Научная статья на тему 'SHAXSLARARO MUNOSABATDA PROFAYLINGNING VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTDA QO‘LLANILISHI'

SHAXSLARARO MUNOSABATDA PROFAYLINGNING VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3758
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muloqot / texnologiya / texnika / vosita / mezonlar / motivatsiya / xohish / qiziqish / muloqot asoslari / bilish-nutq / “tana tili” / tarkibiy qism / konstruktiv yondashish / ma’naviy-ijobiy texnika / ijodiy yondashish / natija / общение / технология / техника / средства / критерии / мотивация / желание / интерес / основы общения / познание / «язык тела» / компонент / конструктивный подход / духовно-позитивная техника / творческий подход / результат.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdusamatova Sh, Davronov A

Muloqot texnologiyasi va texnikasi vositasida boshlovchi o’rnatgan muloqot samaradorligining asosiy mezonlari: motivatsiya darajasi, xohish, qiziqish;muloqot asoslari, uning texnologiyasi va texnikasini bilish-nutq, “tana tili”, uning tarkibiy qismlari, shu jumladan ularning hammasidan birvarakayiga foydalanish;konstruktiv yondashish darajasida muloqot o’rnatishga tayyorlik;muloqotga, xususan uning texnologiyasi va texnikasiga ma’naviy-ijobiy, ijodiy yondashish;ko’zda tutilgan natijaga erishish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРИМЕНЕНИЕ ПРОФИЛИРОВАНИЯ В МЕЖЛИЧНОСТНОМ ОБЩЕНИИ В ВЕРБАЛЬНОЙ И НЕВЕРБАЛЬНОЙ КОММУНИКАЦИИ

Основные критерии эффективности общения, устанавливаемые новичком посредством технологии и приемов общения: уровень мотивации, желания, заинтересованности; готовность к общению на уровне; духовно-позитивный, творческий подход к общению, особенности его технологии и приемы для достижения желаемого результата.

Текст научной работы на тему «SHAXSLARARO MUNOSABATDA PROFAYLINGNING VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTDA QO‘LLANILISHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

SHAXSLARARO MUNOSABATDA PROFAYLINGNING VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTDA QO'LLANILISHI

Sh. S. Abdusamatova

Chirchiq davlat pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi

A. Davronov Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Muloqot texnologiyasi va texnikasi vositasida boshlovchi o'rnatgan muloqot samaradorligining asosiy mezonlari: motivatsiya darajasi, xohish, qiziqish;muloqot asoslari, uning texnologiyasi va texnikasini bilish-nutq, "tana tili", uning tarkibiy qismlari, shu jumladan ularning hammasidan birvarakayiga foydalanish;konstruktiv yondashish darajasida muloqot o'rnatishga tayyorlik;muloqotga, xususan uning texnologiyasi va texnikasiga ma'naviy-ijobiy, ijodiy yondashish;ko'zda tutilgan natijaga erishish.

Kalit so'zlar: Muloqot, texnologiya, texnika, vosita, mezonlar, motivatsiya, xohish, qiziqish;muloqot asoslari, bilish-nutq, "tana tili", tarkibiy qism, konstruktiv yondashish, ma'naviy-ijobiy texnika, ijodiy yondashish,natija.

ПРИМЕНЕНИЕ ПРОФИЛИРОВАНИЯ В МЕЖЛИЧНОСТНОМ ОБЩЕНИИ В ВЕРБАЛЬНОЙ И НЕВЕРБАЛЬНОЙ КОММУНИКАЦИИ

АННОТАЦИЯ

Основные критерии эффективности общения, устанавливаемые новичком посредством технологии и приемов общения: уровень мотивации, желания, заинтересованности; готовность к общению на уровне; духовно-позитивный, творческий подход к общению, особенности его технологии и приемы для достижения желаемого результата.

Ключевые слова: общение, технология, техника, средства, критерии, мотивация, желание, интерес, основы общения, познание, «язык тела», компонент, конструктивный подход, духовно-позитивная техника, творческий подход, результат.

