Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA NEOLOGIZMLAR TAHLILI'

INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA NEOLOGIZMLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
22717
665
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksikologiya / leksika / leksema / o’zlashma so’zlar / neologizmlar / etimologik ma’no / semantik ma’no. / Lexicology / vocabulary / lexeme / assimilation words / neologisms / ethymological meaning / semantic meaning

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madina Mexriddin Qizi Yo’Lchiyeva, Sevinch Umid Qizi Abdixamitova, Maftuna Shermatovna Omonova

Mazkur ilmiy maqoladan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tiliga ingliz tilidan kirib kelgan bir nechta so‘zlarni tahlil qilishdan iborat. Bir qancha tilshunos olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadqiq etish borasida bir qancha vazifalar belgilangan bo‗lib, keying vazifa o‗zbek tilining sistemaviy lug‗atini yaratish etib rejalashtirilgan. Ushbu maqola esa namuna sifatida bir qancha o‘zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli va hozirgi qo‘llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi. Bunda maqola o‘rganish obyekti etib o‘zbek tili leksikasidagi inglizcha o‘zlashgan so‘zlar – neologizmlar olindi. O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarni tahlil qilish ishning predmeti hisoblanadi. Materiallar, asosan, eski va yangi nashrdagi ―O‘zbek tilining izohli lug‘ati‖ dan hamda bir necha turdagi lug‘atlardan to‘plandi. Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN ANALYSIS OF SEVERAL WORDS THAT HAVE ENTERED THE ENGLISH LANGUAGE IN UZBEK

The purpose of this scientific article is to analyze a number of words that have entered the Uzbek language from the English language. A number of tasks have been set by our linguists to study lexicology, and the next task is to create a systematic dictionary of Uzbek language. This article, as an example, reveals the origin and current scope of several English neologisms in the English language, as well as similar aspects. In this case, the object of this article is the English words in the lexicon of the Uzbek language, neologisms. The subject of this work is to analyse the English assimilation words in Uzbek language. The materials were collected mainly from the ―Explanatory Dictionary of the Uzbek language‖ of the old and new editions, as well as, from several types of dictionaries. Monographs and scientific articles in our linguistics were used as theoretical sources.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA NEOLOGIZMLAR TAHLILI»

INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA

NEOLOGIZMLAR TAHLILI

Madina Mexriddin qizi Yo'lchiyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Sevinch Umid qizi Abdixamitova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Maftuna Shermatovna Omonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, ilmiy rahbar

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqoladan ko'zlangan maqsad o'zbek tiliga ingliz tilidan kirib kelgan bir nechta so'zlarni tahlil qilishdan iborat. Bir qancha tilshunos olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadqiq etish borasida bir qancha vazifalar belgilangan bo'lib, keying vazifa o'zbek tilining sistemaviy lug'atini yaratish etib rejalashtirilgan. Ushbu maqola esa namuna sifatida bir qancha o'zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli va hozirgi qo'llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi. Bunda maqola o'rganish obyekti etib o'zbek tili leksikasidagi inglizcha o'zlashgan so'zlar - neologizmlar olindi. O'zbek tilidagi inglizcha o'zlashmalarni tahlil qilish ishning predmeti hisoblanadi. Materiallar, asosan, eski va yangi nashrdagi "O'zbek tilining izohli lug'ati" dan hamda bir necha turdagi lug'atlardan to'plandi. Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi.

Kalit so'zlar. Leksikologiya, leksika, leksema, o'zlashma so'zlar, neologizmlar, etimologik ma 'no, semantik ma 'no.

AN ANALYSIS OF SEVERAL WORDS THAT HAVE ENTERED THE ENGLISH LANGUAGE IN UZBEK

ABSTRACT

The purpose of this scientific article is to analyze a number of words that have entered the Uzbek language from the English language. A number of tasks have been set by our linguists to study lexicology, and the next task is to create a systematic dictionary of Uzbek language. This article, as an example, reveals the origin and current scope of several English neologisms in the English language, as well as

similar aspects. In this case, the object of this article is the English words in the lexicon of the Uzbek language, neologisms. The subject of this work is to analyse the English assimilation words in Uzbek language. The materials were collected mainly from the "Explanatory Dictionary of the Uzbek language" of the old and new editions, as well as, from several types of dictionaries. Monographs and scientific articles in our linguistics were used as theoretical sources.

