanmi? — so'radi chol.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

— Bunisini bilmadim, poylaydigan odatim yo 'q. — Choyxonachi qoshlarini chimirib, biz tomonga qarab qo'ydi.

Shahodatxon, ho, Shahodatxon! Ko'chaning o'rtasidannima qilib turibsiz?Shahodat xola shosha-pisha ro'mol uchibilan ko'zlarini artdi, yoniga qaradi. Ikki qo'lini beliga tirab, eshik oldida Qumri otin turardi. [14.89]

***

Bo'lmasa Adham akangga bitta xat yozib berasan. — Xat? — Valijonning lablari cho'chchaydi. — Men aytib turaman, senyozasan. Bu juda g'alati xat. Ana shu menga sovg'ang bo'ladi. Bo'ptimi? [14.90]

***

-Tinchlik, tasadduq, tinchlik!... — u kulgidan o'zini to'xtatolmay zo'rg'a gapirardi: — Maldalini tushmagur kiyimlik emas ekan, tasadduq, yeydigan narsa ekan, yeydigan! Nima ekan, deb sabrim chidamay po'shtada ochdim. Bundoq qarasam maldalin! Oling, mazasini ko'ring, tasadduq. U bir hovuch mandarinni Shahodat xolaning etagiga tashladi. — Biram mazali, biram mazali! Maskopda yo'q narsa bor ekan, tasadduq, yo'q narsa bor ekan. Shahodat xola

zo'r-bazo'r iljaydi. — Umridan baraka topsin Sobirjon. [14.91]

***

Ishonmayman! — Zumrad o'rnidan turib ketdi, — Komil bezori? Yo'q, bu anglashilmovchilik. — To'g'ri, — dedi advokat. — Men ham shu fikrdaman. Ammo buni isbotlash kerak. Isbot uchun esa qo'limizda asos yo'q. — Mendan nima istaysiz? — so'radi Zumrad. — Sizdanmi?..— advokat unga tikildi. — Sizdan yordam. Uni faqat siz qutqara olishingiz mumkin. — Men?! — qoshlarini chimirdi Zumrad. — Qanday qilib? Advokat xonaga shoshib ko'z yugurtirdi, eshikka qaradi. Hechkim yo'qligiga ishonch hosil qilgach, Zumradga o'girildi. [12.128]

Optiko-kinetik vositalarning 20000 dan ortiq ta'rif va hususiyatlarini umumlashtirib guruhlarga ajratish maqsadida amerikalik mutaxassis P. Ekman "Yuz ifodasini kodlash tizimi" deb nomlangan texnikani ishlab chiqdi. Bunga ko'ra insonlarning yuz ifodalari ulardagi oltita asosiy hissiyotlarni ifodalaydi. Ya'ni, g'azab, nafrat, g'am, qo'rquv, hayratlanish va shodlik. [1.82-90]

G'azab: ko'zlar ochiq yoki qisiladi; burun teshiklari kengayadi va burun qanotlari ko'tariladi; lablar qattiq siqiladi; yuz ko'pincha qizarib ketadi.

Nafrat: Qosh ko'tariladi, yuzi uzun, boshi ko'tariladi, go'yo odam birovga pastdan qaragandek, og'zi yopiq, lablar chetlari pastroq, ko'zlari xiralashgan, qisilgan.

G'am: ko'zlar xiralashgan va lablarning tashqi burchaklari biroz pastga tushgan, yuz muzlagan.

Qo'rquv: qoshlar biroz ko'tarilgan, porlashsiz va biroz kengaygan ko'zlar, pastki ko'z qovog'i taranglashgan va yuqori qismi biroz ko'tarilgan; og'iz ochiq bo'lishi mumkin,

Ajablanish: ko'tarilgan qoshlar peshonada gorizontal ajinlar hosil qiladi, ko'zlar keng ochiladi va og'iz yumaloq shaklga ega.