KIRISH

Shaxslararo muloqot insonlar o'rtasidagi sub'ektiv qabul qilinadigan aloqa bo'lib, birgalikdagi faoliyat va muloqot jarayonida insonlar bir biriga o'tkazadigan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

o'zaro ta'sir turi va vositalarida ob'ektiv namoyon bo'ladi. Shaxslararo muloqot maqsad, yo'nalish, kutish, stereotip va shunga o'xshash dispozitsiyalar tizimi bo'lib, ular orqali odamlar bir birini tushunadilar va baholaydilar. Shaxslararo muloqot muvaffaqiyatli kechishi uchun sheriklar bir biriga mos bo'lishi kerak. Shaxslararo moslikni muloqot va birgalikdagi faoliyat bo'yicha sheriklarning bir birini tushunishi deb atash mumkin, bu moslik qadriyatlar bir xilligida, ijtimoiy vazifalar, qiziqishlar, ehtiyojlar, motiv, fe'l-atvor, mijoz, psixofiziologik reaktsiyalar sur'ati va maromida va boshqa individual-psixologik xususiyatlarning shaxslararo ta'siri uchun boshqa jihatlar uyg'unligida namoyon bo'ladi.

Shaxslararo moslik, odatda, muloqotlar mobaynida insonlar o'rtasida o'zaro xush ko'rish, hurmat, keyingi munosabatlarning ravon kechishiga ishonch tug'ilishi bilan yuzaga keladi. Biz bilamizki, shaxslararo muloqotning ma'lum tipologiyasi mavjud. O'zaro munosabatlar, odatda, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: tanishuv, oshnachilik, o'rtoqchilik, do'stona muloqot, sevgi, er-xotinlik, qarindoshlik, destruktiv. Shaxslararo muloqotda shaxsning individual-psixologik fazilatlari namoyon bo'lishi kuzatiladi. Muloqot mobaynida odamlar turlicha qabul qilinadi: ba'zilar-muloqot uchun "ochiq"dek, ya'ni ekstrovertlar, ular to'g'risida birinchi tasavvurni hosil qilish oson; boshqalar-muloqot uchun "yopiq"dek, ya'ni introvertlar, ular to'g'risida biron muayyan fikr aytish qiyin.

TAHLIL VA METODOLOGIYA

Muloqot odamlar o'rtasidagi murakkab o'zaro tushunish va o'zaro ta'sir qilishijtimoiy-psixologik jarayoni bo'lgani holda turli vositalar yordamida amalga oshadi. Verbal kommunikatsiya (belgi tizimi sifatida nutqdan foydlaniladi) va noverbal kommunikatsiyani (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) ajratish odat bo'lgan.Verbal kommunikatsiya-bu odatiy ovozli nutq. Nutq muloqot o'rnatishning eng universal vositasi hisoblanadi. Shu yerda Evripidning so'zlarini eslash o'rinli: "Inson ongi uning ravon nutqida namoyon bo'ladi". Verbal muloqot -so'z bilan ifodalanadigan muloqotdir: so'z (yorqin, yodda qoladigan), umumiy tarzda aytilgan so'z vatil (haqiqatni bekituvchi belgilar kabi); obrazli, aniq jumlalar; nutq (jarayon, "nutqli ifodalash", kommunikativ ta'sir kabi; ma'lum vazifa, tur, shakl, janr va uslubga, o'ziga xos kommunikativ xususiyatlarga ega ehtirosli nutq); nutqli muloqotda monolog, dialog, polilog; maishiy, xizmat, ommaviy, yozma nutq; nutq odobi va qoidasi, me'yori-nutqli muloqot madaniyati belgisidir. Og'zaki muloqot-suhbat, so'zlashish asosidir. Uni o'zlashtirish-samarali muloqot omilidir. Noverbal muloqot vositalari-quyidagi belgilar tizimi: optik-kinetik (imo-ishora, pantomimika); paralingvistik (ovoz sifati, diapozoni, ohangi) va ekstralingvistik (sukut saqlash, tomoq qirish, yig'i, kulgi, nutq sur'ati) va qo'shimcha kommunikatsiya vositalari: proksemika (muloqotning makon va vaqtda tashkil etilishi, ya'ni sheriklarni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

