NEMIS TILIDAN O'ZBEK TILIGA KIRGAN O'ZLASHMA QATLAM SO'ZLARNING O'ZBEK TILIDAGI RASMIY-IDORAVIY HUJJATLARDA QO'LLANILISHI VA ULARNING MA'NOVIY JIHATLARI
Fotima Baxrom qizi Ergasheva
Termiz davlat universiteti 1 -kurs doktoranti E-Mail: fotima@tersu.uz
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada nemis tilidan o'zbek tiliga o'zlashgan so'zlarni o'zbek tilidagi rasmiy - idoraviy hujjatlarda qo'llanishi va ularning ma'nolari haqida so'z boradi. Maqolada O'zbekiston respublikasi Prezidenti qaroqlari, farmon, farmoyishlari, hamda vazirlar mahkamasi qarorlaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: O'zlashma qatlam, nemis tili, rasmiy - idoraviy hujjat, qaror, farmon, farmoyish, qonun.
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассматривается использование заимствованных слов из немецкого языка в узбекском языке в официальных ведомственных документах на узбекском языке и их значения. В статье использованы указы, распоряжения Президента Республики Узбекистан, а также постановления Кабинета министров.
Ключевые слова: уровень владения языком, немецкий язык, официально - ведомственный документ, постановление, указ, постановление, закон.
ABSTRACT
This article examines the use of borrowed words from German in Uzbek in official departmental documents in Uzbek and their meanings. The article uses decrees, orders of the President of the Republic of Uzbekistan, as well as resolutions of the Cabinet of Ministers.
Keywords: language proficiency, German, official departmental document, resolution, decree, resolution, law.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2021 yil, 19-maydagi PQ-5117 "O'zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan Oliy ta'lim muassasalari, litseylar,
595
https://cspu.uz/
International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
■
texnikumlar va maktablarda xorijiy tillarni o'qitishga yanada kuchli e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til mutaxxasislarini xorijiy til bilish darajasini mustahkamlash va sifatli talabga javob beradigan kadrlar yetishtirish maqsadida xorijiy va milliy til bilish sertifikatini olish tegishli qonun hujjatlari asosida majburiy qilib qo'yildi. Bugungi kunda har bir ta'lim muassasalarida ikkita xorijiy tillilik tizimi joriy qilindi, shu jumladan nemis tili ham ikkinchi chet tili sifatida o'qitila boshlandi.
Mustaqillikka erishgunga qadar Evropa tillariga oid so'zlar o'zbek tiliga, asosan, rus tili orqali o'zlashdi. Mustaqillik davrida esa rus tilidan o'zlashgan so'zlarning qo'llanilish doirasi biroz susayib, Evropa tillaridan o'zlashgan so'zlarning ta'sir doirasi ortdi. Mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar, chunonchi, Evropa bilan o'zaro ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni o'rnatish natijasida bu tillardan so'zlar o'zbek tiliga bevosita o'zlashmoqda.
Biz ona tilimizni o'rganar ekanmiz va unda muloqot olib borar ekanmiz tilimizda o'zlashma so'zlarga duch kelamiz. Ma'lum bir tilning lisoniy boyish manbalari qatorida chet tilidan so'z olish va uni o'zimizning tilimizga moslashtirish hodisasi mavjud. O'zbek tilida ham nemis tilidan to'g'ridan to'g'ri yoki rus tili orqali muloqot va yozma nutqqa kirgan so'zlar mavjud.
O'zbek tilida turli xil tillardan kirib kelgan o'zlashma qatlam bo'yicha bir qancha olimlar: M. Umarxo'jayev, A. Jumaniyozov, M. Mukarramov, I. Ergashev, A. Xudoyqulovlar muvaffaqiyatli ish olib borganlar.