Quvonch: lablar burishadi va burchaklari orqaga tortiladi, og'iz ochiq, ko'z atrofida kichik ajinlar bor, ko'zlarning porlaydi,

Badiiy diskursdagi keltirilgan paralingvistik vositalar o'z navbatida kommunikativ vaziyat bilan bog'liq yoki bog'lanmagan bo'lishi mumkin. Kommunikativ vaziyat bilan bogliq bo'lmagan bir nechta holatlarni quyida ko'rib chiqishimiz mumkin:

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

"Do'simboy ota boshidagi yangi marg'ilon do'ppisini olib, tizzasiga urib, changini qoqqan bo'ldi, ko'kragiga tusib turgan moshkichiri soqolini tutamlab, og'ir xo'rsindi". [10.18]

Yozuvchi og'ir xo'rsinmoq jumlasi orqali qahramonimiz qalbidagi yukning qanchalar zalvorli ekanini o'quvchiga hamda uning suxbatdoshlariga yetkazmoqchi.

Xo'rsinmoq - biror g'am, tashvish va shu kabilar tufayli og'ir nafas chiqarmoq; ufurmoq.

O'.Umarbekovning "Qovunchi Abdulla" hikoyasida paralingvistik vositalarning fonatsion turidan foydalanilganini ko'rishimiz mumkin.

-Uka, senga ming marta aytdim, -derdi zarda bilan yog'on ovoz. -Menga qovun kerak emas, ha, paxta kerak. [13.54]

Keltirilgan misldagi zarda leksemasi ko'p ma'noli so'z hisoblanadi. Asarda akkazional ya'ni ko'chma ma'noda ifodalangan.

Zarda - 1. O't, safro -jig'ildoni bezovta qilmoq

2. Jahl, g'azab, do'q, baqirish. Keltirilgan misolda zarda so'zi jaxl, va g'azabni ifodalab kelayotganini kontekstni to'liq o'qib tushunib olish mumkin.

Meni ko'rib uyaldi shekilli, qip-qizarib ketti. Salom berdim. Rais kelib qo'limdan ushladi, keyin ensasi qotib yigitga ishora qildi.

Ensa - Odam boshining orqa pastki qismi; ensa suyagi

Ensasi qotib - yoqimsiz gap, ish, xatti-harakat, holat va shu kabilardan g'ashi, g'azabi qo'zg'amoq; achchiqlanmoq. Asarda ensa leksemasi ko'chma ma'noda kelgan va raisning unga nisbatan xurmatsizlik bildirayotgani va u bilan suxbat qilish istagi yo'q ekanligiga ishora bo'lib xizmat qiladi. O'z noroziligini shu ko'rinishda ifodalashda paralingvistikaning optiko-kinetik vositalaridan foydalaniladi.

Muloqot jarayonida suxbatdoshlar vaziyat va holatga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikr bildirayotganlarida bevosita imo-ishoralardan foydalanishadi. Suxbatdoshlarning yuz ifodalari, turish, yurish, pozalar, ko'z xarakatlari, qarash yo'nalishi va davomiyligi paralingvistikanng optiko-kinetika bo'limida o'rganiladi.

O'.Umarbekovning "Abdulla qovunchi" hikoyasidan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin.

-Ha, qovunchi, bu nima qiliq? -dedi rais hayron bo'lib.

Hayron bo'lmoq - taajjublanmoq, hayratlanmoq. Nima qilishini bilmay, o'ylanib qolmoq, esankiramoq. Qoyil qolmoq.

-Qovun olib keldim, - Abdullajon nimagair iljayib qo'ydi

Abdullajon_jilmayib qo'ydi. Brizentni olgan edi, og'zimiz ochilib qoldi. [13.53]

Og'zi ochilmoq - hayron bo'lmoq.

Aynan shu hikoyada taktil vositlarga ham duch keldik.

-Yasha, o'g'lim! - dedi Abdullajonni peshonasidan o'pib. - Seni bilmagan ekanman rahmatli otangdan ham o'tib ketting.