joylashtirish); vizual muloqot ("ko'zlar to'qnashishi"); "hidlar tili". Noverbal muloqot vositalari muloqotda yordamchi (ba'zida mustaqil) vazifani o'taydi. Ular verbal ta'sirni kuchaytirish yoki susaytirish bilan bir qatorda kommunikativ jarayonningmuhim jihatlarini aniqlashga yordam beradilar, masalan, muloqot ishtirokchilarining asl niyatini. Noverbal muloqot-tilsiz muloqot, "tana tili": boshni burish va tebratish; ma'noli qarash; niyatni anglatuvchi imo-ishora; hatti-harakatlar; turli ma'nolarni anglatuvchi barmoqlar, qo'llar holati va shakli; ruhiy holatni ifodalovchi yelka harakati; kayfiyat, fe'l -atvorni aks ettiruvchi tana holati, gavdani tutish, yurish-turish; muloqot samaraliligiga ta'sir qiluvchi tashqi qiyofa. "Tana tili"ni o'qib bilish -samarali muloqot omillaridan biridir. Muloqot samaraliligi-faol muloqotdan (suhbatdoshga ta'sir qilish) ko'zlangangan natija. Muloqot samaraliligi-uning integral ko'rsatkichi.Muloqot faol bo'lmog'i kerak: teskari aloqa bilan (sub'ekt-ob'ekt), to'g'ri savol va yo'nalish bilansuhbatdoshning ongiga yetib borishi, qiziqishlarni, ehtiyoj va qobiliyatlarni inobatga olishi, faol aloqali bo'lishi, muammolarni ko'tarishi, bahs-munozarali bo'lishi, fikrlashni talab qilishi, o'z fikrini bayon qilishga undashi kerak. Samarali muloqot-nafaqat faol muloqot, balki muloqotnazariyasini amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish natijasidir.

Muloqot samaraliligi - uning mahsuldorligi: suhbatdoshlarning yaxshi kayfiyatiga;emotsional-ijobiy va qulay muhitga; xush vaziyat va sharoitga; suhbatdoshlarning bir birlarini ijobiy qabul qilishlariga, muloqot sub'ektining suhbatga tayyorligiga bog'liq: maqsadni belgilab olish; tayyorgarlik;suhbat mazmuni, uni rejalashtirish; texnologik jarayonni ishlab chiqish;suhbatdoshning diqqatini tortish va qiziqishini uyg'otish; qiziqarli materiallardan-fakt, misol, shaxsiy xotiralar, yumor, xalq og'zaki ijodi, badiiy adabiyot, ayniqsa she'riyatdan foydalanish; suhbatdoshni bilish, uni hurmat qilish, unga nisbatan izzat-ikrom ko'rsatish, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish; hamfikrlilik; muloqot san'ati-uning nazariy-amaliy asoslaridan, ayniqsa texnologiyasi va texnikasidan samarali foydalanish;suhbatda nafaqat boshlovchining, balki suhbatdoshning ham ichki dunyosining ochilishi.

