Научная статья на тему 'ERKIN KURASHCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

ERKIN KURASHCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
357
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin kurash / musobaqa / yuklama / usul / bellashuv / texnika / tezkor / tahlil / raqib / mashg„ulot / kuch. / вольная борьба / соревнования / нагрузка / метод / соревнование / производительность / техника / скорость / анализ / соперник / тренировка / сила.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Farxod Ochilovich Berdiyev

Erkin kurashchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik holati, adabiyotlar tahlili, maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishi tahlil qilinganva xulosalar yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Проанализировано состояние предсоревновательной подготовки борцов вольного стиля, анализ литературы, развитие специальных ловко-силовых качеств и написаны выводы.

Текст научной работы на тему «ERKIN KURASHCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

ERKIN KURASHCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Farxod Ochilovich Berdiyev

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Erkin kurashchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik holati, adabiyotlar tahlili, maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishi tahlil qilinganva xulosalar yozilgan.

Kalit so'zlar: erkin kurash, musobaqa, yuklama, usul, bellashuv, texnika, tezkor, tahlil, raqib, mashg'ulot, kuch.

АННОТАЦИЯ

Проанализировано состояние предсоревновательной подготовки борцов вольного стиля, анализ литературы, развитие специальных ловко-силовых качеств и написаны выводы.

Ключевые слова: вольная борьба, соревнования, нагрузка, метод, соревнование, производительность, техника, скорость, анализ, соперник, тренировка, сила.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924 sonli "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida, 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-sonli "2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi Qarorlarida mamlakatimizning barcha xududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosi ekanini, ularga o'z qobiliyatlari va iste'dodlarini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e'tibor yanada kuchaytirilgan, hozirgi globallashuv davrida zamonaviy sport talablariga mos ravishda sportchilarni tayyorlash, yangi ilg'or texnologiyalardan foydalanish, sport tibbiyoti xodimlari hamda sport psixologlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kun sportida iqtidorli kurashchilarni tayyorlash masalasiga yangicha nazar bilan yondashish kerakligini ko'rsatmoqda. Ushbu zaruriyat ayniqsa kurash

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

sport turlarida yaqqol ko'zga tashlanadi.

Kurashchilarimiz jahon sport maydonlarida muhim g'alabalarni qo'lga kiritib kelmoqda. Ammo erishilgan yuksak o'rinlarni saqlab qolish uchun mashg'ulot jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni yanada davom ettirish zarurligini jahon arenalarida sportchilarning ko'rsatayotgan natijalaridan ko'rinib turmoqda.

Erkin kurashchilar va zahira tayyorgarligini takomillashtirishning yangi mashg'ulotlarda kurashchilarda yuklamalarni oqilona rejalashtirish, nazorat qilish muammosini hal etish bilan bog'liq. Bunda murabbiylarimizdan erkin kurashchilarning tayyorgarligini samaradorligini oshirishda mashg'ulotlarda yuklamalarni ilmiy asoslanib rejalashtirish hamda nazorat qilishni taqozo etadi. Aynan shu jihatdan mashg'ulot jarayoni tuzilmalarida erkin kurashchilarning yillik tayyorgarlik tsiklining turli bosqichlarida yuklamalarni me'yorlash masalasini hal etish muhim ahamiyatga kasb etadi.

Erkin kurashchilarni musobaqa oldi tayyorgarligi bosqichlari jarayonida maxsus ish qobiliyati o'rganish, maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va mashg'ulotlarda rivojlanish samaradorligini tahlil qilish.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ilmiy manbalardagi kurashchilarni mashg'ulotlarda turli kattalik va yo'nalishdagi yuklamalardan foydalanib, mikrosikl mashg'ulotlarini tuzish tajribalariga karatildi. SHu bilan bir qatorda, sport mashg'ulotlari yuklamalarining sportchilar ogranizmiga ta'siri samaradorligi amaliyotda, sport faoliyatidagi fiziologik va tibbiy asoslarga bog'lab o'rganib chiqildi.

Erkin kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish bo'yicha ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlil qilindi.

Ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil qilishda kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida ularni rivojlantirish uslubiyatiga alohida e'tibor qaratiladi.

Tezkor-kuch kurashchining raqib qarshiligini engib o'tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko'rsatish qobiliyati tushuniladi. Kuchning quyidagi turlarini ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor va portlovchan, kuch chidamliligi.

