Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CMrcMqdavjat^
NUTQIMIZDAGI „HbICTHH" O'ZBEKCHA SO'ZLARNING IZOHI
Odinaxon Akbarxon qizi Mirzaazizova
O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistranti
Qodirjon Abdurasulovich Mo'ydinov
CHDPU O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Maqolada nutqimizda juda ko'p uchraydigan noo'rin qo'llangan chet so'zlar, ularning izohi hamda uning tilimiz sofligiga ta'siri haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: varvarizm, nutqning sofligi, o'qituvchi, so'zlovchi, o'zlashgan
so'zlar.
ABSTRACT
The article provides information about barbarisms that are often used in our speech, i.e. inappropriately used foreign words, their explanation and their impact on the purity of our language.
Keywords: barbarism, purity of speech, teacher, speaker, unfamiliar words.
O'zbek xalqi - so'zning bebaho va muqaddasligiga imon keltirgan, hech qachon o'z so'zidan tonmagan, so'zni o'z farzandidek oq yuvib, oq taragan, o'ynab gapirsa ham, o'ylab gapiradigan xalq. Hamisha qopib emas, topib gapirishning payida bo'ladi. Lekin biz yoshlar ajdodlarimiz asrab-avaylagan, muqaddas deb bilgan ona tilimizga ehtirom ko'rsatayapmizmi ? Tilimizni sofligini, latofatini saqlab qolayapmizmi? Afsuski, YO'Q...
Yomon haydalgan yerlarda begona o'tlar qanday ko'paysa, bizning nutqimizda ham xuddi shunday begona so'zlar ko'paymoqda.Yovvoyi, begona o'tlar ekinni unib -o'sishiga to'sqinlik qilsa, noaniq so'zlar ya'ni varvarizmlar ham tilimizni go'zalligiga, sofligiga putur yetkazadi. Bunday so'zlarni hozirgi paytda nafaqat oddiy xalqimizning balki aholining ziyoli qatlami - oliy o'quv yurt professor-o'qituvchilarining, talabalarning nutqida ham uchratishimiz mumkin. Albatta, bu tilimiz, madaniyatimiz uchun eng achinarli holat deb bilaman.
Keling, biz hatto ma'nosini bilmagan holatda foydalanadigan so'zlarga e'tibor qaratamiz. So'zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham ma'nosi mavhum so'zlarga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:
Oömee - umumiy
441
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
Всё - hammasi Уже - allaqachon Нормалъно - o'rtacha Так что - shunday qilib Зато - lekin Даже - hatto Короче - qisqasi Вообще - umuman Конечно - albatta
Между прочим - aytgandek, darvoqe
Может - balki
Давай - tez bo'l ,qani
Точно - aniq
Тупой - ahmoq
Маладес - barakalla
Женсовет- ayollar kengashi
Спец - mahsus
Капейка - bir tiyin
Метрка - tug'ilganlik haqida guvohnoma
Актив - faol
Квота - miqdor
Свежий - yangi
Печат - muhr
Сразу - birdaniga
План - reja
Yuqorida sanab o'tilgan so'zlar tilimizga shu darajada singib ketganki, hatto ushbu so'zlarni nutqimizda o'rinsiz qo'llab, tilimiz sofligiga salbiy ta'sir ko'rsatishini o'ylab ham ko'rmaymiz.Bu kabi varvarizmlarni nafaqat jamiyatimiz a'zolarining nutqida balki, o'z ustida ishlamaydigan oliy toifali o'qituvchilar, talabalarning nutqida foydalanganliklarini guvohi bo'lamiz .To'g'ri, tillar doimo o'zaro aloqada bo'ladi va shu aloqa orqali bir-birining lug'at tarkibini boyitib boradi.Ammo bunda ham ma'lum me'yor bo'lishi kerak.Agar taraqqiyot natijasida kirib kelayotgan yangi so'zlarning tilimizda muqobili bo'lmasa, u so'zlarni qabul qilish tabiiy jarayondir. Lekin, '' Печат, актив, нормалъно, план, женсове^^Ы so'zlarning tilimizda ''Muhr, faol, o'rtacha, reja, ayollar kengashi'' kabi ular o'rnida qo'llana oladigan muqobillarini ishlatish mumkin bo'lgani holda boshqa tildagisini qo'llash, shubhasiz, noto'g'ri. Filologiya Fanlar Doktori , Professor Nizomiddin Mahmudov ''O'qituvchi
442
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
nutq madaniyati'' kitobida shunday yozadi: ''Varvarizmlar, ya'ni ona tiliga o'zlashmagan, boshqa til hodisasi sifatida qo'llangan so'z va iboralar tilning sofligini buzadigan unsur sifatida qaraladi.Rus, ingliz, arab, fors va boshqa til tillardagi so'zlarni nutqning sofligini buzadi. Bu holat faqat ona tiliga emas, xorijiy tillarga ham salbiy munosabatni ifodalaydi. Aslida bu madaniy-ma'rifiy saviyani pastligi, tafakkur torligi ma'naviyatning qashshoqligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nopisandlikning ildiz otganligidir.''[3;137]. Til - millat ko'zgusi, ma'naviyat sharchashmasidir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov bejizga: ''O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga ,avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.Ona tili - bu millatning ruhidir'' deya e'tirof qilmaganlar[2;28].
