Научная статья на тему 'NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA – PARALINGVISTIKANING O’RGANILISH TARMOG’I SIFATIDA'

NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA – PARALINGVISTIKANING O’RGANILISH TARMOG’I SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7746
300
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paralingvistika / noverbal kommunikatsiya / intonatsiya / pauza / akustika / ovoz tembri / fonatsion / kinetik / grafik / proksemik / visual / takesik. / paralinguistics / nonverbal communication / intonation / pause / acoustics / voice timbre / phonation / kinetic / graphic / proxemic / visual / tactile.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. Temirova

Noverbal kommunikatsiya muloqot jarayonida muhim vazifani bajaradi va aynan suhbat jarayonida kerakli vositani tanlash nutqning ta’sirchanligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kommunikatsiyaning bu turini o’rganishda psixologiya, madaniyatshunoslik, sotsiologiya fanlarining ham ahamiyati katta. Zero, biror voqea haqida fikr bildirishda odamlar avvalo o’z dunyoqarashi, jamiyatdagi mavqei va o’zi yashab kelayotgan muhitdan kelib chiqqan holda yondoshadi, bu esa yuqoridagi fanlarning tilshunoslik bilan uzviy bog’liqligidan darak beradi. Bizga ma’lumki, tilshunoslik bir qancha bo’limlardan iborat va har bir bo’lim nutqning aynan bir jarayondagi tuzilishini o’rganish bilan shug’ullanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NONVERBAL COMMUNICATION AS A BRANCH OF PARALINGUISTICS

Nonverbal communication plays an important role in the process of communication, and choosing the right tool during the conversation is important in increasing the effectiveness of the speech. In studying this type of communication, the sciences of psychology, cultural studies, and sociology are also important. After all, when expressing an opinion about an event, people first approach based on their worldview, their position in society, and the environment in which they live, which indicates that the above disciplines are inextricably linked with linguistics. We know that linguistics consists of several departments, and each department deals with the study of the structure of speech in a specific process.

Текст научной работы на тему «NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA – PARALINGVISTIKANING O’RGANILISH TARMOG’I SIFATIDA»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA - PARALINGVISTIKANING O'RGANILISH

TARMOG'I SIFATIDA Temirova Feruzabonu Temir qizi

UzDJTU mustaqil taqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6937403

Annotatsiya. Noverbal kommunikatsiya muloqot jarayonida muhim vazifani bajaradi va aynan suhbat jarayonida kerakli vositani tanlash nutqning ta'sirchanligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kommunikatsiyaning bu turini o'rganishda psixologiya, madaniyatshunoslik, sotsiologiya fanlarining ham ahamiyati katta. Zero, biror voqea haqida fikr bildirishda odamlar avvalo o'z dunyoqarashi, jamiyatdagi mavqei va o 'zi yashab kelayotgan muhitdan kelib chiqqan holda yondoshadi, bu esa yuqoridagi fanlarning tilshunoslik bilan uzviy bog'liqligidan darak beradi. Bizga ma'lumki, tilshunoslik bir qancha bo'limlardan iborat va har bir bo 'lim nutqning aynan bir jarayondagi tuzilishini o'rganish bilan shug'ullanadi.

Kalit so'zlar: paralingvistika, noverbal kommunikatsiya, intonatsiya, pauza, akustika, ovoz tembri, fonatsion, kinetik, grafik, proksemik, visual, takesik.

НЕВЕРБАЛЬНАЯ КОММУНИКАЦИЯ КАК РАЗДЕЛ ПАРАЛИНГВИСТИКИ

Аннотация. Невербальная коммуникация играет важную роль в процессе общения, и выбор правильного средства во время разговора важен для повышения эффективности речи. В изучении этого вида коммуникации важное значение имеют также такие науки, как психология, культурология, социология. Ведь при высказывании мнения о событии люди в первую очередь сближаются исходя из своего мировоззрения, своего положения в обществе, среды, в которой они живут, что свидетельствует о неразрывной связи вышеуказанных наук с языкознанием. Мы знаем, что языкознание состоит из нескольких отделов, и каждый отдел занимается изучением строения речи в определенном процессе.

Ключевые слова: паралингвистика, невербальная коммуникация, интонация, пауза, акустика, тембр голоса, фонация, кинетическая, графическая, проксемическая, визуальная, тактильная.