Tezkor kuch mushaklarning nisbatan kichik tashqi qarshilikni engib o'tish bilan bog'liq harakatlarni tez bajarishga bo'lgan qobiliyatida aks etadi.

Takroriy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, sportchi mashqni "so'nggi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

nafasgacha" bajarishda maksimal og'irlikdan 70-80% ga teng bo'lgan og'irliklar bilan mashqlarni takroran bajaradi. Ushbu uslub kuch mashqini takrorlab bajarishni nazarda tutadi. Har bir seriya "so'nggi nafasgacha", hammasi bo'lib 3-4 takrorlash kerak, takrorlashlar o'rtasidagi dam olish oralig'i 3-4 daqiqa.

Qisqa muddatli maksimal kuchlanish uslubi hozirgi paytda mushaklarning mutlaq kuchini oshirish uchun eng samarali hisoblanadi. U chegaradagi va chegaraga yaqin bo'lgan og'irliklar bilan ishlashni nazarda tutadi. Mushaklar mashg'ulotsida maksimal kuchlanishlar uslubi trenajerlarda va bitta yondashishda bitta-ikkita harakatlar yordamida, katta og'irlikdagi shtanga bilan bajariladigan mashklarda (jim, siltab kutarish, dast ko'tarish, o'tirib-turish) namoyon bo'ladi. Mashg'ulotda hammasi bo'lib 3-4 ta yondashish bajariladi. yondashishlar o'rtasidagi dam olish oralig'i - 3-5 daqiqa.

Tobora o'sib boradigan og'irliklar uslubi bitta mashg'ulot mashg'ulotida singari keyingilarida ham qarshilik ko'rsatish hajmining asta-sekin o'sib borishini nazarda tutadi.

Variantililik uslubi asosan turli vazndagi og'irliklar bilan maxsus mashqlarni bajarishni ko'zda tutadi. Har xil vazndagi sheriklar bilan mashqlar takrorlab bajariladi. Bitta takrorlashdan avval og'irroq vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash bajariladi, so'ngra teng vazndagi raqib bilan o'rta 10-12 ta tashlash, shundan keyin o'z vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash bajariladi. Hammasi bo'lib 3 marta takrorlab bajariladi. Dam olish oralig'I 3-4 daqiqa. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda variantlilik usulubi ayniqsa samaralidir.

Usullarni ancha og'ir raqib bilan takomillashtirish alohida kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga, kichik vazn toifasidagi raqib bilan esa - tezkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu oqibatda musobaqa mashqida natijaning oshishiga olib keladi.

Mushaklarning izometrik kuchlanishi uslubi turli mushak guruhlarining 4-6 soniya. davom etadigan statik maksimal kuchlanishini nazarda tutadi. Izometrik mashqlarning qiymati shundaki, ularning hajmi uncha katta emas, ko'p vaqt olmaydi, bajarilishi ancha oson. Bundan tashqari, ularning yordamida ma'lum bir mushak guruhlariga zarur yoki holatlarda, gavda qismlarini bukish yoki yozishning tegishli bo'g'im burchaklarida tanlab ta'sir ko'rsatish mumkin.

Og'irliklar bilan (tayoqlar, gantellar, to'ldirma to'plar va h.k.) gimnastika mashqlarini ko'p marta bajarish kuch chidamliligini rivojlantiradi. Ushbu mashqlarni katta tezlikda qisqa vaqt ichida bajarish tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

Har bir mashq ma'lum bir sifatni yoki bir guruh sifatlarni rivojlantiradi. Masalan, sherik qarshiligida yoki shtanga bilan bajariladigan mashqlar, o'z og'irligi bilan tortilish hamda qo'llarni bukib-yozish mashqlari kuchni; katta tezlik bilan bajariladigan gimnastika mashqlari, qisqa masofalarga yugurish - kurashda harakat tezligini tarbiyalashga yordam beradi.

Mushaklarni bo'shashtirishga qaratilgan mashqlar hatto bellashuv jarayonida ushlash va zo'riqishdan holi bo'lgan qisqa vaqt ichida kuchning yanada tez tiklanishiga yordam beradi.

METODOLOGIYA

Pedagogik kuzatishlar kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish va baholash maqsadida o'tkazildi.

Mazkur holda kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda mashg'ulot yuklamalarini taqsimlash xususiyatlari aniqlandi.

