Научная статья на тему 'DISKURS JARAYONIDA ADRESANT VA ADRESATNING NOLISONIY VOSITALARDAN FOYDALANISHI'

DISKURS JARAYONIDA ADRESANT VA ADRESATNING NOLISONIY VOSITALARDAN FOYDALANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

980
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paralingvistik vositalar / ekstralingvistik vositalar / adresant / adresat / nolisoniy vositalar / verbal / noverbal vositalar / nutqiy muloqot shakllari / nutq turlari / axborot almashinuvi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nafisa Baxtiyarovna Muratova

Nutq sharoiti tinglovchi va so’zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xattiharakatlari, qolaversa, nutq maqsadi–bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir. Nutqda o’zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo’ladigan paralingvistik vositalar alohida o’rin egallaydi.Diskurs jarayonida adresant va adresatning nolisoniy vositalaridan foydalanishning quyidagi ko`rinishlari kuzatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DISKURS JARAYONIDA ADRESANT VA ADRESATNING NOLISONIY VOSITALARDAN FOYDALANISHI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

DISKURS JARAYONIDA ADRESANT VA ADRESATNING NOLISONIY

VOSITALARDAN FOYDALANISHI

Nafisa Baxtiyarovna Muratova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tilshunosligi kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Nutq sharoiti tinglovchi va so'zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi-bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir. Nutqda o'zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo'ladigan paralingvistik vositalar alohida o'rin egallaydi.Diskurs jarayonida adresant va adresatning nolisoniy vositalaridan foydalanishning quyidagi ko'rinishlari kuzatiladi.

Kalit so'zlar: paralingvistik vositalar, ekstralingvistik vositalar, adresant, adresat, nolisoniy vositalar, verbal, noverbal vositalar, nutqiy muloqot shakllari, nutq turlari, axborot almashinuvi.

KIRISH

Muloqot - murakkab ko'rinishdaga lisoniy tafakkur faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida nutqiy tuzilmalar hosil bo'ladi va ushbu tuzilmalar strukturasida lisoniy tafakkur faoliyatining "iz"lari saqlanadi. Ammo ushbu "iz"larni topish va ularni qismlarga ajratish oson emas, zero muloqot borligi matnning tarkib topishida biz fikrimizning barcha elementlari inson ongida tug'iladigan nutqiy qolipni voqelantiruvchi vositalarga aylanadilar. Bundan tashqari, muloqot matnining shakllantirilishida lisoniy birliklarning ham ishtirok etishini unutmaslik kerak.

XXI-asrning boshlariga kelib mamlakatlararo va millatlararo munosabatlarning kuchayishi natijasida insonlararo aloqa axborot almashinuvi tobora avj olmoqda. Axborot almashinuvida, ya'ni muloqot jarayonida so'zlovchi va tinglovchining ishtiroki shart. Bir ishtirokchining muloqot harakati albatta ma'lum munosabatni ifodalaydi, tinglovchi o'z munosabatini bildiradi.

Nutq sharoiti tinglovchi va so'zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi-bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Nutqda o'zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo'ladigan paralingvistik vositalar alohida o'rin egallaydi. Diskurs jarayonida adresant va adresatning nolisoniy vositalaridan foydalanishlarning quyidagi ko'rinishlari kuzatiladi. l.Adresantning lisoniy ko'rinishidagi so'roq fikriga yoki iltimos, maslahat yoxud mulohazasiga adresat nolisoniy vosita orqali javob beradi. Suyun burgut bedazor o'rtasidagi yog'och karavatga borib o'tirdi. Marjonoy qo'rqa-pisa unga yaqinlashdi.

-Nima boldi? Nega tog^dan barvaqt qaytdingiz. Suyun burgut qolini horg^in silkitdi.

- Yana boshlandi! - dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).

Bu muloqotda adresantning savoliga adresat lisoniy vositalar yordamida javob bergan va so'zlovchi yonidagi sherigining nima deyotganini anglab oladi. Aloqa -aralashuv jarayonidagi kommunikantlarning ishoraviy harakati (boshning vertikal harakati)ni yozuvchi ishora fellari bilan ifodalaydi. (bosh irg'amoq). Bu o'rinda bosh irg'amoq fe'li ikkilamchi ma'no kasb etib, umumiy tasdiq ma'nosini bildiradi.

- Hozir biz bu kishini emas, - Sharnovskiy Mansur meshga imo qildi, - sizni tergov qilyapmiz. O^zingdan gapir, Suvonqulov! Xo^sh, chiqarasanmi yashirgan pullaringniyo...

Suyun burgut qaysargina bosh chayqadi. Yashirgan bir tiyinim ham yo^q!