NONVERBAL COMMUNICATION AS A BRANCH OF PARALINGUISTICS

Abstract. Nonverbal communication plays an important role in the process of communication, and choosing the right tool during the conversation is important in increasing the effectiveness of the speech. In studying this type of communication, the sciences of psychology, cultural studies, and sociology are also important. After all, when expressing an opinion about an event, people first approach based on their worldview, their position in society, and the environment in which they live, which indicates that the above disciplines are inextricably linked with linguistics. We know that linguistics consists of several departments, and each department deals with the study of the structure of speech in a specific process.

Keywords: paralinguistics, nonverbal communication, intonation, pause, acoustics, voice timbre, phonation, kinetic, graphic, proxemic, visual, tactile.

KIRISH

Paralingvistika atamasi tilshunoslikka 1940 - yil amerikalik tilshunos A. Xill tomonidan olib kirilgan. Paralingvistikaning o'rganilish sohasi sifatida muloqotning noverbal ko'rinishini olishimiz mumkin. Muloqotda qulaylikka erishish uchun fonetik birlikar, yuz harakatlari, imo -

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ishoralar, qo'l harakatlari va boshqalardan bevosita foydalaniladi. Paralingvistika muloqot vositalarining tinglovchiga va muloqot jarayoniga ta'sir etishini, ularning muloqotdagi ahamiyatini o'rganadi. Shuningdek, muloqotda pauza va intonatsiyaning ham ahamiyati cheksiz. Neyropsixolog va neyrolingvist A.R.Luriyaning ta'kidlashicha "insoniyat paydo bo'lgan davrlarda muloqot jarayoni tovushlarsiz amalga oshirilgan. O'ylash mumkinki, birinchi muloqot faol mehnat jarayonida paydo bo'lgan, bunda ayni bir faoliyatga oid jestlar natijasida muloqot yuzaga kelgan va bu bevosita o'sha foaliyat jarayonining ishtirokchilarigagina tushunarli bo'lgan". Bu muloqot aynan bir predmetga yoki jarayonga ishora qilgan. [1.8-10] TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi kunda noverbal vositalarning muloqotdagi ahamiyati haqida T.M.Nikolayeva va G.E.Kreydlinning turlicha qarashlari bor, lekin G.V.Kolshanskiyning fikricha noverbal vositalar til tizimi uchun yordamchi omil hisoblanadi. Muloqotning manbai sifatida noverbal vositalarning 3 ko'rinishi: vizual, akustik va taktil bor. Vizual vositalarga ko'z orqali ko'rib idrok etish mumkin bo'lgan omillar kiradi. Jumladan, mimika, imo-ishora. Akustikada bevosita intonatsiya, tovushning baland, pastligi o'rganiladi. Ovoz tembri ham suhbat jarayonida muhim omil hisoblanadi. Ushlab ko'rish orqali taktil vositalarni xis qilish mumkin (ishoralar: ritm, emotsional, ko'rsatish, tasvirlash, simbollar).

O'z navbatida Ye.E.Shevtsova muloqotning paralingvistik vositalarining 3 ko'rinishini keltirib o'tadi:

• Fonatsion - muloqotning tempi, ovoz tembri, balandligi, tildagi dialekt, tovushlar artikulyatsiyasi

• Kinetik - so'zlovchining jesti, holati, mimikasi

• Grafik - yozma nutqning o'ziga xosliklari, harflarning grafik ko'rinishi va qisqartmalar

Paralingvistik vositalar jestlardan farqli ravishda nutq bilan birgalikda kelib, muloqotning emotsionalligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir birlari bilan muloqotda bo'lishga ehtiyoj tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta'rif beriladi:

1. Muloqot - hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni;

2. Muloqot - belgilar tizimi orqali subyektlarning o'zaro ta'sirlashuvi.

Muloqot - odamlar o'rtasida birlikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. TADQIQOT NATIJALARI

Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayiriboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya - tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi - bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. [1.12-15]

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati

- nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishidadir.

Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Shuningdek, muloqotning vazifalari (funksiyalari) ham mavjud. Muloqotning funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan B.F. Lomov taklif etgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: [3.280]

1. Informatsion-kommunikativ funksiya - axborot almashinuvini ta'minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi.

Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:

- Kinetika (imo-ishora, mimika, pantomima)

- Paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar)

- Proksemika (masofa va vaqt me'yorlari)

- Vizual aloqa (ko'zlar orqali)

- Takesika (jismoniy aloqa)

2.Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta'sir o'tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta'sir ko'rsatishi mumkin.