Bizning ishimiz davomida kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish va o'rganishimizda malakali murabbiylarning ish tajribasi hamda kurashchilar bilan olib boriladigan mashg'ulot jarayonlari o'rganildi.

Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun mushak, pay, bo'g'imlarni cho'zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo'llash kerak bo'ladi.

Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish mashqlarni qo'llash uslubiyati samaradorligini aniqlash uchun quyidagi testlardan foydalanildi.

1. Maxsus rezina bilan ishlash 30 soniya (marta).

2. Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15 soniya davomida o'z vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish (marta).

3. 20 soniya yotgan holatdan gavdani orqadan ushlab sherigini ko'tarish (marta).

4. 10 soniyada gimnastika qo'shpoyada qo'llarni bukib yoyish (marta).

5. Bir daqiqa davomida katta bolg'ani o'ng va chap tomonga harakatlantirish (marta).

Pedagogik tajriba har qanday ilmiy-pedagogik tajribaning asosi hisoblanadi. Uning yordamida ilmiy farazning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik tizimning alohida elementlari o'rtasidagi bog'liqliklar va nisbatlar aniqlanadi.

Pedagogik tajribalar natijalarining samaradorligini quyidagi mezonlar bo'yicha baholandi:

1. Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirishni aniqlovchi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

ko'rsatkichlaridagi o'zgarishlar o'lchami aniqlandi.

MUHOKAMA

Kurashchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va musobaqa oldi tayyorgarlik bsqichida ularni rivojlantirish ustida ish olib borildi.

Oldimizga qo'yilgan masalalarni o'rganish maqsadida kurashchilar bilan olib boriladigan mashg'ulot jarayoni hamda va etakchi trenerlar, mutaxasislar ish tajribasi umumlashtirildi hamda tadqiqotlar olib borildi.

Olingan natijalar asosida aniqlandiki kurashchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarni muayyan darajada harakatlar tezkor-kuch talab qiluvchi amallarda katta ahamiyatga ega bo'ladi. kurashchilarda turli mushak guruhlari kuchining ortishi bir me'yorda bo'lmaydi va yuqori shiddatga erishadi. Bunday kurash bilan shug'ullanish tezkor-kuch sifatlari topografiyasiga, ya'ni turli mushak guruhlarining maksimal kuchi nisbatiga o'z muhrini bosadi. Kurashchilarni maxsus tezkor-kuch sifatlarini mashg'ulotdagi mashq yuklama vositalarini hajmi yig'indilarini tahlil qilish, tekshirilayotgan kurashchilarning yuqori sport natijalarini egallashda maqsadida o'tkaziladi. Nazorat qilish uchun 22 ta kurash bilan shug'ullanuvchi kurashchi tanlab olindi.

Kurashchilar bilan olib boriladigan mashg'ulotning faqat asosiy qismidagi maxsus tezkor-kuch sifatlarni musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida ularni rivojlantiruvchi mashg'ulot yuklamalari tahlili olindi.

Musobaqa oldi mashg'ulot bosqichi tayyorgarligini asosiy vositalarining hajmi har xilligi, o'rtacha hajm, standart og'ish keltirilgan. Asosiy qilib kurashchilarning darajasiga va murakkablik koeffisientiga qarab mashg'ulot mashqlarini taqsimlash qabul qilindi.

Hamma maxsus mashqlar o'z ichiga yuqori bo'lgan mashg'ulot vositalarini olgan, ya'ni sherik bilan kurashish, shartli kurash, texnik-taktik mahoratni takomillashtirish uchun sherigi bilan bajariladigan mashqlar olingan.

Ixtisoslashtirilgan mashg'ulot mashqlari hajmi jihatidan ularni murakkabligiga qarab taqsimlandi.

Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, ayrim trenerlar qisqa muddat ichida kurashchilarni tayyorlash maqsadida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni zo'rma-zo'raki qo'llaydilar. Bu borada ayniqsa maxsus tezkor-kuch sifatini tarbiyalash bolaning jismoniy imkoniyatini e'tiborga olish zaruriyatini belgilaydi. Me'yoridan ortiq beriladigan surunkali maxsus tezkor-kuch mashqlari shug'ullanayotgan bolani zo'riqish holatiga tushirib qo'yishi muqarrar. Shuning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

uchun maxsus tezkor-kuch mashqlarini qo'llashdan avval maxsus tezkor-kuch sifatini baholovchi ommabop maxsus test mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bitiruv malkaviy ish mavzusi bo'yicha rejalashtirilgan tadqiqotning maqsadi kurash bilan shug'ullanuvchi yoshlarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichidagi maxsus tezkor-kuch sifatini nostandart maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligini o'rganishdan iborat.

