УДК 821.111.0
O'ZBEK TILIGA INGLIZ TILIDAN O'ZLASHGAN VA O'ZLASHAYOTGAN
SO'ZLAR HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR
С.Тохирова1
Annotatsiya
Ushbu maqolada o'zbek tiliga ingliz va boshqa tillardan o'zlashgan va o'zlashayotgan so'zlar va ularning o'zbek tili leksikasiga ta'siri ta'kidlanib o'tilgan.
Kalitso'zlar: o'zlashgan so'zlar, xorijiy so'zlar, informatsion texnologiyalar.
O'zbek tili leksikasiga o'zlashishini kuzatadigan bo'lsak 20 dan ortiq til o'zlashmalari mavjud, shuningdek, tilimizda o'zlashishi passiv bo'lgan bir qancha tillarning o'zlashmalari ham uchrab turadi.
Mustaqillikkacha bo'lgan davrda "o'zlashgan" ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o'zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, kabi leksemalar so'ngida - at, - ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoil kabi leksemalarda h fonemasi o'miga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin.
O'zbek tili leksikasining katta qismini o'z qatlam leksemalari tashkil etadi. Lug'at boyligimizdagi forscha-arabcha, shuningdek, ruscha o'zlashma leksemalarning ham miqdori boshqa til o'zlashmalariga qaraganda katta bo'lib, hozirda ularning qatoriga inglizcha o'zlashmalarni ham kiritish mumkin.
Eski nashrdagi "o'zbek tilining izohli lug'ati"ga 80 ga yaqin inglizcha o'zlashma so'z kiritilgan bo'lsa, yangi nashrdagi "o'zbek tilining izohli lug'ati"ga 500 dan ortiq inglizcha o'zlashma so'z izohlangan. Shuningdek, "o'zbek tiliga o'zlashgan inglizcha so'zlarning izohli lug'ati"da 350 dan ortiq so'z, tashqari, vaqtli matbuotda qo'llanayotgan neologizmlar, "Inglizcha-o'zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug'ati" kabi inglizcha o'zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema o'zlashganini aniq aytish mumkin.
Kundalik so'zlashuvda ishlatilayotgan va qo'llanilishi faol bo'lgan ayrim leksemalarning "o'zbek tilining izohli lug'ati" dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko'plab leksemalar ham izohli lug'atimizdan joy olishi zarur.
Har bir tilda o'ziga xos o'rinsiz ishlatiladigan o'zga til unsurlari mavjud bo'lib, ular varvarizimlar sifatida izohlanadi. Hozirgi paytda yoshlar nutqida okey(OK - all correct) - ishlar besh; vau (wow) - ijobiy ma'nodagi his - hayajon ifodalovchi undov so'z; o yiss (o, yess) - tasdiq ma'noni ifodalovchi so'z; o,best -(bset) ishlar a'lo; hello (hello) - salom; bay (bue) - xayr kabi ingliz tili ta'sirida o'zlashgan varvarizimlar ham uchrab turadi. Zeroki, so'z o'zlashish jarayoni, o'zga tilning madaniyat, urf-odat, o'ziga xos rasm - rusumlari bilan bevosita bog'liqdir.
Ingliz tili hind-yevropa tillari oilasining german guruhiga kiradi. Inglizcha so'zlarning o'zlashishi nafaqat o'zbek tiliga, balki sobiq ittifoq tarkibidagi rus, chechen va gruzin kabi boshqa tillarga ham sezilarli ta'sir qildi. Biroq rus tili ingliz tili singari hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo'lgani bois, ularda bu tilning ta'siri tilimizga nisbatan faolroq sezilishini kuzatamiz.
O'zbek tiliga inglizcha o'zlashma so'zlarning o'zlashish yo'llari turlicha yo'sinda bo'ladi. Qator yangi tushunchalar va hodisalar aynan o'zbekcha nomlanishga ega bo'lmasa yoki o'zlashma so'z tushunchaning (sinonimiga nisbatan) turli qirralarini ifodalash va nomlash jihatidan o'zining ijobiy va samarali ta'siriga ega bo'lsa, shundagina to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirish yoki aynan o'zlashtirish usulidan foydalanilmoqda. Masalan, chat (chat) - suhbat, bifshteks - (beefsteaks) - qovurilgan
1Тохирова Сарвиноз - магистрант, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Узбекистан.
YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 3-4 (16)
mol go'shtini qaylaga solib beriladigan ovqat turi, mani (money) - pul, boyfrend (boyfriend) - do'st, o'rtoq kabi so'zlar ham ayrim reklama, bolalar kiyim-kechaklari yoki aholi e'tiborini tortuvchi buyumlarda aks etmoqda.
Izoh isboti sifatida E.A'zamovning "Bayramdan boshqa kunlar" qissasidan olingan parchaga e'tibor qaratamiz. Asar qahramonlaridan sanalgan Safuraning tilidagi parazit so'zlar ko'plab qo'llanishini kuzatish mumkin.