(Adolat manzili 45 bet). Ishorafe'llarinmgishoraviyma'nosiramziyma'nobolib, jonli muloqot davomidagi ishoraviy harakatning lisoniy belgisi sanaladi: yelkasini uchurmoq - bexavotirlik, bosh tebratmoq - inkor, mushtini tugmoq - dargazab bolmoq, achchiqlanmoq.

- Iloji bolsa, jurnalistika sohasida o^qimoqchiman.

- Nega iloji bolmas ekan? - dedi Klora.

- Xohlasangiz, Moskvaga o^qishga jo^nataman! Lochin yelkasini uchirdi: (Adolat manzili 56 bet). Keltirilgan bu muloqotda esa yelkasini qismoq bilmadim degan ma'no anglatib, ya'ni hali bir qarorga kelmaganligi sezilib turibdi.

2. Adresantning nutqiy shakldagi fikriga adresat tomonidan nolisoni javob beriladi va lisoniy shaklda ta'kidlanadi.

-Suyun burgut qolini horg^in silkitdi.

- Yana boshlandi! - dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).

3. Adresantning ishoraviy savoliga javob beradi. Adresat lisoniy vosita bilan javob beradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

Muloqotning bu shaklida kommunikantlarning mavqei va holati ahamiyatli sanaladi. Adresantning yoshi katta ijtimoiy mavqei, lavozimi adresatdan yuqori yoki teng bo'lishi, ayrim hollarda vaziyat lisoniy aloqani talab qilishi kerak bo'ladi.

Hibsxonaga birinchi bolib kirgan keksaroq militsioner, qovoglni uyib Suyun burgutga qaradi. Sening ishingmi, bu, Burgut beganday

- Bir bo^htonyetmovdi, ikkinchisini boshlamoqchimisiz? Bugllib dedi u ...

4. Diskurs jarayonida har ikkala suhbatdosh nutqiy bo'lmagan shaklda aloqaga kirishadilar va o'zaro fikr almashadilar.

Masalan, savol nazari bilan qarashi tinglovchi ham gapir deganday bosh irg'ashi. Aloqa - aralashuv jarayonidagi lisoniy muloqot bilan nolisoniy muloqotning matnida ishora anglatgan ma'no muallif tomonidan izohlab kelinadi. Bu izoh ishora fe'llari va uning anglatgan ma'nosidan iborat bo'ladi. U "to ^g^rimi " degandek qaradi. Vazmin bosh qimirlatib qo^ydi.

Bundan tashqari kommunikatsiya jarayonida nigoh (ko'z) va bosh harakatlari muloqotni shakllantiruvchi vositalar bo'lib kelmoqda.

- Suyun burgut! - dedi direktor qovaglni uyib. - Burgut-ye mening ulim! Ulim bolmasa ... ikki ming yilqini inonib topshirib qo^yarmidim, Burgutga? (Adolat manzili 46 bet).

Ta'kidlaganimizdek muloqot jarayonida lisoniy vositalardan tashqari nolisoniy ekstralingvistik va paralingvistik vositalarning o'rni katta bo'lib, so'zlovchi bu vositalardan o'rinli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

- Yolg^on so^z bul! Yolg^on! - Mansur mesh go^dakning boshiday yum-yumaloq, yumshoq mushti bilan xontaxtani gurs etib urdi. Dir-dir titragan qollarini dasturxondagi guldor ro^molchaga cho^zganicha Buning hammasi uyushtirilgan, tashkil qilingan! Esa, ... shu kolxozda o^ttizyil boshliq bolib ... kimgayomonlikqildi kamina? (Adolat manzili 38 bet).

MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ/DISCUSSION)

Muloqot jarayonida so'zlovchi o'z fikrini bayon qilishda uning oldida ma'lum maqsad turadi. Bu maqsad so'zlovchining tinglovchini tushunishi, anglashidan iboratdir. So'zlovchi va tinglovchining bir-birini tushunishi va anglashi faqat ular uchun umumiy asos mavjud bo'lgandagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun lison qanchalik ijtimoiy, so'zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo'lsa, nutq ham ular uchun shunday umumiy, majburiy va ijtimoiydir. Lisoniy tizimda ayni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

bir xil mazmun va munosabatni ifodalashning yuzlab omillari mavjud. So'zlovchi esa mana shu imkoniyatlar xazinasidan birini tanlash va qo'llash erkinligiga ega.

Muloqot jarayonida paralingvistik vositalar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo'shimcha vositalar sanaladi va ular aloqa aralashuvda ma'lum axborotni uzatish, mazmunan to'ldirish, aniqlik kiritish kabi vazifalarni bajaradi. Kishi jonli so'zlashuv nutqida fikrning emotsionalligini hamda ta'sirchanligini oshirishda muhit va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh bo'lgan noverbal vositalardan foydalanadi.

