Научная статья на тему 'EKVIVALENTSIZ LEKSIKANING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA IFODALANISHI'

EKVIVALENTSIZ LEKSIKANING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
225
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekvivalentsiz leksika / transliteratsiya / transkripsiya / kalkalash / tasviriy tarjima / Non-equivalent lexics / transliteration / transcription / borrowing as a translation loan word / descriptive translation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — I. Mirzaaliyev, A. Oxunov

Mazkur maqolada ekvivalentsiz leksikaning ingliz va o’zbek tillarida ifodalanishi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF NON-EQUIVALENT LEXICS IN UZBEK AND ENGLISH

This article analyses the usage and transmission of non-equivalent lexics in English and Uzbek.

Текст научной работы на тему «EKVIVALENTSIZ LEKSIKANING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA IFODALANISHI»

EKVIVALENTSIZ LEKSIKANING O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA

IFODALANISHI

I. Mirzaaliyev A. Oxunov

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ekvivalentsiz leksikaning ingliz va o'zbek tillarida ifodalanishi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: Ekvivalentsiz leksika, transliteratsiya, transkripsiya, kalkalash, tasviriy tarjima

EXPRESSION OF NON-EQUIVALENT LEXICS IN UZBEK AND ENGLISH

I. Mirzaaliev A. Okhunov

Farg'ona davlat universiteti

ABSTRACT

This article analyses the usage and transmission of non-equivalent lexics in English and Uzbek.

Keywords: Non-equivalent lexics, transliteration, transcription, borrowing as a translation loan word, descriptive translation

Til boyligimizni oshirishda boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'z va iboralar yangi tushunchalarni hosil qilishda salmoqli o'rin egallaydi.

Taniqli tilshunos Durdona Xudorberganova o'zining "Mustaqillik davrida o'zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti" nomli maqolasida mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotga yangi tushunchalar va moddiy predmedlarning kirib kelishi, rivojlangan demokratik davlat barpo etish yo'lidagi sa'y-harakatlar, milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi va rivojlanishi, erkin munosabatlarga asoslangan bozor iqtisodiyotining amal qilishi, avvalo, o'zbek tili lug'aviy tizimiga o'z ta'sirini ko'rsatganligini ta'kidlab, yangi nashrdagi "O'zbek tilining izohli lug'ati" ga jami 5397 ta yangi so'zlar kiritilganini va ulardan 4174 tasi neytral harakterga ega ekanligini, 1223 tasi qo'llanishiga ko'ra uslubiy chegaralangan so'zlar ekanligini aytadi. Ingliz va o'zbek tillarida to'la ma'noda bir xil va kontekstdan qat'iy nazar hamisha bir so'z yoki uning muqobil varianti bilan mos keladigan leksikaga atoqli otlar va geografik nomlar, oylar va hafta nomlari, sonlar, ba'zi ilmiy va texnik terminlar kiradi.

Olimlarning hisobiga ko'ra, bunday turdagi leksik til birliklari umumiy lug'at tarkibining 30% ini tashkil etadi, xolos.

Ingliz tilidagi katta miqdordagi leksik birlikning o'zbek tilida ekvivalenti yo'q. Bunday "ekvivalentsiz leksika" bir necha uslublar yordamida o'giriladi. Bu uslublar quyidagilardir:

1. Tranliteratsiya.

Transliteratsiya uslubi shundan iboratki, inglizcha so'z o'zbek tilida uning yozuv shakllari qanday bo'lsa, shunday beriladi. Maslan: genocide - genosid

Baltimore - Baltimor

"Washington Post" - "Uashington post"

Transliteratsiya yo'li bilan o'girilgan so'zlar inglizcha talaffuzni aks ettirmaydi, balki ular ingliz orfografiyasining arxaik o'ziga xosligini ko'rsatadi, xolos. Yuqoridagi berilgan misollardagi so'zlarning talaffuzlari [ jenosayd], [baltimor], [uoshington post] bo'lib aytiladi.

2. Transkripsiya usulida inglizcha so'z va so'z birikmasi harf tarkibi bo'yicha emas, balki tovush ko'rinishiga ko'ra o'giriladi.

Masalan: "Guardian" - "Gardian" Know-how - nou-hau General motors - Jeneral motors

Transliteratsiya va transkripsiya usullari ingliz atoqli otlari, geografik nomlar, samolyot, kema, gazeta, jurnal, firma nomlari, shuningdek, bir qancha neologism va boshqalarni o'zbek tilida aks ettirishda ishlatiladi. Masalan: Galsworthy - Golsuorsi

Chicago Daily News - Chikago Deyli Nyus (The) Boeing - Boing (The) Elizabeth - Elizabes

3. Kalkalash

Bu usul xorijiy so'z va so'z birikmasini qismlar bo'yicha tarjimada yoritishdan

iborat.

Masalan: White house - Oq uy

"Shadow Cabinet" - "Soyali cabinet" Electron mail - Elektron pochta Electron Issue - Elektron nashr Elektron sign - Elektron imzo Electron purchase - Elektron savdo Kompyuter qurilmasi mouse - sichqoncha.

Shunisi e'tiborliki, bu tushuncha boshqa tillarda ham aynan bir xil kalkalangan. Masalan: мышь (рус), sizarb (ozarb), сыскан (бошкирд), тышкан (казак), sizarb ( turk).

4. Tasviriy tarjima.

Tarjimaning bu turi so'z yoki so'z birikmasini atroflicha tushuntirib berishni o'z oldiga maqsad qilib oladi. Bu uslub berilgan so'zning haqiqiy ma'nosi faqat tavsiflash yo'li bilan o'zbek tiliga tushuntirish zarurati tug'ilganda ishlatiladi. Masalan: soda fountain - gazli suv sotiladigan joy

Has-been (pl. has-beans) -avvalgi mansabi va obro'sidan mahrum bo'lgan kishi Bostal institution - voyaga yetmagan jinoyatchilar koloniyasi Yuqoridagi uslublardan o'zbek tilidagi ba'zi so'z va iboralarni boshqa tillarga, jumladan ingliz tilida ifodalash uchun foydalaniladi.

Bunga misol qilib o'zbek kurashi xalqaro sport turiga aylanganligi munosabati bilan kurashga oid atamalar ekvivalentsiz leksika sifatida dunyo tillari lug'atidan o'rin olganlini aytish mumkin. Masalan: Kurash Halol Chala Yonbosh Dakki

O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin bir qator o'zbek so'zlari ekvivalentsiz leksika sifatida chet tillarida ishlatila boshlanganini kuzatishimiz mumkin. Bunday so'zlar qatoriga quyidagilar kiradi: Oliy Majlis Mahalla Sumalak Navro'z

Xulosa qilib aytganda, bir tilning mohiyatini, millat tarixi, madaniyati va ma'naviyatini boshqa bir tilda aks ettirish o'ta nozik va mas'uliyatli ish. Buning uchun tarjimaning barcha usullari qatorida evvivalentsiz leksikaga ham muhim e'tibor berishimiz zarur.

REFERENCES

1. Durdona Xudoyberganova, f.f.d. "Mustaqillik davrida o'zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti"

"O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari 18-oktabr, 2019-yil

2. E. Haugen. The analyses of linguistic borrowing. "Language", 1950. Vol26, №2

3. English - Russian dictionary V.K. Muller. Moscow Russsian Language Publishers 1977

4 . Л. П. Крысин Иноязычные слова в современном русском языке Издательство "Наука" Москва 1968

5. И. И. Огиенко. Иноземные элементы в русском языке, Киев, 1915

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.