«Umuman, ko'p gapirib og'zini charchatmaydi Demoqchi boslgan fikrini biron bitta alomatroq so zga jamlab qo 'ya qoladi. Xuddi mashhur «0 'n ikki stul» dagi tantiq Ellochkaga o 'xshab. Masalan: «bravo», «ujas», «genialno», «shik», «se lya vi», «chi gap», «oybay», «salut», «chao», «okey» va hokazo. Bu baynalmilal - qurama so'zlarni u doimo xitob bilan, ohangini keltirib talaffuz qiladi. Siz o'zbekcha gapiravering, u ana shu «til» da javob qaytaraveradi. Hello-o! BBlarga (Bakir bilan Bargida demoqchi) salut deb qiyqiradi u telefondayoq: ismlarini to 'liq aytish ham unga malol kelsa kerakyoki oliftagarchilikkamikin ?..
Bu so'zlar, odatda, tushuncha ifodalanishi jihatidan ingliz yoki boshqa tillarda o'z ekvivalentiga ega bo'lsa-da, biroq ulardan uslubiy jihatdan u yoki bu xususiyatiga ko'ra ma'noni tasviriy ifodalashiga ko'ra farqlanadi.
Ingliz va rus tillari bir til oilasiga mansub bo'lgani bois inglizcha so'zlarning rus tilida o'zlashish jarayoni o'zbek tiliga nisbatan faol va miqdoran ko'pchilikni tashkil etadi. Tilshunos olimlar ta'kidlaganidek, ko'pchilik inglizcha o'zlashma so'zlar tilda, avvalo, okkozional (muvaqqat) xarakterga ega bo'ladi, vaqt o'tishi bilan okkazional neologizmlar o'zining bilingvizm (ikki tillilik) xususiyatini kengaytira boshlaydi.
Hozirgi paytda gazeta, jurnal, radio eshittirish va teleko'rsatuvlarda muxlislarni o'ziga jalb etadigan mavzular nomi inglizcha so'zlar va ularning urf-odatlari bilan bog'liq holatlar tez-tez ko'zga tashlanadi. Mashhur siyosiy arboblar, siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar ham o'zlarining nutqlarida sohalariga mos holatda o'rni bilan inglizcha o'zlashmalarga murojaat qilib turishadi.
Manbalarda so'z o'zlashtirishning ikki yo'li borligi ta'kidlanadi:
1) jonli so'zlashuv orqali so'z o'zlashtirilishi. Bunda boshqa til so'zlari o'zbek tiliga mahalliy aholining og'zaki nutqi orqali o'tadi. Masalan, ruscha rami, klubnika, podnos so'zlari o'zbek tilining jonli so'zlashuvidan rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o'zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o'zlashgan;
2) bosma manbalar orqali so'z o'zlashtirilishi. Bunda boshqa tildagi matnni o'zbek tiliga tarjima qilish yoki o'zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so'zlarini (ayniqsa, termin va atamalami) ishlatish orqali boradigan o'zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, syujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir.
Ko'pgina tilshunoslar so'z o'zlashishining asosiy sababi sifatida quyidagilami ko'rsatishadi: xalqlaming tarixiy aloqasi; yangi predmet, jarayon va tushunchani nomlash zaruriyati; nutqiy tejamkorlik imkoniyatiga intilish; ikki tildan foydalanishning alohida turi; chet tili so'zlarini yangilik sifatida qollash; biror millatning o'ziga xos udum yoki rasm-rusumlariga nisbatan ko'r-ko'rona ergashish.
Umuman olganda, so'z o'zlashish jarayoni tilning doimiy harakatdagi qonuni hisoblanib o'zbek tili leksikasiga o'zlashishi sezilarli darajada ta'sir qilgan 20 dan ortiq til o'zlashmalari mavjud.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tilimizga ingliz tilidan o'zlashgan so'zlarning-o'zlashishida semantik tuzilishidagi o'zgarishlari ham har xil bo'lgan. Shunga ko'ra. ularni o'z ma'nosini saqlab qolgan o'zlashmalar, so'z ma'nolarining kengayishi, so'z ma'nolarining torayishi, o'zlashmalarning yangi ma'no kasb qilishi kabi til hodisalariga uchragan o'zlashmalar sifatida tasniflab o'rganish mumkin.
© C. ToxupoBa, 2016
UDC 821.111.0
CONSIDERATIONS OF SOME ENGLISH BORROWING WORDS TO UZBEK LANGUAGE
S. Tohirova
Abstract. This article describes the development of English and other languages borrowing words into the influence of Uzbek lexical vocabulary. In addition, information included about the borrowings from English into Uzbek and the types of two language words. Keywords: borrowing words, foreign words, information technology
© S. Tohirova, 2016
иЭС 821.111.0
РАССУЖДЕНИЯ О НЕКОТОРЫХ АНГЛИЙСКИХ ЗАИМСТВОВАНИЯХ C УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА
С. Тохирова
Аннотация. Эта статья описывает развитие английского и других языков под влиянием узбекского лексического словаря. В дополнение, включена информация о заимствованиях из английского языка узбекским.
Ключевые слова: слово заимствования, иностранные слова, нформационные технологии.
© С. Тохирова, 2016