Key words. Lexicology, vocabulary, lexeme, assimilation words, neologisms, ethymological meaning, semantic meaning.

KIRISH

O'zlikni anglashda tilning roli muhimdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu haqda shunday degan edilar: "... ajdodlardan o'tib kelayotgan ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanish doirasini kengaytirish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so'z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o'zlikni, Vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz", -deya ta'kidlagan edilar. Tilning jamiyat bilan hamnafas yuradigan, undagi o'zgarishlarni o'zida aks ettirishni talab etadigan muhim bo'limi leksika hisoblanadi. Leksika tildagi o'zgarishlarni o'zidan boshqa doiralarga kengroq aks ettiradi.

Fan hamisha rivojlanish va tarqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko'rilmagan darajada jadal tus oldi. Agarda hozirgi dunyoga nazar tashlasak, bizni o'rab turgan kurrai zamin zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanligiga guvoh bo 'lamiz. Boshqa tarafdan esa davlatlar o'rtasidagi kuchli geopolitik siyosat ham globallashuv jarayoninig jiddiy tus olishiga sabab bo'lmoqda. Ayni damda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so'zlarning biridan boshqasiga o'tishi jadallashmoqda. Bu jarayon ham bevosita o'zbek tiliga ta'sir qilmoqda va o'zbek tili leksikasi o'zlashma so'zlar - neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Neologizmlar - yunoncha, neos- "yangi", logos-"so'z" so'zlarining jamlanmasi bo'lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo'lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so'zlar. Neologizmlar avvaliga noodatiy so'zdek bo'ladi, lekin ko'p qo'llanilishi hisobiga "yangilik" xususiyatini yo'qotadi va faol so'zlar qatoriga o'tadi.

O'zbek tili leksikasi muntazam ravishda ichki va tashqi manbalar hisobiga boyib bormoqda. XIX-XX asrlarda jamiyat hayotida bo'lgan o'zgarishlar so'zlarning o'zlashish va iste'moldan chiqish jarayonini tezlashtirdi. Bu davrda nafaqat ruscha, balki inglizcha, xitoycha, fransuzcha, ispancha so'zlar rus tili orqali kirib keldi.

Ingliz tili hind-yevropa tillari oilasining german guruhiga kiradi. O'zbek tiliga inglizcha so'zlarning o'zlashish yo'llari turlichadir. Agar tushuncha aynan o'zbekcha nomlanishga ega bo'lmasa yoki o'zining ijobiy va samarali ta'siriga ega bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirilmoqda. Masalan, chat(chat) - suhbat, bifshteks(beefsteaks) - qovurilgan mol go'shtini qaylaga solib beriladigan ovqat turi. Shu kabi so'zlarning o'zbek tilida aniq va lo'nda izohi yo'q. Shuning uchun ular ingliz tilidan o'zbek tiliga to'g'ridan-to'g'ri kirib kelgan. Hozirgi paytda radioeshittirish, OAV, gazeta va jurnallarda ko'plab inglizcha o'zlashma so'zlarga ko'zimiz tushadi. Mashhur siyosiy arboblar, siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar o'zlarining nutqlarida ilmiylikni ifodalash uchun ko'plab o'z sohalariga doir inglizcha neologizmlardan foydalanishadi. Jumladan, kosmodrom, konflikt, televideniye, tender, reyting, marketing kabi so'zlar ham o'zining qo'llanilish doirasi va sohasiga ega. Mustaqillikdan so'ng tilimizga brifing - briefing, injenering -engineering, imidj - image, visual - visual, organayzer - organizer kabi so'zlarning kirib kelishi tezlashdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo'llanilishi uchun ehtiyoj paydo qilgan, lekin "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan joy olmagan. Ulardan misol keltirib quyidagilarni aytolamiz: koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va h.k.

Yana shu kabi qiziqarli o'zlashma so'zlar guruhi mavjudki, ular o'zining asl lug'aviy ma'nosini yo'qotib, etimologik ma'no va semantik ma'nosi bn aloqador bo'lmay qo'llaniladi. Ya'ni ular asl ma'nosi va o'zlashgan tildagi ma'nosi bilan bir xil yoki o'xshash bo'lmaydi. Ulardan bir nechtasini izohi bilan keltiramiz.