Biz hammamiz dunyoni, hodisalarni turlicha, o'zimizcha talqin qilamiz. Biz dunyo to'g'risidagi tasavvurlarimizni va boshqalarning dunyoqarashini qanchalik yaxshi tushunsak, hayotda shunchalik katta muvaffaqiyatlarga erishamiz, boshqa insonlar bilan shunchalik samarali muloqot o'rnatamiz, o'zaro ta'sir qilamiz. Boshqa insonlar bilan o'zaro ta'sirqilishning ahamiyatini unutmaslik juda muhim. Ko'plab ekspertlarning fikricha, moliyaviy muvaffaqiyaga erishishda boshqa insonlar bilan o'zaro ta'sir qila bilish bilim va kasb mahoratidan ko'ra muhimroq. Suhbatdosh bilan muloqot samarali bo'lishi uchun u bilan aloqa o'rnatish lozim. Harbirimiz suhbat chog'ida bizni eshitishlarini, tushunishlarini xohlaymiz, shuning uchun suhbatdoshimizning fikrini ham hurmat qilishimiz kerak.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yana, samarali muloqot o'rnatish uchun suhbatdosh bilan bir xil ohangda va bir xil hajmda, uning holatini qabul qilib, (turib yoki o'tirib) so'zlashish tavsiya etiladi. Insonlar ularga taqlid qilganni yaxshi ko'rishlarini yodda tutish kerak. Asosiy gapni gapirish kerak. Suhbatda uzun, ohangjamador iboralardan, umumiy so'zlardan foydalanmagan ma'qul, chunki bu tariqa so'zlasangiz, sizni tushunmasliklari mumkin. Gapni po'skallasini gapiringki, suhbatdosh sizni bemalol tushunsin, tushunganda ham siz istagandek tushunsin. Noverbal muloqotga e'tibor. Bu muloqotning juda muhim tarkibiy qismi. Suhbatning atiga 7-10 foizi bevosita so'zlardan iborat. Bu degani, suhbatning 90 foizi imo-ishoralardan iborat. Noverbal muloqotdan eshitilgan xabar qanday qabul qilinganini ko'rsatish uchun foydalaniladi. Sizni to'g'ri tushunishganiga ishonch hosil qilish juda muhim. Suhbat tugab, ma'lum xabarni yetkazganingizdan keyin, sizni to'g'ritushunganlariga ishonch hosil qiling. Buning uchun bir necha oddiy savollar berish mumkin, masalan: "Men nima demoqchi bo'lganimni tushundingmi?", yoki boshqa shunga o'xshash savollarni berish mumkin.Suhbatdosh yetkazgan xabarni qanday qabul qilganligini ko'rsatish zarur. Uning xabarini bepisand qoldirish yaxshi emas. Suhbat davomida suhbatoshni diqqat bilan eshitayotganingizni, nimalar to'g'risida gapirayotganini tushunayotganingizni imo-ishoralar bilan yoki biron luqma tashlab, bildirganingiz ma'qul. Uncha yaxshi tushunmayotgan bo'lsangiz,: "Men seni to'g'ri tushundimmi?", deb so'rang. Ana shular hayotning turli sohalarida va, umuman, turlicha odamlar bilan muloqotni samarali, demak unumli va maroqli qilishi mumkin. Muloqot-hayotimizning ajralmas qismi. Biz doim muloqotdamiz, hatto, jim turganimizda ham (imo-ishoralarimiz, harakatlarimiz orqali). Nega uni yanada samarali qilmas ekanmiz? Samarali muloqot o'rnatish, ishonchli aloqa qilish uchun muloqot texnikasini o'zlashtirish kerak. Bu qo'yilgan maqsadga erishish uchun turli usul va harakatlar yig'indisidir. Muloqotning universal usullari: xushmuomalalilik, odob, hazilni tushunish. Muloqotning o'ziga xos usullari: o'qituvchi-talaba; o'qituvchi-o'quvchi va hokazo. Ammo, har qanday vaziyatda yaxshi muloqot o'rnatish uchun boshlovchi do'stona muloqotda bo'lishi, psixologik tarangliknibartaraf etishi, qulay vaziyatda bo'lishi, sherigini suhbatga tortishi, ijobiy javoblarga erishishi, o'z hatti-harakatlariga tanqidiy qarashi, o'z tashabbusidan mohirona foydalanishi lozim. Qizig'i shundaki, butun dunyo bo'ylab muloqotda bo'lganlar o'rtasida olib borilgan so'rovlarga ko'ra, samarali muloqot omillari: eshitish qobiliyati, "tana tili", ohang, so'zlarni talaffuz qilish qobiliyati. Butun dunyoda o'tkazilgan so'rov: - Suhbatdoshingizda sizga nima ko'proq yoqadi? Eshitish qobiliyati-81%, Gapirish qobiliyati-19%; - Auditoriya sizning xabaringizni qanday qabul qiladi? "Tana tili" -50%, Ohang -40%, So'zlar -10%. Texnologiya va texnika yordamida muloqot samaradorligini oshirish-muloqot maqsadiga nisbatan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