Tadqiqotlar natijasida quyidagi asos qilib olindi:

1.Maxsus rezina bilan ishlash 30 soniya (marta).

2.Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15 soniya davomida o'z vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish (marta).

3.20 soniya yotgan holatdan gavdani orqadan ushlab sherigini ko'tarish (marta).

4.10 soniyada gimnastika qo'shpoyada qo'llarni bukib yoyish (marta).

5.Bir daqiqa davomida katta bolg'ani o'ng va chap tomonga harakatlantirish (marta).

Kurashchilar faoliyatida va xususan musobaqa bellashuvlarida barcha turdagi maxsus tezkor-kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutloq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-portlovchi) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'quv-mashg'ulot jarayonida maxsus tezkor-kuchni rivojlantirishga e'tibor qaratish kurashchilar tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.

Kurashchilarda har xil turdagi maxsus tezkor-kuch sifatlarini o'rganish qayd etilgan ko'rsatkichlar tadqiqot boshida sezilarli darajada sayoz ekanligini ko'rsatdi. Jumladan, tajriba va nazorat guruhdagi shug'ullanuvchilarni qo'shib hisoblaganda ham ularning ko'rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.

XULOSA

1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, so'nggi yillarda kurashchilar musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarining mashg'ulotlari kattaligi va yo'nalish tizimlarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda, maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda jarayonida alohida ahamiyat berish kerak bu esa kurashchilarning musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Musobaqa oldi tayyorgarligi bosqichlaridagi mashg'ulotlar jarayonida kurashchilar organizmiga katta yuklamali va miqdoriy yo'nalishdagi mashg'ulotlarning ta'sirini farq qilish zarur. Kurashchilar amaliyotida katta, katta va kichik yuklamali mashg'ulotlar ko'p qo'llaniladi. Shu nuqtai nazardan, ko'proq

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-61-67

yuklamalarni yo'nalishi bo'yicha maxsus chidamlilikni (uzoq va qisqa muddatli shiddatli ishlarni bajarish imkoniyati), tezkorlik va kuch - qobiliyatini oshiruvchi mashg'ulotlarni qo'llash tavsiya qilinadi, katta yuklamali mashg'ulotlardan so'ng organizmning qayta tiklanish jarayonlarini samaradorlik vositasi sifatida o'rtacha va kichik yuklamali mashg'ulotlarning muvaffaqiyat bilan qo'llanilishidan dalolat beradi.

3. Kurashchilarning ish qobiliyatini oshirish, pedagogik vositalar va uslublar majmuasida mashg'ulot jarayonini boshqarish sifatini oshirishda mikrosikl mashg'ulotlarini oqilona almashlab o'tishning amaliy ko'nikmalari katta rol o'ynaydi.

4. Kurash bilan shug'ullanuvchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda asosiy yo'nalishlaridan biri me'yorlangan mashqlardan foydalanishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5924 sonli Farmoni. 2020 yil 24 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ-5281-sonli Qarori. 2021 yil 5 noyabr.

3. Tastanov N.A. - "Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati" Darslik.T.; 2017 yil.

4. F.A.Kerimov - "Sportda ilmiy tadqiqotlar" Darslik. T., 2018 yil.

5. Алиханов И.И. Техника и тактика вольной борьбы: Москва: Физкультура и спорт; 2016 г.

6. З.А.Бакиев. Эркин кураш назарияси ва услубиёти. Укув кулланма. Тошкент.; "Лидер Пресс" нашриёти 2011 yil.

7. Adilov, S. Q., Berdiyev, F. O., Jumaqulov, A. B., & Anarbayev, T. R. (2021). Erkin kurashchilarini mashg'ulot jarayonlarida modellashtirishni asosiy tarkibiy qismlarini o'rganish. Academic research in educational sciences, 2(4), 1717-1722.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Xolmatov, Azizjon Ibrohimovich, Djasur Yuldashevich Tashnazarov, and Oybek Nuritdinovich Kurganov. "Yunon-rim kurashchilariga texnik usullarni o'rgatishda modellashtirish usulining samaradorligi." Academic research in educational sciences 2.4 (2021): 1708-1716.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.