Ma'lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida qo'l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-past, cho'ziq, to'xtalib talaffuz qilinishi orqali ham ma'lum ma'no ifoda etiladi. Masalan, Bibisora momo qizaloqni bag'riga bosib, tebranib o'tirar, u allanimalarni aytib, go'yo o'lgan odamni yo'qlagandek yo'qlab yig'lar, uning gaplariga tushunib bo'lmas, biroq ovozining o'ziyoq yurakni zir titratardi. Veteran uning yoniga o'tirib tasalli berishga chog'langan edi, momo yoshiga mos tushmaydigan bir chaqqonlik bilan qizaloqni bag'ridan qo'yib yubordi-yu, ko'zlari sovuq chaqnab: -Bor! Bor! Jo'na! -dedi sensirab. -Etagimga yopishavermay... bor anov kiyovimdi qamag'anlarga! Sovet o'kimatining ustuni bo'lg'anman, bosmachilar bilan olishib, shu o'kimatning xizmatini qilg'onman deb maqtanuvchi eding. Beteransan! Nedan qo'rqasan, Beteran!

-Shoshma, momo, boraman. Hamma idoralarga kiraman xudo xohlasa... Momo choliga yalt etib qaradi:-Ha, xudo bor!-Bor!-dedi u...

Yo'q, -dedi u ulkan oppoq boshini chayqab. -Sen bilan biz ishlagan vaqtimizda pora

nimaligini bilmas edik, og'ayni.(O. Yoqubov. 69-70) betlar Yuqoridagi matn parchasidan ko'rinib turibdiki, fikr ifodalashda paralingvistik vositalar inobatga olinmay muloqot tadqiq etiladigan bo'lsa, lisoniy tahlil to'laqonli bo'lmaydi.

Turli yuz ifodasi, boshni qimirlatish, gavda harakatlari, makon yaqinligi, ovoz tabiati, kiyimlar, so'zlovchi va tinglovchining ijtimoiy yoki boshqa maqomi kabi xilma-xil omillar kommunikatsiya jarayonida alohida qimmatga ega.

. Uzatilmoqchi bo'lgan axborotning mazmuni, maqsadi va faoliyatiga uyg'un tarzda kommunikatsiya kanali tanlanadi.

- Hozir biz bu kishini emas, - Sharanovskiy Mansur meshga imo qildi, sizni tergov qilyapmiz. O'zingdan gapir, Suvonqulov! Xo'sh, chiqarasanmi yashirgan pullaringniyo...

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

4Sh. Safarov, G. Toirova "Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari". Samarqand, 2007. 13-bet . .

Suyun burgut qaysargina bosh chayqadi: - Yashirgan bir tiyinim ham yo 'q! Borligini bilsangiz ... so'rab nima qilasiz? Topib olavering tintib! (Adolat manzili 51 bet).

Aksariyat hollarda noverbal vositalarsiz fikr yalong'och, mantiqiy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham qo'yilgan talabga javob bermaydi.-Tuya ko'rdingizmi, yo'q! Biya ko'rdingizmi-yo'q! Ammo ... meni avf etasiz oqsoqol! Sizday yoshi ulug' odam emas, yosh bolaning gapi-ku bu! Vijdonli odamning so'zi emas-ku bu, oqsoqol!

-Nima, nima deding?- Veteran yoshiga mos bo'lmagan bir chaqqonlik bilan sapchib

turdi. -Men vijdonsiz?...Men... bizlar... Xalq uchun kurashganda ... sen ... sen ... mishiqi hali onangning qursog'ida ham yo'q eding! Sharanovskiy Veteranga qarab bir qadam tashladi-yu, oyoqlarini kerib to'xtadi. Uning yupqa qonsiz lablari pirpirab ucha boshladi.

-Siz! ... O'z vazifamni o'tayotgan bir vaziyatda haqorat qilyapsiz meni ... buning uchun javob berasiz! -deb dag'dag'a qila boshladi.(O'sha asar, 112-bet)

Fonatsion paralingivistik vositalarda so'zlovchining o'z fikriga yoki suhbatdoshiga ijobiy, salbiy munosabatda ekanligi fikr ifodalashda so'zlarni qanday talaffuz etishidan, ovozning ohangidan ma'lum bo'ladi. Ovozning pasayishi yoki kuchayishi, pauza bilan yoki surunkali yo'g'on, ingichka ovozda gapirish so'zlash jarayonidagi ohang hususiyatlari aloqa aralashuvda qo'shimcha omillar sanaladi.

-Qonundi ayt, qonundi! Qonun biz puqaroga tuzilib, ukumatga tuzilmag'anma, qonun? Umurzoqov qo'lini ko'tarib, g'ala-g'ovurni arang bosdi:

-O'rtoqlar. Gapimga quloq solinglar, o'rtoqlar!

-Tish-sh ... -Jim! Jim deyapman!