Maqolamizda biz nemis tilidan o'zbek tiliga kirgan so'zlarni o'zbek tilidagi rasmiy-idoraviy hujjatlarda qo'llanilishini va uning ma'nolarini chiqamiz. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil, 5-oktabrdagi 569-sonli "Opera va balet san'atini targ'ib qilish va iqtidorli ijodkorlarni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarordagi opera va balet san'ati bo'yicha iqtidorli yoshlarni izlab toppish, ularni yuzaga chiqarish va rag'batlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili an'anaviy tarzda "Yosh vocal ijrochilari", "Yosh balet ijrochilari", "Dirijyor, rejissor va baletmeysterlaf respublika ko'rik-tanlovlarini joriy qilish to'g'risida" jumlasida Baletmeyster so'zi uchraydiva u nemis tilidan o'zlashdgan so'z.
Baletmeyster- (nem. Ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi. O'rta Osiyo, Qozog'iston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qo'yuvchilar ham Baletmeyster. deyiladi. Baletmeyster baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va raqqos(a)larga
596
o'rgatadi. Bu o'zlashma keltirilgan misolda - balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi ma'nosida qo'llanilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 28.02.2019yildagi PQ- 4217 sonli, "Harbiy bo'linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroridagi "Harbiy qismning Jangovar bayrog'iga qadab qo'yiladigan davlat mukofoti lentasining eni 10 sm, lentaning bant bilan uzunligi — 260 sm, popuk (bubon)lar — 20 sm dan, bant ning uzunligi — 25 sm." Jumladagi bant so'zi nemis tilidan kirib kelgan so'z, va bu so'z o'z ma'nosida qo'llanilmoqda.
Bant( nem, Band- tasma, lenta; tugun)degan ma'nolarni bildiradi. Yuqorida keltirilgan jumlada esa lenta, tasma ma'nosida qo'llanilgan.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1186-son qaroridagi ilovasining 29-bandida "Tuman va shahar hokimliklari jihozlarni (davlat bayrog'i, davlat gerbi, ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, ichki va tashqi flagshtoklar) bir joyda jamlagan holda yaroqli holatda saqlash uchun omborxonalar bilan ta'minlashga mas'uldirlar." flagshtok lisoni keltirilgan.
Flagshtok- [nem. Flaggenstok flaggestock] Kemada bayroqni ko'tarish uchun xizmat qiladigan tik yog'och, xoda. Biz keltirgan misolda esa bayroq ilinadigan uzun tik ustun degan ma'noda qo'llangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 yildagi PQ-406 "Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarorida - Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga va turistlarga madaniy xizmatlar ko'rsatish darajasini oshirish, ijodiy jamoalarning respublika hududlari bo'ylab gastrol safarlarini tizimli tashkil etish, madaniyat maskanlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, iste'dodli yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash ko'lamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish, shuningdek, "O'zbekiston — 2030" strategiyasini izchil amalga oshirish. Ushbu qarorda nemis tilidan o'zbek tiliga "gastrol" o'zlashgan qatlam birligi qo'llanilgan.
Gastrol (nem. Gast — mehmon, kelgindi + Rolle — rol) -nemis tilida bu so'z ko'chib yuruvchi degan ma'noni anglatadi va uning yana bir ma'nolaridan biri tarjimonlar turuppasida vaqtincha ishga olingan kishi degan ma'noni anglatadi. O'zbek tilida esa - teatr artestlari yoke artestning boshqa joyga borib konsert berishi degan ma'noni bildiradi. Biz keltirib o'tgan maqolada so'z ikkinchi izohlagan ma'noda qo'llangan.
597
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 yildagi PQ-406.
2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1186-son qaroridagi ilovasining 29-bandi
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 28.02.2019yildagi PQ- 4217
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil, 5-oktabrdagi 569-sonli qarori.
5. O'zbek tilining izohli lug'ati. 1981 y.
6. Qizi, E. F. B. (2022). Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarida nemis tilini o'rgatishda eshitish ko'nikmasini shakllantirish. Ta'limfidoyilari, 7(8), 574-576.
7. Эргашева, Ф. Б. (2020). ADMISSION, ACCREDITATION AND QUALITY ASSURANCE IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM OF THE FEDERAL REPUBLIC OF GERMANY. Актуальные научные исследования в современном мире, (6-8), 113-118.
598