3.Affektiv-kommunikativ funksiya - inson emotsional sohasining regulyatsiya (boshqarish) qilini shini ta'minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinantidir. Chunki turli-tuman emottsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. [1.9-10]

L.A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:

- aloqa o'rnatish vazifasi - suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash

- informatsion vazifa - suhbatdosh bilan muayyan ma'lumotlar, fikr va rejalarni almashish;

- faoliyatga undash - suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullash (rag'batlantirish)

- koordinatsion vazifa - suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi xarakatlarni muvofiqlashtirish;

- tushunishni ta'minlash vazifasi - suhbatdoshning fikrlari va xissiyotlarini tushunish;

- amotiv vazifa -suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg'otish hamda ularni o'zgartirish;

- munosabat o'rnatish vazifasi - munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeyini aniqlash;

- ta'sir ko'rsatish vazifasi - suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish. [2.198-200]

Demak, muloqot murakkab polifunksional, ya'ni ko'p vazifali hodisadir. Muloqot - shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta'sir o'tkazadilar, tushunadilar.

Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma'naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

extiyojlarni qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvafaqqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyoji motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e'tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta'sirlar, na'munalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi. Amerikalik jurnalist G.Lassuel 5 unsurdan iborat bo'lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: [5.35] o Yut (axborot kim tomonidan uzatilmoqda) o Nima (qanday axborot uzatilmoqda) o Qanday (axborot qanday yo'l bilan uzatilmoqda) o Kimga (axborot kimga uzatilmoqda) o Qanchalik samarali ( axborot qanchalik samarador uzatildi)

Kommunikativ jarayon aktsial (bunda axborot ayrim konkret odamlargagina yo'naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipientlarga yo'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin. Kommunikator retsipient uni qanchalik tushunayotganini "kommunikativ rollar" o'zgargach biladi. Chunki retsipient kommunikatorga aylanib avvalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi. Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida quyidagilardan foydalaniladi: o Optik - kinetik tizimga imo-ishoralar (qo'l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o'rganish uchun alohida soha - kinesika shakllangan. o Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo'lib, unga ovoz sifatlari, diapozoni kiradi.

Ekstralingvistk tizimga to'xtalishlar, yo'talib qo'yishlar, yig'i, kulgu, nutq tempi kiradi. o Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va

kommunikatsiya nutqi kiradi. o Vizual kontaktga ko'zlar orqali muloqot kilish kiradi. Dastlab muloqotning bunday turi faqat intim muloqot doirasidagina bo'lishi mumkin deb hisoblangan. Ammo so'nggi tadqiqotlar vizual kontakt boshqa sohalarda, ya'ni tibbiyot, pedagogika, boshqaruv kabilarda ham kuzutilishini isbotlamoqda.

MUHOKAMA

Noverbal kommunikatsiya tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ular nutqni to'ldiradi, uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional holtini aks ettiradi.

Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, oxang, pauza, poza (xolat), ko'z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so'zni to'ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o'rnini bosadi.

Turli yosh guruhlarda noverbal kommunikatsiya turlicha bo'ladi. Masalan, bolalar ko'pincha kattalarga ta'sir etish, ularga xoxish va kayfiyatlarini o'tkazishda yig'idan vosita sifatida foydalanadilar. [1.31-35]

Axborotni so'z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal komunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli yosh guruxlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo'llanayotgan vositalarning axborotni so'z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan xisoblanadi. Bunday

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

muvofiqlik xam og'zaki, xam nutqsiz kommunnikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli xisoblangan pedagog uchun juda muximdir. Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muxim rol o'ynaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar, mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Noverbal belgilar nutqni to'ldiradi, ba'zida uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional xolatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va ularning mazmunini tushunish juda muximdir. Noverbal muloqatda quyidagi belgilar tizimlaridan keng foydalaniladi:

1.Kinetik belgilar tizimi - imo-ishoralar, mimika va pantomimikdan iborat. Masalan, rost so'zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko'rsatishdan qo'rqmaydi. Yolg'onchi esa kaftlarini berkitishga xarakat qiladi. Suxbatdoshdan o'zini yuqori tutish belgilaridan biri - butun kaft cho'ntakda bo'lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo'yilganidir. Shubxalanuvchanlikni odatda og'izni qo'l bilan ximoyalash, burunga tegib qo'yish, qovoqlarni silab qo'yish, quloq ortini yoki bo'yinni qashlab qo'yish bildirib qo'yadi. Daxanni silab qo'yish qaror qabul qilishga qiynalishni ko'rsatadi. Asabiylik xolati kishining biror narsaga - bilak uzugi, soati va shu kabilarga xech qanday maqsadsiz qayta-qayta tegib turishi ostiga yashirinadi. Stulning ustiga "minib" oyoqlarni keng yozib o'tirishdan odamdagi dominantlikka (ustunlikka) moyillikni sezish mumkin. Oldinga chiqarilgan oyoq, ayniqsa, uning uchi bilan yer depsinayotgan bo'lsa, dominantlik yaqqol namoyon bo'ladi. Bosh orqasiga chalishtirilgan qo'llar, ayollarda belga tiralgan mushtlar xam dominantlikka intilish munosabatidan darak beradi. Kiyimdagi yo'q changlarni qoquvchilar bunday xarakati bilan suxbatdosh fikriga e'tiborsizligini yoki qo'shilmasligini ko'rsatadi. Agar kishi daxanini kafti bilan tirab o'tirgan bo'lsa, diqqat bilan tinglayotgani va o'ylanib qolganidan darak beradi.

2. Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvidan iborat. Muloqot davomida kishilar o'rtasidagi munosabat 4 xil xududdan birida amalga oshiriladi. Jumladan, intim xudud (oralig'i 15-45sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muxiti, past ovoz, taktil aloqa. Bu xududga begonalar kirishi organizmda muayyan fiziologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. (yurak urishi tezlashadi, adrenalin ajralishi ko'payadi). Shaxsiy xudud (45-120 sm) da tanishlar, xamkasblar muloqoti amalga oshiriladi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo'lish. Ijtimoiy xudud (120-400 sm) da begona kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega bo'lishi, suzbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi. Ommaviy xudud (400 sm va undan ortiq) da kishilarning katta guruxi bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning yo'qligi, noverbal signallar rolining ortishi.

3. Vizual kontakt ko'zlar orqali amalga oshiriladigan aloqa. Psixologik tajribalardan mablum bo'lishicha, suxbatdoshlar bir-birining ko'zlariga tikilishi bilan o'zidagi yoqtirish, sadoqat yoki tajovuzkor reaktsiyalarga tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suxbat davomida kishilar ko'zlar to'qnashuvidan o'zlarini saqlaydilar. Ayollar vizual kontaktga ko'proq moyildirlar. Odamning emotsional xolati ta'sirida ko'z qorachig'i shakli o'zgaradi. Masalan, salbiy emotsiyalar ta'sirida ko'z qorachiqlari torayadi, ijobiy xolat kuzatilganda esa aksincha qorachiqlar kengayadi. Mutaxasislar maslaxatiga ko'ra, ijobiy va ishonchli munosabat o'rnatish uchun suxbatdoshlar vizual aloqa kontakti butun muloqot vaqtining 60-70% egallashi kerak. Odam samimiy bo'lmasa yoki uyalayotgan bo'lsa vizual aloqa butun muloqot vaqtining 1/3 qismini egallaydi. Agar vizual kontakt butun muloqot vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu xolat

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

odamga nisbatan qiziqish kuchliligini (bunda ko'z qorqchig'i kengayadi) yoki salbiy munosabat kuchliligini ko'rsatadi (bunda qorachiqlar torayadi). Ammo vizual aloqada milliy xususiyatlarni inobatga olish kerak. Janubiy Yevropa xalqlarida suxbatdoshning ko'zlariga uzoq tikilish odatiy xol. Ba'zilarga bu xaqorat bo'lib tuyilishi mumkin. Yaponlar yuzga nisbatan bo'yinga ko'proq qaraydilar. Vizual kontakt 10 soniyadan ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suzbatdoshlarning yuzma-yuz emas, ma'lum burchak ostida (90 gradus) bir-biriga yuzlanishidan iborat. Bunday joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi va xarakatlarning erkin bo'lishini ta'minlaydi. Demak, noverbal muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan foydalaniladi. Ulardan foydalanish ko'pincha ongsiz ravishda amalga oshiriladi.

4. Muloqot jarayonida takesikaning ham ahamiyati juda muhim. Noverbal kommunikatsiyaning bu turi muloqot jaroyonida suxbatdoshlarning dinamik xarakatlarini o'rganadi. Jumladan, qo'l qisish, tegib ketish, olqish yoki shunga o'xshash boshqa dinamik xarakatlar. Muloqot jarayonida aynan bir dinamik belgilardan foydalanish bu suxbatdoshlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy maqomidan kelib chiqib farqlanadi. Muloqot jaroyonida paralingvistik vositalarning noto'g'ri qollanilishi nizolar kelib chiqishiga ham sabab bo'lishi mumkin. [1.79-89]