-Eshitaylik, birodarlar!... O'rtoqlar!

Yuqoridagi "Qonundi ayt, qonundi!." gapida norozilik, baland ovozda gapirish oddiy axborotdan butunlay farq qiladi. "... g'ala-g'ovurni" bosish maqsadida "O'rtoqlar" deb murojaat qilinib, barchaga tinglash imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida "Tish-sh", deb qo'lini labiga tegizib ishora qilgani kuzatiladi.

5 .Odil Yoqubov . Osiy banda . Jahon adabiyoti . 2006 yil N 9

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

NATIJALAR

Yuqorida ta'kidlanganidek so'zlovchi ham, tinglovchi ham o'z nutqini va tinglash jarayonini paralingvistik vositalar-turli hil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi. Hatto kitob o'qiyotganda, televizor ko'rayotganda yoki sport musobaqalarini kuzatayotganda odamlar qoshlarini chimiradi, goh jilmayib qo'yadi, gohida yuzida ajablanganlik belgilari sezilib turadi, gohida yig'laydi, o'zlari bilmagan holda turlicha harakatlar qiladi.Bularning barchasi paralingvistik vositalardir. Tabiiyki, har bir millat kommunikantlari uchun o'ziga xos paralingvistik vositalar mavjuddir. Chunonchi, musulmonlar, shu jumladan o'zbeklar uchun salomlashish jarayonida odob nuqtai-nazaridan qo'lni ko'krakka qo'yib, boshni xiyol darajada egib, ta'zimga yaqin harakat qilib salom berish o'zbekona urf-odatdir. Mana shu salom berish jarayonida "assalomu alaykum" uning o'ziga xos talaffuz ohangi lisoniy, lingvistik vositadir. Mana shu ibora ham, belgi -harakatlar, gavda harakatlari paralingvistik vositalardir.

Muloqot dinamikasi uning muhiti ishtirokchilari tarkibi, shakl va mazmun o'zgarishlarida namoyon bo'ladi. Hayot taraqqiyoti muloqot doirasining kengayishi, uning yangi turlari hosil bo'lishini taqozo qiladi. Muloqot ijtimoiy harakterda bo'lib, avloddan-avlodga o'tib, mazmunan boyib ma'lum "qolip"larda o'zlashtirilib boriladi. Muloqot shakli-madaniy hodisa va shu sababli turli madaniy guruhlarda (xalq, etnos, qabila va kichik ijtimoiy guruhlarda) turlicha udumlar, an'anaviy ritual qoidalari mavjud.Guruhlarda qo'llanishda bo'lgan muloqot shakli ularning ishtirokchilari yagona jamoa sifatida birikishini ta'minlash natijasida, guruhlarni o'zaro farqlash vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Yana shuni qayd qilish lozimki, muloqot shakllarining sifat va son farqari turli madaniyat va sotsiumlar o'rtasida paydo bo'ladigan muloqot ehtiyojini ta'minlashni qiyinlashtiradi. Bunday ehtiyojni qondirish uchun odatda, tarjimonlar ko'magiga murojaat qilish, umumiy ramziy belgilar sun'iy kod kabi vositalarga murojat qilish kerak bo'ladi.

Ravshanova..L Muloqot tizimining tarkibi va umumiy belgilari. Muloqot shakllari va xorijiy tillarga o'rgatish.Samarqand, 2002, 81-82.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, jamiyatdan tashqari til va tilsiz jamiyat bo'lmaganidek, tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi doimo insoniyatning diqqat arkazida bo'lishi tabiiydir. Zero, jahonda hukm surayotgan bozor

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203

iqtisodiyotida muloqotning o'rni bundan buyon ham ortib borishini davrning o'zi taqozo etmoqda.

Yuqorida qayd etilganidek, muloqot jarayonida axloq-odob, so'zlashish, turli rasm-rusumlar, urf-odatlar, nutqning muayyan ehtiyojlari, so'zlovchi va tinglovchining yoshi, saviyasi, kasbi, madaniylik darajasi, millati va hokazo hammasi nutq ta'sirchanligi uchun ahamiyatlidir. Umuman, ijtimoiy muhit nutqda, murojaat shakllarida o'zining aniq ta'sirini namoyon etadi.

REFERENCES

1. Safarov. Sh Paralingvistika, Toshkent: O'ZME. 2008, 210-b

2. Safarov.Sh, Toirova.G. "Nutqning etnosatsiopragmatikli tahlili asoslari". Samarqand, 2007. 18-b

3. Odil Yoqubov. "Osiy banda". Jahon adabiyoti.2008, 9-son.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Aliqulov Z., Boymirzayeva S. "sotsiolinvistika"- Samarqand, 2010 yil

5. Odil Yoqubov - adolat manzili. Toshkent, "Sharq", 2005. 38-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.