Peshonasidan o'pmoq - hurmat, sadoqat yoki e'zozlash ifodasi sifatida muqaddas, aziz sanalgan narsaga lablarini tegizib qo'ymoq.

Yig'lama, negayig'laysan, tentak, — dedi u boshimni silab. — Bir bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo'pti? Kamayib qoladimi? Qara, bu uzumlarni! Qancha axir. Hammaga yetadi.

***

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'rtoq serjant, manavi sizga! — dedi bandi chaynalgan lolani uzatib. — Dadam lolani juda yaxshi ko 'rardilar. — Rahmat, — dedim uning uzatilgan oppoq qo'lchalarini ushlab. — Olib qo'y, dadangni topganingda berasan. [8.71]

MUHOKAMA

Taktil harakatlarga quchoqlash, qo'l berib ko'rishish, yelkaga yoki orqaga urish, teginish, o'pish kiradi.

Quchoqlash tabiati, ularning kuchi, davomiyligi bo'yicha ular inson tomonidan ifodalangan his-tuyg'ularning ma'nosini aniqlaydi. Ya'ni do'stlar, sevishganlar, qarindoshlar o'rtasidagi quchoqlar ilgari saqlangan aloqalarga qarab, ham cheklangan, ham sovuq, ham qizg'in bo'lishi mumkin. Yaqin odamlar o'rtasida ular yumshoq samimiy ma'noga ega.

Qo'l siqish muloqot vositalaridan biri sifatida qo'l siqish ham amalga oshirilishi, kuchi va davomiyligi bilan farqlanadi. Suhbatdoshning qo'lini kuchli, baquvvat silkitishi, quvonchli undov bilan birgalikda sherikning samimiyligi, suhbatni davom ettirish istagi haqida gapiradi Ammo jonsiz qo'l uzatilsa, bu muloqot qilishni xohlamaslik ifodasidir. Qo'lning kaftini pastga silkitib qo'yish boshqa odamga hukmronlik qilish istagini bildiradi. Agar, aksincha, kafti yuqoriga burilsa, uning egasi ongsiz ravishda o'zini suhbatdoshga bo'ysunuvchi sifatida tan oladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Orqaga yoki elkaga silash erkaklarga xosdir. Bunday imo-ishoralar ko'pincha do'stlik, tashvish yoki dalda belgisi sifatida talqin qilinadi. Ularni deyarli barcha yosh toifalarida ko'rish mumkin.

Tegish muloqot davomida keng qo'llaniladi. Har xil turdagi teginishlar suxbatdoshlarning ifoda etilmagan his-tuyg'ularining ko'rsatkichidir. Ular yumshoq, mehribon, engil, kuchli, qo'pol, achchiq va hokazo bo'lishi mumkin.

O'pish bir turdagi teginish imo-ishorasi sifatida inson hayotining barcha jabhalarida keng qo'llaniladi. Muayyan ob'ektga nisbatan o'pishlarning tabiati o'zgaradi.

Yozuvchining "Charos" hikoyasida proksemik belgilarga duch keldik. Proksemika bo'limida suxbatdoshlarning joylashuvi, ular orasidagi masofa, bir vaqtning o'zida bajarilayotgan noverbal muloqot vositalarining suxbat jarayonidagi ahamiyati o'rganiladi.

Bola ko'zlarini ko'chaga tikkancha, ishtaha bilan qars-qurs qilib allanarsa yerdi. Havasim kelib ketdi. — Nima yeyapsan, oshna! — dedim yoniga yaqinlashib. [16.59]

Yaqinlashmoq - Biror kimsa yoki narsa yaqiniga bormoq yoki kelmoq.

Shaxslar o'rtasidagi aloqalardagi u yoki bu masofa suxbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, ularning milliy xususiyatlari, yoshi, jinsi, shuningdek sheriklar munosabatlarining tabiati bilan belgilanadi. O'z navbatida proksemik vositalar ham noverbal muloqot shakllaridan biridir. Aytish mumkunki ikki kishining muloqot jarayonidagi joylashgan joyi, tanlagan pozitsiyasi va ular orasidagi masofaga qarab muloqot xarakterini baholash mumkin.