> YUMOR [ingl. humour — xulq, fe'l-atvor, kayfiyat ] - kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib, hazilomuz tasvirlash bilish.

< lot. humor — namlik, xo'llik]

> KOLLEJ [ingl., fr. college — o'rtoq, birodar; o'quv yurti] -

Fansiya, Belgiya, Shveytsariya va b. ba'zi mamlakatlarda: o'rta va to'liqsiz o'rta o'quv yurti. O'zbekistonda: o'rta maxsus kasb-hunar o'quv yurti.

> KOKTEYL [ingl. cocktail - xo'rozning dumi] - spirtli ichimliklarning (konyak, rom va b.) ba'zan qand, meva va turli ziravorlar qo'shib tayyorlanadigan, sovitilgan aralashmasi.

Meva sharbati, sut va shu kabilarga shakar, rezavor qo'shib tayyorlanadigan alkogolsiz ichimlik.

Shuni ta'kidlash joizki, ingliz tilidan o'zbek tiliga so'zlar o'zlashganda ularning tuzilishi yoki semantik mohiyati o'zgarishini ham kuzatish mumkin. Ayrim so'zlar o'zining asl ma'nosini saqlab qolgan holda o'zgarsa, ayrimlarida esa ma'no kengaygan, ma'no toraygan yoki umuman ma'nosi tubdan farq qilishi mumkin.

Bu o'rinda tilshunos olim N.Mahmudov ta'kidlaganidek, o'zbek tilidagi xorijiy o'zlashmalarning me'yori va milliyligi malasalasi ma'naviy-madaniy sohalar doirasida favqulodda ahamiyatga molik ekanligini hamisha yodda saqlash lozim. Ya'ni har bir o'zlashayotgan so'z o'zining milliyligi, ma'nosi jihatidan o'zbek mentalitetiga mos kelishi va haqiqatan ham bu so'z o'zbek tili lug'atiga kerakligi jihatidan tahlil qilinishi kerak. Eski nashrdagi "O'zbek tilining izohli lug'ati" ga 80 ga yaqin inglizcha o'zlashmalar kiritilgan bo'lsa, yangi nashrdagi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da 500 dan ortiq inglizcha o'zlashma so'zlar izohlangan. Shuningdek, "O'zbek tiliga o'zlashgan inglizcha so'zlarning izohli lug'ati"da 350 dan ortiq so'z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo'llanilayotgan neologizmlar, "Ingliz, o'zbek, rus axborot texnologiyalaribva internetga oid qisqacha atamalar lug'ati" dagi inglizcha o'zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksemalar qo'shilgan. Quyida ulardan bir nechtasi keltirib o'tilgan:

Mikser (mixer) -sovuq ichimliklarni tez aralashtirish, kokteyllar, kremlar, hamir, pyure va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob

Pleyer (player) - musiqa eshitish asbobi;

Trolleybus(trolleybus) - elektr tokini iste'mol qiluvchi elektr dvigateliyordamida harakatlanuvchi avtomobildir;

Menejment( management) - maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish to'g'risidagi fan;

Miting(meeting) - muhim voqea, ko'pincha siyosiy masalalarni muhokama qilish uchun o'tkaziladigan ommaviy yig'ilish;

Provayder(provider) - kompyuterlarni internet tarmog'iga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shug'ullanadigan vositachi tashkilot;

Nokdaun(knockdown) - boksda raqibining kuchli zarbasidan bokschining ga-rangsib, o'z harakatlarini boshqara olmay qolishi va bir necha soniya jangni davom ettirishga qodir emasligi;

Park(park) - transportlar turadigan va ularga texnik xizmat ko'rsatiladigan maxsus joy;

Trening(traning) - trenirovka tizimi, mashq, mashg'ulot rejimi;

Prodyuser(producer) - rivojlangan mamlakatlarda film ishlashda g'oyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy jihatdan nazorat qilishni amalga oshiruvchi kino kompaniyaning ishongan kishisi;