Buyuk ajdodlarimiz uchun tilimizning sofligi, nufuzi va qadr-qimmati doimo diqqat markazda bo'lib kelgan.Mahmud Qoshg'ariy mavjud so'z o'rniga boshqa tildagi so'zni qo'llash ''zararli'' deb hisoblagan.Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib kabi buyuk ajdodlarimiz tilning ahamiyati naqadar yuksak ekanligini qayta-qayta e'tirof etganlar.Hazrat Navoiy esa o'z tilida she'r yozmaganlarni o'zining ''Muhokamat ul-lug'atayn'' asarida qattiq tanqid qiladi.
Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy aytganidek: ''Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun unutmak va yo'qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmi arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz.''[1;31].Hozirgi jamiyatimizda aksariyat insonlar hatto o'zbekcha muqobilini bilmagan holda ruscha so'zlardan foydalanadilar. Bu holat jamiyatimiz, o'zbek tilimiz uchun - fojia, tuzatilishi shart bo'lgan eng katta muammolardan biridir. Chunki qaysi yurtning farzandlari o'z ona tillarida o'qishni to'xtatsa, o'sha til yo'qlik qa'riga singadi.
Til faqat muloqot vositasigina emas , balki insonni ichki olamini ifodalab beruvchi, dunyoni teran idrok qilishga ko'maklashuvchi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beruvchi beqiyos kuchdir.Shuning uchun ham yer yuzida o'z tilini mavqeini ko'tarishga harakat qilgan mamlakat yuksalaveradi.To'g'ri, bugun chet tillarini chuqurroq o'rganishimizni davrning o'zi taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda ham chet tillarini o'qitish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda .Albatta, chet tillarisiz katta muvaffaqiyatlarga erishish ham mushkul. Biroq, chet tillarini o'rganish ona tilimizga hurmatsizlik, nopisandlik hisobiga bo'lmasligi kerak.Shu o'rinda ma'rifatparvar bobomiz, o'z davrida 10ga yaqin dunyoviy tillarni puxta o'rgangan
443
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagJgjka^niVlilllill^^
olim Is'hoqxon Ibratning quyidagi fikrlari e'tiborga molik: ''Bizning yoshlar ,albatta, boshqa tilni bilish uchun sa'y-harakat qilsinlar, lekin avval o'z ona tilini ko'zlariga to'tiyo qilib, ehtirom ko'rsatsinlar.Zero, o'z tiliga sadoqat - bu vataniy ishdir.'' [2;2]. Demak biz ustozlarning, talaba-yoshlarning asosiy vazifamiz:o'z ona tilimizning sofligini saqlab, dunyoda muhim til sifatida rivojlanishi uchun astoydil harakat qilishdan va ajdodlardan qolgan buyuk xazinani asrab-avaylash bilan bir qatorda, uni boyitish, mavqeyini oshirish keyingi avlodlarga butunligicha yetkazishdan iborat.
REFERENCES
1.Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. -T.:1917
2.Aminov U. Maqola. -2020.
3.Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -M.:2008.
4.Mahmudov N. O'qituvchi nutq madaniyati. - T.:2019.
444