yuqori samaradorlik. Samarali muloqotning umumiy mezonlari - umumiy: unumlilik, boshlovchining rejalashtirilgan va tashkil etilgan muloqotdan, suhbatdoshning tushunganidan, suhbatdosh foydalangan tilsiz vositalarning "tushunilganidan", o'zining mazkur jarayonga ijodiy yondashganidan, uning samaradorligidan qoniqish hosil qilishi. Muloqot texnologiyasi va texnikasi vositasida boshlovchi o'rnatgan muloqot samaradorligining asosiy mezonlari: motivatsiya darajasi, xohish, qiziqish; muloqot asoslari, uning texnologiyasi va texnikasini bilish-nutq, "tana tili", uning tarkibiy qismlari, shu jumladan ularning hammasidan birvarakayiga foydalanish; konstruktiv yondashish darajasida muloqot o'rnatishga tayyorlik; muloqotga, xususan uning texnologiyasi va texnikasiga ma'naviy-ijobiy, ijodiy yondashish; ko'zda tutilgan natijaga erishish.

XULOSA

Muloqot texnologiyasi va texnikasi yordamida uning samaradorligi va unumdorligiga erishishning muhim mezonlari quyidagilardan iborat:ma'naviy-texnologik aloqa va muloqot qilayotganlarning o'zaro bir birini tushunishi; muloqotning ijobiy kechishi;berilayotgan ma'lumotning hajmi, soni va sifati; boshlovchining ob'ekt shaxsiga, uning qadriyatlariga, axloqiy-etik qarashlariga, fikriga ta'sir darajasi-muloqotdan ko'zlangan maqsadga muvofiq; suhbat davomida tilsiz elementlarni, belgilarni va boshqa narsalarni alohida va birgalikda "o'qish" va tushunish, ulardan samarali muloqotda, muloqot mazmunida, vaziyatda, tuzatishda, kutilgan natijaga erishish maqsadida suhbatni kerakli tomonga yo'naltirishda foydalanish; suhbatdosh o'zining kommunikativ qobiliyatlarini (verbal va noverbal) namoyon qilishi uchun zarur emotsional-psixologik muhitni, sharoitni, vaziyatni yaratish; muloqotdan kutilgan natijaga erishish; muloqot jarayoni va unumdorligidan qoniqish hosil qilish; ushbu tajribadan muloqot texnologiyasi va texnikasiga doir boshqa adekvat holatlarda foydalanish; ushbu sohada komillikka erishish. Muloqot murakkab va ko'pqirrali hodisa.

REFERENCES

1. Andreeva, G.M. Ijtimoiy psixologiya: universitetlar uchun darslik / G.M. Andreeva, Moskva: Aspect-Press, 2001, 376 p.

2. Vechorko, G.F. Psixologiya va pedagogika asoslari: imtihon savollariga javoblar / G.F. Vechorko. - 4-nashr, Rev. va qo'shing. - Minsk: TetraSistem, 2010.-192 p.

3. Dyachenko, M.I. Qisqacha psixologik lug'at / M.I. Dyachenko, L.A. Kandybovich. - Minsk: Halton, 1998 .-- 399 b.

4. Obozov, N.N. Shaxslararo munosabatlar / N.N. Aravalar. - L .: Leningrad universiteti nashriyoti, 1979 .-- 160 b.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

5. Zamonaviy psixologik lug'at / ed. B.G. Meshcheryakova, V.P. Zinchenko. - SPb .: PRIME-EVRO-ZNAK, 2006 .-- 490 b.

6. Stolyarenko, L. D. Psixologiya asoslari / L.D. Stolyarenko. - 3-nashr, Qayta ko'rib chiqilgan. va qo'shimcha - Rostov-na-Don: Feniks, 1999. - 672 p.

7. Fomin, Yu.A. Ishbilarmonlik aloqasi psixologiyasi / Yu.A. Fomin. - 2-nashr, Rev. va qo'shing. - Minsk: Amalfeya, 2003 .-- 350 p.