Inglizcha so'zlar tilimizda ko'p o'zlashayotgan ekan, tabiiyki, ularning etimologik kelib chiqishi ham barchani qiziqtirmoqda. Jumladan, kovboy [inglizcha, cow-boy, cow - sigir, boy - yigit] leksemasi AQShning g'arbiy shtatlarida otliq yigit, jasur, mard podachi ma'nosi sifatida qo'llaniladi. Ko'pchilik yoshlarning sevimli taomi xot-dog [hot - issiq, dog - kuchuk] leksemasi esa etimologik jihatdan ko'pchilikni shubhaga qo'yadi, go'yoki kuchuk go'shtidan qilingan taomdek. Aslida esa bunig o'z tarixi mavjud. 1884-yilda xot-dog sosiska ma'nosida ishlatilgan, sosiska tayyorlovchilarning shiori esa "Love me, love my dog" ya'ni egasini hurmat qilsang, itiga suyak tashla qabilida qo'llanilgan. Yana bir ajoyib so'zlardan biri bu kokteyl. Cocktail [ inglizcha cock - xo'roz, tail - dum] leksemasi mustaqillikgacha bo'lgan davrda xo'rozning dumi lug'aviy ma'nosida qo'llanilgan.

Shunday o'zlashma so'zlar borki, imlosi 2 xil. Masalan, noutbuk/notbuk, yogurt/yo'gurt, player/pleyyer, bluming/blyuming, kanistr/kanistra. Yangi o'zlashmalarda yangilik bo'yog'I bo'lganligi sababli manbalarda turlicha yozilmoqda. Bu kabi so'zlar o'z qatlam leksikasida ham ko'plab topiladiki, ularning imlosini imkon qadar 2 xil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik lozim.

O'zbek tili leksikasiga o'zlashish sezilarli darajada ta'sir qilgan. 20 dan ortiq til o'zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda uncha faol bo'lmagan tillarning o'zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikdan so'ng, o'zlashma so'zlar orasida inglizcha o'zlashmalarning miqdori va ma'no taraqqiyoti o'ziga xos. O'zbek tili leksikasidan o'rin olgan inglizcha o'zlashma so'zlar semantikasidagi o'zgarishlar sezilarli darajada bo'lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo'lishidan tashqari, so'z ma'nosini kengaytirishi, ta'sirchan ifodalashi va tinglovchiga ma'noni tez yetkazib berishi bo'yicha yetakchi mavqe egallaydi. Shu sababli ham neologizmlarni, jumladan, sport, harbiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va shu qatori barcha sohalarga doir o'zlashma so'zlarni o'z o'rnida va ma'nosiga xos qo'llasak ham o'rinli bo'ladi, ham so'zlovchi nutqining ta'sirchan, aniq va ilmiyligiga xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida keltirish mumkinki:

Neologizmlar jamiyat va davr ehtiyoji bilan paydo bo'ladi va qo'llanilishi bo'yicha doimiylik tusini oladi.

a) O'zbek tili leksikasida inglizcha neologizmlar soni ortiqb bormoqda.

b) Ingliz tilidan kirib kelgan o'zlashma so'zlarning barchasining muqobil variant yo'qligi sababli hech qanday o'zgarishsiz qo'llaniladi.

c) Ayrim o'zlashma so'zlar esa tilimizdagi izohli lug'atlarga kiritilmagan.

d) 2 xil qo'llanilayotgan neologizmlar imlo bo'yicha ko'pgina xatoliklarga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli ularning faqatgina bitta ma'noda qo'llanilishini ta'minlash lozim.

REFERENCES

1.Karimov I.A. —Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuchll. - Toshkent:Ma'naviyat, 2008. B. - 87.

2.Hamrayeva Y. O'zbek tilining o'quv ideografik lug'atini yaratish tamoyillari: Filologiya fanlari nomzodi....diss. avtoref. - T., 2010. 6-b.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2 jildli -M., Русский язык. 1981.; O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli, -T.: O'zbekiston milliy

ensiklopediyasi; 2006-2008.

4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. -T., O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12 tomli. 2000-2006.

5. Mahmudov N. O'zbek tilida o'zlashma so'zlar: me'yor va milliylik // O'zbek tili va adabiyoti. 2010. 6-son. 8-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.