1. Burchak joylashuvining pozitsiyasi talaba va o'qituvchi, rahbar o'z qo'l ostidagilar bilan muloqot qilish uchun eng qulaydir, chunki ikkalasida ham fikr almashish, imo-ishora qilish uchun etarli joy mavjud. Stolning burchagi kutilmagan hujumlardan himoya qiluvchi tinchlantiruvchi to'siq bo'lib xizmat qiladi. Ularning qarashlari bir-biriga mos kelmaydi va munozaraning qiyin nuqtalari haqida gap ketganda, har doim ko'zlarini harakatsiz ob'ektga qaratib, javobni shakllantirishga e'tibor qaratish mumkin.

2. Raqobat-mudofaa pozitsiyasi - qizg'in bahs-munozaralarda, tortishuvlarda, muhokamalarda qo'llaniladi. Suhbatdoshlar bir-biriga qarama-qarshi o'tirishadi, bu esa muhokama qilinayotgan masalalarning jiddiyligiga qarab har soniyada o'zgarishi mumkin

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

bo'lgan mimika, imo-ishoralarni yaxshi ko'rib chiqishga imkon beradi. Ularning orasidagi stolga o'xshash to'siq, agar tinch muhokama to'satdan qo'l silkitish va raqibni ko'kragidan ushlash istagi bosqichiga aylanib qolsa, nisbatan xavfsizlik imkoniyatini beradi. Bunday holda, bir-biriga qarama-qarshi pozitsiya suhbatdoshning og'zaki bo'lmagan signallarini o'tkazib yubormaslik va ularga o'z vaqtida javob berishga yordam beradi.

3. Mustaqil pozitsiya - muloqot qilishni istamasligini ko'rsatadi. Suhbatdoshlar stolning turli burchaklarida o'tirishadi, bu esa muloqot jarayoniga salbiy ta'sir qiladi.

4. Yo'naltirilgan hamkorlik pozitsiyasi - suhbat ishtirokchilari o'rtasida jismoniy to'siqlar yo'q, ular yonma-yon o'tirishadi. Muloqot maxfiy va samimiydir. Ushbu pozitsiyada deyarli barcha masalalar va mavzularni muhokama qilish mumkin, chunki suhbatdoshlar bir-birini to'liq qabul qilishadi.

"Kuz havosi" hikoyasida Savri hola obraziga tanlangan kinetik vositalar uning yoshi va kasbiga mosligini ko'rishimiz mumkin.

— Uyga bolam, uyga, — deydi Savri xola qadamini sekinlatib, keyin mag'rurlik bilan qo'shib qo'yadi. — Ishdan kelyapman. [11.62]

Yurish - bu odamning harakat qilish usuli. Uning tarkibiy qismlari: ritm, qadam dinamikasi, harakat paytida tanani uzatish amplitudasi, tana vazni. Insonning yurishiga qarab, insonning farovonligini, uning xarakterini, yoshini baholash mumkin. Psixologik tadqiqotlarda odamlar g'azab, azob, mag'rurlik, baxt kabi his-tuyg'ularni yurish orqali tan olishdi. Ma'lum bo'lishicha, "og'ir" yurish g'azablangan odamlarga, "engil" - quvnoqlarga xosdir.

"Kuz havosi" hikoyasidagi fonatsion belgilar:

Savri xola javob bermadi. U Sobirjonning oyoq tomonidagi yupqa ko'rpani changallaganicha qotib qolgan edi. Birdan u qattiq yutindi, serajin yuzi tortilib, yosh boladek ho'ngrab yig'lab yubordi. — Bolam, bolajonim! Oti qursin urushning, oti qursin! — derdiyig'i aralash. [11.61]