8. Kurbanova, F. K. (2022). METHODS OF DEVELOPING INTERCULTURAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS IN THE CONDITION OF TEACHING A FOREIGN LANGUAGE. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(2), 202-213.

9. Kurbanova, F. (2021). PECULIAR FEATURES OF ENGLISH AND UZBEK SPEECH ETIQUETTE. Academic research in educational sciences, 2(4), 18501855.

10. Kurbanova, F. K. (2020). LANGUAGE UNITS DENOTING CULTURAL FEATURES OF A NATION. Academic research in educational sciences, (3), 980984.

11. Абдусаматова, Ш. С. (2021). Психология семейных отношений с основами семейного консультирования. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 225-229.

12. Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. Ф. (2022). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТРЕНИНГА ОБРАЗНОЙ САМОРЕГУЛЯЦИИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 364-368.

13. Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. (2020). Профессиональная ориентация школьников выпускников к психологии. Scientific progress, 1(2), 1924.

14. Абдусаматова, Ш. С., & Мирова, Г. Т. (2020). Психокоррекционная разработка ассертивного поведения. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 613.

15. Абдусаматова, Ш. С. (2021). ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ ДИСТРЕСС, УГРОЗА СОБСТВЕННОМУ «Я», КАК ОБЯЗАТЕЛЬНЫЙ КОМПОНЕНТ ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 239-247.

16. Абдусаматова, Ш. С., & Султонкулова, Г. Ф. (2021). МУСТАХКАМ ОИЛА-КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(3), 69-72.

17. Усаров, Ж., & Абдусаматова, Ш. (2020). ТАЛАБАЛАРНИНГ УЗИНИ УЗИ

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

РИВОЖЛАНТИРИШ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 266-273.

18. Mirzotilloyevna, R. Z., & Mirzayeva, S. R. (2021). Psychological factors of adolescence and teacher cooperation in choosing a profession. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 834-842.

19. Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 30713076). ISSN-2394-5125 VOL 7.

20. Rabidjanovna, S. S., & Bakhtiyarovich, T. S. (2021). Technology for the development of cognitive competence of students in the information and educational environment. Middle European Scientific Bulletin, 11.

21. Rabidjanovna, S. S., & Aburakhmatovich, E. K. (2021). Development trends in the subject of pedagogy and the education system. Middle European Scientific Bulletin, 11.

22. Rabidjanovna, S. S., & Mirabidovna, M. H. (2021). Methods of resolution of conflict in the pedagogical process. Middle European Scientific Bulletin, 11.

23. Самарова, Ш. Р. (2021). У^ИТУВЧИЛАРИ ШАХСИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 168-177.

24. Самарова, Ш. Р. (2020). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ИНДИВИДУАЛ ЁНДАШУВ АСОСИДА У^УВЧИЛАРНИ У^ИШГА ^ИЗЩТИРИШ МАПТКЛАРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 257-265.

25. Самарова, Ш. Р., & Расулова, Г. А. (2019). Развитие и поддержка интеллектуальных способностей одаренных детей в процессе обучения. Вестник науки и образования, (4-2 (58)).

26. Самарова, Ш. Р. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ОСНОВ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ КАК СПОСОБ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ МОЛОДЕЖИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 43-50.

27. Самарова, Ш. Р., & Кадирова, Г. А. (2019). ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ ТВОРЧЕСТВО-ФАКТОР РАЗВИТИЯ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЛИЧНОСТИ СОВРЕМЕННОГО ПЕДАГОГА. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 47-48).

28. Самарова, Ш. Р., & Жураева, М. Х. (2019). ИННОВАЦИИ В МИРОВОЙ ПЕДАГОГИКЕ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 53-55).

29. Самарова, Ш. Р. (2018). СКАЗОЧНАЯ КАРТИНА МИРА: ГЕНДЕРНЫЙ

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-147-154

СЦЕНАРИЙ ЛИЧНОСТИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 123-124).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.