Aslida, muloqot biz bilgandan ko'ra ko'proq ma'noni anglatadi. So'zlar bizning shaxslararo muloqotimizning kichik bir qismidir. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, muloqot paytida biz barcha ma'lumotlarning 55 foizini tana harakatlari yordamida olamiz: ko'z bilan aloqa qilish, imo-ishoralar, pozitsiya, postlar; Axborotning 38 foizi ovoz ohangi bilan, faqat 7 foizi suxbat bilan uzatiladi. Shuning uchun nafaqat nima deyishimiz, balki uni qanday aytishimiz ham muhimdir. Masalan, talabalarni aktyorlik maktablarida nafaqat o'z so'zlari, balki tana harakatlari, ovozi bilan ham ma'lumotni to'g'ri yetkazish uchun maxsus o'qitiladi. Noverbal muloqot yordamida ma'lumotni suhbatdoshingiz to'g'ridan-to'g'ri anglashi mumkin. F. Shillerning ta'kidlashicha: «Insonning so'zlaridan u qanday ko'rinishni niyat qilgani haqida xulosa chiqarish mumkin, lekin u aslida qanday ekanligini - uning yuz ifodalaridan, so'zlarni aytishdagi beixtiyoriy imo-ishoralaridan taxmin qilish mumkin.

Noverbal muloqotni o'rganishning eng qadimgi davri notiqlik risolalaridir. Muloqot jarayonida insonlar xaqida juda ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Bunda faqat mimika, holat, nutqning intonatsion xususiyatlari, pantomimik xarakatlariga e'tibor berish kerak, aynan shu xususiyatlar orqali insonlar xaqida ko'p ma'lumot olish mumkin.

XULOSA

Bundan tashqari noverbal kommunikatsiya vositalari turli xalqlarda turlicha qo'llanilishi ham alohida e'tiborga molik. Lekin yana bir e'tiborli jihati ko'pgina xalqlarda eng ko'p qo'llaniladigan insonlarning hissiyotlarini ifodalaydigan kommunikativ vositalar deyarli farqlanmaydi. Insonlarning noverbal muloqotdagi xatti xarakatlari ularning emotsional holatlari xaqida to'liq ma'lumot beradi. Chunki, muloqot jarayonida inson o'zi bilmagan holda his-tuyg'ularini namoyon qiladi va bu jarayonni boshqaro olmaydi. Albatta, ba'zi pozitsiyalar, imo-ishoralar taqlid qilinishi mumkin, ammo ongli ravishda boshqarilmaydigan juda ko'p xatti-harakatlar belgilari mavjud, shuning uchun ularni hech qanday tarzda soxtalashtirish mumkin emas. Bunday belgilarga avtonom nerv tizimining faoliyatiga asoslangan belgilar (terlash, terining oqarishi va qizarishi, nafas olishning o'zgarishi (u kamdan-kam yoki tez-tez, yuzaki yoki chuqur bo'lishi mumkin va hokazo), qorin bo'shlig'ining ohangidagi o'zgarishlar kiradi. Inson mushaklari (tananing beixtiyor kuchlanishi mumkin), yo'talish, yutish). Noverbal belgilarning foydalanilishiga ko'ra, suhbatdosh tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning noto'g'ri yoki

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

haqiqatligini baholash mumkin. Ko'pincha ovozning ohangi yoki beixtiyor imo-ishorasi aytilgan so'zlarga qaraganda ancha ishonchliroq bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda noverbal muloqotning psixologik mexanizmlari, inson psixikasi va xatti-harakatlari o'rtasida bog'liqlik mavjudligi faol o'rganilmoqda. Noverbal muloqot bevosita inson tabiati bilan uzviy bog'liq. Noverbal vositalardan foydalanishiga suxbatdoshni chuqurroq bilish vositasi sifatida foydalanish mumkin, chunki u bu odamning dunyosining bir qismidir.

REFERENCES

1. M. Maxsudova Muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma. Toshkent «turon-iqbol» 2006

2. Л.А. Карпенко. - Издание 2-е, расширенное, исправленное и дополненное. - Ростов-на-Дону: Феникс, 1998. - 512 с.

3. Ломов Б.Ф. Методологические и теоретические проблемы психологии. Москва: Директ-Медиа, 2008

4. Лурия, А. Р. Основы нейропсихологии : учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений / А. Р. Лурия. — Москва : Академия, 2003. — 384 с. — Текст : непосредственный

5. Lasswell, H. The Structure and Function of Communication in Society // The Process and Effects of Mass Communication. Chicago, 1971.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.