***

Mening ham jahlim chiqa boshladi. Boyagina biz sayr qilgan, yashnab turgan joyning toptalib rasvosi chiqqan edi. — Ho, aka, nima qilyapsiz? qichkirdi Sobirjon. Lekin kuchi yetmadi, bo'g'ilib qoldi. Keyin yo'tal tutdi, biqinini changallaganicha menga suyandi. [1.71]

Qichqirmoq - Juda kuchli, jarangli ovoz chiqarmoq; baqirmoq Hammaga ovoza qilmoq, jar solmoq(ko'chma)

***

Qiziq kitob ekan-a? — dedim ovozimni ozgina ko'tarib. Qiz yeb qo'ygudek bo'lib o'girildi va dag'al ovoz bilan so'radi: — Sizga nima kerak? Bunday muomaladan jahlim chiqsa ham, o'zimni tutishga harakat qildim. Shunday qilmasam niyatimga yetmasligim tabiiy. — Singlim, menga gul kerak edi... — Ana gul, olavering! — qiz tuvaklarga ishora qilib, yana kitobga tikildi. [9.104]

***

Bola shoshib dasturxonni olibdi. Nonni sanabdi.

— O'nta oldiribman, — debdi jilmayishga intilib, keyin uvvos solib yig'lab yuboribdi. — Qo'y, yig'lama, — yupatibdi Go'zal. — O'zingni qo'yib yuborishdi, shunga suyunsang-chi! [9.104]

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Fonatsion vositalar va usullar nutqimizda bevosita foydalaniladigan pauza, nutq tezligi, yig'lash, yo'tal, ovoz diapazoni, intonatsiya va ohangdir. Yuqoridagi misolda rais zardali ovozda noverbal muloqotning fonatsion usulida o'z fikrini ifodalamoqda.

Prosodik va ekstralingvistik aloqa vositalari ovoz bilan bog'liq bo'lib, uning xususiyatlari inson qiyofasini yaratadi, uning holatlarini tan olishga, ruhiy individuallikni aniqlashga yordam beradi. Prosodiya - nutqning balandligi, ovoz ohangining balandligi, ovoz tembri, urg'uning kuchi kabi ritmik va intonatsion jihatlarining umumiy nomi. Ekstralingvistik tizim - bu nutqdagi pauzalarni, shuningdek, odamning turli xil psixofizik ko'rinishlari: yig'i, yo'tal, nafas olish, kulgu.

Prosodik va ekstralingvistik vositalar nutq oqimini tartibga soladi, lingvistik aloqa vositalarini tejaydi, nutqni to'ldiradi, almashtiradi va oldindan aytib beradi, hissiy holatlarni ifodalaydi.

Ovoz bir qator sub'ektiv his-tuyg'ular va ma'nolarni ifodalashning muhim vositasidir. Nutqning ohangi va tezligi insonning hissiy holati haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Odatda, ma'ruzachi qo'zg'aluvchan, hayajonlangan yoki tashvishlanganda nutq tezligi oshadi. Suhbatdoshini ishontirmoqchi bo'lganda ham tez gapiradi. Sekin nutq ko'pincha depressiya, takabburlik yoki charchoqni ko'rsatadi.

Yozuvchining "Bahor nafasi" hikoyasidagi qizcha obrazining noverbal vositalarda ifodalashda bolalarga hos bo'lgan belgilardan foydalanilgan ya'ni biz bilamizki bolalar verbal aloqalardan ko'ra o'z fikr va noroziliklarini ifodalashda noverbal vositlardan foydalanishadi.

Men ham ko'ray? —Ma. Qizcha portfelini oyoklari orasiga qistirib, hovuchini tutdi. Berdim. — Vuy, judayam kichkina-ya! — dedi qizcha uni avaylab puflarkan. —Qaerdan oldingiz? Shuyerdan uzib oldingizmi? [8.75]

Hikoyani o'rganish jarayonida qahramonlarning vaziyatga bo'lgan munosabatini ifodalashda yozuvchi ko'plab paralingvistik vositalardan foydalangan. Hikoyada urush va harbiylarning jang maydonidagi qo'rquvlari, hayajonlarini fonatsion va optiko kinetik paralinvistik vositlar yordamida ochib bergani bevosita o'quvchini obrazlarning his-xayajonlarini ongli ravishda to'laqonli his etish imkonini beradi.

O'rtoq serjant! Qarang! — deb qoldi jonholatda.

Chayla tomonga qaradim. Kichkina bir qiz chaylaning oldida o'tirardi. G'ira-shirada uning basharasi yaxshi ko'rinmasa ham, juda yoshligi bilinib to'rardi.

— Nima qilamiz? — so'radi Kazakov shoshib.

— Boraylik-chi, — dedim hayajonimni yashirishga harakat qilib.

Qizcha bizga boshini o'girdi, lekin joyidan qimirlamadi. [8.70]

Yozuvchining hikoyalarini o'rganish jarayonida yaxshilik va yomonlik kurashidagi g'alaba, sodda ammo o'ziga va yaratganga chin dildan ishonadigan xalqning kechinmalari ijobiy va salbiy qaxramonlarning obrazlarini shakllantirishda tanlangan paralingvistik vositalar o'quvchilarga ularning kechinmalarini to'laligicha his qilishlariga yordam beradi. XULOSA

Yozma va og'zaki nutq shakllari o'rtasidagi farqdan kelib chiqadigan turli xil qiyinchiliklar mavjud. Badiiy asarda qaxramonlar nutqini so'zlovchi - xarakter va tinglovchi -o'quvchi o'rtasida uzatishda nutqni uzatuvchi vositachi ya'ni muallif paydo bo'ladi. Badiiy adabiyotlarda intonatsiya yoqolib qoladi va nutqni bevosita idrok etishda muhim rol o'ynaydigan qo'shimcha nutq aloqa vositalari - mimika va imo-ishoralarga extiyoj tug'iladi. Binobarin, badiiy

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

asar muallifi oldida personajlar nutqining jonli ohangiga erishish vazifasi turadi. To'g'ridan-to'g'ri muloqot shaklida qaxramonlar nutqining leksik tarkibi va so'z tartibi uzatiladi, ammo bu etarli emas; o'quvchi ongli ravishda qaxramonlarning intonatsiyasini yetkazib beruvchi mimika imo-ishoralarni to'liq tushunmaguncha personajlar nutqidagi emotsionallikni anglash mushkullik tug'dirishi mumkin.

REFERENCES

1. A.Primov, X.Qodirova. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. Urganch 2019. 12-10 b.

2. A.Primov, X.Qodirova. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. Urganch 2019. 82-90 b.

3. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. - T.: «O'qituvchi», 1996.

4. Jamolxonov H.A. Hozirgi o'zbek adabiyot tili. O'quv qo'llanmasi. 2 - qism. T.: Nizomiy nomli TD PU bosmaxonasi, 2004 y

5. Ne'matov X., Rasulov R. O'zbek tili sistcm leksikologiyasi asoslari. T: "O'qituvchi", 1995 y.

6. Tursunov U.M.Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Hozirgi o'zbek adabiyot tili. Qayta ishlangan, to'ldirish 3-nashri. - T .: "O'zbekiston", 1992 yil

7. O'. Umarbekov "Bahor" Toshkent, 2002-yil

8. O'. Umarbekov "Bahor nafasi" Toshkent, 2002-yil

9. O'. Umarbekov "Gul sotuvchi qiz" Toshkent, 2002-yil

10. O'. Umarbekov "Hayot qo'shig'i" Toshkent, 2002-yil

11. O'. Umarbekov "Kuz havosi" Toshkent, 2002-yil

12. O'. Umarbekov "Nomus". Toshkent, 2002-yil

13. O'. Umarbekov "Qovunchi Abdulla". Toshkent, 2002-yil

14. O'. Umarbekov "Sovg'a". Toshkent, 2002-yil

15. O'. Umarbekov "Yo'lda". Toshkent, 2002-yil

16. O'. Umarbekov "Charos". Toshkent, 2002-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.